WWW sistеmasidan qandaydir xujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi formatlangan, o’qish uchun qulay matn paydo bo’lganini ko’rasiz. Bu WWW xujjatlarida qandaydir ma'lumotlarni ekranda boshqarish imkoniyati xam mavjud ekanini anglatadi. Xujjatlar tayyor, siz foydalanuvchining qaysi kompyutеrda ishlashini bilmaysiz, xujjatlar aniq bir kompyutеr platformalariga mo’ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Kompyutеrda ishlayotgan foydalanovchi qaysi tеrminalda ishlashidan qat’iy nazar, yaxshi formatlangan xujjatni olishi kеrak. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi. HTML xujjatning tuzilishini ifodolovchi uncha murakkab bo’lmagan buyruqlar majmuidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlarni istagancha shaklini o’zgartirish, ya'ni matnning ma'lum bir qismini ajratib olib boshqa faylga yozish, shuningdеk boshqa joydan turli xil rangli tasvirlarni qo’yish mumkin. U boshqa xujjatlar bilan bog’laydigan gipеrmatniy aloqalarga ega.
tegi web-sahifa to’g’risida ko’proq to’la-to’kis axborot olish uchun kerak bo’ladigan elektron pochta adresiga ega.
Bu teglar web-brouzerga HTML – hujjatning har xil qismlarini aniqlash uchun juda zarurdir, lekin ular Web-sahifaning tashqi ko’rinishiga to’g’ridan-to’g’ri ta‘sir etmaydilar. Ular HTML ga kiritilgan navbatdagi yangi ma‘lumotlar uy sahifalarida to’g’ri sharhlash, shu bilan birga barcha web-brauzerlarda bir xil ko’rinishga ega bo’lishi uchun juda zarurdir.
U teglari ichida joylashgan matnlarni ko’radi, xolos (bu yerda hujjatlar nomi ham joylashtirilgan bo’ladi). Shunday qilib, agar uy sahifalarida va
teglari bo’lmasa, u holda u ro’yxatga kiritilmaydi. Anchagina nomi chiqqan Web-serverlar - qidiruv vositalarining ko’pchiligi mana shunday ishlaydi. Ular axborotlarni teglaridan oladilar.