Hududiy elektr tarmoqlari


III. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI



Yüklə 57,16 Kb.
səhifə2/10
tarix10.06.2023
ölçüsü57,16 Kb.
#128232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ulgurji shartnoma 2023

III. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
3.1. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar bir stavkali, tabaqalashtirilgan, о‘sib boruvchi, kamayuvchi koeffitsiyent qо‘llaniladigan yoki aholiga tenglashtirilgan tariflar asosida amalga oshiriladi.
3.2. Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bо‘lgan Iste’molchi (byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xо‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni tabaqalashtirilgan tarif bо‘yicha amalga oshiradi.
Iste’mol qilingan energiya uchun tabaqalashtirilgan tarif bо‘yicha hisob-kitoblar:
yarim tig‘iz davr – sutkaning yorug‘ vaqtida (soat 900 dan 1700 gacha) – belgilangan tarif bо‘yicha,
tig‘iz davr – eng katta yuklamali soatlarda (yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlari: ertalabki eng katta miqdor soat 600 dan 900 gacha, kechki eng katta miqdor soat 1700 dan 2200 gacha) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda о‘suvchi koeffitsiyentni qо‘llash orqali;
tungi davr – sutkaning qorong‘i vaqtida (eng kam yuklamali soatlarida: 2200 dan 2400 gacha va 0000 dan 600 gacha) – belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar kamayuvchi koeffitsiyentni qо‘llash orqali amalga oshiriladi.
Belgilangan tarif II tarif guruhi iste’molchilari uchun bir stavkali tarifga mos keladi.
Tabaqalashtirilgan tarif qо‘llanilmaydigan iste’molchiga nisbatan energiya uchun hisob-kitoblarda bir stavkali tarif qо‘llaniladi.
Reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv energiyani hisobga olish priborlarining kо‘rsatkichlari asosida aniqlanadi hamda tegishli ravishda iste’mol qilingan (hosil qilgan) reaktiv energiyaning 1 kVar/soat uchun tо‘lov tarzida undiriladi.
Reaktiv energiyaning shartnomaviy miqdori reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Reaktiv energiyaning har bir hisobot davri uchun iqtisodiy qiymati, shartnomada kо‘rsatilgan va о‘rnatilgan tartibda aniqlanadigan quvvat koeffitsiyentining optimal miqdori hisobga olinib, ushbu davr uchun aktiv energiyaning shartnomadagi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ulangan quvvatidan qat’iy nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi Iste’molchilar (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bо‘yicha faoliyat) foydalangan elektr energiyasi uchun tо‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar о‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq tо‘laydi.
3.3. Bir necha tarif guruhlariga mansub Iste’molchi bilan hisob-kitoblar, har bir tarif guruhiga alohida о‘rnatilgan hisobga olish priborlari kо‘rsatkichlari bо‘yicha amalga oshiriladi.
3.4. Ta’minotchi korxona Iste’molchi (yoki uning vakili) bilan birgalikda iste’mol qilingan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi elektr energiyasini hisobga olish priborlari kо‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bо‘lganda elektr energiyasini hisobga olish priborlarini ulash sxemasini tekshirib kо‘rishi kerak.
Ta’minotchi korxona Iste’molchi bilan birgalikda hisob-kitob davri tugagandan sо‘ng (mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda) hisobga olish priborlarining kо‘rsatkichlarini har oyda yozib oladi va ushbu Shartnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda energiya sarfi bо‘yicha hisobot tuzadi. Iste’molchi tomonidan elektr energiyasi sarfi tо‘g‘risida Ta’minotchi korxonaga belgilangan shakl bо‘yicha о‘z qо‘li bilan, faksimil, elektron yoki pochta aloqasi orqali har oyning 1-sanasida taqdim etilgan hisobot ham iste’mol qilingan amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.
Bunda, tо‘lovlarni tabaqalashtirilgan tarifda amalga oshiradigan Iste’molchilar bо‘yicha elektr energiyasi sarfi bо‘yicha hisobotda foydalanilgan elektr energiyasi (aktiv va reaktiv) tо‘liq hajmidan tashqari tig‘iz, yarim tig‘iz va tungi paytlarda foydalanilgan elektr energiyasi hajmlari alohida ham kо‘rsatilishi shart. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi о‘rinlarda EHNAT deb ataladi) joriy etilgan iste’molchilarda hisobga olish priborlaridagi kо‘rsatkichlar avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki iste’molchining buyurtmasi bо‘yicha yozib olinadi.
3.5. Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar о‘zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Bunda elektr energiyasi uchun tariflar о‘zgargan sanadan qat’iy nazar, elektr ta’minoti shartnomasi о‘z kuchida qoladi va iste’molchi foydalanilgan elektr energiyasi uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab xaq tо‘lashga majburdir.
Tarif о‘zgargan taqdirda, iste’molchilar elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya)ning avans tariqasida tо‘langan hajmi uchun tо‘lov kunidan boshlab keyingi bir oydan ortiq bо‘lmagan muddatda qо‘shimcha tо‘lov tо‘lashdan ozod etiladi.
Arifmetik xatoliklar, tariflarni notо‘g‘ri qо‘llash tufayli paydo bо‘ladigan kam va ortiqcha tо‘lovlar tegishli tarif bо‘yicha kVt*soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va Ta’minotchi korxona tomonidan da’vo muddati doirasida kо‘rsatkichlardagi tafovut yoki qо‘shimchalar bilan birgalikda hisobga olinadi.
3.6. EHNATga ulangan yoki oldindan haq tо‘lash qurilmasi va hisobga olish priboriga ega bо‘lgan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan tо‘langan tо‘lov doirasida amalga oshiriladi.
Iste’molchiga elektr energiyasi yetkazib berish 100 foiz oldindan haq tо‘lash asosida amalga oshiriladi.
Bunda, hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq tо‘lash asosida amalga oshirish xohishini bildirgan Iste’molchi hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni kо‘rsatib, hisob-kitob davri boshlanishidan kamida 5 kun oldin bildirgi tartibida Ta’minotchi korxonaga murojaat qilgan taqdirda elektr energiyasi Iste’molchiga 50 foiz oldindan haq tо‘lash asosida yetkazib berilishiga yо‘l qо‘yiladi. Oldindan haq tо‘lanmagan hamda 50 foiz oldindan haq tо‘layotgan Iste’molchi tomonidan oyning oxirigacha yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagan hollarda mazkur Iste’molchiga nisbatan elektr tarmoqlaridan tо‘liq uzishgacha bо‘lgan choralar kо‘riladi.
3.7. Ta’minotchi korxona Iste’molchining energiya sarfi tо‘g‘risidagi hisoboti asosida belgilangan tartibda hisob-kitobni amalga oshiradi va besh kun ichida tо‘lov amalga oshirish uchun hisob-faktura va tо‘lov hisob-varag‘ini taqdim etadi.
Iste’molchi turli tarif guruhlariga tegishli bо‘lgan bir nechta obyektga ega bо‘lsa, har bir tarif guruhi uchun tarif kо‘rsatilgan holda umumiy hisob-faktura taqdim etadiladi.
Ta’minotchi korxona tomonidan maxsus dasturiy mahsulot orqali hisob-faktura va tо‘lov hisob-varag‘i shakllantiriladi hamda Iste’molchi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar kо‘rsatilgan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, operator orqali rouming operatoriga yuboriladi. Agar maxsus dasturiy mahsulot orqali yetkazish imkoniyati mavjud bо‘lmasa, hisob-faktura va tо‘lov hisob-varag‘i yozma shaklda beriladi.
(Asos: О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2019 yildagi 522-sonli “О‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori)
3.8. Hisobga olish pribori ushbu Shartnomaning 3-ilovasiga muvofiq, elektr tarmoqlarining mansublik balansi bо‘yicha farqlash dalolatnomasi va tomonlarning ekspluatatsiya javobgarligi asosida aniqlanadigan elektr tarmog‘ining mansublik balansi chegarasida о‘rnatilmaganda, chegaradan hisobga olish pribori о‘rnatilgan joyigacha bо‘lgan uchastkada energiyaning texnologik sarflanish hajmi Iste’molchi bilan birgalikda hisoblash yо‘li orqali aniqlanadi va ushbu Shartnomaning 4-ilovasiga muvofiq dalolatnomada kо‘rsatiladi va elektr tarmog‘ining balans bо‘yicha mansubligiga qarab hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining hisobiga о‘tkaziladi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining kо‘p qavatli uyning ichki tarmog‘idagi yо‘qotishlar bundan mustasno.
Bunda, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan, tabaqalashtirilgan tarifda tо‘lovlarni amalga oshiradigan Iste’molchi uchun energiyaning texnologik sarflanish hajmi sutkaning tig‘iz, yarim tig‘iz va tungi paytlari uchun alohida aniqlanib, mutanosib ravishda jami olingan elektr hajmining tegishli paytlariga tо‘lov haqini yozish uchun qо‘shib boriladi (6-,7-ilovalarni reaktiv quvvatga ega va texnologik bronli iste’molchilar tо‘ldiradi).
3.9. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bо‘yicha Iste’molchining elektr tarmog‘i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga uzatilganda, Iste’molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, Iste’molchining elektr tarmog‘iga kelib tushgan elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda, yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga о‘tkaziladi.
3.10. Elektr energiyasi sarfi tо‘g‘risidagi hisobot Iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, Ta’minotchi korxona tomonidan elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) iste’molining shartnomaviy miqdori bо‘yicha yoki о‘tgan hisob-kitob davr uchun elektr energiyasi iste’molining о‘rtacha sutkalik amaldagi miqdori tо‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Bunda hisobga olish priborlari kо‘rsatkichlari nazorat tartibida Ta’minotchi korxona tomonidan yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta hisob-kitob Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3.11. Ta’minotchi korxona Iste’molchining shaxsiy hisob-raqam va hisobga olish priborlarining holati haqida batafsil ma’lumotlar doimiy asosda shakllantirilishi va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga real vaqt rejimida yuborilishini ta’minlaydi.
3.12. Shartnomada hisob-kitob davri uchun kо‘rsatilgan energiya miqdordan 5 foizdan ortiq miqdorda energiya iste’mol qilganda, Iste’molchidan shartnomada kо‘rsatilgan miqdordan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi jami hajmi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida tо‘lov undiriladi.
Iste’molchining elektr energiyasi haqini tо‘lash, reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, shuningdek, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va penya bо‘yicha qarzi bо‘lgan taqdirda, uning avans tо‘lovi hisobiga о‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yо‘naltiriladi va avans tо‘lovi (oldindan haq tо‘lash) sifatida hisobga olinmaydi.
Iste’molchi shartnomada kо‘rsatilgan elektr energiyasi xajmini tо‘liq iste’mol qilmagan taqdirda, avans tariqasida tо‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiya uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
Hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarzdorlik tо‘lov muddati о‘tgan deb hisoblanadi va tо‘lov muddati о‘tgan har bir kun uchun Iste’molchiga tо‘lov muddati о‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, elektr energiyasi maxsus tartibda yetkazib beriladigan korxonalar uchun esa 0,2 foiz miqdorida penya hisoblab yoziladi. Bunda penyaning umumiy miqdori, muddati о‘tgan tо‘lovning 50 foizidan oshmasligi lozim.
3.13. Iste’molchi va Ta’minotchi korxona har oyda hisob-kitob davri tamom bо‘lgandan keyin besh kun mobaynida о‘zaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
3.14. Iste’molchi quyidagi hollarda elektr tarmoqlaridan uziladi:
hisob-kitoblar о‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik mavjud bо‘lganda;
Ta’minotchi korxonaning qonuniy talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan, uning tegishli vakillariga hisobga olish priborlari kо‘rsatkichlarini olishga yо‘l qо‘yilmaganda;
hisobga olish priborlarini qasddan buzganda, kо‘rsatkichlarni о‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga tashqaridan aralashish xatti-harakatlari amalga oshirilganda;
elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani, elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj qilish yoki Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalar (keyingi о‘rinlarda Qoidalar deb ataladi)ini buzish holatlari aniqlanganda.
yagona elektr energetika tizimida elektr energiya va quvvatda tanqislik vujudga kelganda, avariyalarga yо‘l qо‘ymaslik va iste’molchilarning tartibsiz uzib qо‘yilishini oldini olish maqsadida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi о‘chirish vaqtini kо‘rsatgan holda, iste’molchilardan reklamalar, illyuminatsiyalar, bino va inshootlarni yoritgichlarini, elektr isitish va issiq suv bilan ta’minlash qurilmalarini о‘chirib qо‘yish talabi bajarilmaganda;
sud organlarinning qonuniy kuchga kirgan qarorlariga asosan.
Iste’molchilar va subiste’molchilar (ijarachilar), tadbirkorlik subyektlari yoxud fuqarolar о‘rtasida turli xil nizoli (kelishmovchilik) holatlarda, faqatgina sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlariga asosan Ta’minotchi korxona elektr tarmoqdan ajratish yoki qayta ulashni amalga oshiradi.
3.15. Hisobga olinmagan energiya uchun amalga oshirilgan qayta hisob-kitob, Iste’molchini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
3.16. Ta’minotchi korxona yetkazib berilgan elektr energiya uchun qarzdor bо‘lgan Iste’molchiga qarzni besh kun ichida tо‘lanishi haqida xabardor qilishni ta’minlaydi (EHNATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno).
Ta’minotchi korxona Iste’molchini xabardor qilgan vaqtdan boshlab besh kun muddat о‘tgandan sо‘ng, Iste’molchini debitor qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qо‘yish va ularni qaytadan ulashni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Qayta ulanishda Iste’molchidan tо‘lov kuni amalda bо‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining о‘n baravari miqdorida xaq undiriladi. Bunda, EHNATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno, lekin hisoblagich va EHNAT tizimiga tashqi ta’sir kо‘rsatilgan holatlarda joyiga chiqqan holda tarmoqdan ajratilganda hamda dastur tomonidan tarmoqdan ajratish va ulash imkoniyati mavjud bо‘lmagan EHNATga ulangan Iste’molchidan ham qayta ulanish uchun tо‘lov undiriladi
3.17. Iste’molchi elektr tarmoqlarining texnik holatini ta’minlash bо‘yicha ekspluatatsiya xarajatlari uchun subiste’molchilar, iste’molchi bilan subiste’molchi о‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma bо‘yicha elektr energiyasining umumiy hajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq tо‘laydi.
Ekspluatatsiya xarajatlarini subiste’molchiga beriladigan elektr energiyasi tarifiga qо‘shishga ruxsat etilmaydi.
3.18. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari, elektr energiyasidan aholiga elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida foydalanuvchi idoraviy va munitsipial uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalarga maishiy iste’molchilarga belgilangan tarif qо‘llaniladi.
3.19. Elektr energiyasini hisobga olish pribor bilan birgalikda foydalaniladigan о‘lchov transformatorlarini boshqa joyga о‘rnatish va almashtirish Ta’minotchi korxona bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Iste’molchi elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga о‘zboshimchalik bilan ulagan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmog‘idan darhol uzib qо‘yiladi, iste’molchidan esa ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste’molchi rasmiy ravishda davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan kundan boshlab о‘tgan vaqt mobaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bо‘lganda) yoki da’vo muddati uchun elektr energiyasini qabul qilgich qurilmaning ulangan quvvat bо‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi va о‘zboshimchalik bilan ulangan elektr tarmog‘i (elektr uzatish liniyasi va transformatorlar) uchastkasida yо‘qotilgan quvvat hisobidan undiriladi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yо‘l qо‘ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoki Iste’molchi ishtirok etishni rad etgan taqdirda uning ishtirokisiz belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilgan (plombasi buzilsa, oynasi sinsa va boshqalar), elektr energiyasini hisobga olish priborini ulash sxemasi о‘zgartirilgan, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bо‘lmasiga) tashqaridan ta’sir kо‘rsatilgan, elektr energiyasini hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlarni ulash yoki energiya boshqa usulda о‘g‘irlangan hollarda, Ta’minotchi korxonaning vakolatli vakili belgilangan shakl bо‘yicha qoidani buzish dalolatnomasini tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida Ta’minotchi korxona Iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qо‘yadi.
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorining qiymati Ta’minotchi korxona tomonidan ushbu Shartnomada kо‘rsatilgan Iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati bо‘yicha quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasini hisobga olish pribori, о‘lchov transformatorlarini ulash sxemalari о‘zgartirilganda, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bо‘lmasiga) tashqaridan ta’sir kо‘rsatilganda va hisobga olishni nazorat qilish asboblaridan tashqari elektr qabul qilgichlar kо‘z bilan aniqlab bо‘lmaydigan (aniqlash murakkab bо‘lgan) yashirin yо‘l bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanganda – elektr energiyani hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bо‘lmagan muddatda;
elektr energiyasini hisobga olish priboriga Iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilganda (plombasi buzilishiga yо‘l qо‘yilgan, oynasi singan va shu kabi holatlar) yoki elektr energiyasi aylanib chiqishda kо‘z bilan aniqlash mumkin bо‘lgan boshqa usulda о‘g‘irlangan taqdirda – oxirgi marta aylanib chiqilgan yoki oxirgi marta elektron tarzda kо‘rsatkichlarni olingan kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bо‘lmagan muddatda amalga oshiriladi;
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymatini hisob-kitob qilishda qoida buzish aniqlanishidan oldingi davr uchun amaldagi tо‘lovlar hisobga olingan holda, qayta hisob-kitob amalga oshirilayotgan vaqtdagi tarif qо‘llaniladi. Bunda I tarif guruhidagi Iste’molchilar uchun hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorining qiymati yagona elektr energetikasi tizimining maksimal yuklanish soatlarida amal qiladigan tarif bо‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Elektr energiyasini hisobga olish Iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Ta’minotchi korxonaning qarori bо‘yicha, hisobga olish buzilishiga qadar bо‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi о‘rtacha sutkalik sarf bо‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyaning о‘rtacha sutkalik sarfi bо‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak va shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur.
Agar, elektr energiyani hisobga olish priborini obyektiv sabablarga kо‘ra, kо‘rsatilgan muddatda (о‘lchash transformatorining, hisobga olish priborining yо‘qligi, о‘tib bо‘lmaydigan yо‘llar va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bо‘lmasa, iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining о‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
Elektr energiyasidan foydalanishda Iste’molchi tomonidan yо‘l qо‘yilgan qoidabuzilishlar Ta’minotchi korxona vakili va Iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi belgilangan shakl bо‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Iste’molchiga beriladi va Ta’minotchi korxona tomonidan ushbu Qoidalarni buzgan Iste’molchi elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qо‘yiladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida buzish dalolatnomasida iste’molchini tanishtirganlik tо‘g‘risida belgi qо‘yiladi.
Dalolatnoma tuzilgandan sо‘ng Ta’minotchi korxona Iste’molchi ishtirokida 10 kunlik muddatda dalolatnomaga asosan Iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarlik bо‘yicha tegishli hisob-kitob kо‘rib chiqiladi va uning natijasida qoidabuzarlik Iste’molchiga tо‘liq asoslantiriladi. Iste’molchi tomonidan Ta’minotchi korxonaga tо‘lashi lozim bо‘lgan hisob-kitobni batafsil tushuntirgan holda hisob-kitobning bir nusxasini taqdim etishi lozim.
Iste’molchi Ta’minotchi korxona tomonidan qо‘yilgan qoidabuzarlikka (ayblovga) va hisob-kitobga norozi bо‘lgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli idoralarga hamda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Yüklə 57,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin