Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hudud uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda servis xizmati ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati boʻyicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha boʻshatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalar – sarmoyalar hajmini ko‘paytirishni rag‘batlantirish mazkur uslubning qoʻllanishining asosiy yoʻnalishlaridir.

Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish – aholi bandligini oshirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, budjet toʻlovlari va xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallarini kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noan’anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni toʻlash kabi chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.