Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Rayonlashtirish- hududlarni rivojlantirishning asosiy mohiyati



Yüklə 332,53 Kb.
səhifə3/38
tarix19.12.2023
ölçüsü332,53 Kb.
#185561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
МАъруза матн (4) (3)

Rayonlashtirish- hududlarni rivojlantirishning asosiy mohiyati.

Albatta, rayon ham hudud, ammo hududning ma’lum bir o‘xshashliklarga ega bo‘lgan muayyan bir qismidir. Tabiiy geografiyada rayon turli komponentlarning majmuasi shaklida vujudga kelgan landshaft tipi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada esa u hududiy mehnat taqsimoti natijasida shakllangan, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ma’lum soha yoki yo‘nalishlariga ixtisoslashgan aniq hududdir. SHu o‘rinda hududiy mehnat taqsimoti va uning natijasida rayonlar to‘rining shakllanib borishini iqtisodiy va ijtimoiy jarayon, rayonlar va ularning hududiy o‘zaro munosabati, joylashuvi va aloqalarini iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat sifatida talqin qilish mumkin. Iqtisodiy rayonlar negizini tashkil etgan hududiy ishlab chiqarish majmualari esa o‘ziga xos iqtisodiy joylashuv samaradorligini ta’minlaydi. Bu samaradorlik tarmoq va korxonalarning bir-biriga yaqin joylashuvi (transport va boshqa infrastruktura harajatlarini qiqartirish asosida) hamda ularning o‘zaro aloqalari natijasida yuzaga kelgan.
Unutmaslik lozimki, landshaft, A.Lyosh iborasi bo‘yicha, iqtisodiy landshaft, bozor makoni ham iqtisodiy rayondir. Biroq, iqtisodiy joylashuvning turli masshtabda fikrlashdek jozibali xususiyatiga ega bo‘lgani singari, rayon ham turli hududiy ko‘lamda, miqyosda bo‘ladi. Odatda, katta maydonlarni egallagan iqtisodiy va siyosiy rayonlarni, ingliz transkripsiyasiga binoan, «region» deb ham atashadi. SHu sababdan har qanday region ham rayondir, ammo aksincha emas (masalan, CHinoz tumani yoki talabalar shaharchasi o‘ziga xos rayon hisoblanadi, lekin ularni region sifatida talqin qilish nojoizdir).
Regionni siyosiy geografiya va siyosatshunoslik fanlariga asoslangan holda o‘zbek tilida shartli ravishda «mintaqa» shaklida qabul qilish mumkin. Ammo bu erda iqtisodiy yoki siyosiy geografiya mintaqalari an’anaviy tabiiy geografiyadagi mintaqalarning mohiyati va joylashuv shakliga mos kelmasligini yana bir karra uqtirib o‘tish lozim. Demak, rayon, region, landshaft, mintaqalarning ham «umumiy maxraji» yoki asosini hudud tashkil qiladi. Lekin hudud, umuman olganda, cheksiz, ma’lum darajada noaniq tushuncha. YUqoridagilar esa chegara, o‘ziga xos va mos hududiy majmua yoki hududiy tizim shakllariga ega.
Iqtisodiy rayonlashtirish ham murakkab muammodir. Uning asosiy tamoyillari va omillari, maqsad va mohiyati turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda o‘zgarib turadi. Jumladan, bozor munosabatlariga o‘tish bosqichida turgan mustaqil O‘zbekistonda bu masalaga yangicha yondoshish talab etiladi. Bunday vaziyatda iqtisodiy rayonlar, eng avvalo, davlatning mintaqaviy siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish jarayonini boshqarib borish yoki «tartibga solish» hamda tizim-tarkib qoidasiga muvofiq mamlakatlar iqtisodiy geografiyasini, milliy iqtisodiyotni mintaqalar to‘ri orqali o‘rganishda metodologik va metodik asos sifatida xizmat qiladi.
Ma’lumki, ushbu qo‘llanmaning muallifi mamlakatimizda 6 ta iqtisodiy rayonlarni ajratishni taklif qilgan (Soliev, 1998). To‘g‘ri, iqtisodiy rayonlarning bunday to‘ri va tarkibi, ularning haqiqiy shakllanganlik darajasi, huquqiy maqomi haqida bahs va munozaralar, e’tirozlar bo‘lishi mumkin. Masalan, belgilangan rayonlar davlatning tegishli vazirliklari (Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi) tomonidan rasmiy ravishda tan olinmagan. Boz ustiga, bu rayonlar hozircha yaxlit va mukammal bozor muhiti, iqtisodiyot makon xususiyatga ega emas. Ularda ichki iqtisodiy aloqalar, integratsion jarayonlar rivojlanmagan, har bir viloyat (ma’muriy iqtisodiy rayon), ularga berilgan keng imtiyoz va huquqlardan foydalangan holda, o‘zlarining ma’lum darajada «mustaqil» iqtisodiy salohiyatini vujudga keltirmoqda. Ba’zan, bu ma’muriy birliklar yondosh hududlar imkoniyat va iqtisodiy ixtisoslashuv yo‘nalishlarini e’tiborga olmasdan, qanday bo‘lmasin, o‘zlarining qo‘shnilariga o‘xshash yoki ularni takrorlaydigan ishlab chiqarish majmualarini yaratishga intilmoqdalar. Tabiiyki, bunday sharoitda haqiqiy iqtisodiy rayonning vujudga kelishi va mamlakat miqyosida yagona va yaxlit geoiqtisodiyot makonning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining keng miqyosda rivojlanishi murakkab bo‘lib qoladi. YUzaga kelgan vaziyat bozor munosabatlarini to‘la-to‘kis joriy qilish, haqiqiy raqobat muhitini yaratib berish jaryonida hal etilib boriladi.


  1. Yüklə 332,53 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin