Hujayra fiziologiyasi, ta’sirlanishi, shikastlanishi, qo’zg’alishi, o’tkazuvchanligi, harakatlanish xususiyatlari



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə6/10
tarix12.02.2022
ölçüsü93,5 Kb.
#52454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hujayra fiziologiyasi, ta’sirlanishi, shikastlanishi, qo’zg’alishi (2)

Endoplazmatik retikulum (ER). Ular kanalcha, pufakcha sisternachalardan, konus va yarim shar shaklidagi tutashgan tanachalardan iborat bo'lgan, tutashgan to'r sistemasini hosil qiladi. U juda keng tarqalgan membrana tuzilmasidir. Membranasi 5-7 nm qalinlikda, ichki diametri esa 30-50 nm. Ichki qismi suyuqlik bilan to'lgan (I.5-rasm).

Ularning yuzasi silliq yoki donador bo'ladi. Agarda ER yuzasida ribosomalar saqlasa ular donador, saqlamasa silliq ER deyiladi. Silliq ER membranasida asosan uglevodlar, lipidlar va terpenoidlar hosil bo'lsa, donador membranalarda oqsil, fermentlar sintezlanadi. Shuningdek donador ER membranalarida membrana qismlari hamda fermentlar sintezlanib ular o'z navbatida hujayra qobig'i polisaxaridlarining sintezlanishida ham qatnashadi. ER membranalaraning yuzasi boshqa organoidlar yuzasidan katta bo'lib uning o'zi hujayraning 16% hajmini egallaydi. Ularning yuzasida ribosomalar joylashab oqsillar sintezini ta'minlaydi (I.6-rasm).

Uning membranasi yadro membranasi va ichki muhitdagi moddalar almashinuvini boshqaradi. Endoplazmatik to'rlar bir-birlari bilan plazmodesma iplari bilan tutashib umumiy hujayralararo va organoidlararo moddalar almashinuvini ro'yobga chiqaradi.


Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin