Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə4/18
tarix12.05.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#112584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi

Suv va noorganik tuzlar. Hujayraning hayot kechirishi uchun suv va unda erigan tuzlar va boshtsalarning bo`lishi shart. Suv va tuzlar sitoplazmaning fizik-ximiyaviy xususiiyatlarini, ya’ni osmotik bosimni va ionli muhitning muqarrarligi va boshqalarni belgilaydi. Suv molekulasi dipol tuzilishga ega bo`lib, boshqa molekulalar bilan tezda birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar hosil qilgan muhitda esa, sitoplazma va yadroda bo`ladigan hamma murakkab ximiyaviy reaksiyalar kechadi.
Hujayrada suvning miqdori kishi ulg`ayishi bilan kamayadi. Bu esa modda almashinuvining o`zgarishiga sabab bo`ladi. Yadro va sitoplazmada bo`lgan moddalarning ko`p qismi suvda eriydi. Suv oksidlanish va gidroliz kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi.
Hujayraning fizik-ximiyaviy xossalari. Hujayra kolloid sistema bo`lib, suv va unda muallaq suzib yuruvchi 1 dan 150 nm kattalikdagi moddalardan (dispers faza) tashkil topgan.
Kolloid moddalar doimiy harakat qilib turadi. Ular bir xildagi elektrik zaryad tutganligi uchun cho`kmaga tushmaydi. Ammo fiksatorlar ta’sirida ular o`zaro yopishib cho`kma hosil qiladi. Bu jarayon koagulyatsiya deyilib, ko`pincha orqaga qaytmaydi.
Gidrofil kolloidlarda kolloid modda atrofida suv qavat 'bo`lib, uni erituvchi moddaning solvat qobig`i deb nomlanadi (tayoqchasimon jismlar uch qismlari atrofida solvat qobiq yo`q). Elektrik zaryad yo`qolganda mayda kolloid (zol) qismlar o`zaro birlashib to`rsimon tuzilmani hosil qiladi. Zol holatidan gel holatiga o`tishni jelatina moddasining qotishi misolida ko`rishimiz mumkin. Tirik hujayrada kolloid sistema doimo zoldan gelga va geldan zolga o`tib turadi. Sun’iy yo`l bilan bu holatni hujayraga turln xilda ta’sir qilish davomida (mexanik, ximik) kuzatish mumkin. Agar amyoba orqali elektr toki o`tkazilganda uning sitoplazmasi yopishqoqlashsa, Broun, harakati keskin sekinlashadi. Elektr toki o`tkazish to`xtatilganda esa sitoplazma yana o`z holiga qaytadi. Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyaviy tuzilishga, fizik-ximiyaviy xususiyatlarga ega. Hujayra tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo`lib, bu harakat uning modda almashinuvi bilan belgilanadi.


SITOPLAZMA
Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik parda (hujayra qobig`i) bilan ajralib turadi. Yadrodan tashqari hujayra ichidagi tuzilmalarning hammasi sitoplazma deb nomlanadi. Eukariotik hujayralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo`lib, gialoplazma, hujayra organellalari va kiritmalardan tuzilgan.
Sitoplazmaning gialoplazma, organellalar va kiritmalar kabi tarkibiy qismlarga bo`linishi shartli bo`lib, ularning hammasi bir-biri bilan bog`liq kelishib ishlaydigan tuzilmalar yig`indisidir.



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin