HUJAYRADA OQSIL BIOSINTEZINI TARTIBGA SOLISH.OPERON TIZIMI
Oqsillar biologik jihatdan murakkab polimer moddalarga kiradi. Uning molekulasi uzun zanjirdan iborat yirik bo`lib, tarkibida birmuncha oddiyroq - monomerlar 20 xil aminokislotalar ko`p marta takrorlanadi. Oqsil tarkibida aminokislotalar soni va joylanishi turlicha bo`ladi. Demak oqsillar xilma-xilligini uning tarkibidagi aminokislotalar joylanishi, tartibi belgilaydi. 20 ta aminokislotaning o`zaro kombinasiyalanish soni 1024 bo`ladi. Shundan ko`rinib turibdiki, oqsillar soni ko`p bo`lgani uchun belgi va xususiyatlar soni ham cheklanmagan miqdorida ko`p bo`ladi. Oqsil molekulasida bir aminokislota o`zgarsa, oqsil tarkibi va belgini ko`rinishi ham o`zgarishi kuzatiladi. Misol: 600 ta aminokislotadan iborat gemoglobin oqsili tarkibidagi glutamin kislota o`rnini valin bilan almashtirsa, odamda og`ir kamqonlik kasali (serpovidno-kletochnaya anemiya) yuzaga keladi. Bunday kasalliklarda qizil qon tanachalar (eritrositlar) shakli o`zgaradi va o`ziga kislorod molekulasini biriktirib ololmaydi. Bu kasalga uchragan bolalar yoshlik davridayoq halok bo`ladilar. Har bir aminokislotaning tuzilishida 3 ta nukleotidni biriktirishdan hosil bo`lgan tripletlar ishtirok etadi. Masalan: metionin aminokislotasi bir triplet (AUG): lizin - 2 ta tripletdan (AAA va AAG), izoleysin - 3 ta (AUU, ASU va AUA) tripletlar nazoratidan yuzaga chiqadi.
2. Bir aminokislotani sintez qiluvchi 3 ta nukleotid birikmasi - triplet yoki tripletli kod deyiladi. Hozirgi vaqtda bir qancha oqsillarda aminokislotalarni joylashishi aniqlangan. Masalan: ribonukleoza oqsili 124 aminokislotadan iborat, oqsilni sun`iy sintez qilish uchun aminokislotalarni navbatlanishini bilish zarur. Uglevod va fosfor kislotasi hamma nukleotid tarkibida bir xil bo`lib, faqat azotli asos qismi farq qiladi. Demak DNК moddasining bir-biridan farqi azotli asos qismini joylanishi bilan farq qiladi. DNК tarkibidagi azotli asoslar (nukleotidlar) sintez bo`layotgan oqsil molekulasida aminokislotalarni joylanish tartibini belgilab berishi genetik kod yoki irsiyat kod deyiladi. Shuning uchun irsiy axborot DNК molekulasida yozilgan deyiladi. «Genetik kod»ni asosi ochilgandan keyin barcha 20 ta aminokislotalarning (20 ta) tripletlari ham aniqlandi. DNКning 1 aminokislotani sintez qiluvchi 3 ta nukleotiddan iborat qismi Кodon deyiladi. Amerikalik bioximiklar M.Nirenberg va S.Ochoa 1962 yilda oqsillar tarkibiga kiruvchi 20 ta aminokislota uchun tripletlarning tarkibini aniqladilar.
3. Molekulyar genetikasida olib borilgan ko`plab tajriba, kuzatishlarida to`plangan ma`lumotlar asosida irsiyatning umumiy nazariyasi quyidagi qabul qilingan sxema tarzida ko`rsatiladi:
DNК (transkripsiya)®A-RNК (translyasiya)®oqsil
(Replikasiya)
Replikasiya DNК molekulasini 2 marta ortishi. Bunda boshlang`ich DNК qolip vazifani bajaradi.
Transkripsiya -DNК molekulasida yozilgan nukleotidlar joylanishi haqidagi axborotni RNК ga ko`chirib yozilishi.
Translyasiya - A-RNК-da yozilgan axborotga asosan oqsil molekulasida aminokislotalarni tartib bilan terilishi. 50-yillarda olimlar tomonidan ochilgan oqsil sintezi nazariyasi - bu jarayon murakkab ko`p bosqichli ekanligini ko`rsatdi. Bunda DNК, 3 xil RNК va turli fermentlar ishtirok etishi aniqlandi. Har bir oqsil molekulasi maxsus A-RNК tarkibidagi nukleotidlar tartibiga asosan ribosomada sintezlanadi. DNК molekulasi tarkibidagi bir genga mos keluvchi ma`lum bir qismidagi nukleotidlar tartibini A-RNК o`ziga ko`chiradi va shu axborotga asosan aminokislotalarni yig`ishni ta`minlaydi.
Hujayrada oqsil sintezlanishi 4 bosqichda yuz beradi:
Birinchi bosqichda aminokislotalarni ATF ta`sirida aktivlanishi yuz beradi, ya`ni bunda ATF energiyasi aminokislotalarning birikishi maxsus ferment - aminoasil - RNК - sintetaza katalizatorligida boradi. Natijada aktivlashgan aminokislotalar o`zaro yaxshi ta`sir etib polipeptid zanjiriga qo`shiladi. Sitoplazmada oqsil molekulasini sintez qilish uchun zarur bo`lgan aminokislotalar doim bo`ladi.
Ikkinchi bosqichda aktivlashgan aminokislotalar T-RNК yordamida, ribosomalarga ya`ni oqsil sintez bo`ladigan joyga tashib boriladi. T-RNК molekulasi A-RNК-ga qaraganda zanjiri kichik, 70-80 nukleotiddan iborat. Aminokislota T-RNК-ni uchki qismiga birikadi. Barcha RNК-larda aminokislota birikuvchi qismi bir xil -SSA nukleotiddan iborat bo`ladi. Har bir aminokislotani tashuvchi alohida T-RNК mavjud bo`lib, ya`ni 20 hil aminokislotani tashuvchi 20 hil T-RNК bor.
Uchinchi bosqichda aminokislotalar DNК tarkibidagi nukleotidlar tartibi bo`yicha ketma-ket joylashadi. Bu tartibda joylashish A-RNК-da yozilgan axborotga muvofiq yuz beradi. Bir necha aminokislotalar birikib bir oqsil molekulasini hosil qiladi, ya`ni R-RNК tarkibidagi ferment ta`sirida murakkab oqsil zanjirini hosil qiladi. Bu jarayon ribosomalarda peptidpolimeraza ferment ta`sirida yuz beradi. Ribosomalar tarkibi oqsil va RNК-dan iborat bo`ladi. Bu RNК ribosomal RNК deyiladi.
To`rtinchi bosqich. Bu davrda oqsil polipeptid zanjiri to`liq shakllanadi. Hosil bo`lgan vodorod bog`g`lar ta`sirida polipeptid oqsil zanjiri spiral shaklida buralib, biologik aktiv (konfigurasiya) holatiga o`tadi.
Xulosa. Oqsil biosintezida DNК molekulasi etakchi vazifani bajaradi va bu jarayonni boshqaradi. DNК molekulasida joylashgan triplet kodlari joylanish tartibiga muvofiq unda axborot RNК molekulasi sintezlanadi. Кeyin shu A-RNК-da yozilgan axborotga muvofiq bo`lajak oqsil aminokislotalari yig`g`iladi
Shunday qilib DNК molekulasi organizm belgi va hususiyatlari haqidagi irsiy axborotni o`zida saqlaydi va irsiyatni oqsil biosintezi orqali boshqaradi.
4) G.Mendelning irsiyat qonunlari yaratilgan 1865 yilda, irsiyatning moddiy negizi haqida ma`lumot etarli emas edi. 1909 yil Daniyalik olim, genetik V.Iogannsen «irsiy modda»ga «gen» deb nom berishni taklif qildi. Hozirgi vaqtda ma`lumki genlar DNК molekulasida bo`ladi. Bajaradigan vazifasiga qarab, ular har xil bo`ladi. Ayrim genlar sintezlanayotgan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning joylanishi haqida axborot etkazib bersa, ba`zilari shu genlarning aktivligini nazorat qiladi.
Organizmda ikki xil gen - quruvchi genlar va regulyator genlar bo`lib, quruvchi genlar bloki - Operon deyiladi. Operon oqsil sintezini amalga oshiradi va u ba`zan aktiv holatda, ba`zan passiv holda bo`ladi, ya`ni harakatsiz, sintezni to`xtatishi ham mumkin. Operonning ishlashi yoki to`xtashi gen operatorga bog`liq. U DNК-ning bir qismi alohida gen bo`lib, operonning bosh qismida joylashgan. Agar gen operatoriga repressor molekulasi ta`sir qilsa, operon genlar bloki, tezda o`z ishini to`xtatib passiv holatga o`tadi. Repressor tarkibi oqsil bo`lib uni gen-regulyator sintezlaydi. Oxirgi mahsulot - D etarli ishlab chiqilganda, repressor ishga tushadi, operatorga ta`sir qiladi va gen operon ishini to`xtatadi.
Operonning qayta ishga tushishi yoki to`xtashi haqida ikki tomonlama xabar (signal) sintezlangan ferment ta`sirida hosil bo`ladi. Hujayrada yana bioximik reaksiya zarur bo`lsa, ya`ni D mahsulot - oqsil sintezi kerak bo`lsa, repressor operondan uziladi. Repressorni operondan o`zishni - induksiyalar bajaradi. Induktor oshiqcha ferment - substrat bo`lib, u repressorga ta`sir qilib, operon ishini qayta boshlaydi. Fermentlar (oqsil) sintezini genlar ta`sirida boshqarilishi mexanizmi sutdagi qandni (laktoza) parchalanishi bakteriyalarda ishlab chiqilgan galaktozidoza fermenti ta`sirida yuz berishi misolida yaxshi o`rganilgan.
1961 yilda fransiyalik mikrobiolog-genetik olimlar F.Jakob va J.Mono bakteriyalarda olib borgan tajribalarida oqsil sintezining umumiy nazariyasini birinchi marta ishlab chiqdilar
Tajribalarda olingan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, hujayrada mavjud genetik sistema - induksiya va repressiya mexanizmi yordamida zarur fermentlarni sintezlanishi yoki to`xtatish haqida axborot oladi va bu jarayonni ma`lum tezlikda borishini ta`minlaydi. Shunday qilib, hujayrada oqsil sintezini boshqarilishi tirik organizmda bo`ladigan murakkab o`z-o`zidan boshqara oluvchi biokibernetik sistema deyish mumkin. Ma`lum fermentni sintez qilish haqida DNК-dan olingan axborotni boshqarish, shu fermentni kerakli miqdorda ishlab chiqilganligi va hujayrada unga bo`lgan ehtiyoj haqidagi ma`lumotlarga asoslanib yuz beradi.
Adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |