Oxirgi paytlarda Goldji kompleksining glikoproteidlar sintezida, ёg'larni so'rilishida ishtirok etishi ham aniqlangan.
Lizosomalar. Lizosoma birinchi marta belgiyalik bioximikDe Dyuv tomonidan kashf qilingan bo'lib (lisis – eritish, soma – tana) – gidrolitik fermentlarga boydir. Lizosomaning asosiy vazifasi, uning xujayra ichida moddalarni hazm qilishdir.
Peroksisoma (mikrotanacha) – bir qavatli membrana bilan o'ralgan strukturalar bo'lib, kattaligi 0, 3-1, 5 mkmdir. Bu organellalar amyobada, tuban zamburug'larda (achitqida), ayrim o'simliklarda, umurtqali hayvonlarda esa faqat jigar va buyrakda topilgan bo'lib himoya vazifasini o'taydi.