Hujjat keng maʼnoda maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar qogʻoz, kinoplyonka



Yüklə 73,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.12.2022
ölçüsü73,47 Kb.
#71972
Hujjat - Vikipediya



Hujjat
Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka,
fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). H. matn, tasvir, tovush va
boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.
Mazmuniga koʻra, H. ilmiy-texnika H.lari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va
h.k.), huquqiy H.lar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv H.lari (buyruqlar,
koʻrsatmalar, qarorlar va h.k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi
(referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) H.lar farqlanadi. Idora H.lari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va
ichki (xizmatda foydalanish uchun) H.lariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi H.lari ichidagi
mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish H.lari;
bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan H.lar chiqish H.lari hisoblanadi.
Huquq fanida H. deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga
ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi)
faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. H. sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash
vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. H.larni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang
Xujjatlarni qalba-kilashtirish
).
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Yüklə 73,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin