Hujjat
Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka,
fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). H. matn, tasvir, tovush va
boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.
Mazmuniga koʻra, H. ilmiy-texnika H.lari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va
h.k.), huquqiy H.lar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv H.lari (buyruqlar,
koʻrsatmalar, qarorlar va h.k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi
(referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) H.lar farqlanadi. Idora H.lari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va
ichki (xizmatda foydalanish uchun) H.lariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi H.lari ichidagi
mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish H.lari;
bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan H.lar chiqish H.lari hisoblanadi.
Huquq fanida H. deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga
ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi)
faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. H. sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash
vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. H.larni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang
Xujjatlarni qalba-kilashtirish
).
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: |