Ellips chizish
“ CHIZISH” uskunalar panelidagi tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi [+] ko'rinishga keladi. Yuqorida ko'rsatilgandek (to'g'ri to'rtburchak chizilganidek), amallar bajariladi. Ya'ni sichqoncha ko'rsatkichi xayolan to'g'ri to'rtburchak bor deb, shu to'g'ri to'rtburchak-ning biror burchagiga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelinadi va sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko'rsatkichi to'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi burchagiga olib borib qo'yib yuboriladi.
Yoy chizish
“ CHIZISH” uskunalar panelidagi Tayyor shakllar bo'limining Asosiy shakllar guruhidan yoy tugmasi tanlanadi. Ellips chizilgandagi amallar bajariladi. Faqat ellips o'rniga yoy chiziladi.
Chizmani formatlash
Belgilangan chizma rangini o'zgartirish uchun “CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq rangi tugmasidagi uchburchak bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.
Belgilangan chiziq turiniyoki shtrix turini o'zgartirish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi chiziq turi yoki shtrix turi tugmasi bosiladi va taklif etilgan chiziq yoki shtrix turidan biri (tekis chiziq, shtrix chiziq, yo'nalishli chiziq va hokazo) tanlanadi.
Belgilangan shaklni bo'yash uchun CHIZISH uskunalar panelidagi shakl ichini bo'yash rangi tugmasi bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.
Belgilangan shaklni akslantirish yoki burish uchun “CHIZISH” uskunalar panelidagi Ta'sir ko'rsatish bo'limining chapdan o'ngga akslantirish, o'ngdan chapga akslantirish yoki burish tugmalaridan biri bosiladi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, MS Word dasturi sodda shakllardan murakkab chizmalar hosil qilish imkonini ham beradi. Chizmalarni bo'yash uchun tavsiya qilingan ranglar ko'lami ham juda keng.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Word matn protsessorida chizmalar chizish uchun qaysi uskunalar panelidan foydalaniladi?
CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?
Word matn protsessorida to'g'ri chiziq qanday chiziladi?
Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o'zgartiriladi?
Word matn protsessorida to'g'ri to'rtburchak qanday chiziladi?
Wordda ellips qanday chiziladi?
Wordda yoy qanday chiziladi? Amalda ko'rsating.
Wordda chiziq rangi qanday o'zgartiriladi?
Wordda shakl ichi qanday bo'yaladi? Amalda ko'rsating.
Wordda chizmalar qanday akslantiriladi? Amalda ko'rsating.
Wordda shakllar qanday buriladi? Amalda ko'rsating.
Mashqlar
1. Chiziq va to'g'ri to'rtburchak chizish amallaridan foydalanib Robot rasmini chizing.
Chizish amallaridan foydalanib, uycha rasmini chizing.
Chizish amallaridan foydalanib, kompyuter rasmini chizing.
V. Uyga vazifa
Mavzuni o`qish. EHM da mashq qilish.
Ko’rildi:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: __________________
Dostları ilə paylaş: |