Havola ikki qismdan - ko‘rsatgich va manzil qismidan iborat. Havola ko‘rsatgichi - bu foydalanuvchiga ko‘rinadigan matn yoki rasm bo‘lagi. Havolaning manzil qismi foydalanuvchiga ko‘rinmaydi; bu borish kerak bo‘lgan manbaning manzilidir.
Havolaning manzil qismi URl dan iborat. URl (Uniform Resource Locator) - yagona manba manzili. So‘zlarni bir-biridan ajratish uchun manzillarni yaratishda pastki chiziqdan emas, balki defisdan foydalanish tavsiya etiladi. Umuman olganda, URl quyidagi formatga ega:
Kirishusuli yoki protokol turli xil tarmoqlardagi ish stantsiyalari o‘rtasida
ma’lumot almashadi. Ma’lumot uzatishning eng keng tarqalgan protokollari: mahalliy diskdagi faylni o‘qiydi:
file:/gallery/pictures/summer.html
http
HTTP orqali veb-sahifaga kirishni ta’minlaydi:
http://site.ru/
https
- shifrlash (odatda SSL yoki TLS) yordamida HTTP protokolini maxsus
amalga oshirish:
https://site.ru/
ftp
faylni olish uchun FTP serveriga so‘rov yuboradi:
ftp://pgu/directory/library
mailto
ko‘rsatilgan manzil va xost bilan pochta sessiyasini boshlaydi: