Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Diss antiplag sadbarg

13
9
9


62
uning uchun maktabning barcha tashkiliy bo’limlari o’rtasida o’zaro kelishuv,
hamkorlik zarur.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini takomillashtirish
yo’nalishidagi ixtiyoriy innovatsion faoliyat mavjud bo’lgan akmeologik usul
strukturasini qayta tashkil etishni talab etadi. Zamonaviy maktabni boshqarish
strukturasining modelini yaratishda eng avvalo, akmeologik usul ob’ektining
mazmunini maktabning tashkiliy tuzilishi ifodalashini inobatga olinadi. Umumiy
maqsadlarni amalga oshirishda tizimni tashkil etuvchi komponentlarning o’zaro
ta’sir ko’rsatish shakli va ularning joylashuvi akmeologik usul sub’ektlarini tashkil
etish tamoyillari va qonuniyatlariga asoslanadi.
Tadqiqotchilar K.A.Abulxanova, B.G.Ananev, E.Bern, A.A.Bodalyov,
V.Levi, A.A.Leontev, B.F.Lomov, V.A.Malaxova, N.Yu.Postalyuk, P.M.Yakobson
va boshqalar o’zaro ta’sir muammolari to’g’risida gapirganda refleksiyaning
rivojlanish zaruriyatiga e’tibor qaratishadi, u orqali o’zaro ta’sir jarayoni
ishtirokchisini o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati belgilanadi va hamkorlikdagi
faoliyatning shakl va mazmuniga mos ravishda mazkur faoliyatning qayta tashkil
etilishi ta’minlanadi deb hisoblashadi (203, 33-b.).
Alohida ta’kidlash zarurki, akmeologik usul faoliyati yoki ixtiyoriy faoliyat
“inson-inson” munosabati, shuningdek, insonning tashqi muhit bilan munosabatlari
shaklida, ya’ni shaxsning ehtiyojlari talablaridan kelib chiqib ko’zlangan maqsadni
amalga oshirishdagi o’zaro aloqalar shaklida tahlil qilinadi va o’rganiladi. Faoliyat
maqsadi ob’ektiv bo’lib, o’z o’rnida shaxs tomonidan belgilanadi va u faoliyatning
asosiy komponenti hisoblanadi. Shuningdek, faoliyat sub’ektni ma’lum bir
harakatga keltiruvchi sabablarni aniqlaydi va unda aniq bir shaxsning faoliyati
hamda maqsadi ifodalanadi.
Ob’ektiv akmeologik usul faoliyatni faqatgina maqsadga yo’naltirilgan
harakatlarning to’liq to’plami yoki harakatlar zanjiri shaklida mavjud bo’ladi.
Akmeologik usul sub’ektining mavqeiga ko’ra, akmeologik usul faoliyatiga uning
tayyorgarlik darajasi, qobiliyati va faoliyat turlari professional funktsiyalarni
8


63
amalga oshira olish qobiliyati sifatida ifodalanadi. Demak, akmeologik usul o’ziga
xos xususiyatlarga, turli xil jihatlarga ega bo’lib, ular maqsadga erishishda
harakatlar izchilligi bilan belgilanadi. Bu jihatlar o’z-o’zidan maqsadga ko’ra
aniqlanmaydi, balki maqsadga erishishdagi shart-sharoitlar orqali belgilanadi. Agar
maqsad o’zgarmasa, u belgilangan vaqtdagi sharoitlar hamda harakatlar tarkibi
o’zgarib boradi.
V.P.Toporovskiyning fikriga ko’ra, o’qituvchining akmeologik usul faoliyati
– bu ta’lim muassasasini harakatlantirish va rivojlantirishga zaruriy sharoitlar
yaratish orqali maktabni qayta tashkil etishda zaruriy natijalarga erishish bilan
bog’liq bo’lgan ko’pgina tashkiliy, pedagogik, metodologik masalalarni hal etishga
yo’naltirilgan akmeologik usul kontseptsiyasiga ega bo’lgan rahbarning harakatlari
tizimi.
Ma’lumki, akmeologik usul faoliyati sub’ektlar tomonidan lavozimi
yo’nalishidagi funktsiyalarini bajarishlari jarayonida amalga oshiriladi.
R.Sh.Ahlidinovning tadqiqot ishida asoslab berilganidek, maktabni
boshqarish funktsiyalarining tarkibi aniq shart-sharoitlarda turli xil omillarga
bog’liq bo’ladi. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: maktabning turi, ta’lim
tizimining xususiyatlari va vazifalari, rivojlanishga bo’lgan mo’ljal, akmeologik
usulga yondashuv (38, 14-b.).
U.I.Inoyatov (94, 102-b.) akmeologik usul faoliyatining o’ziga xos
jihatlarini quyidagi yondashuvlar orqali ifodalaydi.
Birinchi yondashuv – mavjud akmeologik usul amaliyotiga xos bo’lgan
funktsional yondashuv. Bu yondashuvning asosiy yo’nalishi akmeologik usulning
asosiy funktsiyalarini bajarishdan iborat.
Ikkinchisi strukturaviy yondashuv, bunda akmeologik usul mexanizmi
munosabatlar strukturasi orqali amalga oshiriladi, ya’ni akmeologik usul
harakatlari boshqarishni tashkil etish, uning alohida funktsiyalarini va bajarish
tartibini o’rganish, shuningdek, akmeologik usul tizimi strukturasining tahliliga
asoslanadi. Bunday yondashuvda pedagog va uning o’rinbosarlari o’quvchi va

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin