82
instituti malaka oshirish kurslarining 762 nafar tinglovchilari o’rtasida o’tkazilgan
anketa so’rovlari natijalariga ko’ra, ishtirokchilarning 84 % dan ko’prog’i, ya’ni
644 nafar pedagoglar maktabni boshqarishda, shuningdek, ijdodiy jarayon
hisoblangan akmeologik usul yo’nalishidagi qarorlarni ishlab chiqish va qabul
qilishda ishtirok etish uchun o’z imkoniyatlarini etarli darajada deb hisoblaydilar.
Maktabni boshqarishda o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishga ta’sir
ko’rsatuvchi omillarni aniqlash maqsadida tinglovchilar, ya’ni pedagogik xodimlar
bilan anketa so’rovlari o’tkazildi va unda hamkorlikdagi faoliyat ko’rsatkichlari
sifatida belgilangan ko’rsatkichlarni (4-ilova) baholash taklif etildi.
Pedagogik xodimlar tomonidan quyidagi ko’rsatkichlar hamkorlikdagi
faoliyatni tashkil etishga, ya’ni o’zaro ta’sir jarayoniga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi
deb hisoblanib, yuqori ballar bilan baholandi: hamkorlikdagi faoliyatga
pedagogning moyilligi; pedagogik jamoaning faolligi; vujudga keluvchi
muammolarni mustaqil hal etishga xodimlarning yo’naltirilganligi; rahbarlar
tomonidan shaxsiy-yo’naltirilgan o’zaro ta’sir jarayonini tashkil etilishi va mazkur
jarayonda xodimlarning o’rnini belgilanishi; o’zaro ta’sir jarayonida tarbiyaviy
munosabatlar; xodimlarning faolligini rag’batlantirishda adolatlilik; xodimlarni
ishga qabul qilish va mutaxassislar tanlashda qaror qabul qilish; xodimlarning
imkoniyati va qobiliyatlariga ko’ra topshiriqlarning taqsimlanishi; rahbar va
xodimlar o’rtasida mas’uliyat va javobgarlikni taqsimlanishi.
Baholash jarayonida quyidagi ko’rsatkichlar past ballar bilan baholandi:
taklif va ilmiy g’oyalarni erkin ifodalash uchun imkoniyatlarning mavjudligi;
ishonch, ochiqlilik, zaruriy axborotlarning mavjudligi; xodimlarning turli toifalarga
ajratilishi.
Baholash jarayoni ishtirokchilarining fikriga ko’ra, past ballar bilan
baholangan ko’rsatkichlar xodimlarning individual psixologik xususiyatlariga,
mehnat faoliyatiga va ularning faolligiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: