hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning REKVIZITLARIdeb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra rekvizitlar har xil bo‘ladi. Ular o‘zlarida aks ettirilgan hujjatlarning vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog‘liq. Mutlaqo aniqki, masalan, ishchiga ish haqi hisoblashni rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga naryad)ning rikvizitlari, to‘lov talabnomasi (tovarlarning sotilishini qayd etilgan hujjat)ning rekvizitlaridan, albatta farqlanadi.
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday muomalani buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lishi kerak
Zaruriy xollarda hujjatlarda qo‘shimcha rekvizitlar ham aks ettirilishi mumkin. Masalan, hujjat tartib raqami, korxona nomi va manzili, jarayonni sodir etilishi uchun asos, hujjatlashtirilayotgan jarayonni aniqlashga mo‘ljallangan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar rekvizitlari kod ko‘rinishida aks ettirilishi mumkin.
Hujjatlardagi rekvizitlar aniq va to‘g‘ri holda, kimeviy qalamda, sharikli, siyohli ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mumkin. hujjatlardagi yozuvlarni oddiy qalamda yozishga ruxsat etilmasligiga sabab, hujjatlarni arxivlarda uzoq saklanishi davomida yozuvlarni to‘liq saklanishini ta’minlashdir. hujjat davomida blankalardagi maxsus qatorlarda bo‘sh qolgan qatorlarga albatta chiziq tortilishi kerak, bu bilan mumkin bo‘lmagan yozuvlar oldi olinadi.
Hujjatlarda albatta, ulardagi yozuvlar xaqiqiyligini tasdiqlash huquqiga ega shaxslar bo‘lib, ular soni, ro‘yxati korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Qimmat va juda kamyob moddiy boyliklar berilishi rasmiylashtiriladigan hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega shaxslar chegaralangan bo‘lishi kerak.
Hujjatlarda o‘chirib yozishlar bo‘lishi mumkin emas, zaruriyat tug‘ilib qolganda esa, tuzatish imzo va so‘z bilan tasdiqlab qo‘yilishi shart. hujjatlarda bo‘yab, noaniq yozuvlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Kassa jarayonlari aks ettirilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas.