Huquqqa «normativ» yondashuv qonuniylik va barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida. O‘zbekistonda keng tarqalgan huquqqa yondashuvlardan biri normativ yondashuvdir
Huquqqa «normativ» yondashuv - qonuniylik va barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida. O‘zbekistonda keng tarqalgan huquqqa yondashuvlardan biri - normativ yondashuvdir. Huquqni davlat tomonidan muhofaza qilinadigan normalar majmui deb tushunish huquqiy qoidalarning me’yoriy hujjatlarda ifodalangan mazmuni bilan fuqarolar va boshqa ijrochilarga bevosita tanishish imkonini beradi va o‘z harakatining huquqqa mosligani aniqlashga yordam beradi. Huquqni tushunishning normativ nazariyasi XX asrda o‘zining mantiqiy tugallangan shakliga ega bo‘ldi. Mazkur nazariyaning namoyandalari Shtammler, Novgorodsev, Kelzen va boshqalardir. Bu nazariyaning asosiy g‘oyalari: - huquq - normalar tizimi, ehromi bo‘lib, uning eng yuqorisida asosiy norma bo‘ladi, bu norma qonun chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, quyi normalar yuqoridaga normalardan kelib chiqadi; - yuridik fanlar huquqni sof shaklda o‘rganishi kerak, u siyosiy, iqtisodiy baholardan xoli bo‘lishi lozim. Huquqni bunday tushunishning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Avvalo ijobiy jihatlari xususida: Birinchidan, huquqning normativ nazariyasida huquqning eng muhim normativlik xarakteri ta’kidlanadi. Ezgulik, ayniqsa, umumiy va barqaror bo‘lsa, u umumiy qoidaga aylanadi. Ikkinchidan, normativlik huquqning shakliy aniqdigi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, huquqiy talablarga asoslanish imkonini beradi. Uchinchidan, huquqning buzilish holatlarida davlat majburlovi choralari belgilanadi. To‘rtinchidan, qonunsizlik va zo‘ravonlik rejimiga qonuniylik qarama- qarshi qo‘yrshadi. Beshinchidan, qonuniy kuchga kirayotgan iroda adolatli, axloqiy, ilg‘or bo‘lishi shart. Oltinchidan, yuridik amaliyot mobaynida ijtimoiy munosabatlar qonunga asoslanib chiqarilgan hujjatlar asosida normativ tarzda tartibga solinadi. Yettinchidan, ijtimoiy tarakqiyotga davlat ta’sir etishining keng 12