Huquqshunoslik, yurisprudensiya



Yüklə 8,73 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü8,73 Kb.
#205506
казус Хукукшунослик


Kазус
Huquqshunoslik, yurisprudensiya – huquqii ijtimoiy nor-malarning alohida tizimi sifatida, huquqning alohida tarmoqlarini, davlat va huquq tarixini, davlat va umuman siyosiy tizimning faoliyatini oʻrganuvchi fan. Huquqshunoslik – eng qadimgi ijtimoiy fanlardan biri. Uning tarixan vujudga kelishi huquqning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq-dir. Yunon falsafasidayoq huquqshunoslikning eng muhim nazariy muammolari oʻrtaga tashlangan, rim huquqshunoslari esa huquqiy tushuncha va tuzilmalarni ishlab chiqqan edilar, bu tushuncha va tuzilmalar hozirgi davrda ham oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. Huquq muammolari hozirgi demokratik jamiyatda va huquqiy davlataa gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi, huquqshunoslik tuzilish jihatdan bir qancha tarmoklarga boʻlingan: davlat huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, davlat va huquq tarixi, siyosiy bilimlar tarixi. davlat va huquq mohiyatini, huquqshunoslikning boshqa umumiy masalalarini oʻrganuvchi umumiy davlat va huquq nazariyasi fani alohida oʻrinda turadi.
Huquqshunoslik umumiy nazariy fangina boʻlib qolmay, shu bilan birga amaliy fan ham hisoblanadi. Sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi, kriminalistika, kriminologiya, [[yuridik psixologiya] va boshqa yurisprudensiyaning amaliy turi hisoblanadi.
Huquqshunoslik fani inson dunyoqarashi, uning huquq va davlat toʻgʻrisidagi tasavvuri, tushuncha va bilimlari shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Huquqshunoslikning gʻoyaviy taʼsiri insonning huquqiy madaniyati rivojlanishiga, huquq talablarini qadrlab, unga rioya etishiga yordam qiladi. Bu bilan jamiyatda huquqiy axloq va huquq-tartibot qaror topishiga imkon yaratadi.
Huquqshunos bu — yuridik maʼlumotga ega boʻlgan, undan qanday foydalanishni biladigan va hatto boshqalarga taʼlim beradigan mutaxassis. Huquqshunoslarsiz jamiyat allaqachon betartiblik botqogʻiga botgan boʻlar edi. Mazkur sohadagi barcha ixtisosliklar sizga huquq sohasida har qanday pozitsiyani egallash va dars berishga imkon beradi. Huquqshunos quyidagi huquq sohalarida faoliyat olib borishi mumkin: sud ekspertizasi, qonun, huquqni muhofaza qilish faoliyati, milliy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash. Ular advokat, prokuror, ekspert, professor va sudya sifatida ish olib boradi. Huquqshunoslar huquqiy jihatdan tashkilot va jamiyatning faoliyati hamda kundalik hayot tarzini ta’minlaydigan kishilardir. Ushbu kasb egalari turli insonlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish bilan ularga qonuniy ravishda o‘zlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy, moddiy boyliklarni qo‘lga kiritishlarida yordam bera oladilar.
Yüklə 8,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin