Husnixat darslarini rejasini tuzish



Yüklə 35,5 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#95894
husnixat darslarini rejasini tuzish


HUSNIXAT DARSLARINI REJASINI TUZISH
Husnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogik fan. Inson o’z fikrini

boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu

shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z o’rnida

afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun

mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib

xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga

ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi.

Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli

vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq

saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar

avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji

yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda

o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq ,

chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni

amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o’qitish

usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning

yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va

tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.

Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.

Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan

boshlanadi. 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun

o’qtuvchining o’zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni

chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak.

Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib u chiroyli yozishga

o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradiHusnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogik fan. Inson o’z fikrini

boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu

shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z o’rnida

afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun

mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib

xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga

ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi.

Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli

vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq

saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar

avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji

yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda

o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq ,

chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim.


Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Husnixat va uni o’tilish

metodikasi fanining maqsadi:

1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.

2. Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga

o’rgatish.

3. Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va

usullari bilan qurollantirish.

Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor.

Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash,

grafik jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi.

Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni

qo’yadi:

- talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;

- o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;

- boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga

o’rgatish;

- boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari

bilan tanishtirish.

Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini

tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish

ko’nikmasini hosil qiladi.

Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish

o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar

qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z hato kamchiliklarini

ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.

Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib

turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi.
Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o’qitish metodikasi til o’rganish

jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni

o’zlashtirib borishga yordam beradi.

Pedagogika ta’lim tarbiya haqidagi fandir. U ta’lim-tarbiya tamoyillarini

belgilab beradi, barkamol shahsni tarbiyalash yo’llarini ko’rsatadi. Husnixat va

uni o’qitish metodikasi pedagogikaning ana shu qoidalariga asoslanadi yaniy

husnixatga o’rgatishda ta’lim-tarbiya birligiga amal qiladi.

Husnixat va uni o’qitish metodikasining asoslaridan yana biri psixologiyadir.

Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar

haqida ma’lumot beradi. Husnixatga o’rgatishda bola psixologiyasidagi

yuqoridagi holatlarga tayanib ish ko’riladi, o’quv materiali tanlanadi, sinflar

bo’yiicha taqsimlanadi.



Fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarix fanlari ham husnixat va

uni o’qitish metodikasi bilan uzviy aloqadadir.
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin