Husnixatda yozish uchun lozim bo‘lgan metodik shartlar. O‘qituvchining namunasi - bolalarda to‘g‘ri yozuvni shakllan-tirishning asosiy omili hisoblanadi.Yozishga o‘rgatish ko‘pincha taqlid qilish orqali amalgam oshadi. o‘qituvchining birinchi o‘quv yilida sinf taxtasi yoki o‘quvchi daftariga yozganlari asl nusxa sifatida ko‘riladi, chunki o‘quvchilar undan o‘z daftariga ko‘chi-rib oladilar. Shuning uchun o‘qituvchining husnixati to‘g‘ri va chiroyli bo‘lishi lozim. Sinf taxtasiga yozilgan yozuvi esa o‘quv-chining daftaridagi harflarning joylashishiga mos holda bo‘lishi kerak. Amaliyotning ko‘satishicha, agar o‘qituvchi qatorning oxirigacha yozmasa (to‘ldirmasa), bolalar ha undan namuna olib qatorning oxirigacha yozishmaydi, qog‘ozni bekorga sarf etishadi va so‘zlarni keyingi qatorga to‘g‘ri ko‘chirish yo‘llani o‘rgana olmaydilar, shubhali hollarda qator oxirigacha ko‘chirmaydigan bo‘lishadi.
O‘qituvchi bolalarning daftarini ehtiyotsizlik bilan tekshirishi natijasida bolaning ehtiyotsizlik bilan yozishiga olib keladi.
Aniq va to‘g‘ri husnixatda yozishni nafaqat sinf ishida, balki barcha sinf ishlarining turlarida va sinfdan tashqari yozuv ishlarida, o‘quvchilarning yozma arizasi, ular tomonidan tayyorlanadigan ko‘rgazmalar (devoriy gazetalar, jadvallar, shiorlar va h.k.)
11-mavzu. Yozuv materiallari va qurollari
Yozuv qurollari.
Yozuv materiali.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishish.
2-4-sinflarda chiziqli daftar.
O‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol o‘ynaydi.
Yozuvning chiroyli bo‘lishi ko‘p jihatdan yozuv quroli va materialiga bog‘liqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
Xattaxta. «To‘g‘ri o‘tir» plakati. Alifboning yozma shakli. Haflar alohida yozilgan alpbom. Husnixat daftari. Rangli bo‘rlar. Ruchka. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo‘ygan kundanoq yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o‘rgatib boriladi.
O‘qituvchi o‘quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam tekshirib borishi muhim vazifa sanaladi. Dastur talabi bo‘yicha 1-sinf o‘quvchilari uchun yozuv yo‘li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo‘lgan qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik harflarning bo‘yi 3 mm, bosh harflarning bo‘yi 6 mm, raqamlarning bo‘yi harflardan 2 marta qisqa bo‘ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida darftarga, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar.
1-2-sinflarda foydalaniladigan darftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ga teng bo‘lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib borish va mashq qildirish orqali 1-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga o‘rgatib boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning eni va ular orasidagi masofani ko‘z bilan chamalash, qiyaligiga rioya qilish imkoniyatini beradi.
Daftarga xatoni to‘g‘irlash yo‘li o‘rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan chiziq tortib, ustiga to‘g‘risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy vazifasi berilgach, yig‘ib olinadi, tekshiriladi va baholanadi.
Yozuv materiali bo‘lgan daftarni yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda daftar qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri, o‘quvchining ismi va sharifi ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
3. 1-sinf o‘quvchilarining daftarlari muqovasi o‘qituvchi tomonidan yoziladi.
4. Har bir daftarda hoshiya bo‘lishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashq tortib raqami, qaerda bajaril-ganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo‘yiladi.
6. Harf yoki bo‘g‘in hamda so‘zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroydi va tekis chiziladi.
Xulosa Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig‘i 1,5-2 smga teng bo‘lishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi.
Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to‘ldirilgan sterjenning bo‘lishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda bo‘lishi talab qilinadi.
O‘qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka sumkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo‘yish uchun maxsus joy bo‘ladi. O‘quvchi ruchka-sidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim bo‘lganda foydalanish uchun ruchka va sterjenlar bo‘lishi zarur.