I – modul. Psixologiyaning predmeti 1 – mavzu: psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi reja


Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri



Yüklə 245 Kb.
səhifə7/18
tarix04.12.2022
ölçüsü245 Kb.
#72295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1-ma\'ruza mavzusi

Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
O’n to’qqizinchi asr o’rtalaridan boshlab, zamonaviy ilm va texnika davrida inson ruhiyatini o’rganuvchi yangi ilmiy metodlar yaratildi.Quyidagi yo’nalishlar aynan shu davrda yaratilgan:
1.Strukturalizm, nemis professori Vilgelm Vundt (1832- 1920) aqliy faoliyat va uning tuzilishi , taxlilini yaratgan.
2.Funksionalizm, amerikalik psixolog Uilyam Jeyms(1842-1910) ong evolutsiyasi jarayonida rivojlangan, buning sababi bo’lsa atrof-muhitga moslashish bo’lgan deb tushintiradi. U yana bu yo’nalishda nerv sistemasini ham yoritib o’tgan.
3. Bixeviorizm, Jon B. Uotson o’zining bor e’tiborini inson ruhiyati va xatti-harakatlariga qratgan.
4.Germaniyada bir qator psixologlar guruhi bixeviorizmdan ajralib turuvchi yangi geshtaltpsixologiya maktabini yaratdi.
5.Psixoanaliz.Zigmund Freyd yangida –yangi fikrlarni kiritdi. U tajribalarini ongli va ongsiz ravishda, ruhiyatni psixoanaliz orqali o’rgangan.
6.Shaxsiy va analitik psixologiya.Keyingi davrda Alfred Adler(1870-1937) va Karl Yung (1875-1960)ikkalasi ham Freydning izdoshlari bo’lib, ular ham jinsiy aloqa borasida o’z maktablarini yaratishdi.
Zamonayi psixologiyadagi oxirgi tendensiyalar.
Psixologiya dunyosining rivojlanishida turli xil yo’nalish va maktablarning aralash bo’lishi kata o’rin tutadi. Masalan; bixeviorizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya,transpersonalogik psixologiya va kognitik psixologiya
Gumanistik psixologiya asoschilari Maslou, Rodjers, Artur Kombs, Gordon Olportlar insoniyatni psixologiyadagi eng oxirgi tendensiyalarini tushintiradi.
Transpersonalogik psixologiya insonning his-tuyg’ulari, ong ta’siridagi o’zgarishlarni o’rganadi. (26бет)
Kognitik psixologiyaning chuqur ildizlari geshtaltpsixologiyaga borib taqaladi. Edvard Tolmen va Jan Piaje uning keying tarqalishidagi xissalari kata bo’lgan,
The present World of psychology is dominated by a mixed trend involving so many schools of thought. Some schools worth mentioning are; behaviorism. psychoanalysis. humanist psychology. transpersonal psychology and cognitive psychology.
Humanist psychology advocated by the contemporary psychologist like Maslow, Rogers, Arthur Combs, Gordon Allport reflects therecent human trends in psychology.
Transpersonal psychology deals with what do we think and how dowe feel in our altered states of awareness.
O’n sakkizinchi asrda emperik va assotsianistlar fikri bilan bir qatorda psixologiyaning yangi oqimi dunyoga keldi.Bu oqimni Frebel,Pestolotsiy,Russo kabi naturalistlar ommaga targ’ib etishgan.Ular ratsionalist va emperiklar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori ong nazariyasiga qarshi turishgan.Ular odam faqat aql va fikrdan iborat degan tushunchaga qarshi xissiyot va tuyg’u birinchi o’rinda turishini ta’kidlab kelishgan.
Along with the views of empiricists and associationists in the eighteenth century, there sprang a new wave of psychological thought propagated by naturalists like, Rousseau, Pestatozzi and Froebel. They tried to revolt against too much intellectualization brought about by rationalists and empiricists. They insisted on the role of feelings and emotions and rejected the notion that man is essentially a creature of ideas and reason.
Emperik va naturalistlarning nazariyasiga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan psixologiyaning yangi yo’nalishi paydo bo’ldi (nazariyaga muvofiq qalb va ruhiyat tafakkur,tafakkur,xotira kabilarga bo’lingan).Bu oqim o’n sakkizinchi asrning birinchi yarmida nemis tafakkurchisi Kristian Volf tomonidan amalda qo’llana boshlandi.Psixologiyaning bu yo’nalishi o’n to’qqizinchi asrgacha, ya’ni nemis olimi Gerbart yaratilgan yangi gerbartian yo’nalishi paydo bo’ldi.Shu nazariyaga muvofiq yangi fikrlar eskisidan ustun chiqdi.Shaxsning harakatlari va aqliy faoliyati Gerbartning aytishicha fikrlar o’rtasida doimo kurash bo’lib o’tadi, har bir fikr harakatda va ularning hammasi inson onggida qolishga harakat qiladi.Manashu tushunchani isbotlash uchun u matematik formulalar,aqlni tashkil etuvchi qonun-qoidalarni ishlab chiqqan.
Shu bois psixologiya fan davriga qadar ma’lum bir darajadan boshqa bir darajaga o’tib kelgan.
O’n to’qqizinchi o’rtasiga kelib, psixologiyaning noilmiy darajada rivojlanib kelishi to’xtadi va boshqa fanlar singari ma’lum bir fan mavqeyida qarash boshlandi.
Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
O’n to’qqizinchi asrning ikkinchi yarmiga kelib fizika, kimyo, zoologiya, geologiya va boshqa fanlarni o’rganish chuqurlashgai natijasida insonning ruhiyati ma’lum bir laboratorik tajribalariga asoslanib emas, balki ilmiy metodlar bilan o’rganish mumkinligi ilgari surila boshladi.6
Structuralism: The man most responsible for the evolution of psychology into a scientific discipline is Wilhelm Wundt (1832-1920, a German professor, who opened the worlds’ first psychological laboratory in Leipzig in 1879 with the sole purpose of the systematic study of the mind. For this purpose he focused his experiments on conscious experience involving one’s thoughts, feelings, sensations, perceptions and ideas. As he emphasized on the analysis of the components of consciousness (supposed structure of the mind) his approach to psychology is named as Structuralism. Wundt and his students performed experiments in the laboratories by using the art of introspection or self-observation.
Strukturalizm :Vilgelm Vundt psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida katta xissa qo’shgan(1832-1920 nemis professori birinchi bo’lib 1879- yilda Leypsigda psixologik laboratoriyani ochdi).Uning bu yondashuvi psixologiyada strukturalizm deb atalgan.
Vundt va uning shogirdlari tajriba xonalarida o’z-o’zini analiz qilish va kuzatish bo’yicha ko’plab tajribalar o’tkazishgan.Tajribalar mobaynida ular nur,rang,tovush va sezgi orqali tajriba o’tkazilayotganlarning qanaqa his-tuyg’ularni his etayotganliklari aniqlangan.
Leyosigdagi laboratoriyada ko’plab yetuk psixologlar yetishib chiqqan.Ular ichidan eng mashxurlaridan biri Edvard Bredford Titchener Amerikaning Kornelsk Universitetida yetuk professor psixologlaridan biri bo’lgan.Uning so’zlari bo’yicha psixologiya ong va tajribani o’rganadigan fan.Ong yoki tajriba faqat uch holatda yuzaga chiqishi mumkin:jismanan sezish,tuyg’u va obrazlar(masalan,xotirlash va orzu). Masalan, bizning banan bilan bo’lgan tajribamizni izohlash uchun biz avval uni jismonan his qilishimiz mumkin(ya’ni uni ko’ramiz), sezamiz(ya’ni bananni yoqtirish yoki yoqtirmasligimiz) keyin oldingi banan bilan bo’lgan tajribalarimizni eslaymiz.
Shu orqali, Vundt va uning Titchener kabi izdoshlari, aqlni uning tuzilishi orqali o’rganishga harakat qilib kelishgan.
Shu bilan birga, yaqin yillarda struktualizm maktabi ko’plab tanqidlarga uchradi va aniq,ishonchli ma’lumotlarni isbotlab berolmagani uchun muvofaqqiyatsizlikka uchradi.
Funksinalizm:Strukturalistlarning sharofati bilan psixologiya mustaqil fan sifatida qarala boshlandi.Bu inson ruhiyatini o’rganishga yangidan yangi foydali yo’llarni ochib berdi.
Shunday qilib, yangi funksionalistik maktab paydo bo’ldi.7
William James (1842-1910), the father of American psychology, is regarded as one of the first members of the functional school of psychology. Strongly influenced by the Darwinian theory and his own interest in anatomy, physiology and medicine he adopted a biological approach to the study of mind and led the field away from structuralism. He declared that there was definitely something wrong in Wundt’s and Titchener’s approach. Consciousness or experience cannot be broken up into elements, there is no way to separate ideas, thoughts, sensations or perceptions. Structuralism does not reveal anything about what the mind really does or how it goes about doing it. Knowing the composition or structure of the mind is not nearly as important as understanding its activities or functions.
Amerika psixologiyasining asoschisi Uilyam Jeyms(1842-1910), psixologiya maktabining tuzilishiga juda katta xissa qo’shgan psixologlaridan biridir. U Darvin nazariyasining ta’sirida , bundan tashqari anatomiya, fiziologiya va meditsinaga qiziqishi tufayli psixologiyaning o’rganishda biologic usullardan foydalandi.U Vundt va Titchenerning fikrlari noto’g’ri ekanligini ta’kidlab kelgan.Ongning tuzilishi va tarkibini bilgan holda uning faoliyati va vazifalarini o’rganish mumkin.Uning ta’kidlashicha, evolutsiya jarayonida ilk ongli rivojlanish boshlangan,buning sababi esa atrof-muhit ta’siriga moslashuv bo’lgan. U o’zining nuqtai nazarini rivojlantirgan holda, odat bu faqat asab tizimining ma’lum bir vazifasi degan qarorga keldi.Ma’lum bir faoliyatni takrorlanayotgan vaqtda , asb tizimi shu faoliyatga mos ravishda o’zgaradi va kelgusi marta shu faoliyatni beixtiyor takrorlaydi.
O’n to’qqiz va yigirmanchi asrning keying yillarida Uilyam Jeymsning fikrlari Jon Dyu(1859-1951), Jeyms Roulend Enjel(1869-1949) J.M.Kattel, L.Edvard, Torndayk va R. S.Vudvard kabi psixologlar tomonidan yanada mustahkamlanib,rivojlantirib borildi.
Bixeviorizm:Strukturalizm va funksionalizmga mutlaqo qarama qarshi holatda Jon B.Vatson yangi bixeviorizm nomli yo’nalishni kiritdi.Uning fikricha,Ongni ilmiy tarafdan tasvirlab berib bo’lmaydi,uni ko’rish ham , tegib ko’rish ham mutlaqo bo’lmaydi.Xatto u mavjud bo’lsa ham uni ilmiy nuqtai nazardan o’rganib bo’lmaydi.Shu sabab psixologiya fanini ilmiy tomondan emas, balki ma’lum bir tajriba va kuzatuvlar orqali bayon etish mumkin.
Shunga ko’ra, bixeviorizm inson ruhiyatini o’rganish uchun o’zini bor diqqtatini kuzatiluvchining xatti-harakatiga qaratadi.Mana shu maqsadda inson faoliyatini, fikrlarini ,his-tuyg’ularini butunlay tushuntirib berish uchun kuzatish va har birini yozib boorish kerakligini bayon etadi.8
In this way, a behaviourist is not interested in the feeling of fear because it is not measurable but he pays attention to the changes in heart rate and blood pressure which are the effects of fear and can be objectively measured. The theory of behaviourism as propagated by Watson was in fact based on the findings of the Russian psychologist Ivan Pavlov (1849-1936) the propagator of the theory of classical conditioning.
In this classic experiment, Pavlov conditioned a dog to salivate at the sound of a bell by substituting that sound for the sight and smell of meat and concluded that all behaviour is a response to some stimulus in the environment. Watson tried to apply this approach in the field of human behaviour. In his famous experiment with an 11 month old child named Albert he conditioned his behaviour to fear a rat by substituting the rat for a loud sudden noise.
Mana shu tufayli, bixevioristlar,masalan, aynan qo’rquvning o’ziga emas, balki yurak urishini tezlashishiga,arterial bosimga e’tibor berishgan.Chunki,qo’rquvni uni o’zini o’lchab bo’lmaydi,ularni va ma’lum bir darajada o’rganish mumkin.Bixeviorizm nazariyasi rus psixologi Ivan Pavlov(1849-1936 )ning nazariyalariga asoslanib Uotson tomonidan faktlarga asoslanib yaratilgan.
Pavlov o’z nazariyasi tajribasida kuchukni avval faqat qo’ng’iroq tovushiga, keyin uni go’sht xidiga almashtirib kuchukning har bir javib reaksuyasiga atrof muhit ta’sir qilishini aniqladi.Uotson shu usulni inson psixologiyasini o’rganib ko’rishga qo’llab ko’rdi. U 11 oylik Albert ismli chaqaloqqa o’z tajribasini o’tkazdi.U chaqaloqni avval kalamushlarga bo’lgan qo’rquvni yaratib, keyin uni to’satdan baland shovqinga o’zgartirdi.Shunga ko’ra, u bizning har bir xatti-harakatimizni atrof muhit ta’siriga nisbatan bo’lgan javob reaksiyasi ekanlligini isbotladi.
Quyida ko’rsatilganidek Uotson 1926-yilda qat’iy tarzda inson avtomatik ravishda javib berishi atrof-muhit ta’siri ekanini isbotladi:
“Menga bir qator yosh, sog’lom bolalarni bering, men ularni o’z dunyoyimda o’zgartirishga kafolat beraman, ularni har qanaqa kasb egasi bo’lib yetishib chiqishiga olib kelaolaman.Masalan, shifokor, yurist,rassom savdogar ,kambag’al odam va o’g’ri , buni barchasini ularni qobiliyati ,iqtidori, mavqei va qaysi elatga mansub ekanligiga qaramasdan bajara olaman”.
Uotson va shogirdlarining yangi bu bixeviorizm yo’nalishi eramizga psixologiyaning yangi mexanik, materialist, obyektiv, fizik va boshqa aniq fanlar ko’rinishini olib kirishdi. Ammo buning ham o’ziga xos kamchiliklari mavjudligi sabab, zamonaviy psixologlar tomonidan bir qator tanqidlariga uchradi.



Yüklə 245 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin