I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf etish omillari 5


Nutq kamchiliklari haqida tushuncha va nutqning buzilish sabablari



Yüklə 315 Kb.
səhifə6/17
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#149315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Nutqiy xatolar

1.2 Nutq kamchiliklari haqida tushuncha va nutqning buzilish sabablari.


Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to`g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to`g‘ri nutq muhiti va ta‘lim- tarbiyaga bog‘liq.
Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi.
Nutq buzilishlarini o`rganish, tushunish uchun bola nutqiningnormal rivojlanish yo`lini, bu jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo`ladi.
G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:
tayyorlov davri (2 yoshgacha);
nutqning mustaqil shakllanish davri.
A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo`lib ko`rsatadi:
tayyorgarlik davri – bola tug‘ilgandan bir yoshgacha;
bog‘chagacha bo`lgan davr – 3 yoshgacha;
maktabgacha bo`lgan davr – 7 yoshgacha;
maktab davri.
Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo`ladi. To`g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig‘i
nutq apparatining 3 bo`limini (nafas olish, ovoz hosil bo`lish, artikulyasion) rivojlanishida katta rol o`ynaydi.
Ikki hafta o`tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e‘tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo`shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo`lib qoladi. Tez kunda bola intonasiyaga e‘tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonasiyaga – yig‘laydi.
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo`g‘inlarning talaffuzi paydo bo`ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyasiya qilinmaydi.
Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion harakatini ko`rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko`p marotaba takrorlashi harakat ko`nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi.
6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba‘zi bo`g‘inlarni talaffuz eta boshlaydi (na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar).
Ikkinchi yarim yillikda bola ba‘zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi (bu, ma, bey).
Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo`g‘inlarni qaytara boshlaydi.
10-11 oyligida so`zlarning o`ziga reaksiya paydo bo`la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat‘i nazar).

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin