I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf etish omillari 5



Yüklə 315 Kb.
səhifə14/17
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#149315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Nutqiy xatolar

Birlik va ko`plikdagi otlarni tushunish. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko`rsatiladi, uni tanishi va ko`rsatish ko`nikmasi aniqlanadi: mashina qaerda, mashinalar qaerda, qo`g‘irchoq qaerda, qo`g‘irchoqlar qaerda, olma qaerda, olmalar qaerda va boshqalar.
Kichraytirish - erkalash qo`shimchasiga ega bo`lgan so`zlarni tushunish.
Bolaga narsalarga oid rasmlar beriladi va quyidagilarni ko`rsatish ko`nikmasi aniqlanadi: stol qaerda, o`yinchoqli stolcha qaerda, qoshiq qaerda, qoshiqcha qaerda, quyon qaerda, quyoncha qaerda va hokazolar.
Bog’lanishli nutq mazmunini tushunish. Bu bo`limda she‘riy va darak gapli matnlar mazmunini tushunish tekshiriladi. Buning uchun bolalarga she‘riy matn taklif qilinadi.
Maxsus ta‘limyoshdagi bolalarning ichki nutqi to`liq rivojlanmagan chuqur tekshirish ruhiy-logopedik tekshirishning umumiy tartibida bolalarning sust lug‘atini va, shuningdek, ular ruhiy faoliyatining ba‘zi tomonlari holatini aniqlashga yordam beradi, chunki mantikiy idrok insonning murakkab ixtisosiy perspektiv fikri-mnemik faoliyati bo`lib hisoblanadi.
Bolaning ichki nutq kishilar bilan aloqa bog‘lanishiga va faoliyatiga ta‘sir qiladi, nutqiy va nutqiy bo`lmagan harakatlarni rejalashtirishning quroli bo`lib maydonga chiqadi. Bolani bolalar nutq bog‘chasiga qabul qilingach, logoped tomonidan bir oy davomida tekshirish olib boriladi; keyinchalik tekshirish natijalari tuzatish orqali logopedik ta‘sir qilish jarayonida yanada aniqlashtiriladi.
Bolaning muloqotga kirishini tekshirish
Nutqi to`liq rivojlanmagan Maxsus ta‘limyoshdagi bolalar bilan birinchi uchrashuvda logoped bolaning muloqotga qanday kirishishini aniqlaydi: (oson, qiyin yoki xayiqib, qo`rqib, negativizm).
Bolaning o`z tengdoshlari bilan qanday Nutqiy aloqaga kirishi tekshiriladi: boshqalar bilan oson nutqiy aloqa o`rnatiladi, tez-tez yoki kamdan-kam urishadi, nutqiy aloqaga kirishishida tashabbuskor yoki sust Nutqiy aloqaga kirishishi turg‘un.

Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish


Logoped bolaga so`z qoidalarini va taqlid bo`yicha quyidagi vazifalarni bajarishni taklif qiladi:
vazifa bo`yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash;
yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo`yicha to`xtash;
bir oyoqda, so`ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish;
logopedga koptokni otish va uni ilib olish;
polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan sakrab chiqish;
bayroqchalarni ushlagan holda qo`lni quyidagi buyruqlarga amal qilib harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga;
cho`kkalab o`tirgan holda polda koptokni u ko`ldan bu ko`lga yumalatish, so`ngra koptokni ko`tarib, o`rindan turish;
yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish;
lentani tugun qilib, so`ng « bantik» qilib bog‘lash va boshqalar.
Bola motorikasini tekshirish natijasida logoped quyidagi ma‘lumotlarni oladi: oyoq, qo`llar muvofiqligi (to`g‘ri, noto`g‘ri, umuman yo`q); tana muvozanatini sezish, bolaning o`z gavdasini to`tishi, harakatlarni bajarish darajasi (to`liq, noto`liq); bir harakatdan ikkinchi harakatga o`tishi (o`z vaqtida, sekinlashgan, yo`q harakatlarni
bajarish mustaqilligi (tuliu yoki logoped yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari me‘yorda, samimiy va yuz naylarining giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya‘ni asosiy harakatlar bilan birga bajariladigan qo`shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan.
Bolaning motor faolitini tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar bo`yicha umumlashtiramiz.

Bolalar nutqining grammatik tomonini o`rganish


Buning uchun bolalarga quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi:
syujetli rasmlar asosida gap tuzish;
narsalarga oid rasmlardan foydalangan holda birlikdagi otlardan ko`plikdagi otlarni hosil qilish (koptok-koptoklar, kalam-kalamlar, kitob-kitoblar va hokazo);
otlardan kichraytirish - erkalash shakllarini hosil qilish. Masalan: uy-uycha, stol-stolcha;
otlardan sifat yasash.
Bunda asosiy diqqat bolalarning kay tarzda gap tuzishiga qaratiladi. Bolaga rasmlar yoki davomli rasmlar asosida hikoya qilish, oddiy va murakkab mazmunli matnlarni so`zlab berish taklif etiladi. Bunda so`zlarni bog‘lab, matn mazmunini kay darajada so`zlab berishi va undagi kamchiliklar hisobga olib boriladi. Bolaning nutq faolligi darajasi, monologik suhbatga oid nutqdan foydalanish imkoniyatlari belgilanadi.Bundan tashqari, bolaning nutqiy muomalada tashabbuskorligi, she‘r, ashula bilishi kabilar ham hisobga olib boriladi.
Bolaning faqat nutqini emas, balki uning ruhiy xususiyatlarini, shaxsining e‘tibor talab tomonlari, aqliy holatini ham o`rganib boriladi. Logoped tekshirish jarayonida bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baxolabgina kolmay, balki kerak bo`lganda bolaga yordam berishi lozim. Tekshirish jarayonida bola faoliyati, uning Qiziqishi, muvaffakiyat va muvaffakiyatsizlikka munosabati, qiyinchilikni qanday qabul qilishi va uni bartaraf etish usullari, yo`l quyilgan xatolarni to`g‘rilash kobiliyatini hisobga olish lozim.
Bolani charchatib kuymaslik, shuningdek, bola harakatining faollik darajasini pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlarini uzgartirib turiladi.
Ish jarayonida bolaga va uning ota-onasiga bo`lgan munosabat, xushmuomalalik bilan tekshirish ruhiy-terapevtiv ta‘sir etish asosida bo`lishi kerak. Tekshirish usullari bir xillikka ega bo`lmay, balki hamma vaqt xususiy yo`nalishdadir.To`g‘ri tashkil etilgan tekshirish ishlari tabaqalashtirib aniqlash masalalarini hal etishga imkon beradi va shu qatorda tuzatishga qaratilgan ish uslublarini to`g‘ri tanlashda katta ahamiyatga egadir.
Bolalarning mustaqil nutqini tekshirish metodikasi
Bolalarning bog‘langan Nutqini tekshirish uchun ularga quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi:
predmetli rasmlardan, o`yinchoqlardan, narsalardan foydalangan holda hikoya tuzish. Masalan, «Bu qo`g‘irchoq. Qo`g‘irchoq juda chiroylik. Uning sochiga katta qizil bant boylangan. Qo`g‘irchoq atlas kuylak kiygan. Uning oyogida tapochka bor».
seriya rasmlardan foydalangan holda hikoya tuzish.
Logoped 3-4 talik seriyali rasmlarni bolaga tavsiya etadi va shu rasmlarga qarab ketma-ketligini aniqlab hikoya tuzishni taklif etadi.
Berilgan mavzu bo`yicha hikoya tuzish. Logoped bolaga murojaat qiladi:
«O`ylab ko`r-chi, sen kecha uyda nima kilding?», yoki «Qanday multfilmlarni bilasan?», «Sen mehmonga borishni yaxshi ko`rasanmi?», «Kimnikiga mehmonga borgansan?».
Baxolash:
hikoya to`g‘ri tuzilgan. Hikoyani mazmunini yaxshi yoritib bera oldi.Hikoya 5-6 gapdan to`zilgan;
hikoya tuza oldi. Lekin mazmunini oxirigacha echib bera olmadi. Hikoya 3-4 gapdan to`zilgan;
hikoyada ko`p xatolar. Mazmunini yoritib bera olmadi. Hikoya 1-2 gapdan to`zilgan;
mustaqil Nutqi yo`q.
Bolani nutqini logopedik tekshirish davomida olingan ma‘lumotlar Nutq xaritasiga yozilib boradi (nutq xaritasi ilovada berilgan).
Bola nutqini tekshirish uchun materiallar
Narsa modeli, mulyaj, tarqatma materiallar (rasmlar, konstruktorlar), zondlar, shtagel, oyna (devor va stol oynasi).
Didaktik materiallar: o`yinchoqlar to`plami, stol ustida o`ynaladigan o`yinchoqlar (loto, domino).
Albomlar yoki rasmlar to`plami, narsalarga oid iborali, syujetli, davomli, qirkma rasmlar.
Turli kattalikdagi va turli xil sanoq materiallari, mozayka, optik-fazoviy tasavvurlarini aniqlash uchun turli rang va shakldagi narsalar to`plami. Turli o`lchamdagi narsalar yoki ularning rasmlari.
Ovozli o`yinchoqlar to`plami: do`mbira, nay, pianino, ovoz chiqaradigan hayvon - o`yinchoqlar.Rasmlar to`plami (o`yinchoqlar): uy jihozlari, kiyim, idish-tovoqlar, transportlar, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, sabzavotlar, mevalar.
Fonematik idrokni tekshirish uchun maxsus qo`llanmalar: juft narsalarga oid rasmlar, bo`g‘inlar, so`zlar.
Bolalar nutqini har tomonlama tekshirish natijasida biz bolalar Bilan ishlash prosessni to`g‘ri tashkillashtiramiz. Ular nutqidagi kamchiliklarni to`g‘ri va aniq tekshirish esa, o`z vaqtidabolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishimizga yordam beradi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin