Huquqshunoslik fanini o‘qitishda ilmiy adabiyotlardan
foydalanishning samaradorligi
Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta'lim tizimida ham keskin o'zgarishlar yuz bermoqda. Ozbekistonda ilm-fan. texnika va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvarda “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, bugungi kunda ta lim tizimida huquq fanini tegishli darajada tashkil qilinishi, ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda, mashgulotlar zamonaviy ta'lim texnologiyalariga tayangan holda, o‘t kazilishi lozimligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlanishi zarurligidan kelib chiqib, huquq fanlarini maqsadli, samarali va kafolatlangan natijali oqitish davr talabidir. Sharqda taraqqiy etgan qarashlar to‘g‘risidagi huquqiy ilmiy ta’limotlarni o‘rganishda falsafa, huquqshunoslik, sharqshunoslik, tarix, filologiya, pedagogika sohasida ish olib borgan H.Boboev, A.Jo‘zjoniy, V.Zohidov, A.Zunnunov, M.Inomova, Z.Muqimov, S.Nishonova, A.Saidov, H.Samatova, M.Xayrullaev, O.Eshonov, SH.O‘razaev, K.Hoshimov kabi olimlar alohida o‘rin egallaydilar..
Birinchi davr – huquqiy ta’limning qadimgi davri – davlat va huquq paydo
bo‘lishidan to islom huquqi o‘rnatilguniga qadar (mil.av. VI-V asrdan milodning VII asrigacha) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto”, shuningdek, odat huquqi, So‘g‘d huquqi kabi manbalarda bayon etilgan ta’lim-tarbiyada qo‘llanilgan usul va vositalar natijasida bolalar ona zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot va jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo‘lgan. Ularning nazarida tashqi dunyo kengayib borayotgandek bo‘lib, fikrlash qobiliyati va tafakkurlari rivojlanib bordi. Masalan, zardushtiylik ta’limotining “Avesto” kitobida inson hayoti va odamlarning ijtimoiyhuquqiy munosabatlari ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumotlar mavjud. Unda yer, suv, havo muqaddas deb e’lon qilinib, ularni asrash barcha narsadan ustun bo‘lgan. Atrof muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzganlar jazolanib, huquqiy ta’lim-tarbiyaga asos solingan. Oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish kata gunoh hisoblangan. “Avesto”da ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, “Avesto”da “yaxshilik ta’limini va sadoqatni amalga oshirib..., yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar”, deb ta’kidlangan. Zardushtlik ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. 15 yoshga yetganlarga Zardusht qonunlari, axloqiy va ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal yo‘riqlari o‘rgatilib, ular adolatlilik, halollik ruhida tarbiyalanganlar.
Ikkinchi davr – islom huquqi o‘rnatilganidan to Markaziy Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar (milodning VII asridan XIX
oxirlarigacha ) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi bilan bu an’anaviy sifatlar mustahkamlanib, boyitilgan. Islomning asosiy manbai bo‘lmish “Qur’oni Karim” da axloq-odob, kishilarning tengligi, birodarligi, jamiyatga xizmat qilish, ota-onaga hurmat kabi masalalar ravshan aks ettirilgan. Islomning ikkinchi muqaddas manbai-“Sunna” (payg‘ambarning so‘zlari, amallari va tasdiqlari)da insonning ma’naviy kamolot mezoni, dunyoqarashining kengligi, bilimlarni qay darajada egallanganligi ko‘rsatilgan. Shaxs bo‘lib yetishishda muhim omil – bilim egallash, deb qayd etilgan. Islom ta’limotida birovning haqiga hiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag‘ini zo‘rlik va aldov yo‘li bilan olish, o‘g‘rilik qilish – og‘ir gunoh, qabih odat, deb ta’kidlangan. SHuning uchun ham huquqiy ta’lim berishda Qur’oni Karim, hadis va boshqa manbalardagi
ko‘rsatmalardan foydalanish, ularni hozirgi zamon talablariga bog‘lash zarur. Masalan, “Moida” surasidagi 3-oyatda: “Ey mo‘minlar, Ollohning o‘zi uchun haq
yo‘lni tutuvchi, adolat bilan shahodat - guvohlik berguvchi bo‘lingiz. Biron qavmni yomon ko‘rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin!...” – deb, buyuriladi. Demak, shaxsiy adovat orqali adolatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik ta’kidlangan. Shuningdek, “Niso” surasida mulk huquqi, meros huquqi, omonat, to‘g‘ri guvohlik berish xususida, “Baqara” surasida esa ayollik huquqlari, qarz berish to‘g‘risida huquqiy ta’limotlar berilgan. Hadislarda ham ilm haqida, bilim olish haqida hikmatlar mavjud.
________________________
Sinyukov V.N., Sunyukova T.V. Rossiyada universitet va amaliy ta'limni rivojlantirish to'g'risida // Davlat va huquq, 2010 yil, № 3. 33-42-betlar.
Barchamizga ma’lumki, azaldan fuqarolik jamiyatida huquq sohasini isloh qilish va sifatli yuridik xizmatni yo’lga qo’yish davlatning dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelgan. Hozirda ham huquqiy demokratik davlat qurishimiz hamda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizda bevosita yuridik ta’lim va fan asosiy mexanizmlardan biri bo’lib qolmoqda. Yuridik ta’lim va fan xususida so’z yuritar ekanmiz, bu ta’lim qamrovi faqat huquqshunoslar bilan cheklanibgina qolmasdan jamiyat barcha a’zolariga tegishlidir.
Demokratik davlatda ijtimoiy munosabatlar aslida huquqiy mezonlar asosida shakllanib borishini nazarda tutadigan bo’lsak, jamiyatimizda yuridik ta’lim va fanni ahamiyati naqadar ustuvorligiga amin bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish hamda unga innovatsion ruh bergan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid so’nggi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining qabul qilinishi bugungi davr talabidan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning ikkinchi ustuvor yo’nalishi “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari”da aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi3 farmonida oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonining ayni vaqtda imzolangani bejiz emas. Mazkur Farmon mamlakatimizda milliy yuridik ta’limning samaradorligini oshirishga, yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlashga, yuridik fanni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
Avvalo, milliy yuridik ta’lim samaradorligi xususida so’nggi yillarda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimizda huquqiy madaniyat yuksalayotganidan dalolat bermoqda. Mazkur farmon bilan tanishib chiqarkanmiz maqsad yuridik ta’lim va fanni takomillashtirish negizida qonun ustuvorligiga erishish chinakam huquqiy davlat - yangi O’zbekistonni barpo etishdir. Bunday jamiyatni huquqiy madaniyatli har bir hatti-harakati huquqqa asoslangan shaxslargina tashkil etishi barchamizga ma’lumdir.
Xususan, mamlakatimizda o’tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2013 yilda Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilgan edi. Yuridik institut universitetga aylantirilganidan so’ng, yillar davomida yuridik ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, yuridik o’qitish tizimiga birinchilardan bo’lib “modul” tizimi joriy etildi va tizim yil sayin takomillashtirilib borilmoqda.
Qisqa muddatda TDYU o’z faoliyatini tubdan qayta ko’rib chiqdi. Hamda qator islohotlarni amalga oshirdi. Xususan, ilmiy salohiyat ko’rsatkichi 41 foizga yetkazildi, Toshkent yuridik kolleji Toshkent davlat yuridik universiteti tuzilmasiga o’tkazildi, oliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlashning 6 oylik kurslari tashkil etildi.
Qolaversa, bitiruvchilarni ishga joylashishi bilan bog’liq ma’lumotlari o’zida aks etgan “job.tsul.uz” elektron tizimi joriy etilishi, “Yuridik fanlar axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnali joriy qilinishi, “TSUL Legal Report” - huquqshunoslik sohasida ingliz tilida chop etiladigan yangi va innovatsion turdagi elektron xalqaro ilmiy jurnali faoliyati yo’lga qo’yilishi, 21 ta xorijiy professor - o’qituvchining ta’lim jarayoniga jalb etilishi, “Huquqiy shahar” mobil ilovasining yaratilishi, “Yosh yuristlar” jamoat birlashmasining tashkil etilishi hamda TDYU va Yevroponing qator huquq universitetlari o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumlarning imzolanishi eng katta yutuqlaridan biri bo’ldi.
Ammo yillar davomida butun bir mamlakatda yagona yuridik OTMning faoliyat yuritishi yuridik ta’limda o’z-o’zidan monopoliyani keltirib chiqardi. Barcha sohalarda bo’lgani singari, ta’limda ham sog’lom raqobat orqali sifatni oshirish mumkin. Tabiiyki, ta’limni ham qolgan sohalar singari monopoliya yeb bitiradi va faoliyatini “qotirib” qo’yadi.
Qolaversa, huquqshunos bo’laman degan, yoshlarimizning barchasi ushbu OTM ga hujjat topshirishi, 1 o’ringa 15-20 dan ortiq abituriyentning to’g’ri kelishi, bu yerda qabul ballarining yuqorilab ketishi va hattoki korrupsion holatlarni ham keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, butun bir davlatda yuridik universitetning yagonaligi uning faoliyati, hamda u yetishtirgan kadrlar salohiyatini solishtirish imkoniyatini bermadi.
“O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmon bilan yuridik ta’limni rivojlantirish bo’yicha juda ko’p yangiliklar joriy etilishi belgilandi. Xususan, qisqa vaqtda Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etildi. Farmonda yuridik fakultetlar ochilishi yuridik kadrlar tayyorlashda sog’lom raqobatni vujudga keltiribgina qolmasdan, joylarda mahalliy yoshlarni o’z hududlarida yuridik ta’lim olish imkoniyatini oshirishi ham ahamiyatlidir.
2021 yil so’ngida Buyuk Britaniyaning oliy taʼlim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti (THE) oʻzining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini eʼlon qildi.
____________________________
Enikeev Z.D. Zamonaviy Rossiyada huquqiy ta'limni rivojlantirishning yo'nalishlari // Davlat va huquq, 2010. S. 23-33.
Dostları ilə paylaş: |