1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhga ega
bo’ladi.
2. Dars mashg’uloti asosan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shakilda olib boriladi.
4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beriladi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Ayni paytda maktablarimizda talimni tashkil etish shakllari ikki turda olib borilmoqda:
1. sinf – dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.
Sinf dars shaklida olib boriladgan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishini,xilma-xil usullardan foydalanishi, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi. Amaliy va tajriba ishlari shaklida oilib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi tajriba maydonchalari va qishloq xo’jaligi ekin maydonlarida ishlash, sayoxatlar o’kazish yo’li bilan olib boriladi. Hozirgi zamon didaktikasi ko’p yillar davomida to’plangan o’qitish qoidalari, fan yutuqlari va ilg’or tajribalar asosida boyib bormoqda deyishga asos bor.
Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsni tashkil etishning bir necha turlaridan foydalanildi. Ammo, ularning har birini tuzilishi o’ziga xos bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Ularning tuzilishi asosan darsdan ko’zlangan maqsadga bog’liq. Ta’limiy maqsad va vazifalar esa dars turning nomlanishidan ko’rinib turibdi. Masalan: yangi mavzuni bayon qilish mustahkamlash, takroriy umumlashtiruvchi, aralash, nazorat dars turlari. Ular bosqichma bosqich bir-birini to’ldirib boradi. Ya’ni, dastlab yangi mavzu haqida bilim beriladi, keyingi darsda o’quvchilar bilimlari amaliy ko’nima va malakalar bilan mustahkamlanadi. Navbatdagi dars turida egallagab bilim va ko’nikmalar takroriy umumlashtiriladi. Aralash dars turida o’quvchilar turli faoliyatlar bilan shug’ullanadilar, nazorat darsida esa o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikmalar tekshiriladi va baholanadi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini boshlang’ich sinflarda takroriy umumlashtirubchi dars turining tuzilishi quyidagicha: 1. Darsning tashkiliy qismi
2. darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish.
3. O’quv materiallarini umumlashtirish va tizimlashtirish.
4. Dars yakuni va uyga vazifa.
Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini bu dars turini tashkil etishning o’ziga xos va murakkablik jihati shundaki, unda o’quv materiallarning chegaralari aniq belgilab olinishi, asosiy g’oya, tushuncha, qoida, unga mos mashq topshiriqlarini ajratib olish lozim. Masalan: darsda nutqning ega, kesim, ikkinchi darajali bo’laklari qaytariladi. Vaqtning chegaralanganligi sababli ularning har biri ustida to’xtalib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tanlangan mashq va topshiriqlarda nutqning tarkibiy qismlari o’zaro aloqador shaklida bo’lmog’i lozim.
Qaytarish jarayonida darsning tarbiyviy jihatiga e’tibor kuchaytiriladi. Bunda o’quv materiallari ko’proq qiziqarli hodisa, voqea dalillar bilan bog’liq bo’ladi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini tizimlashtirish va umumlashtirish darsining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, o’qituvchining o’zi qamrab tushuntirib, aksincha o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqaradi. Boshlang’ich sinflarda o’quv materiallarini tizimlashtirish asosan amaliy o’quv faoliyatida amalgam oshiriladi. Yuqori sinflarda esa e’tibor nazariy tahlilga qaratiladi. Bu esa o’quvchilar tomonidan umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga va mabtiqiy to’g’ri fikrlash qobilyatlarining rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, har bir o’quv predmeti, undagi materiallar boblarga, qismlarga, bo’laklarga alohida mavzularga bo’lib o’rganiladi. Umumlashtiruvchi darslar esa tarkibiy qismlarga bo’lib, o’rganilgan materiallarni umumlashtirishga, ular o’rtasidagi aloqadorlikni, yaxlitlikni anglab yetishga yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda har bir fan o’ziga xos tarlibiy qismlardan iborat bo’lganligi sababli umumlashtiruvchi darslar o’qub yili, choraklarining turi bosqichlari davriga to’g’ri keladi. Asosan o’quv predmentining ma’lum bir qismi, bobi o’tib bo’lingan davrda choraklar, o’quv yili yakuniy davrlarida ko’proq qo’llaniladi. Umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishda pedagogic hamkorlik natijasida o’quvchilar umumlashgan holdagi tasavvurga ega bo’ladilar. Tushuncha va
kategoriyalar o’rtasidagi aloqadorliklari anglab yetadilar, bilimlarini tartibga tizimga soladilar. Ularda idrok, tasavvur, mantiqiy tafakur rivojlanadi, dunyoqarashi kengayadi, murakkab topshiriqlarni bajara olish ko’nikmalari tarkib topadi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikni turini to’g’ri tashkil etishning maqsad va vazifalarini9 chuqur tushungan holda didaktik qoidalarga rioya qilshi lozim.U eng avvalo darsning asosiy vazifalariga rioya qilishi lozim.
Ta’lim jarayoning ta’limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 3 ta asosiy vazifalari bo’lib, har bir darsda ta’limning ushbu funksiyalari amalga oshirilishi shart xisoblanadi. Darsning ta’limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarining turlari, shuningdek ularni amalga oshirish usullarini izlash boshlang’ich ta’lim metodikasi va amaliyotning takomillashuviga yordam beradi. O’qituvchining o’qitish jarayonida ta’lim tarbiya va rivojlantiruvchi funksiyalarini amalga oshirish yo’llarini bilish, ijodkorlik va pedagogik mahoratni talab qiladi. Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi asosida o’quvchilarni tegishli
bilim,ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish ta’limiy vazifadir.
Boshlang’ich siniflarda darslarni tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini har bir darsda ta’limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar u yoki bu darajada amalga oshirishga
qaratilsa u o’qituvchining bilish faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi. Bunday holda o’qitishning boshqa vazifalari hamda ularga muvofiq topshiriqlar mazkur darsdagi o’quv jarayoning yordamchi komponenti xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |