I-bob. Burchoqdoshlar oilasi



Yüklə 184,96 Kb.
səhifə12/13
tarix24.12.2023
ölçüsü184,96 Kb.
#192725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
dukkakdoshlar

shudring kasalligi. Un shudring kasalligi bilan odiy no’xat, mahalliy no’xat,
loviyalar, mosh, loviya, soya, yasmiq, china kabi o’simliklar va dukkakli yem
xashakli beda, sebarga, esparset va boshqa ekinlar zararlanadi.
Kasallikning asosiy belgisi o’simlikning barg va poyalarida unsimon oq
novvosimon g’ubor hosil bo’ladi, u sekin-asta kulrang tusga kiradi va g’uborda
qora nuqtalar (zamburug’ning kleystokarpiyalari) hosil bo’ladi. o’simlikning
zararlangan qismi sarg’ayadi va qurib qoladi.
Un shudring kasalligini xaltali zamburug’lar sinfiga mansub Erysiphe communis
va Leveilulla taurice keltirib chiqaradi. Bu zamburug’lar o’simlikiarning o’sish
davrida konidiyalari bilan tarqaladi va kleystokarpiya holida o’simliklar qoldig’ida
qishlaydi.
Un shudring kasalligiga qarshi kurashish choralari:
1. Almashlab ekish. 2. Bir yillik dukkakli o’simliklar qoldig’ini yig’ib olish va
yo’qotish. 3. Bir yillik o’simliklar yig’ib olingandan keyin yerni kuzgi shudgor
davrida oltingugurt kukuni va ohak aralashmasi olib (1:1 nisbatda gektariga 20—
30 kg hisobida) changlash.
Askoxitoz kasalligi. Askoxitoz kasalligi bilan oddiy no’xat, mahalliy no’xat,
loviyalar, mosh, china, yasmiq, loviya va boshqa dukkakli o’simliklar zararlanadi.
Bu kasallik bilan kasallangan o’simliklarning barglarida och qo’ng’ir rangli, cheti
qora hoshiyali, yumaloq yoki tuxumsimon dog’lar hosil bo’ladi. Poya va barg
bandlarida ham xuddi shunday botib kirgan, cho’zinchoq dog’lari bor.
Dukkaklaridagi dog’lar yumaloq botiq hoshiyali bo’ladi.
Kasallangan o’simliklardagi hamma dog’larda mayda qora nuqtalar paydo bo’ladi.
Dukkaklar qattiq zararlansa, urug’lari ham zararlanadi, ular qo’ng’ir tusga kiradi
va burishib qoladi, urug’ning unib chiqish quvvati bo’ladi.
III.BOB.
Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan o'simliklardan biri
o'tlog' sebargasidir (106-rasm). O`tloq sebargasi bo`yi 25-50 sm keladigan ko'p
yillik o't. Barglari uzun bandli, uch yaproqchali. Gullari mayda, 2-3,5 sm keladigan
kallakcha shaklidagi to'pgulga joylashgan. Burchoqdoshlarga mansub o'simliklar
qatoriga yantoq ham kiradi. Yantoqning yoshi oshgan sari uning ildizi ham
chuqurlikka va yoniga qarab uzaya boradi. Chuqurlikka qarab o'sgan ildiz ko'p
vaqt o`tmay yerosti suvlariga yetib boradi. Shuning uchun unga «uning boshi
olovda, oyog`i esa suvda» deyishadi. Tabiatda burchoqdoshlaming turli
maqsadlarda ishlatiladigan isirg`ao`t, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak,
astragal, burchoq, beda kabi turkumlarining turlari o'sadi. Bu oilaning madaniy
o'simliklari — mosh, no`xat, loviya, soya va yasmiq alohida ahamiyatga ega (107-109-rasmlar). Respublikamizning sug`oriladigan yerlarida burchoq-doshlar
oilasiga kiruvchi yeryong`oq ekiladi. Bu o'simlikning vatani Braziliya. Yeryong`oq
bir yillik o`t, barglari juft patsimon, murakkab. Guli to`q sariq, dukkagi cho'ziq.
Gullari changlanib va urug`lanib bo'lgach, gulli novdalari qayrilib, tuproq ichiga
kiradi va meva hosil qiladi. Respublikamizning shahar va qishloqlaridagi istirohat
bog`larida, xiyobonlarda va ko`chalarda manzarali daraxt sifatida ekiladigan
o'simliklardan tuxumak (yapon saforasi), tikan daraxt (gledichiya) va oq akatsiya
burchoqdoshlar oilasiga kiradi (110-111-rasmlar). Burchoqdoshlar oilasi
O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan o'simliklarga boyligi,
ya'ni 60 turni o`z ichiga olishi bilan alohida o`rinda turadi. Turlar sonining ko`pligi
jihatidan astragal (37 tur), oksitrops (13 tur) va tangao`t (8 tur) turkumlari ajralib
turadi.
Achchiqmiya, afsonak, akatsiya, astragal, beda, boqila, burchoq, gledichiya,
isirg'ao't, loviya, mosh, no'xot, oksitrops, oqquray, qashqarbeda, quyonsuyak,
sebarga, shirinmiya, soya, tangao't, tuxumak (yapon saforasi), yantoq, yeryong'oq,
zirako't.
XULOSA
Inson organizmining oziqlanishida o’simlik oqsili ham chorva mollari oqsili bilan
bir qatorda muhim hayotiy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi hayvonlari asosan
o’simlik oqsili bilan oziqlanadi. Shuni aytish kerakki, dukkakli o’simliklar
o’zlarining organizmida, ayniqsa urug’larida va yashil massasida ko’p miqdorda
oqsil moddasini to’plash xususiyatiga ega, shuning uchun ham ular xalq
xo’jaligida yuqori baholanadi.
Mavzuni o’rganishda no’xat o’simligining

xalq xo’jalikdagi ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi,

navlari, hosili, o’simlikning tuzilishi,

biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilni yig’ib olish va qayta ishlashni

no’xat o’simligining kasalliklari, ularga qarshi kurash choralari

no’xatning shifobaxshlik xususiyatlari 
dukkakdoshlar oilasi mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida botanika
darslarida o’tish uchun bir soatlik dars ishlanmalari ishlab chiqildi.
O’simliklarga mineral o’g’itlardan kaliy, kalsiy elementlari yetishmaganda
o’simlik organlarida o’zgarishlar sezildi, bunda yosh barglarining yuqori qismining
oqarishi, yangi hosil bo’lgan barglar mayda, buralgan, noto’g’ri shakllarda bo’lishi
mumkinligi aniqlandi.

Yüklə 184,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin