Adabiyotlar sharxi Genetika fanini rivojlanishi 4 bosqichni o'z ichiga oladi. 1-bosqich. chex olimi G.Mendel (1822-1884) tabiatshunos bo'lib no'xot o'simligi ayrim belgilari bo'yicha alohida ajratib olib, BRNO shahridagi Cherkov bog'ida manzarali ekinlar sifatida ekib tajribalar olib boradi. Chatishtirib duragaylami o'rganadi. 1965 yili BRNO shahrida tabiatshunoslar jamiyatida Mendel o'zining «O'simliklar duragaylari ustida tajribalar» maqolasida irsiyat qonunlarini e'lon qiladi va «tabiatshunoslar jamiyati» toplamida boslib chiqadi. 1900 yili 3 botanik Gollandiyada Gugo-De Friz enatoriya va Germaniyada Karl Kor ense makkajo'xorida, Avstraliyada Erix Chermak no'xat o'simligida, bir-biridan bexabar bir vaqtda belgilarning irsiylanishi va F2 da ajralishi qonunlarini e'lon qiladi. Bu mendelning irsiyat qonunlarini isbotladi va ikkinchi ochilishi bo'lib xizmat qiladi. Medel irsiyat qonunlarining asoschisi deb tan olindi. 1902 yilda U. Betson tovuq pati shaklini irsiylanishini o'rgandi. A.Kyueno uy sichqonlarini rangini irsiylanishini o'rganadi. Natijada hayvonlaming belgilari ham Mendel qonunlari asosida irsilanishi isbotlandi. Nemis olimi R.Beberg 1889 yili irsiy belgilar yadro orqali o'tish gipotezasini yaratdi. 1903 yili U.Setton irsiy belgilar xromosomalar orqali naslga berilishini isbotladi va e'lon qildi. 1909 yili daniyalik olim V. Iogansen «toza liniyalar, gen, genotip va fenotip» tushunchalarini fanga kiritdi. Populyatsiyalar irsiy jihatdan har xil organizmlar, qarindosh liniyalardan iboratligini isbotladi. 2-bosqichda genetika fanining rivojlanishi 1912-1920 yillarni o'z ichiga oladi. Bu davrda rsiyatninq xromosoma nazariyasi yaratildi. Amerikalik embrioloj va ge-letik olim Toms Xant Morgan (1866-1945) yillarda shogirdlar A.Styortevan, K.Bridjas va G.Myuller bilan hamkorlikda meva pashshasi (drozofila) ustida tajribalar olib borib, irsiyatning xromosomalar nazariyasini yaratdi. Morganni nazariyasi quyidagicha:
1. Genlarning xromosomalarda bir chiziqda birin ketin joylashgan.
2. Xromosomada joylashgan genlar birikkan holda nasldan-naslga beriladi.
3. Irsiy axborotini naslga tashuvchi xromosomalarda joylashgan genlardir.
O‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishi. O‘zbekistonda madaniy o‘simliklar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda zarur boshlang‘ich material hisoblangan o‘simliklar genofondi yaratilgan. O‘simliklar genofondi o‘simliklarning ikki xil kolleksiyasini o‘z ichiga oladi. Ularning birinchisimadaniy o‘simliklar navlari, yarim yovvoyi, yovvoyi ajdodlarning dunyo kolleksiyasi. Rus olimi akademik N. I. Vavilov hamda O‘zbekiston olimlari G. S. Zaysev, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev va xodimlarining mehnati tufayli, mamlakatimizda madaniy o‘simliklarning boy kolleksiyasi to‘plangan. Bu kolleksiyada faqat g‘o‘zaning o‘n mingdan ortiq navlari va yovvoyi formalari mavjud. Bu sohadagi tadqiqotlar Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi, O‘simlikshunoslik, g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutlarida olib borilmoqda. Kolleksiyaning ikkinchi xili irsiy tomondan toza (gomozigotali) izogen, mutant, monosomik va translokatsion liniyalar genetik kolleksiyasidan iborat. Bu xildagi kolleksiya ko‘p yillik genetik tadqiqotlar natijasida yaratiladi. Bu boradagi ilmiy-tadqiqotlar, g‘o‘za o‘simligida 1957 yildan boshlab, Toshkent davlat universitetida (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) olib borilmoqda. Buning uchun klassik genetika, mutatsion genetika, sitogenetika, fiziologik genetika va ekologik genetika metodlaridan keng foydalanildi. Natijada g‘o‘zaning eng muhim morfologik, biologik xossalari, xo‘jalikda ahamiyatli belgilarining genetik asoslari aniqlandi va muhim qonuniyatlar kashf etildi. Qayd etilgan tadqiqotlar natijasida O‘zbekistonda nodir genetik kolleksiya yaratildi. Bu kolleksiyaning asosiy qismi-izogen liniyalar majmuasidan iborat bo‘lib, u o‘zining sifati va soni jihatidan yagona bo‘lib ajnabiy mamlakatlar, hatto A+Sh da ham uning analogi yo‘q. O‘zMU dagi g‘o‘zaning monosom, translokatsion liniyalarining kolleksiyasi, dunyoda A+Sh dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Keyingi 15 yil davomida bu sohadagi ilmiy ishlar Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining O‘simliklar genetikasi bo‘limida ham rivojlantirilmoqda. Bu ishlar J. A. Musayev va uning shogirdlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Yaratilgan genetik kolleksiya genetikaning barcha sohalari, jumladan molekulyar genetika, bioximiyaviy genetika, genetik injeneriya, ekologik genetika kabi yangi sohalarini rivojlantirishga asos bo‘ldi. O‘zbekiston olimlari g‘o‘za seleksiyasining genetik asoslarini yaratishga salmoqli hissa qo‘shishga erishdilar. G‘o‘zaning qarindoshlik jihatdan uzoq turlarini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan duragaylarni tadqiq qilishda ayniqsa S. S. Kanash, L. G. Arutyunova F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev va ular shogirdlarining ishlari e’tiborga sazovordir. g‘o‘zaning bir turga mansub, lekin geografik uzoq formalarini duragaylash samarali natija berdi. Mas: I. A. Avtonomov ingichka tolali 2 I 3 g‘o‘za navini Perudan keltirilgan g‘o‘za formasi bilan chatishtirib yangi 2850, 2836, 10954 kabi serhosil, kasalliklarga chidamli, tolasi sifatli navlarni yaratdi. S. M. Mirahmedov tezpishar, hosili ham ancha yaxshi S-4727 navini Meksikadan keltirilgan viltga chidamli Meksikanum yovvoyi g‘o‘za bilan chatishtirib, g‘o‘zaning serhosil, vilt kasaliga chidamli Toshkent-1, Toshkent-2, Toshkent-3 navlarini yaratdi. Bu navlar mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. N. N. Nazirov, O. J. Jalilov radiobiologiya, radiatsion seleksiyaning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqdilar. g‘o‘zaning AN-402, AN-Samarqand-3, Yulduz kabi yangi navlarini yaratdilar. g‘o‘za mutagenezi sohasidagi e’tiborga sazovor ishlar Sh. I. Ibragimov, A. E. Egamberdiyevlar tomonidan amalga oshirildi. Vatanimizda paxtachilikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar qatoriga S. S. Kanash (S-460 navi), L. V. Rumshevich (108-F navi), S. S. Sodiqov (AN-Bayovut navi), B. P. Straumal (S-4727 navi) kabilarni kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda o‘simlikshunoslik bo‘yicha biologik, genetik, seleksion ishlar Bog‘dorchilik va uzumchilik, Donchilik, Sholichilik, Meva va sabzavotchilik va Akademiyaning Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi, Botanika institutlarida hamda O‘zMU, ToshDAU da amalga oshirilmoqda. Xonakilashtirilgan hayvonlar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi tadqiqotlar Chorvachilik, Qorako‘lchilik va Ipakchilik ilmiy tekshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. Mas: S. I. Shodmonov yaratgan immuno-genetik metod qoramollar seleksiyasining samaradorligini oshirish imkoniyatlarini berdi. Yangi mahsuldor qoramol zotlarini yaratish ishlari tezlashtirildi. S. A. Azimovning genetik va seleksion ishlari natijasida bir qancha sermahsul tovuq zotlari yaratildi. V.A.Strunnikov va U. N. Nasrullayev va ularning shogirdlari, genetik tadqiqotlar natijasida, ipak qurtining sermahsul zotlarini yaratdilar. Bu zotlar mamlakatimizda ipakchilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Odam genetikasi va molekulyar biologiyasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari Tibbiyot va Pediatriya oliy o‘quv yurtlari kafedralarida, Endokrinologiya, Bioximiya, Immunologiya, Virusologiya, Onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot institutlarida amalga oshirilmoqda. Molekulyar genetika, bioximik, genetik injeneriya va biotexnologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi, Bioximiya, Biorganik ximiya, Mikrobiologiya kabi ilmiy-tekshirish institutlarida va O‘zMU da olib borilmoqda. Genomika proteomika va bioinformatika fanlarining rivojlanish holati, mamlakatning rivojlanish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Aynan biologiya fanlari dunyoning rivojlangan mamlakatlarida meditsina, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligining rivojlanishini ta’minlovchi bosh kuch hisoblanadi va ularning iqtisodiyoti uchun xizmat qiladi. Oxirgi 20 yilda genomlarning tadqiqoti bo‘yicha juda keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan, xususan o‘nlab eukariot va prokariot organizmlarni genomlari batafsil o‘qib chiqilgan (sekvenslangan). Bu genomlar asosida o‘simliklarni qimmatbaho xo‘jalik belgilari uchun javobgar bo‘lgan (hosildorlikka, qurg‘oqchilikka, patogenlarga, zararkunanda hasharotlarga chidamli) genlari aniqlangan. Bu esa qishloq xo‘jalik o‘simliklarini yangi yuqori sifatga ega bo‘lgan navlarini yaratilishi uchun zamin bo‘lmoqda. Bundan tashqari, genomika, proteomika va bioinformatika metodlari yordamida meditsina amaliyotida odam kasalliklari uchun javobgar bo‘lgan genlar aniqlangan. Bugungi kunda irsiy, poligen va yuqumli kasalliklarga zamonaviy tashxis qo‘yish usullari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy genomli texnologiya, tibbiyotda yangi yo‘nalishni – shaxsiy meditsinani rivojlanishiga asos bo‘ldi. Bu yo‘nalish – rivojlangan mamlakatlarning ustuvor yo‘nalishiga aylangan.