1.3.Ekologik nuqtai-nazardan atrof-muhitning monitoringi o'rganish Ekologik nuqtai-nazardan atrof-muhitning monitoringi o'rganish tizimi juda murakkab hisoblanadi. Monitoring har bir tabiiy muhit uchun alohida bo'lishi shart, masalan, tuproq monitoringi, suv monitoringi, havo monitoringi, o'rmon, cho'l, daryo va hokazalar ko'rinishida alohida o'rganiladi. Avtomashinalardan tashqari, sanoat uchun qanchadan qancha toshko'mir, neft va gaz mahsulotlari zarur, ularning tarkibida oltingugurt bo'lib, ular yonganda eng xavfli gazlar ajralib chiqadi. Sanoat korxonalaridan atmosferaga turli xil zaharli gazlar: oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi, ammiak, oltingugurt uglerodi, ftor saqlovchi moddalar, sulfat kislota, aerozol changlar, og'ir metallar va tarkibida radioaktiv moddalar saqlovchi zaharli moddalar atmosferaga uzluksiz tashlanadi. Atmosferaga tashlangan zaharli moddalarning bir qismi albatta erga qaytib tushadi, sanoati rivojlangan shaharlarda kislotali yomg'irlarning yog'ishi keyingi paytlarda juda ko'p marta kuzatilmoqda, o'ylab ko'rsak u qaerdan erga tushmoqda. Albatta havoga uchib chiqqan zaharli gazlar tarkibidan tarqaladi, erga tushgan zaharli moddalar, insonlardan tashqari o'simliklarga, hayvonlarga ham salbiy ta’sir qiladi. Atmosferaga kimyoviy moddaiardan tashqari har kuni juda katta miqdorda suv bug'i, elektromagnit nurlanishlar, issiq havo tashlanishi qo'shimcha bo'ladi. Atmosfera havosini baholashda odatda, iqlim monitoringi va ifloslanish monitoringini o'tkazish lozimdir, bunda olib boriladigan kuzatishlarning asosiy nuqtasi meteorologik kuzatishlar bo'lib, birinchi navbatda havo harorati (maksimal, minimal, sutkalik, o'rtacha sutkalik); shamolning tarifi (tezligi va yo'nalishi); havoning namligi; atmosferaning o'zgarishi(bulutlaming bo'lishi, yog'inning yom g'ir yoki muz, kristal, qor ko'rinishida bo'lishi), kuzatish olib borilayotgan joyning yaqin atrofdagi radiusining 100 metrgacha joyidagi o'simliklar qoplamining rangi, (yashil o'tlar, sarg'aygan; tuproq quruq changlanuvchi, qumq ammo strukturasi yaxshi, nam tuproq, hul tuproq, qor bilan qoplangan va xokoza bo'lishi m um kin). Iqlim monitoringi odatda maktab yoki boshqa muassasalardagi meteo maydonchalarida olib boriladi. Ayrim kuzatishlarni ko'z bilan qarab, chamalab olib borish mumkin, ammo ayrimlarini o'tkazish uchun maxsus kuzatish apparatlari zarur bo'ladi: termometr, shamolning tezligini aniqlash uchun anemometr, havoning namligini aniqlash uchun psixrometr va boshqalar. Respublikaning ko'pgina sanoat tarmoqlari rivojlangan tashkilotlarida atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar me’yorini aniqlash uchun atmosfera 66 havosi doimo o‘lchanib tashlanayotgan gazlarning tarkibi va me’yori o‘rganilib boriladi. Maktab sharoitida atmosfera havosininig holatini baholashda kimyoviy, fizikaviy va bioindikatsion kuzatish uslublaridan foydalanish mumkin. Maktab ekomonitoring dasturida bioindikatsion uslublardan havoning tozaligini oddiy sosna daraxti, terak barglaridagi chang miqdoriga va lishayniklaming ko‘rinishiga qarab aniqlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari havoning tozaligini yog‘adigan qoming tarkibini kimyoviy taxlil qilib, kislotali yomg‘irlarga, havodagi chang miqdoriga, avtotransportlarning soniga qarab ham bilish mumkin bo‘ladi. Yana bir oddiy usul yomg‘ir yog'ayotganda suvini bir idishga to‘plab olinsa, ma’lum vaqt o‘tib tindirilgandan so‘ng, suvning toza yoki iflosligiga qarab ham bilish mumkin. Bundan 40-50 yil muqaddam yomg‘ir suvini tindirib iste’mol uchun foydalanishgan, hozir shaharlarda yomg‘ir suvini tindirib quyilsa suv solingan idishning tagiga cho'kkan moddalar miqdoriga qarab notozaligini ko'rish mumkin bo'ladi.
Atrof-muhit monitoringi g‘oyasi va «monitoring» atamasi 1971 yilda BMTning atrof-muhit bo‘yicha Stokgolm anjumanini 1972 yil 5-16 iyunda o‘tkazishga tayyorgarlik bilan bog‘liq tarzda vujudga kelgan. Bunday tizimni yaratish to‘g‘risida birlamchi takliflar SKOPE — Atrof-muhit muammolari bo‘yicha ilmiy qo‘mitaning mahsus komissiyasi tomonidan ilgari surilgan.
Stokgolm anjumanining asosiy masalalaridan biri «Yer sayyorasini nazorat qilish» dasturi muhokamasidan iborat edi. SHuningdek, anjumanda yana BMTning hozirgi davrda atrof-muhit muammolari bo‘yicha dasturi(YUNEP) ning bir qismi bo‘lmish «Yer xizmati tizimlari» sifatida atrof-muhit monitorining global tizimi (GSMOS-GEMS) ham taklif etildi.
Monitoring (lotincha “monitor” — ogohlantirmoq) kuzatish, nazorat qilish ma’nosini bildiradi. 1973 yili kanadalik professor R.Menn birinchi bo‘lib monitoring konsepsiyasini bayon qiladi va u 1974 yilnig fevralida Nayrobida (Keniya) bo‘lib o‘tgan monitoring bo‘yicha birinchi Xukumatlararo anjumanda muhokama qilindi. R.Menn avvaldan tayyorlangan dastur bo‘yicha ma’lum maqsadda vaqt va makonda atrof-muhit elementlarining bir va bir qanchasi ustidan uzluksiz kuzatishlar tizimini «monitoring» deb atashni taklif etadi. R.Menn inson tabiiy muhitdagi ifloslanishlarni kuzatish — monitoring konsepsiyasini amalda aniq ifoda etgan bo‘lsada, ayrim anjuman qatnashchilari «monitoring» atamasini juda keng talqin qilib yubordilar. Natijada «iqtisodiy monitoring» «ilmiy monitoring», «ozodlik monitoring» kabilarni yaratish borasida takliflar bo‘ldi.
Nayrobi anjumanida rossiyalik olim YU.Izrael o‘z ku- zatishlarining global tizimlari va monitoringning ilmiy asoslari konsepsiyasi bilan qatnashdi. «Monitoring» atamasi qancha yangi bo‘lmasin, monitoring elmentlari biosfYeradagi texnogen o‘zgarishlarni aslicha kuzatish «stixiyali» tarzda Sobiq Ittifoqda, hususan, O‘zbekistonda ham avvaldan mavjud edi. Ular gidrometeorologiya hizmati, gidrogeologik, agro va o‘rmon xo‘jalik, sanitar-epidemiologik va boshqa hizmatlar tarkibida faoliyat ko‘rsatgan.
«Monitoring» tushunchasini aniqlash, uning nazariy asoslarini yaratish Sobiq Yttifoqda va dunyo bo‘yicha YU.Izrael nomi bilan bog‘liq. Uning ta’rificha: «monitoring atrof-muhit xolatidagi antropogen o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va bashoratlashning global tizimidir». Bu ta’rifni I.P GYerasimov ham qo‘llaydi. Monitoring g‘oyasi YUNEP, VMO(Vsemirnaya meteoroligicheskaya organizatsiya) va YUNESKO yunalishi bo‘yicha Riga (1978), Tbilisi (1981) va Toshkentda (1985) o‘tkazigan Halqaro anjumanlarda har tomonlama muhokama qilindi va boyitildi. Endilikda «monitoring» atamasi keng miqyosda qo‘llaniladi. Hozir «monitoring» deyilganda atrof-muhit holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, boshqarish va bashoratlash tushuniladi.
«Ekologik monitoring» deyilgada esa, biosfYera holati va uning turli bosqichlaridagi (mahalliy, mintaqaviy, global) ekotizimlar, ekologik mintaqalar, butun matYerik, umuman, biosfYeraning antropogen ta’sirga bo‘lgan reaksiyasini muntazam kuzatish qabul qilingan. R.Menn, YU.Izrael, I.GYerasimovlar monitoringning ilmiy asoschilari bo‘lsada, uning rivojlanishiga M.Budiko va K.YAkovlevlar ham munosib hissa qo‘shganlar.
«Ekologik monitoring» fanining tadqiqot ob’ekti tirik organizmlar: o‘simlik, hayvonot olami; inson va uning hayoti kechadigan muhit; suv, atmosfYera havosi, tuproq, keng ma’noda esa xudud(ekotizim)lar va butun hayot qobig‘i biosfYeradagi ekologik jarayonlardir.