I bob. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni so’zlashuv nutqini rivojlanishining ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/5
tarix08.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#109669
1   2   3   4   5
nutqni rivojlantirish

Tadqiqotning maqsadi: Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni so’zlashuv nutqining rivojlantirishni samarali yollarini o‘rganish .
Tadqiqot vazifalari:
Bolaning har tomonlama barkamol rivojlanishi jismoniy, mehnat tarbiyasi, atrof olam bilan tanishtirish, о‘yin faoliyati, tasviriy faoliyatni rivojlantirish, nutqni rivojlantirish ishlari, boshlang‘ich matematik tasavvurlarni shakllantirish, shuningdek о‘qishni о‘rgatishni о‘z ichiga oladi. Bolaning so’zlashuv nutqining rivojlantirish nutqni, idrokni, xotirani va umuman, tafakkurni rivojlantirish ishlari o’z ichiga oladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning potensial imkoniyatlari favqulodda keng. Tibbiyot bu kabi bolalarning eshitish qobiliyatini qaytarishga qodir emas.
Tadqiqotning predmeti: Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni so’zlashuv nutqining rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning metodologik asosini eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar fikrlash operatsiyalarida faqat artikulyator apparatlarda, balki qo‘l, barmoq muskullarida ham impulslar yuzaga kelgani kuzatish. Hamda, artikulyator apparatdagi nutqiy kinestiziyalar, qo‘l kinesteziyalariga nisbatan puxta bo‘lishi, va tadqiqot ob’ekti sifatidan o‘rganishlarni o’z ichiga oladi.
Malakaviy bitiruv ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI SO’ZLASHUV NUTQINI RIVOJLANISHINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1.Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini rivojlantirishning ilmiy nazariy ahamiyati
Daktil nutqini og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan munosabati Ponso o‘z metodikasida nutqning turli: og‘zaki, yozma, daktil va imo-ishora ko‘rinishlarini qo‘llaydi.X.P.Bonet (1579-1633) o‘zining 1620 yilda yozilgan «Tovushlar tabiati va kar-soqovni gapirishga o‘rgatish san’ati» asarida karlarni o‘qitish va tarbiyalashning o‘sha davrdagi maqsad va vazifalarini ko‘rib chiqar ekan, ularni so‘zlashuv nutqiga daktil va og‘zaki nutq orqali o‘rgatish lozimligi haqida so‘z yuritadi. U kar bolalarni maxsus ravishda tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘qitishi, ta’lim jarayonida nutqni va aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan ishlar savol-javob shaklidan foydalangan holda olib borilishi alohida e’tiborli omil sifatida qaraydi. X.P.Bonnet g‘oyalarining keyinchalik taraqqiyotiga Angliyalik J.Vallis (1616-1703) va J.Bulver, Shveysariyalik J.K.Amman (1669-1724), Niderlandiyalik F.M.Van Xelmont (1614-1699), Italiyalik F.L.Tersiy (1631-1687) kabi amaliyotchi olimlar karlarni o‘qitishga alohida urinishlar sifatida o‘z xissalarini qo‘shdilar.16 E.R.Karrion (1579-1652) o‘z zamondoshlari boy tajribasidan unumli foydalangan holda ularning g‘oyalarini rivojlantirar ekan, karlar ta’lim-tarbiyasida taktil-vibratsiya sezgilariga hamda eshitish qoldig‘iga tayangan holda ish olib boradi. Yuqorida bayon etilgan karlarni yakka tartibda o‘qitishga urinishlar eshitish nuqsoniga ega farzandlari bo‘lgan zadogon oilalar ijtimoiy buyurtmasining mahsuli edi. Shu bois ta’limning bu turi ijobiy tajribaga ega bo‘lsada, ushbu toifa bolalari uchun o‘quv muassasalarining tashkil etilishiga uzoq vaqt muvaffaq bo‘linmadi. Faqat 14 asrning 70-yillaridagina kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha urinishlar yuzaga kela boshladi. 1770 yilda Fransiyada dunyo tarixida birinchi bo‘lib Sharl Mishel de Epe (1712-1789) tomonidan Parijda xususiy maktab - kar-soqovlar instituti ochildi. De Epe tarixda Volter, Deni Didro, Jan Jak Russo kabi fransuz ma’rifatparvarlarining g‘oyalari bilan yo‘g‘riltirilgan mimika (imo-ishora) metodining muallifi sifatida nom qoldirdi . Amaliyotchi olim o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor kar bolalarning har tomonlama: aqliy va jismoniy rivojlanishiga qaratish hamda ushba tizim kar bolani umumta’lim fanlariga oid bilimlarni o‘zlashtirish, jamiyatda yashash va mehnat qilishga tayyorlashi lozimligi masalalariga alohida axamiyat qaratadi. Ammo ushbu vazifalarni hal etish uchun o‘qitish davomida faqat nutqning imo-ishora shaklidan foydalaniladi hamda kar o‘quvchilar uning asosida yozishni o‘rganadilar. Uning shogirdi R.A.Sikar Sharl Mishel de Epening g‘oyalarini rivojlantirib, imo-ishoralar tilini «metodik belgilar» 16 Kristin Snoddon - American sign language and early literacy - Gallaudet University Press , 2012, 54 p 72 bilan boyitadi. Ya’ni ushbu metod asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tildagi grammatik kategoriyalarni tasvirlash uchun ma’lum bir belgilar o‘rgatib boriladi. Ma’lumki, tilda grammatik kategoriyalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘quvchilar hajmi kundan kunga ortib borayotgan belgilarni o‘zlashtira olmasliklari natijasida fanlarga oid blimlarni ham o‘zlashtirishga ulgurmay qoladilar hamda imo-ishora metodi asosida o‘qitish tizimi takomillashtirilganiga qaramay, undan amaliyotda foydalanish ta’limning oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laligicha hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatadi.
Daktilologiya – kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqining o‘ziga xos shaklidir. U so‘zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir. U yozma xarakatga ko‘ra yozma nutqqa o‘xshab ketadi. Uning vositalari grafik belgilar harflar emas, balki qo‘l, barmoq harakatlari hisoblanadi. O‘zbek tilining har bir harfi o‘zining harakatli ifodasiga egadir. daktil belgilarini uch guruhga tasniflash mumkin: 1. chizuvchi harflar (z, b, d); 2. harf shaklini ifodalovchi harflar (o, l, m, t); 3. shartli belgilar (v, j, n). Daktil nutqi so‘zlashuv nutqining barcha qoidalariga ko‘ra shakllanadi va uni kar bola egallashi mumkin. Bog‘cha davrda kar bola daktilologiyaga savod o‘rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot ko‘rsatishicha, daktilologiya eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Daktilologiyani yaxshi egallagan o‘quvchilar so‘zning tovush sostavini to‘liq egallaydi. Ularda so‘zning tovush va daktil obrazi o‘rtasida shartli aloqalar o‘rnatiladi. Lekin so‘zning talaffuzi yozilishdan uzoqlashsa tovush tarkibini o‘rganishda daktilologiya ta’sir ko‘rsatdi.
Daktilologiyani va yozma nutqning o‘zaro munosabati juda murakkabdir. Ye.N. Marsinovskaya tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu nutq formasining quyidagi belgilarini ochib beradi. Eshituvchi bolalarda daktillash 2,5 marta og‘zaki nutqni bayon qilishga nisbatan orqada qoladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni bayon etish va daktillash tempi bir xil bo‘ladi, ba’zan daktillash og‘zaki nutqni bayon etishda oldindan o‘tib ketish hollari ham ko‘zatiladi. Daktilologiya og‘zaki nutqni o‘zida namoyon qiladi, lekin suhbat jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar daktil nutqiga nisbatan imo-ishora nutqidan keng doirada qo‘llaniladi. L.A.Novikova va Ye.N. Marsinovskaya tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarga ko‘ra daktilologiya ham og‘zaki nutq kabi kinestetik sezgilar asosiga qo‘riladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar fikrlash operatsiyalarida faqat artikulyator apparatlarda, balki qo‘l, barmoq muskullarida ham impulslar yuzaga kelgani kuzatilgan. Lekin, artikulyator apparatdagi nutqiy kinestiziyalar, qo‘l kinesteziyalariga nisbatan puxta bo‘lib, tadqiqot ob’ekti sifatidan o‘rganish talab etiladi. Ye.N.Marsinovskiy daktillash tempi og‘zaki nutq talaffuzi yaxlitligiga ta’sirini o‘rgatgan. Bu tajribalar ko‘rsatishicha kar bola daktillash texnikasini yaxshm o‘rganganda daktilologiya og‘zaki nutq tempi va yaxlitligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Daktillash texnikasini yaxshi darajada egallamaslik, talaffuz to‘g‘riligi, nutqni tushunarliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 73 S.A.Zikov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda, bu muammo tadqiq etilgan. Eshituvchi bola savodga o‘rgatishning boshlang‘ich etapida nutqni akustik va harakat obrazlariga tayanadi. Bolani so‘zli yozishidan avval uni ichida yoki ovoz chiqarib o‘qishini ko‘rish mumkin. Kar bola og‘zaki nutqqa ega bo‘lganligi uchun savodga o‘rgatish davrida daktilologiyaga tayanadi. So‘ng bu jarayon bir vaqtda amalga oshadi, bola ham yozadi va daktillaydi. So‘zlashuv nutqini egallash darajasiga ko‘ra daktil kinesteziyalari asta-sekin siqilib, artikulyator kinesteziyalar bilan almashinadi. U ham bola singari so‘zni talaffuz etib, so‘ng yozadi. Daktilologiya atrofdagilar nutqini labdan o‘qishda ham muhim vosita sanaladi. Chunonchi, ayrim tovushlar labdan yomon o‘qiladi, shu o‘qishda daktilologiyadan foydalanadi. Lekin labdan o‘qish jarayonida daktilologiyadan foydalanish ham ijobiy samara beradi. Labdan o‘qishning koloreya tizimida o‘z ifodasini topgan. Quyidagi jadvalda o‘zbek tili alifbosiga asoslangan daktilema alifbosi ifodalangan (1-rasm).

Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirishda daktil nutqining о‘rni Eshitishda nuksoni bо‘lgan bolalarning ogzaki nutkni mulokot kuroli sifatida shakllantirish maxsus tashkil etilgan ta’lim tarbiya tizimining bosh maksadi sanaladi. Daktil nutqi – kar bolalarni о‘qitishning qudratli vositasi, u lug‘at boyligi va natqni о‘zlashtirish sifatini, shuningdek kar bolalarning umumiy rivojlanish darajasini bir necha barobar oshirishi mumkin. Kar bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar va boshqa kishilar uni bola bilan muloqotda tо‘g‘ri qо‘llash uchungina emas, balki fikrlari, aniqrog‘i, bilib-bilmay chiqaradigan hukmlari bolaning tо‘la qonli tarbiyasiga xalal beradigan kishilarga uning ahamiyatini tushuntirib berish uchun ham daktil nutqning ahamiyatini tushunib yetishlari kerak.
Daktil nutq nima?
Daktil 75 nutqni ba’zilar mimika (mimina yoki imoishora nutqi) bilan qorishtirishadi, mutaxassislar esa daktil nutqni savodi chiqmagan kar bolalarda og‘zaki nutq о‘rniga mimika nutqining intensiv rivojlanishining oldini olish uchun keng qо‘llashni tavsiya qilishadi. Daktilologiya – kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqining о‘ziga xos shaklidir. U sо‘zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir. U yozma xarakatga kо‘ra yozma nutqqa о‘xshab ketadi. Uning vositalari grafik belgilar harflar emas, balki qо‘l, barmoq harakatlari hisoblanadi. О‘zbek tilining har bir harfi о‘zining harakatli ifodasiga egadir. Daktil belgilarini uch guruhga tasniflash mumkin: 1. chizuvchi harflar (z, b, d); 2. harf shaklini ifodalovchi harflar (o, l, m, t); 3. shartli belgilar (v, j, n). Daktil nutqi sо‘zlashuv nutqining barcha qoidalariga kо‘ra shakllanadi va uni kar bola egallashi mumkin. Bog‘cha davrda kar bola daktilologiyaga savod о‘rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot kо‘rsatishicha, daktilologiya eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar sо‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun yordamchi vosita bо‘lib xizmat qiladi. YE.N. Marsinovskaya tadqiqot natijalariga kо‘ra, bu nutq formasining quyidagi belgilarini ochib beradi.
Eshituvchi bolalarda daktillash 2,5 marta og‘zaki nutqni bayon qilishga nisbatan orqada qoladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni bayon etish va daktillash tempi bir xil bо‘ladi, ba’zan daktillash og‘zaki nutqni bayon etishda oldindan о‘tib ketish hollari ham kо‘zatiladi. Daktilologiya og‘zaki nutqni о‘zida namoyon qiladi, lekin suhbat jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqiga nisbatan imo-ishora nutqidan keng doirada qо‘llaniladi. L.A.Novikova va YE.N.
Marsinovskaya tomonidan о‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarga kо‘ra daktilologiya ham og‘zaki nutq kabi kinestetik sezgilar asosiga qо‘riladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar fikrlash operatsiyalarida faqat artikulyator apparatlarda, balki qо‘l, barmoq muskullarida ham impulslar yuzaga kelgani kuzatilgan. Lekin, artikulyator apparatdagi nutqiy kinestiziyalar, qо‘l kinesteziyalariga nisbatan puxta bо‘lib, tadqiqot obyekti sifatidan о‘rganish talab etiladi. YE.N.Marsinovskiy daktillash tempi og‘zaki nutq talaffuzi yaxlitligiga ta’sirini о‘rgatgan. Bu tajribalar kо‘rsatishicha kar bola daktillash texnikasini yaxshm о‘rganganda daktilologiya og‘zaki nutq tempi va yaxlitligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Daktillash texnikasini yaxshi darajada egallamaslik, talaffuz tо‘g‘riligi, nutqni tushunarliligiga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Daktilologiyani yaxshi egallagan о‘quvchilar sо‘zning tovush sostavini tо‘liq egallaydi. Ularda sо‘zning tovush va daktil obrazi о‘rtasida shartli aloqalar о‘rnatiladi. Lekin sо‘zning talaffuzi yozilishdan uzoqlashsa tovush tarkibini о‘rganishda daktilologiya ta’sir kо‘rsatdi. Daktilologiyani va yozma nutqning о‘zaro munosabati juda murakkabdir. S.A.Zikov tomonidan о‘tkazilgan tadqiqotlarda, bu muammo tadqiq etilgan.
Eshituvchi bola savodga о‘rgatishning boshlang‘ich etapida nutqni akustik va harakat obrazlariga tayanadi. Bolani sо‘zli yozishidan avval uni ichida yoki ovoz chiqarib о‘qishini kо‘rish mumkin. Kar bola og‘zaki nutqqa ega bо‘lganligi uchun savodga о‘rgatish davrida daktilologiyaga tayanadi. Sо‘ng bu jarayon bir vaqtda amalga oshadi, bola ham yozadi va daktillaydi. Sо‘zlashuv nutqini egallash darajasiga kо‘ra daktil kinesteziyalari asta-sekin siqilib, artikulyator kinesteziyalar bilan almashinadi. U ham bola singari sо‘zni talaffuz etib, sо‘ng yozadi. Chunonchi, og‘zaki nutkni mustaqil qо‘llashga о‘rgatish ikki yо‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchi yо‘l, butun о‘kuv tarbiyaviy jarayon davomida о‘qituvchi nutqini eshitish va eshituv – kо‘rish asosida idrok etish bilan amalga oshadi. Bu xolatda talaffuz malakalarini shakllantirish maxsus о‘qitishlarsiz informal tarzda amalga oshiriladi.
Talaffuzga о‘rgatish informal yо‘li – nutq xarakat organlarini faollashtirishga xizmat qiladi, ba’zi talaffuz malakalarini egallashga zamin yaratadi. О‘qituvchi о‘z diqqatini nafaqat bolaning nutq tovushlari talaffuziga emas, balki ovoziga, bolalar nafasiga, nutkning bog‘liqligiga qaratadi. Ushbu ishda katta yordamni ovoz kuchaytirgich apparatlari kо‘rsatadi, ular о‘kuvchilarga о‘kituvchi nutkni kabul kilish imkonini beradi. О‘kituvchi bilan birga yoki uning ortidan barcha materialni kо‘rish, eshitish orkali kabul kilib bolalarni gapirishga doimiy undash nafakat ularning nutqiy apparatini faollashtiradi, balki ularda ogzaki nutkni kо‘llashning doimiy malakasini tarbiyalaydi.
Biroq nutqning talaffuz tamoyilini shakllantirish uchun birgina informal yо‘lning о‘zi kifoya emas. Ikkinchi yо‘l ham darkor – talaffuz malakalarini maxsus, rejali shakllantirish. Ushbu ish og‘zaki nutq darslarida, yakka mashg‘ulotlarda, fonetik mashqlar davomida amalga oshiriladi va о‘z ichiga tovushlarni, sо‘z iboralarni ishlab chiqishni normal ovoz va tо‘g‘ri nutqiy nafasni ishlab chiqishni qamrab oladi.
Talaffuzni shakllantirish nutqni ifodalashning aniqligini rivojlantirishda katta о‘rni musiqiy – ritmik mashg‘ulotlarga ajratiladi. Eshitish buzilganda nutqning rivojlanish darajasi bir xil bо‘lmaydi va quyidagi omillarga bog‘liqdir: eshitishning buzilganlik darajasi; eshitish analizatori nuqsonining yuzaga kelish vaqti; eshitish analizatori faoliyati buzilganidan keyin bolaning qanday pedagogik sharoitlarda bо‘lgani; bolaning individual xususiyatlari.Sanab о‘tilgan omillarning har biri bolalar nutqini baholashda katta ahamiyatga ega. Eshitishning pasayish darajasi va nutqning rivojlanishi bevosita bog‘liqdir. Bolaning eshitishi qanchalik pasaygan bо‘lsa, nutq shuncha kо‘p zarar kо‘radi. Eshitish pasayish darajasi sezilarli bо‘lmasa, nutqdagi buzilishlar yorqin ifodalanmaydi. Eshitish pasayishining yuqori darajasida bola maxsus ta’limning boshlanishigacha soqov bо‘lib qolaveradi. Eshitish pasayishining о‘rta darajasida nutqning fonetik, leksik, grammatik tomonida buzilishlar kuzatiladi. Eshitish bola hayotining turli bosqichlarida buzilishi mumkin.
Nuqsonning ikkilamchi kо‘rinishlari mavjud yoki mavjud emasligi vaqt omili bilan bog‘liq. Nuqson qancha erta yuzaga kelsa, u nutqiy funksiyaning shakllanganligiga shuncha kо‘p ta’sir о‘tkazadi. Ikki yoshgacha bо‘lgan, nutq shakllanmagan davrda kar bо‘lib qolish nutqning mavjud bо‘lmasligiga olib keladi. 3-3,5 yoshgacha davrda eshitishning yо‘qotilishi shakllangan nutqning yо‘qotilishiga olib keladi. 4-5 yoshda eshitish tо‘lig‘icha yо‘qotilsa, maxsus ta’lim о‘z vaqtida boshlanmasa, nutq deyarli tо‘liq boy beriladi. 6- 7 yoshda eshitishni yо‘qotish bola nutqining keskin buzilishiga olib keladi, maxsus pedagogik yordamsiz esa bolaning nutqi asta-sekinlik bilan yomonlashib boraveradi. 77 Bola 7 yoshdan keyin eshitmay qolsa, savol egallash kо‘nikmalari bо‘lsa, nutq saqlab qolinishi mumkin, buning uchun tizimli korreksion ish olib borish talab qilinadi.
Eshitish qisman boy berilganda bolalarda vaqt omili shuningdek muhim sanaladi – u nutqning rivojlanish darajasini belgilaydi. 3 yoshgacha bо‘lgan bolalarda eshitishning sezilarsiz pasayishi nutqning kechikishi yoki yetarlicha rivojlanmasligiga olib keladi. 3 yoshdan keyin eshitishning pasayishi nutqiy rivojlanishda u qadar jiddiy nuqsonlarni keltirib chiqarmaydi. Eshitishning pasayishi oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan ham tibbiy, ham pedagogik chora-tadbirlar qanchalik erta kо‘rilsa, bola shuncha muvaffaqiyatli rivojlanadi. Oilada nutqiy muhitning shakllantirilishi, eshitishni erta protezlash, nutqiy idrok va nutqni rivojlantirish bо‘yicha maxsus ishlarni tashkil etish bolaning muvaffaqiyatli rivojlanishini belgilaydi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin