I bob. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni so’zlashuv nutqini rivojlanishining ilmiy nazariy asoslari


II BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI OG’ZAKI NUTQINI SHAKILLANTIRISHNING KOREKSION AHAMIYATI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/5
tarix08.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#109669
1   2   3   4   5
nutqni rivojlantirish

II BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI OG’ZAKI NUTQINI SHAKILLANTIRISHNING KOREKSION AHAMIYATI.
2.1. Zaif eshituvchi bolalarni og’zaki nutqini shakillantirishda o’yin metodlaridan foydalanish
Og‘zaki nutqni shakllantirish kо‘p qirrali jarayon sanaladi. Uning turli shakllarini, avvalo muloqot asosini tashkil etadigan og‘zaki nutqni rivojlantirish zarur. Kar va zaif eshituvchi bolalarda talaffuz kо‘nikmalarini shakllantirish avvalo katta odamga taqlid shaklida, eshitish apparatlaridan foydalanilgani xolda amalga oshiriladi. Gо‘dakning ovoz reaksiyalarini faollashtirish bu reaksiyalarni qо‘llabkuvvatlash va yangi tovushlar xosil qilishga qaratilgan mashqlarni о‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Bu mashqlar muloqot jarayonida, katta odam bola bilan turli tovush va tovush birikmalaridan foydalanib, ularni gimnastika elementlari bilan birga qо‘llab "gaplashganida" amalga oshiriladi. Bir yarim ikki yoshli bolaning og‘zaki nutqi ustida ishlashning muhim vazifasi bolada og‘zaki nutq ehtiyojini shakllantirish sanaladi. Eng muhimi - bolaning katta odamga ergashib tovush, bо‘g‘in, sо‘zlarni talaffuz qilishga urinishi. Nutqqa taqlid harakatlarga taqlid bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli gavda harakatlariga taqlidga о‘rgatishga alohida e’tibor qaratish lozim bо‘ladi. Kattalarga bu kabi taqlidni о‘zlashtirgani sari bola harakatlarni tovushlar, bо‘g‘inlar, sо‘zlarni gо‘ldirab talaffuz qilish bilan tо‘ldirib boradi. Shu davrdan fonetik ritmka mashg‘ulotlari boshlanadi. Fonetik ritmika - maktabgacha yosh oldidan va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ularning talaffuzi ustida olib boriladigan ishlarning asosiy usullaridan biri. Fonetik ritmikani olib borishda tovush, bо‘g‘in, sо‘z, jumlalarni talaffuz qilish ma’lum harakatlar bilan birga bajariladi. Fonetik ritmikadan foydalanish metodikasi turli kо‘llanma, dasturlarda (E.I.Leongard, 1991; T.A.Vlasova, A.N.Prafenrodt, 1989, 1998; N.D.Shmatko, T.V.Pelimskaya, 1991, 1993, 1995) bayon qilingan. Ota-onalar va adabiyotlardan fonetik ritmikaning vazifasi va uni amalga oshirish metodikasi bilan tanishish uchun foydalanishlari mumkin. Eshitib idrok etishni rivojlantirish bolaning bilish faoliyati, nutq va talaffuzni idrok etish mexanizmlari shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega. Qoldiqli eshitishni rivojlantirish bо‘yicha ishlarni erta boshlash alohida muxim ahamiyat kasb etadi, shu sababli eshitish funksiyasini rivojlantirish bola hayotining birinchi yillarida tobora senzitiv davrda amalga oshiriladi, bunda eshitish analizatori fiziologik jihatdan yetiladi, bu pedagogik ishsamaradorligini ta’minlaydi.
Dastlabki oylar davomida bolada katta odamning tovushi, ovozli о‘yinchoqlarga kompleks kо‘rish-eshitish e’tiborini jamlash shakllantiriladi. Eshitish apparatlaridan erta foydalanish bolaning eshitish qobiliyatini rivojlantirishning eng muhim sharti sanaladi. Ulardan foydalanar ekan, bola ayrim baland maishiy tovushlarni, ayniqsa katta odam ularga e’tiborni qaratganida idrok eta oladi. Apparatni taqib yurish kattalarning u bilan muloqoti chog‘ida g‘о‘ldirash, shivirlashni yaxshilaydi. Kichkintoylar bilan maxsmus mashqlar ham bajariladi, ular о‘yinchoklarning ovoziga, о‘z ismiga reaksiya qilish, ovoz yо‘nalishini aniqlash (ovoz tomonga boshini qaratish), о‘yinchoqlar nomini ifodalaydigan tovush va tovushga taqlidlarni eshitishga qaratiladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini shakllantirish muammolari I.M. Solovyeva, F.F.Rau, N.I. Shif, S.A.Zikov, T.V.Rozonov, N.G. Morozov, R.M.Boskislar ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Og‘zaki nutq inson jamiyatida ilk nutq shakli sifatida namoyon bо‘lgan. Dastlabki sо‘zlar tovush kompleklar shaklida bо‘lib, tarixiy rivojlanish davrida ma’lum tushunchalar sifatida aniqlanib, mustahkamlanib borgan. Lekin dastlab imoishora nutqi mavjud bо‘lgan degan fikr ham mavjud. Bu ma’lumotga kо‘ra, og‘zaki nutq keyinroq paydo bо‘lgan.
Imo-ishora va mimikalar orqali о‘z fikrini ifodalashda tovush taqlid sо‘zlarni ham qо‘llaganlar. Keyinchalik tovush bо‘linmalar imoishoralardan ajralib, mustaqil ma’noga ega bо‘la boshlagan. Lekin tadqiqot natijalari tahliliga kо‘ra bu ta’limot tanqidga uchragan va mustaqil emas deb tan olingan. Og‘zaki nutq psixologik nuqtai nazardan jaranglanishga kо‘ra faoliyat kо‘rsatadi. Sо‘zning tovush qobig‘i uning, material qobig‘i sanaladi.
Tilning tovush tarkibi turlicha bо‘ladi. О‘zbek tilida fonemalar tavsiflanadi. Bunda jarangli – jarangsiz tovush variantlari ham farqlanadi. Fonema nutqning eng kichik birligi bо‘lib, sо‘z ma’nosi va axamiyatini farqlash vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Har bir tilda о‘ziga xos tovush tarkibi bо‘lib, buni bola nutqiy amaliyot jarayonida egallab boradi. Biz kattalar tomonidan sо‘zlarni bir necha marta takrorlanishi hamda uni bolalar tomonidan idrok etilishi asosida amalga oshadi.
Og‘zaki nutqni idrok etish eshituv analizatori asosida yozma nutqni idrok etish kо‘ruv analizatori asosida amalga oshadi. Ularning ifoda vositalari ham turlichadir. Og‘zaki nutqda bu mimika, imo-ishora, urg‘u, yozma nutqda – bu uslub, sо‘zlarni alohida tanlash usullari hisoblanadi. Og‘zaki nutq, yozma nutq ham monologik va diologik shaklda bо‘ladi.
Diologik nutq psixologik nuqtai nazardan murakkab savoljavob tarzida bо‘ladi va auditoriyaning hisobga olishi tayyorgarligini talab qiladi. Monologik nutq yengilroq bо‘ladi. Uni tuzilishiga, u davom etayotgan sharoit va muhit yordam beradi. Bolada og‘zaki nutq atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi. Eshituv idroki yordamida bola atrofdagilar og‘zaki nutqini idrok etadi, 5-6 yoshlarda eshituvchilar tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzini, lug‘at boyligi va gap grammatik qoidalarini amaliy egallaydi. Kar bola bu yо‘l bilan nutqni egallay olmaydi, chunki u atrofdagilar nutqini eshitmaydi.
Agar eshituvchi bola bog‘chaga maktabga shakllangan nutq bilan borsa, kar bola og‘zaki nutqi mavjud bо‘lmagan holda boradi. Unda nutqni boshidan boshlab shakllantirish kerak. Buning uchun kar bolaning artikulyatsion nafas olish va ovoz apparatini tayyorlash kerak. Tadqiqotlar kо‘rsatishicha, kar bolada eshituvchi bolaga nisbatan nutqiy nafas olish bir qator xususiyatlari egadir. U bо‘lingan havo oqimidan foydalana olmaydi va frazalarni qismlarga bо‘laolmaydi. Maxsus mashqlar davomida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutqiy nafas olish shakllanadi. Ularning ovozi ustida ham ish olib boriladi. Kо‘p miqdordagi karlarda ovoz bо‘g‘iq, modullashmagan bо‘ladi. Maxsus mashqlar jarayonida о‘qituvchi kar о‘quvchi ovozini eshituvchi bola ovoziga yaqinlashtirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham kerakli natijalarga olib kelmaydi.
Kar bola nutqi ovozi butun hayoti davomida о‘ziga xos otenkaga ega bо‘ladi. Kar о‘quvchilarni og‘zaki nutqqa о‘rgatishning muhim qismi ularda turli talaffuzni shakllantirishdir. О‘zbek tilidagi har bir fonema kar bolada maxsus usullar bilan qо‘yiladi. Saqlangan analizatorlar kо‘ruv, sezgi, harakat analizator faoliyatini qо‘llab, о‘qituvchi oyna oldida tovush talaffuzini kо‘rsatadi va taqlid asosida talaffuz qilishni boladan sо‘raydi.
Avvalom bor oson talaffuz etiluvchi tovushlar “p”, “b”, “m” qо‘yiladi, sо‘ng bug‘in, sо‘z birikmalariga о‘tiladi. Shu tartibda boshqa nutqiy tovushlar talaffuziga о‘tiladi.Bu jarayonni amalga oshirishda eshituv qoldig‘iga tayaniladi. Kar bolada og‘zaki nutqni shakllantirishda kо‘ruv, harakat va sezgi analizatorlari yordamida bilan maydonga chiqadi. Eshituvchi bola о‘z talaffuzini eshitish orqali nazorat qiladi, xato qilsa bu xatoni eshitib sо‘ng tо‘g‘rilaydi. Kar bola talaffuzini dastlab oyna oldida, sо‘ng kо‘ruv va harakat sezgilari orqali nazorat qiladi. Tovush artikulyatsiyasi qanchalik aniq va yaxshi bо‘lish kinestik sezgilar shunchalik differensiyalashgan bо‘ladi. Bu sezgi turi kar bola talaffuzini shakllantirishda muhim о‘rin hisoblanadi.
Kar bolaning og‘zaki nutqini shakllantirishda eshitish qoldig‘i ham katta ahamiyat kasb etadi, Eshitish qoidalaridan foydalanish unli tovushlar differensatsiyasi, tо‘g‘ri mantiq va sо‘zli urg‘ularni qо‘llash imkonini beradi. Karlarni og‘zaki nutqqa о‘rgatishda teri va taktil vibratsion sezgilardan keng foydalaniladi. Masalan, о‘qituvchi artikulyatsiyasi о‘xshash tovushlarni (p - b, t - d) kar о‘quvchi diqqatini ayrim holda bu jarangsiz tovushli vibratsiyasi yо‘q, ikkinchi holatda qо‘yib xalqum yoki kо‘proq qafasiga qо‘yib vibratsiyasini sezish mumkin.
Taktil vibratsiyatsion sezgilarni maxsus asboblari yordamida ta’limda qо‘llash kar о‘quvchilarni 38 % darajada og‘zaki nutqni shakllantirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bu M.G.Abramov va M.N. Moginshinskiy tadqiqotlarda aniqlangan. Oxirgi yillarda mutaxassis defektologlar tomonidan eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar og‘zaki nutqini shakllantirishga bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni talaffuzga о‘rgatishning samarali usullarini tadqik etmokda. Nutqiy muloqot jarayonida eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini shakllantirish va qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida talaffuzga о‘rganish tamoyilini kо‘rib chiqamiz.
S.A. Zikov tadqiqotlariga kо‘ra eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutqni ularning hayotiy ehtiyojlarini hisobga olib, shakllantirish kerak. Til insonlarning mehnat faoliyati yuzaga kelib, shakllana borgan. U insonlarning fikr almashinuvi, ong kuroli sanaladi. Chunonchi, eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar pedagogik ta’limi ularda sо‘zlashuv nutqini shakllantirish asosida tashkil etiladi. Agar oldin nutqiy ta’limotdan amaliyotga о‘tsa, sо‘zlashuv nutqini shakllantirish muloqotni shakllantirishga о‘tiladi, lekin bu amaliyot grammatik jihatdan tashkil etilgan.
Qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida og‘zaki nutqqa о‘rgatishda tezroq maqsadga erishish uchun talaffuzi yengil bо‘lgan, hosil bо‘lish о‘rniga kо‘ra о‘xshash fonemalar о‘zaro almashtirib о‘rgatiladi. Bu lug‘at boyligi oshirish sо‘zlarni muloqotga kiritish, kar bola nutqiy amaliyoti imkonini oshiradi. Bunday psixologik yondashuv eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni tilga о‘qitishning boshlang‘ich etapida saqlangan bо‘lishi mumkin. Shunga о‘xshash holat eshituvchi bolani nutqiy rivojlanishida ham kuzatiladi. Eshituvchi bola 2-5 yoshlar о‘rtasida ma’lum tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Bu bosqich bolaning nutqiy apparati tо‘liq shakllanmaganligi va hosil 98 bо‘lishga kо‘ra murakkab bо‘lgan tovushlar talaffuziga tayyor emasligi bilan asoslanadi. Shuning uchun bola tovushlarni boshqalari bilan almashtiradi, tushirib qoldiradi. Bunda sо‘zning tovush tarkibi о‘zgarsa ham u о‘zining mazmunini о‘zgartirmaydi.
Vaqt о‘tishi bilan bu xatolik о‘z – о‘zidan yо‘qolib ketadi. Inson hayotida og‘zaki nutqni ahamiyatini, kar bolalarni uni egallash imkoniyatini inobatga olgan holda kar bolalar uchun maktablar o‘z oldiga o‘quvchilarni og‘zaki nutqga o‘rgatish masalasini qo‘yadi. Og‘zaki nutq ta’lim jarayonining boshidanoq muomala vositasi sifatida shakllanadi, chunki bolalar atrofdagilar bilan munosabatga og‘zaki nutq shaklda kirishadi. Muomalaga kirishish jarayonida ular tilning leksikasini, grammatikasi egallab boradi.
Eshitishni buzilishi og‘zaki nutqni qabul qilishga o‘rgatish va talaffuz malakalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus ishlarni o‘tkazishni talab etadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni og‘zaki nutqini shakllantirishning ikki yo‘nalishi mavjud. Har ikki yo‘nalish ham o‘z vazifalariga ega, ular maqsadga erishishni metodik usullarini qamrab oladi. O‘qitishni mazmunini murakkabligi bola rivojlanishida og‘zaki nutqni katta ahamiyatga egaligini tan olinishi bilan ushbu ish bo‘limiga katta soatlar ajratilganligi izohlanadi.
Tayyorlov sinfida ona tiliga xaftada beriladigan 8 soatdan 4 soat og‘zaki nutqni o‘rgatishga ajratishadi. Og‘zaki nutq ustida ishlash eshituv idrokini rivojlantirish va talaffuzga o‘rgatish bo‘yicha yakka mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. So‘zlashuv nutqiga o‘rgatish kar o‘quvchilar uchun eng oddiy bo‘lgan nutq shaklidan daktildan boshlanadi. Biroq o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum qilayotgan barcha so‘zlarni u albatta daktillash bilan birgalikda og‘zaki aytish shart. Shunday qilib o‘quvchilar o‘qishni birinchi kunlaridanoq o‘qituvchi nutqini ikki shaklda daktil va og‘zakida qabul qilishga o‘rganishadi.
O‘qitish jarayonida eshituv apparatlaridan foydalanish o‘quvchilarga o‘qituvchi nutqini ko‘ruv-eshituv orqali qabul qilishga imkon beradi. Muloqotga kirishishni egallash jarayonida o‘quvchilar so‘z materiallarni qabul qilishni ko‘p qismi ham daktil ham og‘zaki o‘rganishadi, chunki daktil nutqining barcha materiali eshituv-ko‘ruv orqali og‘zaki nutqni qabul qilishga ham shart hisoblanadi. Ammo og‘zaki nutqni o‘rgatishni ikkinchi yo‘nalishi – o‘quvchilarda talaffuz malakalarini shakllantirishdir. Ish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchisi o‘quvchilarni doimiy ravishda o‘qituvchi singari barcha daktil materiallini og‘zaki bayoniga undash bilan bog‘liq. Bu talablar o‘quvchilarning nutq harakat apparatini faollashuviga asos bo‘ladi, so‘zlarni talaffuzini yaqin o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Talaffuzga o‘rgatishni ikkinchi yo‘nalishi, asosiy talaffuz ustidagi sistematik ishni nazarda tutadi. Biroq bu holatda ham nutqni muloqot quroli sifatida shakllantirishga yo‘naltirish o‘z kuchida qoladi. bu shuningdek nutqiy materialni tanlashga (muloqotda zarur bo‘lgan so‘zlar) va talaffuz malakalarini ishlash jarayoniga ham ta’luqli holda o‘tkaziladi.
Kar bolalar tomonidan og‘zaki nutq shaklini egallanishi daktil nutqiga qaraganda qiyinroq o‘zlashtiriladi. Karlar maktabida bolalarni muloqot quroli sifatida shakllantirish bu nutq turiga o‘rgatish ta’limni birinchi kunlardan boshlanadi. Tayyorlov sinfida og‘zaki nutqni shakllantirish tilga o‘rgatishni umumiy tizimiga kiritiladi va daktil nutqining ilgarilovchi rivojlanish sharoitida amalga oshiriladi.
2.2. Zaif eshituvchi bolalarni so‘zlashuv nutqini o‘stirishda koreksion ishlarni rivojlantirish
Og‘zaki nutqni ko‘ruv orqali idrok etish surdopedagogikada o‘z sinonimlariga ega (Labdan o‘qish, yuzdan o‘qish). . Karlar tomonidan og‘zaki nutQ nutq organlari xarakatlariga ko‘ra qabul qilinadi. Og‘zaki nutqni labdan o‘qish orqali idrok etish jarayoni murakkab, chunki bunda karlar tez o‘zgarib almashinuvchi artikulyatsion organ harakatlarini kuzatib borishlari lozim. Ammo barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, karlar labdan o‘qish malakalarini o‘zlashtiradilar, ularning ko‘pchiligi esa nutqni artikulyatsiyasiga ko‘ra qabul qilinadi.
Thomas Arnold ta’kidlashicha labdan o‘qish asosida og‘zaki nutqni qabul qilish, avvalom bor kar bola xotirasida joylashgan nutq xarakat obrazlarining aktuallashuvi hisobida amalga oshiriladi. Ular butun so‘z va so‘z birikmalariga mos kelishi, karlarning nutqiy va hayotiy tajribalarini ma’lumotiga tayanadigan ongli kombinatsiya hisobiga moslashishi lozim. Kar bolalar artikulyatsion organlarning alohida harakatlariga muljal qiladilar. Bu bog‘liqlikda labdan o‘qish sifati ko‘p jihatdan karlar nutqiy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqadi. So‘zlashuv nutqini rivojlanganlik darajasi yuqori bo‘lgani sayin, labdan o‘qish malakasi ham shuncha yaxshi bo‘ladi.
Tilga o‘rgatishni komunikativ tizimini shakllanishi davrida kar bolalarda labdan o‘qish malakasi daktil nutqiga tayanib shakllangan. S.A.Zikov e’tirof etishicha, o‘quvchilarda birinchi kunlardayoq analitik-sintitik faoliyatning predmeti bo‘lgan daktil nutqiga tayanish og‘zaki nutqni shakllanishiga asos bo‘ladi. To‘liqligicha qabul qilinadigan so‘z obrazi daktillash asosida qismlarga ajratiladi. So‘zlarni daktillashda o‘z bayon etilgan so‘z artikulyatsion harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. So‘zlarni qabul qilishni (idrok) osonlashtiradi.
Labdan o‘qishga o‘rgatish avval daktilda o‘zlashtirilgan nutqiy materialda quriladi. Nutqiy materialni tushunish, labdan o‘qish ko‘nikmalarini egallashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Labdan o‘qishga o‘rgatish og‘zaki nutqiy shakllantirishning muvofaqqiyatini ta’minlovchi muhim omil, bu nutqni mulohot quroli sifatida shaklantirishni umumiyligida mujassam bo‘lgan. Muloqotga kirishish, atrofdagilar nutqini qabul qilishni zarurligi, boshqalar bilan muloqotga kirishishni rivojlantirib borish og‘zaki nutqni ko‘rish idroki rivojlantirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq labdan o‘qish jarayonida daktillashni katta yordamiga qaramay uning qo‘llanilishi o‘qitishni (ta’limni) ma’lum bosqichida chegaralangan. O‘qituvchi tomonidan so‘zni daktil va og‘zaki berilgani asosida, so‘zni qabul qilish mashqlaridan so‘ng bolalar nutq materialini faqat yuzdan o‘qishga o‘tkazilgan. S.A.
Zikov ta’kidlashicha bola nutqni avval bir vaqtda ikki shaklda (og‘zaki va daktildi) so‘ng faqat og‘zaki qabul qilishga o‘rgatish ushbu tizimning yuzdan o‘qishga o‘rgatishni asosiy yo‘li hisoblanadi. Labdan o‘qishga o‘rgatishni asosiy yo‘llarini amalga oshirish uslubiyati yuqorida keltirilgan S.A.Zikov yoki F.F. Raularning ishlarida keltirib o‘tilgan.
100 yillarda o‘tkazilgan kar bolalarni eshituv idrokni rivojlantirish sohasidagi kuzatishlar, izlanishlari yuqorida tasvirlangan ish tizimiga o‘zartirish kiritdi. Ye.P. Kuzmichyova izlanishlari karlarning eshituv qoldig‘ini rivojlantirishda va karlar nutqini shakllanishida xatto chuqur zarurlangan, eshituvini ham muhim rolini isbotlab berdi. Uning fikricha kar o‘quvchilarda eshituv idrokini rivojlantirish bo‘yicha ishning asosiy vazifasini ularning eshituv qoldig‘ini maksimal rivojlantirish, ular tomonidan og‘zaki nutqni qabul qilish uchun rivojlanayotgan bazaga ko‘ra yangi eshituvni ko‘ruv asosni yaratishini ko‘zda tutadi.
Rivojlanish butun o‘quv tarbiyaviy jarayonda ovoz kuchaytirgach apparatlarni keng qo‘llash asosida qurilgani uchun, ushbu ish labdan o‘qishga o‘rgatishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Labdan o‘qish malakasining ishlatilishi kar bolalarni eshitish qoldig‘ini keng qo‘llash sharoitlarida nutqga o‘rgatish tizimida ham qo‘llaniladi. Agar karlar tomonidan og‘zaki nutqni qabul qilish, nafaqat ko‘rishga (bolalar nafaqat daktillashdagi barmoqlar xarakatini va og‘zaki ifodalash artikulayatsion xarakatlarni qabul qilishadi) balki nisbatan zararlangan bo‘lsada eshitishga ham asoslanadi.
Aynin shuning uchun ko‘rish organi orqali nutqiy qabul qilish eshitish bilan to‘ldirilganda pedagogik jarayonda jamoa va yakka eshituv apparatlaridan keng foydalanishda og‘zaki nutqiy eshitish, ko‘rish idroki faoliyati samarali bo‘ladi. Kar o‘quvchilarni eshitish qoldig‘idan foydalanish va rivojlantirish tizimini ishlab chiqish (E.P. Kuzmicheva) tilga o‘rgatishi kommunikativ tizim sharoitlarda o‘tkazilgan. Og‘zaki nutqni shakllantirishning barcha tamoyillar nutqni shakllantirish yo‘llarida amalda saqlanib qoladi, bundan tashqari eshitish idrokini rivojlantirish bo‘yicha ishning barcha tizimi og‘zaki nutqni shakllantirishga va tilni muloqot quroli sifatida shakllantirishga ta’sir etuvchi faktorlarni inobatga oladi.
Dastlabki nutq shakli daktil hisoblanadi, biroq o‘qituvchi tomonidan nutqiy materialni daktil shaklida bayon etilishi, og‘zaki so‘zlashni ovoz ko‘chaytirgich apparatlari foydalanishi bilan birga kechadi, ya’ni o‘qituvchi og‘zaki daktilda so‘zli ifodani ko‘rsatib, har bir so‘zni mikrofonda talaffuz etadi. So‘zni o‘zlashtirib borish darajasiga ko‘ra so‘zli ifodalar qo‘llanilishi olib tashlanadi. O‘qituvchi daktil nutqini istisno etadi va bolalar materialini eshitish, ko‘rish asosida idrok (qabul) etishadi (O‘qituvchi doim mikrofondan bolalar esa naushniklardan foydalaniladi).
Daktil nutqida materialni ifodalashda foydalanilgan metodik usullar nutqni eshituv-ko‘ruv idrokini o‘rgatishda ham qo‘llaniladi. Ulardan biri u yoki bu so‘z, iborani qo‘llanilishini talab etadigan vaziyatlarni yaratish (Masalan: predmet-amaliy ta’lim darsida “Ol” fe’li ustida ish olib boriladi. Avval bolalarga (og‘zaki daktilda). “Qog‘ozni ol” (qaychi…) kabi vazifalar beriladi. So‘ng ushbu vazifalar boshqa o‘quvchilarga daktilsiz beriladi. Ko‘rsatmalar kombinatsiyalangan tarzda ham berilishi mumkin: ishlab chiqilayotgan so‘z – og‘zaki, qolganlarning barii (o‘quvchilar tomonidan ham egallanmaganligi) – og‘zaki daktilda beriladi. Agar bolalar matrielni o‘zlashtira olmasalar, o‘qituvchi tomonidan vazifa daktillab takrorlanadi. Boshqa usul – vaziyatlardan foydalanish, ular predmet-amaliy faoliyat sharoitida tabiiy kelib chiqishi kerak va nutqiy materilni qo‘llanilishini talab etish lozim. Masalan, o‘quvchining qalami sinib qoldi, o‘qituvchi eshituv-ko‘ruv idrokiga mo‘ljallangan vazifa beradi.
O‘xshash vaziyatlarni qo‘shimcha yaratish, maxsus mashqlarni o‘tkazilishi, o‘qituvchi nutqini daktil qo‘llanishsiz qabul qilish malakalarini yetarlicha tez rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek nutqiy eshitishko‘rish idroki malakalarini rivojlantirish uchun didaktik o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Nutqni eshituv-ko‘ruv idrokini shakllantirish bo‘yicha ishlar barcha qolgan darslarda, daktil nutqi darslarni kiritganda o‘tkaziladi. Avval o‘qituvchi bolalarga yangi materialni eshituv apparatlaridan foydalangan holda og‘zaki daktilda taklif etadi, so‘ng u daktilsiz amalga oshiriladi.
Og‘zaki, nutqiy eshituv-ko‘ruv idroki tayyorlov sinfi kar bolalari uchun sezilarli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va ulardan katta diqqatni e’tiborni talab etadi. Bu ishni tashkil etishda inobatga olish kerak. Nutqiy eshituv ko‘rish orqali idrok etishga o‘rgatish uchun maxsus vaqt ajratish (haftasiga ikki soat) maqsadga muvofiqdir. U og‘zaki nutq darslaridan ajratiladi. Bu vaqtni daktil nutqi darslari bo‘yicha taqsimlangani ma’qul.
Kombinatsiyalashgan darslarni o‘tkazish, yarim dars daktil nutqiga o‘rgatish, yarim dars – og‘zaki nutqiy eshituv ko‘ruv orqali idrok etishga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Bunday darslarni o‘tkazishini o‘quvchilar ish qobiliyatini saqlash, ta’lim sifatini oshirish imkonini beradi. O‘qituvchi uchun ushbu darslarni tashkil etish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki mavzu maqsad birligi saqlanadi. Darsning birinchi va ikkinchi qismi uchun material umumiy bo‘lishi mumkin va farqlanishi faqatgina uning berish ususliga ta’luqli bo‘lishi mumkin. Avval og‘zaki daktilda, so‘ng o‘qituvchining daktillashsiz o‘quvchilarni og‘zaki nutqiy eshituv – ko‘ruv orqali idrok etish o‘rgatishda, o‘qituvchi so‘zi yaxshi yoritilgan bo‘lishi zarur.
Noaniq artikulyatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar 2-3 marotaba qaytarilgandan so‘ng o‘quvchilar so‘zni iborali (idrok) etilmasa, o‘qituvchi ularni mos daktillash bilan qaytaradi, so‘ng yana bir marotabadan usiz qayiaradi. Nutqni kuruv-eshituv orqali idrok etishga o‘rgatish yakka mashg‘ulot soatlarida ham ya’ni darsdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi. Shunday qilib tayyorlov sinflarida o‘quvchilarni og‘zaki nutqni eshituv-ko‘ruv orqali idrok etishga o‘rgatish butun o‘quv tarbiyaviy jarayon va maxsus ajratilgan vaqt mobaynida amalga oshiriladi. Butun nutqiy material dastlab o‘qituvchi tomonidan ovoz kuchaytirgich apparatlaridan foydalangan holda og‘zaki daktilda keyinchalik daktillashsiz beriladi.
Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni ekspressiv og‘zaki nutqga о‘rgatish Og‘zaki nutqni mustaqil qo‘llashga o‘rgatish yuqorida keltirilganidek ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchi yo‘l butun o‘quv tarbiyaviy jarayon davomida o‘qituvchi nutqini eshitish va eshituv-ko‘rish asosida idrok etish bilan amalga oshadi. Bu holatda talaffuz malakalarini shakllantirish maxsus o‘qitishlarsiz informal tarzda amalga oshiriladi. Talaffuzga o‘rgatish informal yo‘li – nutq xarakat organlarini faollashtirishga xizmat qiladi, ba’zi talaffuz malakalarini egallashga zamin yaratadi.
O‘qituvchi bolalarni o‘zining og‘zaki nutqini eshituv-ko‘rish asosida idrok etib unga taqlid qilishga undaydi, tasdiqlaydi, to‘g‘ri artikulyatsion xarakatlarni qo‘llaydi, noto‘g‘ri artikulyatsiyadan ogoh etadi. U o‘z diqqatini nafaqat bolaning nutq tovushlarini talaffuziga emas, balki ovoziga bolalar nafasiga, nutqning bog‘liqligiga qaratadi. Ushbu ishda katta yordamni ovoz kuchaytirgich apparatlari ko‘rsatadi, ular 102 o‘quvchilarga o‘qituvchi nutqini qabul qilish imkonini va individual mikrofonlarni qo‘llash orqali o‘zlarini eshitish imkonini beradi. O‘qituvchi bilan birga yoki uning ortidan barcha materialni ko‘rish eshitish orqali qabul qilib bolalarni gapirishga doimiy undash nafaqat ularning nutqiy apparatini faollashtiradi, balki ularda og‘zaki nutqni qo‘llashni doimiy malakasini tarbiyalaydi. Biroq nutqni talaffuz tamoyili shakllantirish uchun birgina informal yo‘lning o‘zi kifoya emas. Ikkinchi yo‘l ham – talaffuz malakalarini maxsus, rejali shakllantirish zarur. Ushbu ish og‘zaki nutq darslarida, yakka mashg‘ulotlarda, fonetik mashqlar davomida amalga oshiriladi va o‘z ichiga tovushlarni, so‘z iboralarni ishlab chiqishni normal ovoz va to‘g‘ri nutqiy nafasni ishlab chiqishni qamrab oladi.
Talaffuzni shakllantirish nutqni ifodalashni aniqligini rivojlantirishda katta o‘rni musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarga ajratiladi. Og‘zaki nutq darslarining mazmuni nafaqat talaffuz ustidagi ishlarni, balki ushbu nutq shaklidan muloqotda foydalanishga o‘rgatishni nazarda tutadi. O‘qitish materiali og‘zaki nutq dasturiga ko‘ra ajratilgan va Rau, Slezinalar tomonidan ishlab chiqilgan talaffuzni o‘rgatishni konsentrik metodida ko‘rsatilgan nutq tovushlarini ishlab chiqishlarini ishlab chiqishni ma’lum izchilligini hisobga oladi.
Og‘zaki nutq darslarida so‘zning tovush tarkibi ustida ish olib boriladi. Shuning o‘zida so‘zning ma’nosi yoritiladi, bolalar uni talaffuz qilishni muloqotda qo‘llashni o‘rganishadi. So‘zning talaffuz ustidagi ish uning ma’nosini yoritib berilgandan so‘nggina boshlanadi. Shu maqsadda og‘zaki nutq darslarida daktil nutqiga o‘rgatish metodik usullarda qo‘llaniladi. Bu sharoitlarda kerakli so‘z qo‘llanilishi shart. Aniq ahamiyatga ega so‘zlarni ma’nosi turli ish turlarini qo‘llash yo‘li bilan ochiladi. Predmetni rasmini ko‘rsatish, rasmni nomlash, so‘zning grafik elementlariga ko‘ra so‘zni og‘zaki shaklda ifoda etish (xarf, bo‘g‘in, so‘zlarni o‘qish, xarakatga ko‘ra so‘zni ifodalash).
So‘zni berish uslubiyati (metodikasi) quyidagicha: O‘qituvchi predmetni (rasmni) ko‘rsatadi, uni og‘zaki daktilda nomlaydi, o‘quvchilarni birgalikda talaffuz etishga undaydi. Bolalar uni eshituv-ko‘ruv orqali idrok etadilar, og‘zaki – daktilda ifodalaydilar. So‘ng har bir o‘quvchiga so‘zni mikrafon orqali talaffuz etish imkoni beriladi va o‘qituvchi ishlab chiqilayotgan tovushning talaffuzini baholaydi. O‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng ular so‘zni daktillashsiz talaffuz etadilar. Olingan talaffuz malakalari yakka mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi. Shuunday qilib, tovush talaffuzi ustidagi ishning boshlang‘ich materiali uchun butun so‘z xizmat qiladi.
U avval butunligicha so‘ng qismlarga bo‘lib talaffuz qilinadi. O‘qituvchi bolalar diqqatini fonemalarni bug‘inlarda va yakka talaffuz etishga qaratadi. Bunday analizdan so‘ng so‘zni sintez qismi ustida ish boshlanadi ya’ni fonemalarni bug‘inlarga, bug‘inlarni so‘zlarga bog‘lash. Talaffuz ustida ishlashni bunday yo‘li talaffuzga o‘rgatish analitiko-sintitik metodiga mos tushadi. Og‘zaki ekspressiv nutqga o‘rgatish qisqartirilgan fonemalar tizimida qabul qilingan tovushlarni qo‘yish tartibiga ko‘ra tanlangan materialda olib boriladi. Talaffuzga o‘rgatishni konsentrik metodi qisqartirilgan fonemalar tizimini qo‘llashga asoslanadi.
Talaffuzni barcha bo‘limlari bo‘yicha talablarni ortib borish izchilligini nazarda tutadi. Boshlang‘ich (ilk) o‘qitish ikki konsentrdan iborat, ularning birinchisi tayyorlov sinfi bilan mos tushadi, ikkinchisi bir va ikki sinflarni qamrab oladi.
Tayyorlov sinfida o‘quvchilar asosiy fonemani aniq talaffuzini egallaydilar: “a”, “o”, “y”, “e”, “u”, “p”, “t”, “k”, “f”, “s”, “sh”, “x”, “v”, “m”, “n”, “l”, “p” – va ikki jarangli tovushlarni: “b”, “z”. Ushbu tovushlardan tuzilgan so‘zlarni bolalar aniq talaffuz etishadi. Shu tovushlarning o‘zi artikulyatsiya bo‘yicha yaqinlarni o‘rindoshi hisoblanadi, masalan, “s” tovushi “s’” – “z”-“z’”. Tovush ustidagi ish izchilligi dasturda keltirilgan, darslik betlarida o‘z ifodasini topgan. Tayyorlov sinfini 4- choragiga kelib kar o‘quvchilar asosiy tovushlarni talaffuzini egallashadi.
Og‘zaki nutq darslarini bu davrdagi materiali bo‘lib daktil nutqida egallangan ibora, so‘zlar hisoblanadi. Bu esa 4 chorakka kelib darslarning nutqiy mazmuni ancha kengayishini anglatadi va bu bolalarga og‘zaki nutqni muloqot quroli sifatida o‘qitish ishlarini ancha jadal kechishi imkonini beradi. Bu davrda o‘qituvchi talaffuzni ikki turlanishlari ifodalovchi bolalar nutqini sinchkovlik bilan kuzatib borishi kerak.
Birinchisi –asosiy tovushlarni so‘zlarda aniq talaffuz etish (og‘zaki va daktil nutqining dasturidagi so‘zlar), ikkinchisi – qisqartirilgan fonemalar tizimiga ko‘ra asosiylari bilan almashtiriladigan tovushlarni o‘z ichiga oluvchi so‘zlarni talaffuz etish. To‘rtta chorakka qadar bolalar nutqida talaffuzni uchinchi turi ham mavjud bo‘ladi. Hali egallanmagan asosiy fonemalar va tovushlar imkon darajasida talaffuz etiladi. Bu holatda kerakli tovush o‘rnida o‘quvchilar faqatgina artikulyatsiya elementini berishadi yoki tovushni butkul tushurib qoldirishadi, qisqartirilgan fonemalar tizimida keltirilmagan tovush bilan almashtiradilar. Nutqni talaffuz tomoni ustidagi ish uslubiyatini kengaytirilgan tavsifi F.F.Rauning “Ustnaya rech gluxix”, o‘quv qo‘llanmasida berilgan. Talaffuzni shakllantirish va eshituv idrokini rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan yakka mashg‘ulotlarni tashkil eti shva o‘tkazish masalalari T.R.Sakolovskayaning “Razvitie sluovogo vospriyatiya gluxix uchashixsya” o‘qituvchilar uchun qo‘llanmasida yoritilgan.
Bu masala bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni mavjudligi uni kengaytirib ko‘rmaslikka imkon beradi. Og‘zaki nutq darslarida va yakka mashg‘ulotlar soatlarida shakllangan talaffuz malakalari barcha o‘quv-tarbiyaviy jarayon mobaynida takomillashib boradi. Shu maqsadda o‘qituvchi bolalar bilan muloqotda og‘zaki nutqiy material qo‘llashga ishlatiladi. Xatto bolalar o‘zlashtirilgan elementar so‘zlar ham (“ana”, “shu yerda”) ular nutqiga kiritilishi lozim. Bundan tashqari og‘zaki nutqni chegaralangan materialida shakllangan talaffuz malakalarini daktil nutqida egallangan so‘z va iboralarga yoyish lozim.
Karlarni og‘zaki nutqini shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan sistematik ishi yaxshi natijalarga olib keladi. Shunday qilib, og‘zaki nutqni talaffuz malakalarini shakllantirish o‘zaro bog‘langan ikki yo‘l orqali amalga oshiriladi. Birinchisi – informal (maxsus o‘qitishsiz) – butun o‘quv tarbyaviy jarayon mobaynida o‘z o‘rniga ega va barcha darslarning nutqiy materialida amalga oshiriladi. Ikkinchi yo‘l fonetik tamoyilga ko‘ra tanlangan materialda talaffuz malakalarini ravon ishlab chiqishni nazarda tutadi va yakka mashg‘ulotlarga o‘tkazish bilan og‘zaki nutq darslarida amalga oshiriladi. Tovushlarni qo‘yishda bolalarning barcha saqlangan analizatorlari mavjud eshituv qoldig‘idan foydalaniladi.
Maxsus maktabda og‘zaki nutq darsi Og‘zaki nutq darsi faqat tayyorlov sinflarining o‘quv rejasida mavjud. U birinchi sinflarda o‘tkaziladigan nutq o‘stirish darslaridan farq qiladi, farqlanishlar og‘zaki nutq shakllantirish vazifalaridan kelib chiqqan. Ushbu darslarda ish o‘quvchilarda eshitadiganlarning asosiy muloqot quroli bo‘lgan va kar o‘quvchilarni egallashlari ancha qiyin bo‘lgan nutq shaklini shakllantirishdan boshlanadi. Og‘zaki nutq darsini birinchi navbatdagi vazifasi kichik kar o‘quvchilarda og‘zaki nutq shaklini muloqot quroli sifatida shakllantirish hisoblanadi. Aynan shuning uchun dars mazmuni, uni tashkil etish unda qo‘llaniladigan mashqlar, vazifalar, masalalar, ish turlari barii ushbu masalani xal etishga yo‘naltiriladi. Biroq og‘zaki nutq darslari bolalar tomonidan so‘zlarni, iboralarni, ularni muloqotda qo‘llash ko‘nikmasidan tashqari, nutq tovushlarni, talaffuzning turli tomonlari ustida maqsadga yo‘naltirilan ishni nazarda tutadi. Shuningdek, nutq ustirish darslarida talaffuzga o‘rgatish ishlari o‘tkaziladi (to‘g‘ri talaffuz mashqlari, uni korreksiyalash) ammo asosiy diqqat bunga emas, balki turli nutqiy malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Savollarga javoblar, hikoyalarni, rasmlarni turli tasvirlash, suhbat va boshqalar.
Tayyorlov sinfi o‘quvchilari og‘zaki nutq darslarida ish ko‘p hollarda ovoz chiqarish, tovush qo‘shishdan boshlanadi. Ilk tovushlar – “a”, “o” darhol so‘zga kiritiladi. Ushbu tovushlar mavjud so‘zni o‘quvchilar ko‘ruv-eshituv idrok etishga va og‘zaki talaffuz etishga o‘rganishadi. Keyinchalik har bir yangi tovush bolalarga so‘zlarda beriladi. Darsda so‘z ma’nolari ochib chiqiladi (yuqorida keltirilgan ish turlarini qo‘llab) va o‘quvchilar uni talaffuz etishni o‘rnaishadi. Shu maqsadda qayta ishlashni talab etuvchi tovushni ajratib olish bilan so‘z analizi o‘tkaziladi.
O‘quvchilar uni alohida talaffuz etishga, so‘ng bo‘g‘inlarda va keyin yana butun so‘z tarkibida talaffuz etishga mashq qildiriladi. Darsdagi keyingi barcha ishlar yangi so‘zni anglab yetishga yo‘naltiriladi (uni ma’nosi va talaffuzi, uni nutqda qo‘llash sharoitlariga ko‘ra amalga oshiriladi). Og‘zaki nutq darslarida og‘zaki, yozma va daktil nutq shakllari qo‘llaniladi, biroq daktil nutqi ushbu darslarda asosiy emas balki yordamchi vosita hisoblanadi. U o‘qituvchi tomonidan yangi so‘zni ma’lum qilishda (agar u daktil nutqi darslarida ishlatilmagan bo‘lsa).\
Shuningdek o‘quvchilar nutqiy materialni ko‘ruv-eshituv orqali qabul qilishga qiynalganlarida qo‘llaniladi. o‘quvchilar daktil nutqini yangi so‘zni tovush, xarf tarkibini anglashda va uni talaffuz etishga qiyinchiliklarga duch kelganlarida qo‘llashadi. Yozma nutq yangi so‘zni ma’lum qilishda (odatda tablichkadagi yozuvlarda) o‘qishga asoslangan mashqlarda (so‘zlarni, iboralarni o‘qishda, so‘zlardagi tushirib qoldirilgan xarflarni to‘ldirishda, so‘z juftliklarini tanlashda va boshqalarda) qo‘llaniladi. Biroq yozma nutqni qo‘llashga ko‘p kirishib ketmaslik kerak. S.A.Zikovning e’tirof etishicha, o‘qish orqali talaffuzga o‘rganuvchi bolalar artikulyatsion jihatdan juda kam tayyorlangan bo‘ladi. Axir ular so‘zlaganlarida, ularning ko‘z o‘ngida yozilgan matn bo‘lmaydi. Ishning bunday usuli biz keltirgan tizimda ayniqsa maqsadga muvofiq emas.
Bu jarayon keyinchalik nutq xarakat analizatorini rivojlantirish bilan kechadigan qo‘lning xarakat analizatorini dastlabki qo‘llash va rivojlantirish asosida namoyon bo‘ladi. Og‘zaki nutq darslarida qo‘llaniladigan ish turlari orasidan so‘zlarni o‘qish emas balki mustaqil ifoda etishga asoslangan maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda quyidagi ish turlari keng qulmanilmoqda: predmetlarni, ularni modellarini, rasmlarni, ularning ko‘rsatish bo‘yicha xarakatlarni namoyish etish, savollarga javoblar va boshqalar. Og‘zaki nutq darslarida turli xil o‘yinlar, og‘zaki nutqiy muloqotda qo‘llashi o‘rgatish uchun sharoit yaratuvchi vaziyatlar qo‘llaniladi.
Daktil nutqiga o‘rgatishda qo‘llanilgan o‘yinlar, og‘zaki nutq darslarida ham qo‘llanilishi mumkin. Og‘zaki nutq darslarida materialni qayta ishlashni umumiy sxemasi quyidagicha:  O‘qituvchi so‘zni ma’lum qilishi (mikrofonda, og‘zaki daktilda, so‘zli ifodani ko‘rsatib);  O‘quvchilar tomonidan so‘zni ifodalanishi (og‘zaki daktilda, og‘zaki);  Uning talaffuzini qayta ishlash (so‘z, bug‘in, tovush);  So‘zlarni ifoda etishdagi mashqlar. Daktil nutqini qo‘llanilishi so‘zning analizini uning sintezini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun og‘zaki nutq darslarida so‘zni to‘liq talaffuz etishga, alohida va so‘z iboralarda qo‘shib va ritmik talaffuzini ishlab chiqishga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir.
Talaffuzga o‘rgatish metodi analitik-sentetik, konsentrik deb nomlanishi mumkin. Ishning umumiy sxemasi og‘zaki nutq darsining qurilishida o‘z aksini topadi. Dars mavzusi dasturga ko‘ra belgilanadi. Dars maqsadi uning vazifalariga ko‘ra aniqlanadi. Yangi so‘z bilan tanishtirish, tovushni so‘zlarda talaffuz qilishni mashq qildirish va boshqalar. Darsni jihozlashda kerakli predmetlar kiritiladi: rasmlar, o‘yinlar uchun jihozlar, so‘zli ifodalar, “Talaffuz”, nutq o‘stirish, “Alifbe” darsliklari.


XULOSA.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, nutqning rivojlanishi nafaqat mashg‘ulotlarda, balki maishiy turmush sharoitida, kattalar va tengdoshlari bilan muloqot jarayonida, shuningdek amaliy faoliyat davomida amalga oshadi. Kichkintoylar nutqiy muhitga har bevosita bir bolaga yakka tartibda murojaat qilish bilan kiritiladi. Sо‘zlarning minimal tо‘plami nashr qilingan jadvallar va kartochkalar kо‘rinishida beriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqiy materialni eshitib-kо‘rib idrok etadi. Ta’limning ikkinchi yilida bola jadvalda keltirilgan sо‘z va jumlalarni pedagog yordamida og‘zaki-daktil gapirishi amalga oshiriladi. Muloqot jarayonida bolalar nutqning daktik shaklidan faol foydalana boshlaydi. Bola yо‘l qо‘yadigan og‘zaki nutqdagi xatoliklar kattalar tomonidan, albatta daktil nutq yordamida tо‘g‘rilab boriladi. Bu eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga о‘z nutqini tahlil qilishda yordam beradi. Bolaning og‘zaki nutqni egallashi asosida taqlid yotadi. Kattalar ortidan Ayni bir materialni turli vaziyatlarda kо‘p marta takrorlab, bolalar uni eslab qoladi. Astasekinlik bilan kо‘p qо‘llanadigan sо‘zlar bolaning faol lug‘ati tarkibiga qо‘shilib boradi. Bundan tashqari, bolalarda zaruriy nutqiy materialni ovoz chiqarib gapirish kо‘nikmasi yuzaga keladi, nutqiy tafakkur rivojlanadi. Tadqiqotlar kо‘rsatdiki, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda og‘zaki nutq syujetli-rolli о‘yinlar davomida tobora samarali shakllanadi. Shu maqsadda nutq о‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarga tanish ertaklar sahnalashtiriladi, syujetli-rolli о‘yinlar о‘ynaladi, bunda bolalar о‘z roliga muvofiq tarzda bir-biri bilan hamkorlik qiladi va muloqotga kirishadi. Bunda sо‘zning tabiiy sur’ati, ritmik strukturasi, intonatsiyaga alohida e’tibor qaratiladi. Aynan shuning uchun pedagog va tarbiyachilar nutqi ham tabiiy, odatiy sur’at va intonatsiyaga ega bо‘lishi lozim.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin