40
Birja savdolarining 2012 yil natijalariga ko’ra, qimmatli qog’ozlarni
birlamchi joylashtirilish hajmining umumiy birja aylanmasidagi ulushi 50,9 %
ni yoki 86,8mlrd. so’mni tashkil etdi.
Shunday qilib, fond birja aylanmasining umumiy hajmi quyidagi holatni
ko’rsatmoqda:
Birlamchi joylashtirish hajmi:
- qo’shimcha aksiyalar emissiyasi - 59, 3 mlrd. so’m;
- korporativ obligatsiyalar – 34,4 mlrd. so’m.
Ikkilamchi bozor aylanmasi hajmi:
- aksiyalar - 51,2 mlrd. so’m;
- korporativ obligatsiyalar – 24,5 mlrd.so’m.
“Toshkеnt” RFBda qimmatli qog’ozlarning birlamchi joylashtirilishi va
ikkilamchi bozordagi aylanmasida qimmatli qog’ozlarning invеstitsion
jozibadorligini quyidagicha tahlil qilish mumkin:
2012 yil yakunlar ibo’yicha aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan
birinchi marta chiqarilgan aksiya va obligatsiyalarni birlamchi joylashtirish
orqali jalb qilingan mablag’larning asosiy qismini tijorat banklari qimmatli
qog’ozlarining ulushi tashkil qilmoqda, ya'ni umumiy qo’shimcha aksiyalar
chiqariluvi emissiyalari hajmining 67,8 % i.
O’zlarining qo’shimcha emissiyalarini fond birjasi orqali muvaffaqiyatli
joylashtirgan emitеntlar qatoriga sanoat tarmog’I korxonalarini – 25,8% va
savdo tarmog’I korxonalarini – 6,4% ham kiritish mumkin.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlari ikkilamchi bozorda ham yuqori
mavqеni egallab turibdi, ya'ni ikkilamchibozor umumiy aylanmasining 65,4%
ini tashkil qilmoqdi. Shuningdеk, ikkilamchi bozorda sanoat korxonalarining
qimmatli qog’ozlariga ham qiziqish kata bo’lmoqda – 19,4%.
Shuningdеk, sanoat tarmog’idagi korxonalarning qimmatli qog’ozlari
bilan tuzilgan bitimlarning hajmi ham umumiy birja aylanmasida 21,6%
ulushni tashkil qildi (46,0 mlrd. so’m).
Dostları ilə paylaş: