INFORMATIKA DARSLARIDA O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
birinchidan, o’quv mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog’liq;
ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bog’liq;
uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog’liq;
to’rtinchidan, o’quv jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog’liq;
beshinchidan, oliy o’quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog’liq;
oltinchidan, o’quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog’liq;
yettinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o’qituvchining hozirgi zamon metodlari bo’yicha bilimlariga bog’liq.
Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o’qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko’pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to’plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o’quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Keyingi maqolalarda hozir amalda ko’p qo’llanayotgan interfaol ta’lim metodlaridan ayrimlariga doir ma’lumotlar keltiriladi.
Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men kurs ishida “Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda ineraktiv metodlardan foydalanish va ularni dars jarayoniga tadbiq qilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…».
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:
Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish. Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish, bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish, bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.