2.2 O’zbekiston iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi va tashqi iqtisodiy faoliyati. Xalqaro munosabatlar – davlatlar o’rtasidagi real aloqalar tizimi bo’lib, jahon siyosatidagi hudud, o’ziga xos muhit va ular harakatlari samarasi sifatida namoyon bo’ladi. O’zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi hissasini eksport va import hajmi bilan aniqlash mumkin. Lekin bu ko’rsatkichlarni to’liqroq o’rganish orqali xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning rolini ham ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston bir nechta yirik davlatlar bilan eksport va import mahsulotlarini almashishni allaqachon yo’lga qo’ygan.
Xalqaro munosabatlar qanchalik yaxshi o’rnatilganini butun dunyo bo’yicha nafaqat tashqi savdo balki xalqaro munosabatlar ham eng chigallashgan davr misolida ko’rib chiqamiz. 2020-yil butun dunyo bo’yicha karantin o’rnatilgan vaqtda O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $36,3 mlrd. ni tashkil etgan . Albatta bu ko’rsatkich 2019-yilga nisbatan 13,1% ga pasaygan ammo baribir bu davr uchun
yaxshi ko’rsatkich deyish mumkin. Asosiy sherik davlatlarning hissasi esa quyidagicha:
2 .2.3-jadval
1. Xitoy Xalq Respublikasi -17,7%
2. Rossiya Federatsiyasi – 15,5%
3. Qozog’iston – 8,3%
4. Koreya Respublikasi – 5,9%
5. Turkiya Respublikasi – 5,8%
6. Qirg’iziston -2,5%
7. Germaniya – 2,3%
Xalqaro munosabatlarga boshqa tomondan yondoshadigan bo’lsak poytaxtimizda 43 ta xorij davlat elchixonalari tashkil etilgan bo’lib, ularning aksariyati MDH davlatlari yoki O’zbekiston bilan tashqi savdo aloqalarini anchagina yaxshi bog’lay olgan davlatlardir. Umumiy hisob bo’yicha hozirgi davrda O’zbekiston 136 ta davlat bilan diplomatik aloqalarni yo’lga qo’ygan va kelgusida yana 12 ta davlat bilan ham aloqalarni o’rnatishni rejalashtirgan. Aslida O’zbekistonda 1995-yilda ”Xalqaro munosabatlar” fakulteti ish boshlagan bo’lib, fakultetning asosiy vazifasi O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi , shuningdek, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqa olib boruvchi boshqa muassasalari, idora va tashkilotlari, chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berishdan iborat.
Xususan, global innovatsiyalar indeksida O‘zbekiston 2021 yilda 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86-o‘rinni egalladi va eng tez yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirdi. Transparency International xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 6 pog‘ona yaxshilab, 180 ta davlat ichida 140-o‘rinni egalladi.
«O‘zbekiston uchun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olgan.
Shuningdek, «Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi»ning 2021 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 150-o‘rinni egallagan.
Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boshqaruv sifati indikatorlarining 2 tasida mamlakatimizning o‘rni yaxshilangan bo‘lsa, 2 tasida pasaygan. Ya’ni, O‘zbekiston «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» hamda «Huquq ustuvorligi» indikatorlarida mamlakatimiz o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmagan», – deya Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirilmoqda .
Shuningdek, tadbirda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishdagi mavjud muammolar ham sanab o‘tildi. Xususan, «Meros» jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekistonning o‘rni pasaygan.
«O‘zbekiston 177 ta davlat orasida 117-o‘rinni egallab, 2021 yilga nisbatan 9 pog‘onaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi.
Indeksning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilangandi: 2021 yildagi 163 ta o‘rindan 67-o‘ringa ko‘tarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish qayd etildi», – deydi Tanzila Norboyeva.
O‘zbekiston indeksning ayrim ko‘rsatkichlarida samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI)ga erisha olmagan.
«Eng yomon ko‘rsatkich Oliy sud mas’ul bo‘lgan «Sud faoliyati samaradorligi» yo‘nalishi bo‘ldi. Amaldagi 50,8 balldan 13,1 ballga (-37,7) pastlagan.
Moliya vazirligi mas’ul bo‘lgan «Soliq yuki» va «Fiskal salomatlik» ko‘rsatkichlarida ham ballarimiz pasayganligi hisobiga KPI'ga erishilmadi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi mas’ul bo‘lgan «Biznes erkinligi» ko‘rsatkichida mamlakatimiz o‘rni 14,4 ballga pasayib, KPI'ga erishilmadi.
Bandlik vazirligi mas’ul bo‘lgan «Mehnat bozori erkinligi» indeksida ham KPI'ga erisha olmadik. Ko‘rib turganimizdek, KPI'ga erishish bo‘yicha ishlarimiz qoniqarli darajada emas», – dedi Norboyeva.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir.