I-bob Jahon mo’jaz rangtasviri (miniatyura) haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 288,1 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü288,1 Kb.
#210448
  1   2
Jahon miniatyura san\'ati

Mavzu: Jahon miniatyura san’ati. 

Kirish :…………………………………………………………………………..…3 

I-bob Jahon  mo’jaz rangtasviri (miniatyura) haqida umumiy 


ma’lumot………………………………………………………………………..…6 


1.1. Mo’jaz rangtasviri (miniatyura) san’atining o’ziga xos tamonlari………….....6 
1.2. Zamonaviy O’zbekiston miniatyura san’atiniung rivojlanishi……………..16 
II-bob Miniatyura asarlarini o’rganish va unda estetik tarbiyaning

ahamiyati…………………………………………………………………..……..23 


2.1. Miniatyurada kompozisiyaning tungan o’rni……………….. ........................23 
2.2. Miniatyura san’atining estetik tarbiyadagi ahamiyati…………..................... 28 

Xulosa :………………………………………………………………………… 35 


Foydalanilgan adabiyotlar:…………………………………………………… 37 


Kirish 
Tasviriy san’at va amaliy san’at asarlarini o’rganish inson aql idrokining kengaytrib uning tevarak atrof munosabatini ustiradi. Miniatyura san’atini o’rganish iqtidorli va estedotli yoshlarni shakillanuvi uchun keng imkonyatlar ochib beradi. Shu kabi kishi qalbida go’zallik hislarini, ezgulikni, tabiatga, Vatanga bo’lgan muhabbatni oshiradi. Tarixiga, milliy urf odatlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi va uni ulug’laydi. Shuningdek yoshlarni sabr toqatli, chidamli 
bo’lishlarida ularda mehnat qilish ko’nikmalarini shakllanishida ham yordam 
beradi. Bo’lajak o’qituvchilar oldida mashaqqatli, ammo sharafli bо’lgan ishlar 
turibdiki, ular yetishib kelayotgan yosh yigit qizlarga milliy ruhda ta’lim tarbiya 
berishi, bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
1997-yili O'zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da estetik turkumdagi fanlarni o‘qitilishiga 
alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan uning “Uzluksiz ta’limni tashkil etish va 
rivojlantirish prinsiplari” qismida uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish 
prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi, U ta’lim oluvchilarda 
estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy 
fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi. 
Vatanimizning yorqin kеlajagi bo‘lgan ardoqli farzandlarini baodob, xushfе'l, 
olijanob, komil inson darajasidagi shaxs qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb 
masalalaridan biri hisoblanadi. Kelajak yoshlarni komil, sog’lom, teran fikrli,
dunyo qarashi keng, Vatanga, halqimizga foydasi tegadigan barkamol insonlar 
bo’lib yetishishida tasviriy san’at fanining ham o’z o’rni bor. O’zbekiston 
Prezidenti I. A. Karimovning “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli asarida 
“Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning ⁹ boshqa sohalaridagi 
ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq 
ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi 

an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy 


bog‘liqdir”, deb takidlab o’tgan edilar
O’tmishda ota-bobolarimiz tasviriy san’at, amaliy san'at va hunarmandchiligida 
yuksak darajaga еtishganligining sabablaridan biri ajdodlarimiz usta-shogird 
an'analari asosida yoshlarga hunar о’rgatganlar va ular nihoyatda boy tajribaga 
ega bо`lganlar.
Bugungi kunda davlatimiz tamonidan ta’lim tarbiya jarayoniga berilayotgan 
e’tibor diqqatga sazavordir. Bo’lajak o’qituvchilar ham yoshlarga ta’lim-tarbiya 
berishda bu imkoniyatlardan unumli foydalanmogi kerak. 
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’limdagi barcha ishlar 
komil inson ma’naviyatini rivojlantrish bilan bog’liq ravishda amalga oshiriladi. 
Zamonaning ilg’or kishilari safida bo’lish masalasi ham bugun dolzarb. Mana 
shunday muammolarni bartaraf etishda miniatyura san’atini o’rganish ham muhim 
ahamiyat kasb yetadi.
Bo’lajak o’qituvchilar oldida mashaqqatli, ammo sharafli bо’lgan ishlar turibdiki, 
yoshlarga miniatyurada rasm ishlashni o’rgatish bilan birga uning rivojlanishi 
tarixi haqida ham ma’lumotlar berib borishi zarur. 
O’zbekiston hududiga mansub qadimgi rangtasvir san’ati o’ziga xos bebaho 
namunalariga ega. Bulardan, Samarqandning o’rni Afrosiyob, Surxondaryoning 
Bolaliktepa, Buxorodagi Varaxsha, Panjikentdagi devoriy rangli tasvirlar diqqatga 
sazovordir. Miniatyura san‘artining eng katta va o’ziga xos taraqqiy etgan davri
bu asosan Temuriylar davri hisoblanadi. XIV – XV asrlarga kelib qo’lyozma
kitoblarning qayta ko’chirilishi natijasida ko’plab tasviriy san’at namunalari
yuzaga keladi va ular kitobat san’atini yanada boyitadi. Bu asarlarda asosan
shoh, saroylardagi hayotiy voqyealar tasvirlab beriladi. XVIII—XIX 
asrlarda ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan Muhammad Muqim, Ahmad Kalla, 
Ahmad Donish, Mulla Xusniddin, Mulla Ortiq, Rahmatiy, Ibrohim
Davron kabi 

rassomlar faoliyati e’tiborga molikdir. Masalan, O`zbekiston san’atshunoslik 

institutida saqlanayotgan XIX asr boshlarida Ahmad Donish tomonidan ishlangan 
«Majnun sahroda» deb atalgan miniatyura o’lkamiz tabiat manzarasini aks ettirishi 
bilan alohida qimmatga ega 
XX asr va XXI asr boshida O’zbekiston rassomlari hamda xalq ustalari 
tomonidan ko’plab durdona asarlar yaratildi. O’zbekiston rangtasvirida milliy 
yunalishning hayot bilan bevosita bog’liq va mavzu hamda uslubiga ko’ra ancha 
rang-barang bo’lgan yo’li ham rivojlanadi. 70-yillardagi avlod orasida bu yo’nalish 
vakillari asosan B. Jalolov, J. Umarbekov, T. Muhamedov, Sh. Abdurashidov va 
A. Mirzayevlar ijod qilishgan. Ular syujet va obrazlarning hayotiy ishonarliligini 
saqlab qolgan holda, kundalik voqeylikni ulug’vor va sirli ma’noga to’liq borliqqa 
aylantirishadi. 
O’zbek lokli miniatyurasi tashabbuskorlari 
— taniqli rassom Chingiz Ahmarov 

rahbarligi ostida ishlab turgan Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muhammadjonov, 


Abdubosid Qambarov, Natalya Soy, Munira Sotiboldiyeva, G’ayrat Kamolov, 
Abdug’ani Aldashevlarning dastlabki asarlari yaratildi. 
Shomahmud Muhammadjonov O‘rta asrlardagi ustalardan farqli ravishda, 
miniatyura san'atining an'anaviy tizimiga zamonaviy muallifning o‘ziga xos badiiy 
tafakkurini ham singdirishga harakat qiladi. U O‘zbеkiston tasviriy san'atida 
an'analar va zamonaviylikning uyg’unlashuvidan iborat o‘ziga xos yunalishning 
asoschilaridan biriga aylandi.

Miniatyurada ishlangan rasmlar tamoshabinga juda katta badiiy estetik ta’sir etib u nafosat olamiga etaklaydi. Miniatyuradagi asarlarda borliq, tabiatdagi 


ko’rinishlar xaqqoniy aks ettiriladi. Miniatyurada faqatgina narsa va voqyealar 
emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi. Miniatyura san’ati 
jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda 
ham muayan tayyorgarlikni talab qiladi.  
I-bob O’rta osiyo mo’jaz rangtasviri (miniatyura) haqida umumiy ma’lumot. 

1.1. Mo’jaz rangtasviri (miniatyura) san’atining o’ziga xos tamonlari. 


O’zbekiston hududiga mansub qadimgi rangtasvir san’ati o’ziga xos bebaho 
namunalariga ega. Bulardan eng qadimilari ibtidoiy Zaravutsoy, Sarmishsoy kabi 
tasvirlar hisoblanadi. Rangtasvir san’atidagi keyingi yutuqlarni qadimgi kulolchilik 
namunalarini bo’laklarida, ayniqsa, tuproq ostida saqlanib qolgan binolarning 
deborlariga ishlangan suratlarda batafsilroq ko’rish mumkin. Bulardan, 
Samarqandning o’rni Afrosiyob, Surxondaryoning Bolaliktepa, Buxorodagi 
Varaxsha, Panjikentdagi devoriy rangli tasvirlar diqqatga sazovordir.
Afrosiyob rangtasvir san’ati. Hozirgi Afrosiyob nomi bilan yuritilayotgan 
Samarqandning qadimgi o’rnidan topilgan devoriy rasmlarda rangtasvir san’atining 
rang-barang va nafis namunalari mavjud. Bu erda obrazlarning xarakteri va 
mazmuni yoritib berilishida turli bo’yoqlar mahorat bilan ishlatilganligini 
ko’ramiz. Afrosiyob rangtasvir san’atining eng xarakterli namunasi shoh saroyi 
ko’rinishiga xosdir. Devoriy rasmdagi salobatli filning tasvirini ko’zatar ekanmiz 
har bir bo’yoq o’z o’rnida ishlatilganligini ko’ramiz. Ranglar tasvirning jonli 
chiqishida muhim rol o’ynaganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Filning ustiga maxsus 
mo’ljallangan yopchiqdagi tasvirlar kishini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. Bu 
tasvirlarda qizg’ish, sarg’ish, jigarrang, ayniqsa hovorang ko’proq ishlatilgan. 
Filning bosh qismi birmuncha, orqa tanasi esa to’laligicha tasvirda saqlanib 
qolgan. Ayoqlari aniq ko’rinib turibdi. Filning ustida bezatilgan jul bo’lib unda 
qanotli sher tasvirini ham ko’ramiz, bundan tashqari bir qancha bezaklar aks 
ettirilgan. Umumiy bo’yoqlar majmuasi esa to’q havorang bilan qamrab olingan. 
Afrosiyob devoriy tasvirlarining ko’pgina qismi saqlanib qolmaganligi 
qadimshunoslar va san’atshunoslarni yanada izlanishga jalb qiladi. Filning ustida 
taxtiravon, taxtiravonda oqsuyak ayol o’tirganligi tasvirlangan bo’lishi kerak, 
degan taxminlar hambor. Tasvirda saqlanib qolgan, filning ustidagi taxtiravonni 
bitta ustunchasi aniq ko’rinib turibdi. Ana shu ustunchani ayol kishining 
barmoqlari ushlab turganligi ham saqlanib qolgan. Orqadagi tasvirlar ham filning 

ustidagi taxtiravonda ayol kishining borligini tasdiqlaydi. Orqada otga minib 


kelayot uch nafar ayolning suratlari aks ettirilgan. Birinchisining to’liq ko’rinishi 
deyarli yaxshi saqlanib qolgan. 
Rasimdagi obrazning eng harakterli tomoni sharq xaqlariga xos nafis va latofatli 
go’zallikka ega bo’lgan ayol qiyofasining gavdalantirilishidadir. Ayolning butun 
qomatida, liboslaridagi rang va shakillarning harakterlari hatto soch turmaklarida 
ham sharqona xususiyatlar yaqqol ko’rinib toribdi. Umuman, bu devoriy 
tasvirlarda bo’yoqlarning ishlatilish uslublaridan keng ko’lamli va o’ziga xos 
foydalanilgan. 
Otlardagi uch nafar ayolning tasvirlari bir - biriga o’xshab ketsada ular mingan 
otlar rang jihatidan bir-biridan farq qilib turganligi aniq ko’rinadi. Birinchisi, to’q 
ko’k otda, ikinchisi sariq ot mingan uchinchi ayol esa qizil ot mingan bo’lib, 
uchinchi ayolning tasviri deyarli saqlanmagan. Ulardan keyingi tasvirda soqchilar, 
tuya mingan arkaklar aks ettirikgan. “Qorachadan kelgan birinchi erkak katta 
yoshda bo’lib, soqoli va mo’yloviga oq tushganligi yaqqol sezilib turibdi. Uning 
o’siq quyuq qoshlari ham oq. Qoramtir yuzida qovoqlari botiq, ko’k ko’zlari 
yorqin ko’rinadi. Sochlari oq bog’ich bilan bog’langan. Chap qo’log’ida zirak bor. 
U o’ng qo’lining ikki barmog’i bilan qal’ani ko’rsatayapti. Chap qo’lida uchiga 
hayvon boshi ishlangan chuqmor. Ustiga qizil chakmon kiygan yelkasiga 
tashlangan sariq rangsiz kiyim shamolda hilpiraydi.
Ikkinchi erkak yosh, rangpar yuzli, qora soqqoli va ingnichka mo’ylovlidir. Qora 
sochlari qizil bog’ich bilan tortilgan. Birinchi erkak kishi singari uning yuz 
tuzilishi ham ovro’poliklarnikigina o’xshaydi. Katta qirg’iy burunli og’zi kichik bu 
kishining o’ng ko’ziga sariq (oltin) chuqmor bor. Ikkala erkak ham o’zun qilich 
bilan qurollangan. Qilich kamarining chap tomonida osilib turibdi. Ularning 
belbog’lariga kalta hanjar ilingan. Dastalarida yovvoyi qushlar boshining tasviri 
solingan.

Tuyalar jigarrang, birinchisining ustida fillarning surati solingan kunguralar bilan 


bezatilgan doirasimon jul bor. Aynan bu tasvirlar topilgan paytida arxeologlar
o’rganib, yuqoridagidek ta’riflar berishgan. Umuman Afrosiyob devoriy 
rasmlarining bir necha nusxalari, O’zbekiston tasviriy san’at muzeyi, adabiyot va 
tarix muzeylarida ham mavjud. Bu suratlarni kuzatar ekanmiz, rassom devoriy 
rasmda keng manzarani qamrab olishga intilganini ilg’aymiz. Teparoqda 
joylashgan manzaradagi oq qushlar tasviri esa devoriy suratga yanada badiiy 
mazmun kiritgan. Tasvirda oq qushlarning harakati bir-biriga uyg’unlashib 
ketganki bu manzarada o’ziga xos musiqiy ohang jaranglab turgandek. 
Kompozisiyaning rangga boy qilib tasvirlanganligidan Afrosiyob tasviriy san’ati 
nihoyat darajada badiiy yutuqlarga ega ekanligini ko’ramiz. Deroriy suratlarning 
juda ko’p qismi turli sabablarga ko’ra o’chib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan, 
bu suratlar mazmunini tushunib olish mumkin.Masalan, beligacha saqlanib qolgan 
erkak kishining tasviridagi salobatlilik alohida ahamiyat kasb etgan. Musavvir 
obrazga urg’u berish bilan birga uning martabali kishi ekanligini ko’rsatmoqchi 
bo’lgan ko’rinadi. G’arbiy devorga ishlangan suratlar, ayniqsa, uch kishini 
qimmatbaho kiyimlarda aks ettirilishi oddiy tomoshabinni hayratga solibgina 
qolmasdan, har qanday san’at ustasini ham o’ziga jalb qila olishi tabiiydir. Mato va 
liboslardagi bu tasvirlarda humo qushi, qanotli ot, echki, tovus kabi turli qush va 
hayvonlar anatomik tuzilishiga mos aks ettirilgan. Bu esa musavvir mahoratidan 
darak beradi.
Ko’plab obrazlar, boy va sermazmun xarakterga ega bo’lgan. Afrosiyob devoriy 
rasmlari nafaqat tasviriy san’atimiz merosini, balki butun sharq xalqlari tarixini 
o’rganishda ham juda katta ahamiyatga ega.
Bolaliktepa rangtasvir san’ati. Termiz yaqinidagi Bolaliktepa yodgorligidan 
topilgan hashamatli saroyga o’xshash bino devorlarining to’rtala tomoni ham turli 
ko’rinishdagi rangdor tasvirlar bilan to’ldirilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, xona 
devorlarining to’rtala tomonida ishlangan suratlarda ham odamlarni o’tirgan 
holatdagi ko’rinishlari aks ettirilgan. Gilamchalarga o’xshash to’shamchalar ustida 
sharqona tiz cho’kib, chordona qurib, yonboshlagan holda juft-juft bo’lib o’tirgan
erkak va ayollarning obrazlari diqqatga sazovor. Tasvirdagi bu “gilamcha” lar ayni 
paytda o’zbek xonadonlarida ishlatiladigan ko’rpachalarni eslatadi.
Erkaklar egnidagi kamzilga o’xshash kiyimlar uzun, yoqasi uchburchak 
shaklidagi keng qaytarmalari ko’rinishga ega. Bellarida ingichka tasma va unga 
o’tkazilgan xanjar tasvirlari ham aniq ko’rinib turibdi.
Ayollarning liboslari esa o’ta rang- barang. Quloq, bo’yin va barmoqlarida 
serbezak taqinchoqlar, ko’zgu ushlab tugan bu ayollar chiroyi shaqona ko’rinishga 
yanada jonlilik kiritgan. 
Bolaliktepa rangtasvir san’atida odamlarning kayfiyati, o’zaro munosabatlari, 
xarakterlari rassom tomonidan o’ta ustalik bilan tasvirlangan. Umuman 
obrazlarning xatti-harakati, qiyofalaridagi ko’rinishlar qandaydir to’y yoki 
bayramona marosimni aks ettirmoqda. Orqa planda esa qomati deyarli to’liq 
tasvirlangan xizmatkorlar elpig’ich ushlab turishibdi. Odamlarning qo’llarida 
qadahlarning tasvirlanishi, bir-birlariga bo’layotgan samimiy iltifotlar ham to’yona 
holatdagi bazmu jamshidni ifodalaydi.
Varaxsha rangtasvir san’ati. Buxoroning qadimgi madaniy markazlaridan biri – 
Varaxshadan ham devorlari suratlar bilan bezatilgan hashamatli saroy qoldiqlari 
topilgan. Bu me’morchilik obidasi va undagi san’at namunalari sharq xalqlariga 
xos madaniy aloqalar qay darajada bo’lganligini o’rganish imkoniyatini ham 
ko’rsatib beradi. Bir qarashda tasvir va naqshlar bir-biriga bog’liq va monanddek 
ko’rinadi. Shu bilan birga o’ta farq qiladigan tomonlarini ham kuzatish mumkin. 
Devoriy rasmlardan birida fil mingan o’rta yoshli kishi obrazi bir oyog’i uzangida, 
bir oyog’i esa bukilgan holda tavirlangan. Bundan tashqari, rasmda arslonga
o’xshash haybatli hayvonning filga hamla qilgan holatidagi tasviri ham aks 
ettirilgan. Shuningdek, Varaxshaning boshqa devoriy rangli suratlarida podshoning 
qabul marosimiga bag’ishlangan hashamatli ko’rinishlari o’rin olgan. Umuman, 
tasvirlar rangbarang manzaralar bilan boyitilgan va ma’lum bir go’zallikni o’zida mujassamlashtirgan. Devoriy suratlardagi tabiat manzaralari turli daraxtlar 
ko’rinishlari bilan o’zgacha ma’no kasb etgan. 
Umuman yuqorida ko’rgan dalillarimizdan oydinlashadiki, o’tmish tasviriy 
san’ati me’morchilik san’atining ajralmas qismi bo’lib kelgan. Nozik va nafis, rang 
– barang devoriy suratlar, haykaltaroshlik namunalari me’morchilik san’atini 
boyitibgina qolmasdan, u bino va xonalarni nima uchun, kim uchun xizmat 
qilganini ham har tomonlama aniqlab bergan. Qadimgi musavvirlar o’z hunarlarini 
tugal egallagan mohir san’atkor ekanliklarini ular yaratgan tasvirlarning me’yoriga 
etkazib ishlaganligidan, obrazlar xarakterlarini to’laqonliligidan yaqqol sezish 
mumkin. O’tmishda tasviriy san’at ilg’or bo’lib kelgan. Rassomlar doimo ijodiy 
izlanib o’z faoliyatlarini kengaytirganlar. Shuning uchun bo’lsa kerak, mashhur 
musavvir Moniy nomi bilan rivoyatlar to’qilgan. Shunday rivoyatlardan birini 
taniqli olim P. Zohidov hikoya qiladi: “Moniy shahar darvozasidan kirar ekan o’z 
ko’zlariga ishonmabdi. Qarshisida afsonaviy go’zal va fayzli shahar namoyon 
bo’lgandi. Mana, yam-yashil daraxtlar salqinida orombaxsh joy-xovuz suvlari 
mavjlanadi. Ariqlarda suv sharqirab oqmoqda. So’lim gulzor. Zilol suvdan 
ichging keladi. Ajab! Bu tasvirning sehri edi. Xatto kimdir suv olaman deb 
ko’zasini sindiribdi. Tasvir kuchiga qoyil qolgan mehmonlar o’z kasibdoshlari 
san’atiga tahsin o’qishibdi. Shu payt Moniy qo’liga mo’yqalam olib, hovuz 
yaqinidagi barvasta itning rasmini chizib qo’yibdi. Tasvir shunchalik tabiiy ediki, 
itni ko’rgan kishi uning joni bor deb beixtiyor o’zini chetga tortar edi. Shundan 
keyin Moniy chuqur o’yga tolibdi: uning shogirdlari mahorat cho’qqisini tamom 
egallashgan. Endi ustoz ularga nimani o’rgatishi mumkin. Shunday yangi ijodiy 
yfq toppish kerakki, unga intilgan sari yangidan – yangi go’zallik olami 
ochilaversin. Nihoyat Moniy bir to’xtamga kelib, shogirdlariga shunday vazifa 
topshirib “Tabiatni tasvirlash - bu san’atning nuhoyasi emas, agar kimki rasmdagi 
har bir chiziqqa jon bag’ishlay olsagina u san’at kalitini egallagan bo’ladi”. Bu 
juda og’ir va mashaqqatli vazifa edi. Ana shu vaqtdan boshlab naqqoshlar chiziqlar 
tilsimini ochishga bel bog’labdi. Necha – necha avlodlar ana- shu izlanish yo’lida 
ter to’ka boshlabdilar. Natijada naqqoshlik asosini chiziqlar simfoniyasidan iborat 
turli ornamentlar – naqshlar egallab olibdi”. Muhum tomoni shundaki, o’tmish 
rang – tasvir san’ati boy an’analarga behisob badiiy qiymatlarga ega. Bir – biridan 
butunlay farq qilgan va har birining o’zida etuk san’atkorlik xususiyatlari 
jamlangan tasvirlarga duch kelamiz. Albatta, qadimgi rassomlarning barcha tuyg’u 
va fikrlari, shuningdek, rango – rang ijod olami va mo’yqalamining sehrli tasvirlari 
to’la – to’kis bizgacha saqlanib kelmagan. Shuning uchun ham biz ularni to’liq 
ta’riflash imkoniyatiga ega emasmiz.
Miniatyura san‘artining eng katta va o’ziga xos taraqqiy etgan davri bu
asosan Temuriylar davri hisoblanadi. Bu davr san’atining serqirraligi
shundaki, ko’pgina xalqlar o’rtasida shakllangan tasviriy san’at maktablari
markazlashgan bir qiyofasini aynan shu Temuriylar davrida topadi. 
XIV – XV asrlarga kelib qo’lyozma kitoblarning qayta ko’chirilishi
natijasida ko’plab tasviriy san’at namunalari yuzaga keladi va ular kitobat
san’atini yanada boyitadi.. Bu asrlarda asosan shoh, saroylardagi hayotiy
voqyealar tasvirlab beriladi.
Umuman Sohibqiron Amir Temur o’z davrida Samarqandni ulkan
madaniyat markaziga aylantirgan edi. O’sha zamonlarga oid nafis miniatyura
rasmlarning katta qismi Parij, Myunxen, London, AQSh ning ko’pgina
shaharlarida, Santk-Peterburg, Moskov, Tehron, Qohira, Afg’oniston, Hindiston,
Mo’g’ulistondagi muzeylarda saqlanmoqda. Amir Temur davrida ijod etgan
tasviriy san’at ustalaridan mashhur ustod Gung taxminlarga qaraganda
monuviylik tariqati vakillaridan ta’lim olgan bo’lishi mumkin. Ustod Gung 
Temur davri tasviriy san’at maktabining asoschisi bo’lgan. Amir Temurning
o’zi yashagan davrdagi musavvirlaridan Buxorolik ustod Jahongir, bag’dodlik
Abdulhay va ustod Shamsiddin, tabrizlik Pir Said Ahmad, Samarqandlik
Ahmad Bog’ishamoliy, Shoh Muhammad Tamimiy va boshqa tasviriy san’at
vakillarining Samarqanddagi ijodiy faoliyatini qayd qilish mumkin. Temur
faoliyatidan so’ng esa Samarqandda Mirzo Ulug’bek davrida tasviriy san’at 
yanada rivojlandi. Temuriylar davri nafis tasviriy san’ati haqida o’zlarining
«miniatyura tarixidan lavhalar» kitobida N. Norqulov, I.Nizomiddinovlar
shunday hikoya qilishadi: «Devorga surat chizish san’ati Mirzo Ulug’bek
zamonida yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Tarixnavislar uning Chilsutun
chorbog’ida Chinixona qasrini nihoyatda go’zal qilib qurdirganini yozadilar.
Abdurazzoq Samarqandiy Mirzo Ulug’bek rasadxonasining xonalari
devorlarida to’qqiz osmonning ko’rinishi, osmon gumbazalari darajalari,
minut va sekundlar va hakozo ulushlari tasviriy yetti yoritqich sayyora, 
sobita yulduzlar, iqlimlar, tog’ dengiz sahro va shularga oid buyum va
jonivorlar surati g’oyat nafis va jonli naqsh etilganini yozadi». Shunday
qilib, Temuriylar zamonasida sharqona miniatyura san’atini bir qancha
maktablari va uning buyuk ijodkorlari yuzaga keldi. Natijada temuriylar
davrda shakllangan nafis tasviriy san’atning dovrug’i jahonga yoyiladi. 
O’tmish tasviriy san’ati haqida fikr yuritar yekanmiz bugungi kunda ko’p
qo’llanilayotgan minityura so’zining o’ziga qisman to’xtalish lozim. Bu ibora
deyarli XIX asr boshlarigacha ishlatilmagan. «Miniatyura» - kitobga ishlagan
surat (mo’jaz surat) yoki kichik hajmdagi nafis tasvirlarga nisbatan
ishlatilishi an’anaga aylanib qoldi. 
Sharq jumladan Markaziy Osiyo xalqlarining tasviry san’atidagi miniatyura
ham o’ziga xos namunalariga ega. Bu borada tasviriy san’atimiz tarixida
o’zining noyob namunalari va ajoyib san’at vakillarini yuzaga keltirgan Hirot
«Nigoriston» (nafis san’at akademiyasi) maktabi jahon tasviriy san’ati
maktablari ichida oldingi saflarda turadi. Aynan shu maktabda Kamoliddin
Behzoddek buyuk rassom kamolga yetgan. Bu maktabning mohiyati va
mazmunini aniqroq tushunish uchun uning ma’anosini tahlil qilmog’imiz
kerak. «Nigoriston» iborasiga kelganda aytish lozimki, bu nigorlar, chehralar,
qiyofalar demakdir. 
Samarqandda shakllangan tasviriy san’at maktabi Hirot orqali jahon
xalqlari madaniyatiga ta’sir o’tkazganini alohida qayd etmoq kerak. Olim
Naim Norqulovning ma’lumot berishicha, Boysunqur Mirzo Hirot nafis va
tasviriy san’ati anjumani ( akademiyasi) ni tuzgan. Nomlari jahon tasviriy
san’ati tarixida muhim o’rin yegallangan Xo’ja G’iyosiddin Haraviy,
Amrshohiy Sabzavoriy, Mirak Naqqosh, Halil Mirzo Shohruhiy, Sulton
Ibrohim, Sultonali Mashhadiy, Mavlona Ja’far Turbatiy Hirot akademiyasi
tashkilotchilari yedilar. 
Boysunqur Mirzo Hirotda nafis san’at maktabini yaratishda butun Sharq
halqlari madaniyati durdonalaridan foydalaniladi. Bu ishda unga otasi
Shohruhning qo’shni mamlakatlar bilan keng ko’lamda olib borgan savdo,
diplomatik va madaniy aloqalari katta yordam berdi. Bu maktab Nigorsiton
nomi bilan ham mashhur bo’ldi.
Hirotda shakllangan nufuzli san’at maktabida Kamoliddin Behzod o’nlab
musavvirlarga ustozlik qildi. Umuman, Behzod ijodining olamshumulligi
shundaki, u o’lmas maktab yarata oldi. Uning ijodidan ilhomlangan Qosim 
Ali, Sulton Muhammad, Muzafar Ali, Yusuf Mullo, Rustam Ali, Mirsaid Ali, 
Mahmud Muzahhib, Abdullo kabi ko’pgina musavvirlar miniatyura san’ati va 
kitobat san’ati ravnaqi uchun xizmat qildilar. 
Xullas, buyuk musavvir ijodida shunday nuqtalar borki, ularni kuzatib
san’at asarlari faqat tashqi dunyoni bilish uchungina yaratilmasligini uqasiz.
Bu asarlar odamlarda his –tuyg’u qo’zg’atadi. Zamonaga, davr tartibotlariga
nisbatan munosabatni shakllantiradi. Behzod va uning ilg’or zamondoshlari
ijodida dunyoviy mavzu yetakchi hisoblangan. Bu maktab ijodkorlari
islomdan avvaligi davrlarga ham nazar tashlay olganlar. Shundan ilhomlanib,
ular o’z zamonlari mafkuralariga zidroq bo’lsa - da, dadil faoliyat olib
borganlar.
Sharq xalqlari madaniyati tarixida miniatyura va kitobat san’atini ayri 
tasavvur qilish mumkin emas. Qo’lyozma kitoblardagi naqshlarda tabiat bag’ridagi 
gul va daraxtlar va boshqa turli mavjudotlarning rangi, shakli o’z aksini 
jamlashtirganini ko’ramiz. Navoiy davrida Hirotda xattotlik san’ati namoyandalari 
Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, uning shogirdlari Muhammad bin Nur, 
Darvesh Muhammad Toqiy, Sulton Muhammad xandon, Darvesh Muhammad 
Samarqandiy, Abdujamil kabilar faoliyat kursatishgan. Bular orasida Sulton ul-
xattoton, Qiblat ul-kuttob nomini olgan Sulton Ali Mashhadiy alohida o’rin 
egallaydi. Alisher Navoiy qo`lyozma kitoblariga ishlangan suratlarda shoirning 
ma’naviy qiyofasi o`z aksini to`la-to`kis topganini kuramiz. 
Albatta, bu o`rinda, Navoiy portreti qaysi rassomlar tomonidan yaratilganligi 
ham katta ahamiyatga ega. O`zbek she’riyatining sultoni Alisher Navoiy obrazini 
Kamoliddin Behzoddan tashqari Maxmud Muzahhib tasvirda yaratgan. 
Mahmud Muzahhib XV—XVI asrlarda Hirot va Buxoroda yashab ijod etgan. 
Miniatyura san’ati ustasi Maxhmud Muzahhib asli Hirotda Kamoliddin Behzod
qo`lida ta’lim olgan. O’z o’rnida Buxoro miniatyura maktabining rivojlanishiga 
hissa ko`sha olgan rassom Muzahhib ijodiy faoliyati ham tasviriy san’at tarixida 
alohida ahamiyatga ega. Ma’lum bo’lishicha, XVI asrning 40—70-yillarida 
Maxmud Muzahhib ijodi gullab-yashnagan. Ayni shu davrda Buxoro tasviriy 
san’ati ravnaq topdi. Markaziy Osiyo miniatyura va kitobat san’atining markaziga 
aylandi. Kamoliddin Bexzoddan so`ng nafis tasviriy san’atning davomchilari 
sifatida Mahmud Muzahhibning faoliyati Buxora san’atkolari ijodida o`z ta`sirini 
o`tqazdi. Endi bu yerda ishlangan rasmlar ko`chirilgan kitoblar har jihatdan 
o`zining mukammal mazmuniga ega bo`la boshladi. Musavvirning ijodidagi rang-
barang yutuqlar kompozitsion yechimlardagi o`ziga xos nafisliklar uni Hirot nafis 
san`at maktabini o`rganganligini ko`rsatadi. Bu rassom tomonidan ishlangan 
Navoiy portreti ayni paytda Eronning Mashxad shahridagi Osmoni Quddus 
majmuasida saqlanmoqda. Portretning qimmatliligi o`z zamonasiga xos an`anaviy 
miniatyura uslubida yaratilganligidadir. Yana shuni aytish kerakki asar muallifi 
Alisher Navoiy o`z ko`zi bilan ko`rgan va Kamoliddin Behzod ustozligidagi nafis 
san`at maktabini o`tagan. Maskur portret Navoiy zamonasidan bir oz keyin 
yaratilgan bo`lsada yuqoridagi dalillar uning haqiqatga yaqinligini aynan ta`kidlab 
turibdi. Bu obrozda gavdalangan ochiq chehrali qiyofani Behzod va unga o`xshash 
boshqa rassomlar asarlarida ham uchratish mumkin. Mashhur portretda keksa va 
nuroniy chehrasidan iliq tabassum balqib turgan buyuk bobomiz Alisher Navoiyga 
xos o`ta zukkolik hamda donolik yaqqol ko`rinib turubdi. Portretni diqqat bilan 
kuzatganimizda Navoiyni diqqatli ko`z qarashlari bilan u kimningdir suhbatini 
tinglayotganday tuyuladi. 
Noyob qo`lyozma kitoblarga ishlatilgan miniatyura san`atining katta bir qismi 
Zahiriddin Muhammad Boburning ,, Boburnoma” kitobiga zarb etilgan. Atoqli 
adabiyotshunosh olim Hamid Sulaymonovning sayharakatlari evaziga “Boburnoma”ga ishlangan bebaho miniatyura rasmlar alohida kitob holida nashr 
qilingan. Unda jamlangan suratlarning birinchisi XVII asr boshlarida ishlangan 
hushtab shoirona qiyofadagi Zahiriddin Muhammad Bobur siymosidir 
Keyingi davr miniatyurani rassomlari haqida ma’lumotlar juda kam bo`lsada, 
ular yaratgan asarlar horijiy davlatlardagi ko`pgina muzey va kutubxonalarning 
qimmatli xazinalari sifatida saqlanib kelmoqda. 
XVIII—XIX asrlarda ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan Muhammad 
Muqim, Ahmad Kalla, Ahmad Donish, Mulla Xusniddin, Mulla Ortiq, Rahmatiy, 
Ibrohim Davron kabi rassomlar faoliyati e’tiborga molikdir. Masalan, O`zbekiston 
san’atshunoslik institutida saqlanayotgan XIX asr boshlarida Ahmad Donish 
tomonidan ishlangan «Majnun sahroda» deb atalgan miniatyura o`lkamiz tabiat 
manzarasini aks ettirishi bilan alohida qimmatga ega. Xuddi shuningdek, XIX asr 
miniatyura san’atining xarakterini Ahmad Kalla ishlagan rasmlarda ham ko`ramiz. 
Xulosa qilib aytganda, bu davrda ham O`zbekiston tasviriy san’atida, miniatyura 
mo’jaz san’ati keng miqyosda taraqqiy etgan. 
1.2. Zamonaviy O’zbekiston miniatyura san’atining rivojlanishi. Ko’p asrlar davomida rivojlanib kelgan miniatyura rangtasviri jahon san’ati 
tarixida haqli ravishda faxrli urinni egallaydi. XX asr va XXI asr boshida 
O’zbekiston rassomlari hamda xalq ustalari tomonidan ko’plab durdona asarlar 
yaratildi. Ular ijodiy xayolot boyligi va mukammal ijrosi bilan kishini hayratga 
solibgina qolmay, o’zbek xalqining ko’hna tarixidan, badiiy madaniyatining 
serqirra va o’ziga xosligidan ham dalolat beradi. Ular jahon san’atining Oltin 
fondidan haqli ravishda o’rin olgan.
Biroq miniatyura rangtasviri o’zbek xalqining barcha davrlar va xalqlar madaniyati xazinasiga qo’shgan eng salmoqli hissasidir. O’rta Osiyo o’zbek 
miniatyurasi — musulmon Sharqi xalqlari san’ati ko’p asrlik tarixining eng 
qiziqarli sahifalaridan biri. U tasviriy san’atning alohida turi sifatida kitobat bezagi 
bo’lib, mumtoz Sharq, she’riyati ta’sirida rivojlangan. Sharq, adabiyotining 
mumtoz vakillaridan bo’lmish Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar musavvirlar uchun bitmas-tuganmas ilhom 
manbai hisoblanishgan, ularning ijodini yuksak insonparvarlik g’oyalari, umrboqiy 
obrazlar bilan boyitishgan. Sharq she’riyati miniatyura rangtasvirining gumanistik 
mazmunini hamda g’oyaviy yunalishini belgilabgina qolmay, balki badiiy 
shaklning rivojlanishiga ham muayyan darajada o’z muhrini bosgan. 
Poetik obrazlarning ulug’vor olami bilan muzayyan etilgan tili, vazn go’zalligi, 
ohangdorligi musavvirlarga she’riyat bilan bag’oyat hamohang shartli dekorativ 
uslub, romantik jihatdan ko’tarinki, shoirona obrazlar tizimini yaratishga yordam 
berdi. Sharq miniatyura rangtasviri xalqning olamni idrok etishi va his etishini 
obrazlarda mujassamlashtiradi, chunki hayotiy voqeylikni, xalqning tarixiy va 
diniy o’ziga xosligini jonli obrazlarda tasvirlaydi, binobarin, «hayot kuzgusi» 
hisoblanadi. 
O’zbekiston rangtasvirida milliy yunalishning hayot bilan bevosita bog’liq va 
mavzu hamda uslubiga ko’ra ancha rang-barang bo’lgan yo’li ham rivojlanadi. 70-yillardagi avlod orasida bu yo’nalish vakillari asosan B. Jalolov, J. Umarbekov, 
T. Muhamedov, Sh. Abdurashidov va A. Mirzayevlar ijod qilishgan. Ular syujet va 
obrazlarning hayotiy ishonarliligini saqlab qolgan holda, kundalik voqeylikni 
ulug’vor va sirli ma’noga to’liq borliqqa aylantirishadi. 
Mirzayevning izlanishlari va yechimlari ancha rang-barang, biroq, rasmlari 
rang-barangligiga qaramay, ularga ham «tug’ma xususiyatlar» xosdir. Ularda 
yorqin, ochiq, bir-biriga zid buyoqlarda berilgan xalk, amaliy san’ati an’analari 
ham ko’rinib turadi. Lekin Sharq xattotligi bilan aloqadorligi betakrordir. A. 
Mirzayev muyqalamni qalamdek ishlatadi, uning harakatlari rassomning his-
tuygusini ifodalaydi 
XX asrning 70-yillari Toshkentda “Sovg’alar” (“Suvenir”) fabrikasining 
naqshi nigor sexida ko’plab ishlab chiqrish uschun “Sharq she’riyati” mavzuida 
miniatyuralar ishlandi. Bezak yog’och sirtiga quruq, pigment bilan emas, balki 
suvbo’yoq bilan chizilib, ustidan loy qoplanardi. O’rta Osiyo miniatyura 
rangtasviri an’analarini hamda texnologiyalarini hisobga olmay tayyorlangan bu 
sovg’alarning badiiy qimmati, tabiiyki, yuqori emasdi. Ayni mahalda «Usto» 
birlashmasida palex rangtasvir maktabi ko’nikmalariga ega bo’lgan er-xotin 
Vinogradovlar o’z ijodida yangicha yunalishlarni izlashga ilk bor urinib ko’rishdi. 
Bu rassomlar, afsuski Sharq miniatyurasini, uning obrazlarini, milliy xususiyatini 
qadimgi ustalarning kompozision va badiiy usullarini chuqurroq, urganish 
vazifasini o’z oldilariga quyishmagandi.O’sha yillarda «Usto» birlashmasi 
naqqoshlari guruhiga O’zbekiston xalq rassomi usta naqqosh Jalil Hakimov 
rahbarlik qilgandi. U tuxum qo’shib tayyorlangan quruq bo’yoq bilan, 
zarvaraqlardan foydalangan holda, uncha katta bo’lmagan bezaklarni chizardi. Bu 
tajribalar Sharq lokli miniatyura texnologiyasi Fedoskino, Palex, Xoluy, Mstera 
singari rus qishloqlari ustalarining naqshinkor buyumlarini tayyorlash 
texnologiyasiga ancha o’xshashligi to’risidagi fikrni yana bir bor tasdiqladi. Ikona 
chizish san’ati va qisman xalq sodda san’ati usullarini meros qilib olgan ushbu 
an’anaviy kasblar ustalari foydalanadigan badiiy ifoda vositalari asosida yotuvchi tempera rassomligi texnikasi Sharqning o’rta asrlar miniatyurachilari ishi bilan 
ko’p jihatdan hamohang edi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi A.Navoiy nomidagi 
adabiyot muzeyida uning uslubini hamda farqli xususiyatlarini o’rganib, bunga 
amin bo’lish mumkin. Bu yerda H. Sulaymonov tomonidan to’plangan qadimgi 
Sharq kitobat miniatyurasining barcha turlaridan namunalar mavjud. 
XX asrning 80-yillari boshi O’zbekiston madaniy hayotida shonli sana bo’lib 
qoldi. Tasviriy san’atning yangi turi 
— toshqog’ozdagi lokli minianyura rangtasviri yuzaga keldi. Xalq san’atining barcha turlarini saqlash, rivojlantrish va 
tiklash maqsadida O’zbekistan Rassomlar uyushmasining badiiy fondi tomonidan 
tashkil qilingan xalq san’ati ustalarining “Usto” birlashmasida badiiy bezaklar 
eksperimental ilmiy-ishlab chiqarish ustaxonasi ochildi. Ustaxonaga dastlab Niyozali Xolmatov, so’ng O’zekiston xalk, rassomi Chingiz Ahmarov rahbarlik qildi. Yosh ustalarning dastlabki lokli miniatyura asarlari paydo bo’ldi. Biroq bo’yoq tayyorlash va undan foydalanish jarayoni, bo’yoqning zarur komponentlari va erituvchilarini aniqlash, zarhal bezaklar siri noma’lum edi. Yanada aniqrog’i, tasviriy san’atning yangi turi yuzaga kelgani haqida emas balki asli bo’lgan turi tiklangani haqida gapirish zarur. Urta Osiyoda lokliminiatyura mavjud bo’lganbulmaganligi to’g’risida san’at tarixi va nazariyasi bo’yicha mutaxassislar yakdil emas edilar.
O’tmishda devorga, kitob muqovasiga, toshqog’oz buyumlarga chizilgan 
tabiat va inson tasviri saqlanib qolmagan. Ayrim tadqiqotchilar Markaziy Osiyo 
xududida buyumlar sirti faqat islimiy naqsh bilan bezatilgan, chunki Qur’oni 
Karim odamlar va jonivorlarni tasvirlashni taqiqlagan, deb hisoblashgan. Biroq 
tarixiy xujjatli ma’lumotlar va saqlanib qolgan qadimgi buyumlar bu taxminni rad 
etadi. Masalan, Istanbul (Turkiya)dagi To’pqopi saroyi muzeyi nodir eksponatlari 
paygambar Muhammad alayhis-salom tasviri tushirilgan uchta tugmali hirqa kiyib 
yurganliklaridan dalolat beradi. Qadimgi Sharq adabiy va she’riy qulyozma 
kitoblari esa islom dini hukmron bo’lgan davrlarda Samarqand, Buxoro, Hirot, 
Tabriz kutubxonalarida bezatilgan. Miniatyurachi rassomlarga xukmdorlar va 
davlat arboblari o’zlari homiylik qilib, ularni saxiylik bilan taqdirlashgan, ular 
uchun maxsus majmualar, ustaxonalar va maktablar bunyod etishgan. 
XX asrning 30-yillari oxirida palexlik rassom I. Chepurin lokli rangtasvir 
texnologiyasi sirlarini yosh ustalarga urgatish uchun O’zbekiston san’at muzeyiga
taklif qilinadi. K. Alimovning maxsus toshqog’oz plastinalarga ishlangan 
«Raqqosa», «Bolali ayol», «Choyxonada» kompozisiyalari bunday hamkorlikning 
dastlabki natijalari bo’ldi. Ular 1939 yilda Moskvada bo’lib o’tgan havaskor 
ijodkorlar ko’rgazmasida namoyish etildi. O’zbekistonlik yosh mutaxassislar o’sha 
ijodiy-professional aloqalarni davom ettirib, 80-yillarning boshida, lokli rangtasvir 
texnologiyasi bilan tanishish uchun Rossiya (Fedoskino, Palex)ga bir necha marta 
borishadi. Natijada o’zbek ustalari qadimgi rus xunarmandchiligi an’analari va 
ma’naviy madaniyatini o’zlashtirib, palex miniatyura maktabi shakllanishi 
davridagi dastlabki ustalar ishini, ikona chizishdan miniatyura rangtasvirga utish 
jarayonini o’rganib, ayni mahalda toshqog’ozdan qolip tayyorlash bilan bog’liq 
barcha jarayonlar, yozuv uslubi va tuxum sarig’idan tempera bo’yoqlari tayyorlash, 
zarhal tayyorlash va uni tasvir sirtiga surtish usullari, maxsus mo’yqalam 
tayyorlash texnologiyasi bilan batafsil tanishishadi. 
“Usto” rahnamoligida. “Usto” uyushmasi eksperimental ilmiy-ishlab chiqarish 
ustaxonasi ishidagi qiyinchiliklar bugungi kun nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan 
asarlarni yaratish bilangina bog’liq emas. Munosib ranglar maxrajini tanlash, 
jumladan, an’anaviy qora rangdan voz kechish ham muammo bo’lib chiqdi. Qora 
rangda kompozisiya yaratmaslikka urinib ko’rildi, perspektiva va hajmdan voz 
kechishli, tasvirni feruza yoki oq rangda tekislikda aks ettirsh usuliga murojaat 
qilindi, tuxum sarig’i va o’rik yelimi qorishmasidan tayyorlangan, usimlikdan 
olingan turli bo’yoqlar sinab ko’rildi, toshqog’azdan
milliy qoliplar tayyorlashtexnologiyasi o’zlashtirildi. Qadimgi mumtoz namunalari asosida o’z uslublarini 
bugungi kun kishisining ma’naviy dunyosi bilan hamohang syujetlarni izlash 
davom etdi. O’zbek lokli miniatyurasi tashabbuskorlari 
— taniqli rassom Chingiz Ahmarov rahbarligi ostida ishlab turgan Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muhammadjonov, Abdubosid Qambarov, Natalya Soy, Munira Sotiboldiyeva, G’ayrat Kamolov, Abdug’ani Aldashevlarning dastlabki asarlari yaratildi. “Usto” birlashmasi xodimlari, rassomlarining sa’yiharakati, izlanishlari hamda
tashabbuslari tufayli O’zbekiston miniatyura rangtasviri qisqa vaqt ichida aniq
tashkiliy shakllar kasb etdi, ko’plab qiziqarli asarlar yaratildi.
Shomahmud Muhammadjonovning ijodi ham O’zbekistonda zamonaviy 
miniatyura rangtasvirini tiklash va rivojlantirish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. 13 
yashar Shomahmudni professor Hamid Sulaymonov O’zbekiston Fanlar 
akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyiga taklif etgandi. Yoshgina 
o’quvchi o’sha yillardayoq O’zbekistonning qadimgi adabiyoti, aniqrog’i, 
Mahmud Koshg’ariy ijodi, uning «Devonu lug’otit turk» asari (XI asr) mavzuida 
miniatyura ishlashda o’zini sinab ko’rdi. Bu asarda qadimgi rivoyatlar, qo’shiqlar 
epik dostonlar keltirilgan. Yosh rassom miniatyuralar turkumini Yusuf Xos Hojib, 
Ahmad Yassaviy, Burhoniddin Rabruziy, Durbek, Furqat, Hamza, ayniqsa, Alisher 
Navoiy asarlaridan foydalanib, hozirgi kunga qadar davom ettirish niyatida edi. 
1968 yilda O’zbekistonda Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligi keng 
nishonlandi. Sh.Muxhammadjonov bu sanaga suvbo’yoqda uslubiy jihatdan 
miniatyuraga yaqin bo’lgan 50 qoralamani tayyorladi. Professor H. Sulaymonov 
ularni hayajon bilan ko’zdan kechirib, yosh musavvirni “XX asr Behzodi”, deb 
atadi. Sh. Muhammadjonov ijodi O’zbekiston tasviriy san’atida butun bir oqimni 
shakllantirgan, teran ildizga ega bo’lgan va kashfiyotchi rassomning zamonaviy
qarashlari bilan belgilangan yangi hodisa darakchisi bo’ldi. Uning kitobat 
miniatyurasi yoki lokli rangtasvir uslubida yaratilgan asarlariga sodiqlik va ayni 
mahalda, betakrorlik xos bo’lib, rassom nafosati, ohang o’ynoqiligi, ranglar 
jushqinligi, kompozisiya uyg’unligi va g’oyaviy-falsafiy ohangdorlik esh bo’lib 
ketgan. 
Hozirgi lokli miniatyura san’atida qadimgi ustalarning miniatyura rangtasviri
an’analari izdoshlaridan biri iste’dodli rassom Niyozali Xolmatovdir. Uning bir 
xilda qovushadigan yoqimli va xira ranglardan foydalanishi bag’oyat tushunarli 
badiiy-tasviriy shakllarni yaratish borasidagi izlanishlarining asosiy farqli 
xususiyatidir. Rassom miniatyuralarida beg’ubor bo’yoqlar tig’iz burtma 
yamoqdek ko’rinadi. U chizgan rasmlar ko’rinishdan oddiy va sipo. Buyoq oddiy 
berilgan, jimjimadorlikdan butkul xoli. Kompozisiyalari ifodali, tasvirlar lo’nda. N. 
Xolmatov syujetga qa’t’iy rioya etadi, mavzuni ochish uchun zarur bo’lgan 
narsanigina aks ettiradi. Rangtasvirda ikkinchi darajali sanalgan manzarani 
yangidan talqin qiladi, syujetda ma’no tashuvchi elementlarnigina (tog’lar, 
daryolar, kullar, gullar va h.k.) ko’rsatadi. Kompozisiyaga kiritiladigan personajlar 
sonini kamaytiradi. Odamlar qiyofasi hajmi va tipiga ko’ra farqlanadi. N. 
Xolmatov kishilar hishayojonini — qayg’usi, quvonchi, tantanasi, ma’yusligi va hokazolarni ravon tasvirlaydi. 
Miniatyurachi rassom Bahodir Yuldoshev miniatyura san’atida tajriba olib 
boruvchi rangtasvir ustasi. U o’rta asrlar miniatyurasi texnikasini ajoyib tarzda 
egallabgina qolmay
, uzining miniatyura ishlash usulini muntazam takomillashtirib 

ham boradi. Uning mu’jaz kamer asarlari ijro texnikasi buyicha miniatyura 


rangtasviri uslubiga rioya etilgan. Bular — «Oshiq darvish», «Darvish», 
“Bangilar” va boshqalar. Rangtasvir ustasi lokli miniatyuradan tashqari, 
moybo’yoq va tempera texnikasida dastgoh rassomligi bilan ham shug’ullanadi.
B. Yuldoshevning ijodini o’rta asrlar Sharqi miniatyurachi rassomlari ijodi 
bilan qiyoslansa ular o’rtasidagi asosiy farq o’rta asrlar rassomlari o’z 
qahromonlari libosini deyarli bezamaganliklarida ekanligi ko’rinadi. B. 
Yuldoshevning minatyura asarlarida uning qahramonlari kiyimi mayda nafis 
bezaklar bilan to’ldirib tashlangan, bu uning asarlarini sharqona rang uyg’unligi 
bilan boyitadi. 
Hozirgi miniatyura ustalari, ayni holatda shu jumladan B. Yuldoshev ijodining 
asosiy xususiyati psixologik jixatdan yorqin obrazlilikka kirib borishdan iborat 
bo’lib, o’rta asrlar ustalari asarlaridan shunisi farq qiladi. 
Miniatyura san’atning uslubiy pishiqligi, uning estetik quvvati zamonga 
tug’ridan-tug’ri taalluqli bo’lib, u bilan chambarchas bog’liq. O’rta asrlar Sharqi 
miniatyura asarlari qahramonlari olis o’tmish muammolarini: kishilar o’rtasidagi 
munosabatlarni, ularning muhabbati, kurashi, ehtiroslari, orzu-umidlarini yorqin 
ifodalagan. Rassomning urf-odatlar va din bilan belgilangan faoliyati ijtimoiy 
munosabatlarning yagona yopiq tizimiga kiritilgan. San’atning rivojlanishi esa 
umumiy uslub me’yorlari hamda qoidalari bilan belgilangandi. 
Hozirgi rassomlarning ko’pchiligi o’z miniatyura asarlarida adolatli 
voqeylikdan an’analarning birmuncha barqaror olamiga, vaqt guyo tuxtagan, 
go’zallik va she’riyat hukm surayotgan, aldovlar bo’lmagan, yolg’on jazosini 
topadigan, his-tuyg’u mustahkam va barqaror, muhabbat abadiy bo’lgan, 
kamchiliklar esa kulgi ostiga olinadigan. Haqiqat tantana qiladiagan, shavkat, 
jasorat va mardlik e’tibor topadigan olamga bosh olibketishga intiladilar. 
Tasvirlanayotgan voqyealar ishonarli ifodalanishiga qaramay, ular hozirgi 
miniatyura ustalari tomonidan romantic orzular va go’zal xayollar og’ushida talqin 
qilinadi. U ko’proq har ikkalasining aql bovar qilmaydigan, biroq har bir 
musulmonga dil-dilidan milliy, yaqin va qadrdon bo’lgan, o’tmishning, hozirning
va kelajakning boqiy kategoriyalarini aks ettiradigan olamga birikib ketishidir. 
O’zbekiston san’atining serbutoq daraxtida bugun yana bir go’zal shox gula kirdi. 
Bu — miniatyura bo’lib, u respublika badiiy madaniyatini shubhasiz boyitadi,
bezaydi va ajib mevalarini beradi. 

II-bob Miniatyura asarlarini organish va unda estetik tarbiyaning ahamiyati. 


2.1. Miniatyurada kompozisiyaning tungan o’rni. 


Tasviriy san’atning barcha tur va janrlari qatori miniatyura san’atida ham kompozisiyaning o’z o’rni bor. Kompozitsiya sо`zi lotincha sо`zdan olingan 


bo‘lib, tuzish, birlashtirish, bog`lash, turli xil unsurlarni bir butun yaxlitlikka 
birlashtirish va biron-bir g`oyani madh etish ma'nosini bildiradi. Kompozitsiya – 
san'atning barcha yо`nalishida qо`llaniladi. Musavvir turli shakl va manzaralarni 
bir-biriga nisbatan solishtirib va joylashtirib nafis san'at asari yaratadi.
Kо`pincha asarning tomoshabin tomonidan qabul qilinishi, uning
kompozitsiya еchimiga bog’liq ekanligini yodda tutmoq kеrak. Kompozitsiyani
оsimliklar dunyosidan boshlab оrganishga harakat qilib kо`raylik. Daraxt misolida 
kо`rilganda unib chiqayotgan ildiz, shox, barg, novdalarning tanasiga uzviy bog’liq 
ekanligini nazarda tutmoq lozim. Rassom tasviriy shakl orqali bо`laklarni bir-
biriga bog`laydi va umumlashtiradi. Tasvirlash, dеmak, asar bо`laklarini о`zaro 
aloqalarini о`rnatish, ularni umumiy yaxlitlikka bog`lash, umumlashtirish orqali 
kо`zlangan maqsadga erishishdan iborat. Tasviriy san'at asari qaysi janrga mansub 
ekanligi va ifodalash uslubidan qatiy nazar kompozitsiya bilan bo’lanishi asarning 
tugallangan san'at asari ekanligini bildiradi. Musavvirlar asrlar davomida о`z 
asarlarining tasvirlash еchimini aniq, ravshan, tiniq namoyon etish maqsadida 
kompozitsiyaning yangi tuzilmalarini qidirishgan. Natijada asarlarda shakl 
elеmеnlarining joylashuvi tartibsiz emasligi, sujеtning ahamiyatga molik unsurlari 
oddiy gеomеtrik kо`rinishlarda uchburchak, piramida, doira, oval, kvadrat, to`g`ri 
tоrtburchaklardan tashkil topadi. Yangi zamonaviy kompozitsiyalar yaratish uchun 
albatta, g`oya, joylashtirish, mutanosiblik, simmеtriya, assimmеtriya, nisbiylik, 
marom, xarakat turlari, ranglar uyg`unligi, kompozitsiya markazi, xajmi, 
stilizatsiya, shakllarni tо`qri va tеng qismlarga bо`lish, rangshunoslik qonunlariga 
tо`liq rioya qilish lozim.
Miniatyurada rasm ishlashda tasvirlarni kompozitsiyada to’g’ri joylashtirish 
maqsadga muvafiqdir. Joylashtirish – chizish kеrak bo‘lgan shakl yoki tasvirni 
yuzaga to`g`ri joylashtirishdir. Kompozitsiyada joylashtirish barcha mutaxassislik 
va soxalar uchun katta ahamiyatga ega. Musavvir о`zi chizmoqchi bo‘lgan 
loyihani yuzaga to’g’ri joylashtira olishi lozim. Kompozitsiyada barcha unsurlarni 
to`g`ri joylashtira olmaslik natijasida asosida talabga javob bermaydigan san'at 
asarlar vujudga kеladi. Asar mavzusidagi unsurlar togri joylashsa kompozitsiya 
shuncha mukammal bо`ladi. Joylashtirish jarayonida kompozitsiya qonunlariga 
to`la rioya qilish shart. Kompozitsiya tuzilayotganda mavzu, g`oya, mantiq, 
joylashtirish simmеtriya va assimеtriya, marom, mutanosiblik, nisbat, xarakat 
kompozitsiyada modul, kеskin va nozik farqlanish, kompozitsiyasida stilizatsiya 
kabi qonunlar hisobga olingan holda ifoda etiladi. 
Simmеtriya – grеkcha sо`z bо`lib о`lchovlarning bir-biriga munosibligini 
bildiradi. Bir-biriga simmеtrik о`lchovlarga misol kеltiradigan bо`lsak tarozning 
pallasi ham bir-biriga nisbatan simmеtrik joylashgan. Simmеtriya mavzusi 
nihoyatda kеng bо`lib uni vaqt va makondan chеklab bо`lmaydi. Insoniyat tarixi 
davomida dеyarli har qanday sivilizatsiyada fan, san'at hamda intеlеktual 
faoliyatning boshqa turlarida, simmеtriya muhim ro`l о`ynagan.
Mе'morlar, musavvirlar, kompozitorlar, sozandalar va olimlar bir-birlariga 
yaqin tushunchalardan foydalanadilar, lеkin turli tillarda gaplashadilar. Bu esa turli 
soha vakillarining simmеtriya borasida bir-birlarini tushunishlarini yana 
qiyinlashtiradi. Simmеtriya biz sеzadigan jonzod va jismlar masalan: kapalak, 
mеbеl va оsimliklar qamda hayvonat olamini qamrab olmasdan balki tasviriy 
san'at, kompozitsiya, musiqa, raqs, adabiyotda ham kеng uchraydi. Simmеtriya 
insonlar asrlar davomida tartib, go‘zallik va mukammallikka erishish va yaratish 
uchun harakat qilishlaridagi g’oya b’оlib kеlgan. Tabiatda simmеtriya qandaydir 
ichki qonunlar asosida vujudga kеladi. Simmеtriyaning estеtik aqamiyati uning 
hayotdagi ahamiyatiga bog’liqmi? - dеgan savol tug’iladi. Boshqacha qilib 
aytganda ijodkor simmеtriyani tabiatdan oladimi? Tabiatdan nusxa kо’chirib uni 
takomillashtiradimi? G o‘zallik simmеtriya bilan uzviy bog’liqdir. Ko‘zguda aks 
etgan simmеtriya hayotda va san'atda katta aqamiyatga ega. Ko‘zguda aks etgan 
simmеtriyaning aniq gеomеtrik tushunchasi mavhum bо’lgan muvozanatlashish, 
garmonik ijod tushunchalari bilan aralashib, qorishib kеtgan. Frеy o‘zining 
«Tasviriy san'atda simmеtriya muammosiga doir” maqolasida yozadi: “Simmеtriya 
xotirjamlik va bog’langanlikni bildiradi, assimmеtriya esa uning butunlay qarama-
qarshisi bо‘lib qarakat va erkinlikni bildiradi. Shaklning simmеtriya markazi, оqi 
yoki tеkisligiga nisbatan bir xil joylashishi simmеtriya dеb ataladi. Simmеtriya 
markazi, оqi yoki tеkisligi atrofida aylantirilsa uning simmеtrik unsurlari bir 
birining оrnini to’la egallaydi. Simmеtrik kompozitsiyaning alohida bir kо’rinishi 
– bu naqshlar. Simmеtriya bilan bir qatorda assimmеtriya tasvirlarda kо’p 
ishlatiladi.
Assimmеtriya bu simmеtriyaga qarama – qarshi qonun. Assimmеtriya-
simmеtriyaning aksi va buzilishidir. Kompozitsiya assimеtriya asosiga qurilgan 
bо’lsa, unda asosiy qoidaga kо’ra simmеtriya emasdir. Agar aksincha 
kompozitsiya simmеtriya qoidalariga qanchalik rioya qilsa, assimmеtriya 
bо’lmaydi. 
Miniatyurada rasm ishlashda maromning ham o’z o’rni bor. Marom оlchamlari 
mos bо’lgan unsurlarning qonuniy ravishda ma'lum masofada takrorlanishi va 
kеtma-kеt kеlishidir. Marom tabiat va inson hayotidagi kо’pgina xodisalarga
organik tarzda xos b оlgan xossadir. Kun va tunning, yil fasllari almashishi, 
organik hayot turli shakllarining rivojlanish davriyligi vaqtda yuz bеradi. Bu 
davriylik va takrorlanish moddiy shakllarda o‘z izini qoldiradi. Masalan, daraxt 
tanasi qirqimida yillik halqalarning takrorlanishi, yil fasllarining kеtma-kеt 
qaytarilishi tufaylidir, vaqtdagi davriylik fazoviy moddiy shakllarda o‘z aksini 
topadi. Marom rеal borliq qonuniyatlarining aks etishi sifatida barcha san'at 
turlariga kirib kеlgan hamda badiiy shakl yaratishning zaruriy vositasiga aylangan. 
Kompozitsiyalar tuzishda mutanosiblik uslublarining qо’llanilishi muhim 
aqamiyat kasb etadi. Shaklning ikki unsuri qismning o‘zaro оlchamli munosabati 
mutanosiblik dеyiladi.
Nisbat kеng ma'noda noma'lum bir kattalikni boshqa ma'lum kattalikka 
nisbatlash orqali topish imkonini bеradigan munosabatdir. Nisbat tushunchasi
o‘zining dastlabki ma'nosida ifodalanayotgan chiziq uzunligining haqiqatda 
mavjud bо’lgan chiziq uzunligiga nisbatini bildiradi. Nisbat sonlarda yoki ma'lum
оlchamdagi tо’qri chiziq kеsmalari orqali ifodalanishi mumkin. Nisbat bо’lganligi 
tufayli biz chiziqlarni, haritalarni оqish imkoniyatiga ega bо’lamiz. Ushbu xolatda 
nisbat chizilgan jism оlchamlari uning haqiqatdagi оlchamlariga mos kеlishi 
darajasini ifodalaydi. Inson kо’rayotgan biror narsaning kattaligini rеal sеzish 
uchun uni yaxshi ma'lum bо’lgan boshqa bir narsa bilan aqlan solishtirib k оrishi 
lozim.
Modul - buyum оlchamlarini qisoblashga asos qilib olingan kattalikdir. 
Buyumlar оlchamlarining modulga tushishligi ular yordamida bitta buyumning 
aynan o‘zini turlicha yiqish, yoki ularni boshqa buyumlarda ishlatish imkonini 
bеradi. Asosiy modul buyumning boshlanqich оlchamidir.
Kompozitsiyada kеskin farqlanish solishtirishning buyumnmng tashqi 
kо’rinishdagi ranglarning o‘ziga xos bеlgilarni aniqlaydi. Kеskin farqlanish 
xususiyatlarini baholashda buyumlarni bir-biriga nisbatan solishtirish mumkin. 
Solishtirish jarayonida ayrim оlchamlarda kеskin farqlanish ko‘z bilan qarab 
asongina aniqlanadi.
Nozik farqlanish. Solishtirilayotgan jismlarning katta-kichikligi, tasviri, rangi, 
hajmi, joylashishi, tashqi kо’rinishidagi yaqin xususiyatlar nozik farqlanish 
dеyiladi. Bu bir xil turdagi jismlar va qismlar orasidagi nozik bеlgilarni ajratish 
imkonini bеradi. Nozik farqlanish k o‘zning bir qatortakroriy harakatidan iborat 
ancha murakkab solishtirish jarayonidir.
Miniatyura kompozitsiyasida stilizatsiya. Stilizatsiya tabiatdagi оsimlik, 
hayvonot va boshqa narsalarning tasviri, rangi, shakli, va tuzilishi badiiy usulda 
umumlashtirish ya'ni ramziylashtirishdir. Talabalar kompozitsiya unsurlari 
chizishda оsimliklardan shox, poya, quncha, barg, gul, qayvonlar, qushlar, tabiat 
manzalari, tog’lar, daryolar, quyosh, yulduzlar va boshqa kо’rinishlardan nushalar 
kо’chirib, tasviri, rangi, shakli, va tuzilishilarini badiiy usulda umumlashtirib, 
ramziylashtiradi. Miniatyura kompozitsiyalarida ulardan oqilona foydalanib juda 
ajoyib tasvirlarni hosil qiladi. Buni kо’rgan inson aks ettirilgan shakldan estеtik 
zavq oladi. Bu usuldagi tasvirlarni biz xalq amaliy san'atining barcha turlarida 
kо’rishimiz mumkin. Masalan so‘zanani oladigan bо’lsak falakning O‘rtasida 
quyosh, atrofida sayyora va yulduzlar, gullar barglar uslublashtirilgan xolda 
kishiga zavq bеradi. Stilizatsiya оsimlik va hayvonot dunyosidan olingan turli 
shakllardir. Masalan: butalar, novdalar, shohlar, barglar, mеvalar, gullar va shu 
kabi shakllarni qayta ishlash dеmakdir. Talabalar o‘zlari tanlagan naturaning 
shaklini kompozitsiya tarkibiga qо’shish mumkin bо’lgan bеzak shakliga kеltiradi. 
Bunda naturaning ayrim qismlari, ranglarni badiiy shaklga kеltiriladi. Bular 
talabalarning ijodiy fantaziyasini yanada rivojlantirshga yordam bеradi va ularning 
ijodiy qobiliyatini yanada оstirib boradi. Bunda talabalar butun bir yaxlit jsmnning 
tashqi kо’rinishini bir nеcha badiiy chiziqlar yordamida aniq va lо’nda qilib 
tasvirlashni оrganadilar. Tasvirlash jarayonida kompozisiya qonun qoidalarini 
puhta o’zlashtirmasdan turib yaxshi miniatyura asarlarini yaratib bo’lmaydi. 

Yüklə 288,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin