I bob. Jinoyatchi shaxsini noverbal psixodiagnostika qilish xususiyatlari



Yüklə 149,71 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü149,71 Kb.
#134264
Verbal psikadiagnostika


I bob. JINOYATCHI SHAXSINI NOVERBAL
PSIXODIAGNOSTIKA QILISH XUSUSIYATLARI
Hozirgi kunda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini verbal va noverbal psixodiagnostika yo’nalishida tayyorlash nafaqat terrorchilik harakatlarini sodir etishga qodir odamlar psixologiyasini bilishni, balki juda ko’plab odamlar orasidan bunday jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko’rayotgan shaxsning tashqi alomatlari va xulqidagi xususiyatlariga qarab
aniqlash imkonini beruvchi bilimlarni ham o’z ichiga olishi lozim. Terrorchining psixologik xususiyatlari bo’yicha uning umumiy, ko’pincha alohida ahamiyatga ega jihatlari borligiga qaramay, oddiy jinoyatchiga tenglashtirish mumkin emasligi ko’p jihatdan uni tashqi ko’rinishidan aniqlashni (noverbal diagnostikani) qiyinlashtiradi, ayrim hollarda esa bunga imkon bermaydi. Bu o’rinda avvalo, ―parda ortida‖ qoladigan terrorchilik harakatlarining rahbarlari va tashkilotchilari, g’oyaviy ilhomchilari haqida so’z yuritiladi. Terrorchining shaxsi, oddiy inson shaxsi kabi, barcha insonlarruhiyatidagi xos jihatlar singari, tashqi muhit bilan faol o’zaro ta‘sirjarayonida shakllanadi va ochiladi. Individ jamiyatda hosil qilingan tajribani – hayot qoidalari va qadriyatlari, insonning umumiy intilishi,boshqalarga, o’ziga, jamiyatga munosabatlari haqidagi tasavvurlar tizimiva shu kabilarni o’zlashtirish orqali shakllanadi va namoyon bo’ladi. Turli zamonlar va turli madaniyatlarda bu tizimlar o’zaro farq qiladi, ammo bundan ularning mazmuni o’zgarib qolmaydi. Agar ekstremizmga terrorizmning ashaddiy ko’rinishi sifatida qaraladigan bo’lsa, etnodiniy terrorchilar, bir qarashda o’zimizga o’xshash odamlar bo’lib ko’rinsa-da, ularning shaxsi mutlaqo boshqa yo’nalishda ekanligi, ya‘ni ularning dunyoqarashini ifodalovchi boshqa manfaat, mayl, e‘tiqodlar (jumladan, g’oyaviy e‘tiqodlar), boshqa ideallarga ega ekanligi ma‘lum bo’ladi. Harakatlarining to’g’riligiga ishonch ularda o’z qilmishiga nisbatan aybdorlik hissining mutlaqo yo’qligida ifodalanadi va bu holat bunday tipdagi terrorchilar noverbal diagnostikasini qiyinlashtiradi.Terrorizm psixologiyada faoliyatning alohida turi sifatida e‘tirofetilgan. Terrorchi o’zining har bir harakatida g’oyaviy tayanch, o’zini oqlashga omil izlaydi. Bu bilan u oddiy bosqinchi – qotildan farq qiladi. Terrorchilarning ideali o’z faoliyatini imkon qadar shaxsdan ustun turadigan qilib tasavvur etishdir. Shunga qaramay, terrorchilik harakatlarini odamlar – shaxslar amalga oshiradilar. Butun tahlilni murakkablashtiradigan paradoks ana shundadir.Mamlakatimiz va xorijda nashr etilgan adabiyotlarda ko’p marta terrorchining psixologik portretini tuzishga, insonning terrorchilik faoliyati yo’liga kirishi bosqichlarini aniqlashga, bu faoliyatga yollanuvchilar sifatida jalb etiladigan shaxslar doirasini aniqlashga urinishlar bo’lgan. Ushbu murakkab yaxlitlik o’rganilgach terrorchi psixologiyasidagi hamma narsa anglab yetiladi va unga qarshi kurash muammosi ishonchli ilmiy asosga ega bo’ladi, deb hisoblangan. Biroq aynan shu narsa o’ta murakkab, osonlikcha hal qilib bo’lmaydigan vazifa bo’lib chiqdi. Shunga qaramay, bu hol terrorchining psixologiyasini bilish terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslarni noverbal diagnostika qilish uchun asos bo’la olmasligini bildirmaydi. Birinchidan, amaliyotda terrorchilik harakatlarini, mantiqan, ―bir martalik, sarflanadigan material‖ga tenglashtiriladigan ijrochilar amalga oshiradilar. Bunday ijrochilarni tanlashda ko’pincha keyinchalik ruhiy ishlov beriladigan oddiy yollashdan foydalaniladi. Ikkinchidan, terrorchi, garchi kuchli motivlashtirilgan bo’lsa-da,oddiy o’lim keltiruvchi mashina emas, balki o’ziga xos hissiy sohasiga ega tirik insondir. Fosh bo’lishdan qo’rqish ham, rejalashtirilgan harakati natijasini tasavvur qilishdan tuyadigan shodligi ham uni terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorlanayotgan chog’idagi hissiy holati bildirib qo’yishi, bu bilan esa psixologik zo’riqish holatidagi odamni noverbal diagnostika qilish uchun ―noverbal kalit‖ berishi mumkin. Aynan yolg’onni1 va yashirilayotgan holatlarni diagnostika qilish asosida yotadigan hissiy holat va undagi o’zgarishlar diagnostikasi transport oqimlaridagi xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan yo’lovchilarni,jumladan terrorchilik harakatlari sodir etishga tayyorgarlik ko’rayotgan terrorchilarni aniqlab berishi mumkin. Avvalo, terrorchilik harakatlarini sodir etishga qodir shaxslar doirasini aniqlab olamiz. Ba‘zi tadqiqotchilarning fikricha, ularga ―siyosiy sohada o’z o’rnini topa olmagan, ammo hokimiyatga kuchli intilayotgan va qandaydir noqislik (noto’liqlik) majmuiga ega bo’lgan shaxslar kiradi. Ularga allaqachon qon to’kkan va pul uchun terrorchilik tashkilotlarining har qanday buyurtmasini bajara oladigan bosqinchi unsurlar yaqin turadi. Shu o’rinda hayot chetga surib qo’ygan sobiq sportchilarni ham ―Yolg'on‖, ―aldash‖, ―nosamimiylik‖ tushunchalariga bu o'rinda va keyinchalik matnda umumiy semantik (mazmuniy) makon bo'lgan ―noto'g'ri gap‖ga taalluqli ma‘no jihatdan yaqin tushunchalar sifatida qaraladi. Bunda so'zdagi (verbal) xulqning gap ma‘nosiga kirish-kirmasligi, pirovard natijaning muvaffaqiyatli-muvaffaqiyatsizligi kabi belgilar bo'yicha o'zaro munosabati ko'rib chiqilmaydi. Yolg'on fenomeni axloq yoki ijtimoiy xulq normalari nuqtai nazaridan emas, balki faqat axborotni jinoiy yo'l bilan buzish imkoniyati sifatidagina ko'rib chiqiladi unutmaslik lozim. Garchi ularni terrorchilik harakatlariga jalb etilishi ehtimoli kamroq bo’lsa-da, turli xil marginallar, ajralganlar va jamiyat sarqitlari ham terrorchilik bilan shug’ullanish istagiga ega bo’ladilar. Terrorchi kadrlarni to’ldirishning muhim manbaini turli mojaroli hududlarda bo’lgan, goh bir tomonda, goh boshqa tomonda turib kurashgan yollanma qotillar ham tashkil qiladi. Ularning psixologiyasida
bir narsa, ya‘ni kim ko’proq pul to’lashi muhim. Ko’pincha ularni oddiygina ―o’ldirishga qiziqishi‖, ―odamlar ustidan hukmronlikni his qilish‖, ―o’zining boshqalardan ustunligini ko’rsatib qo’yish‖ hissiyotlari ularni bunday ishga undaydi. O’zlarini boshqalardan ustun sezish
kompleksini o’ziga singdirib olgan turli ruhiy buzilishlarga moyil shaxslarni ham unutmaslik lozim‖. Bundan tashqari, jinoyatchilar terrorchilik harakatini sodir etish vaqtida va unga tayyorgarlik ko’rish davrida odatda narkotik vositalar ta‘sirida bo’ladilar. Yuqoridagilardan ma‘lum bo’ladiki, shaxsning jinoiy (kriminal) belgilarini noverbal diagnostika qilish, jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko’rayotgan shaxs xulqiga xos jihatlarni bilish, narkotiklar iste‘mol qilganlik ehtimolini noverbal diagnostika qilish – bularning hammasi terrorchilik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslar diagnostikasining tarkibiy qismlaridir. Shunday qilib, terrorchi shaxsining psixologiyasini, kuchli psixologik zo’riqishga ega shaxsning hissiy holatini ko’rsatuvchi noverbal kalitlarni bilish ichki ishlar organlari xodimlarining transportda terrorchilik
xususiyatiga ega jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishining samaradorligini ancha oshirish imkonini beradi.

I bob. PROFAYLING VA NOVERBAL PSIXODIAGNOSTIKA


1-§. Profayling metodi, tushunchasi va tuzilishi
Profayling tushunchasidan (ing. Profile – qiyofa, obraz degan ma‘noni anglatadi) verbal va noverbal (nutqsiz), tashqi belgilar asosida jinoyatchi shaxsining obrazini yaratish metodi sifatida qo’llaniladi. Profayling metodi zamonaviy yuridik psixologiyada ―transportda profayling‖ hamda
―kriminal profayling‖ tushunchalari bilan izohlanadi. So’nggi vaqtlarda, ayniqsa havo transportida, profayl-metod yoki profayling iborasi keng tarqaldi. Ushbu profayling metodi tajribasi Isroil, AQSH, Rossiya kabi davlatlarda bir necha yillardan beri takomillashib
kelayapti. Agar profayling (uchishdan oldingi ko’zdan kechirish vaqtida) yo’lovchilardan so’rash va uni psixologik kuzatib borish sifatida ta‘riflanadigan bo’lsa, bu metod ikkita bir-birini to’ldiruvchi metoddan, ya‘ni psixologik kuzatish metodi va so’rov (suhbat) metodidan tashkil topganligi, aslida esa shaxs (ushbu holda – terrorchi shaxsi) psixodiagnostikasining turi ekanligi ma‘lum bo’ladi. Bu usulning huquqni muhofaza qilish faoliyatining ko’plab yo’nalishlarida, jumladan jamoat transportining amaldagi barcha turlarida xavfsizlikni ta‘minlash uchun foydalanishga imkon beruvchi universalligi ana shundadir. Mazkur usuldan foydalanishda diagnostik taomillarning izchil sxemasi qo’l keladi (bunda inson psixologik axborot manbai hisoblanadi) (1-rasm). Psixologik axborotni uqish qobiliyati (mahorati) nafaqat kuzatuvchanlik va diqqatni mashq qildirish hamda psixologik kuzatish bo’yicha barqaror ko’nikmalar hosil qilishni, balki kinestetika (tana tili haqidagi fan)ning asosiy qonunlarini tushunish, suhbat olib borish san‘atini egallash, transport obyekti hududida dastlabki ko’rik yoki hujjatlarni tekshirish davomida yo’lovchilarning xulqini samarali baholashga imkon beradigan taktik usullarni egallashni nazarda tutadi. Profayl metodda axborotni jinoiy tarzda buzish (avvalo xabarlarni,
ham verbal (so’zdagi), ham noverbal (kinestetik) xabarlarning kongruentligini (muvofiqligini) baholash nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Shunday qilib, profayling metodining asosiy maqsadi yo’lovchilar xatti-harakatlarida nokongruentlik (nomuvofiqlik) yuzaga kelishining sabablarini
muqarrar aniqlashdir. Buning sabablari har xil bo’lishi mumkin: aynan shu transport turida harakatlanish zarurligidan qo’rqish, bu hol insonning psixologik xususiyatlari bilan bog’liqligi; o’zini yomon his qilish; shaxsiy, ba‘zan fojiali kechinmalar va h.k. Biroq bunga shaxsning transport obyektida terrorchilik harakati sodir etishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga aloqadorligi ham sabab bo’lishi mumkin. Har qanday holda ham shubhali xulq ko’zdan kechirish va hujjatlarni tekshirishning puxtaroq o’tkazilishi uchun asosli sabab bo’ladi.
2-§.Terrorchi-shahidlarni aniqlash (lot.)
Terrorchi-shahidlar kimlar? Terrorchi–shahidlar asosan 18– 35 yoshdagi turli millatlarga mansub ayol va erkaklarni tashkil etishi mumkin.
O’limga yuboriladigan terrorchi g’ayritabiiy (patologik) shaxs bo’lib, unga narsischa (narsissizm – bu kishining o’z shaxsiga nisbatan kuchli sevgisini ifodalaydi. Qadimda greklarning Narsiss haqidagi afsonalarida, uning sohibjamol Exoning sevgisidan voz kechgani uchun unga o’zining
suvdagi aksini sevish buyurilgani haqida so’z boradi) tajovuzkorlik,qo’rquv, depressiv holat, aybdorlik hissi, avtoritarizm, o’ziga va boshqalarga mardlik yetishmasligini qayd etish, egotsentirizm (xudbinlik), ashaddiy ekstrovertlik xosdir.
Terrorchi-shahidlar yuqori darajada tajovuzkor bo’lib, umuminsoniy qadriyatlardan butkul voz kechadilar. Shuningdek, ular asosan quturgan va murosasiz hamfikrlar guruhiga mansub bo’lib, o’zlarini faqat umumiy intilishda, olomondagina kuchli hisoblashi mumkin bo’lgan yolg’iz va
ruhan ojiz odamlardan tashkil topadi. Olomon ishonuvchan, bo’ysunuvchan va o’zgaruvchan odamlardan tashkil topadi. Ularning mavjudligi – dinga o’xshash ishonchdir. Ammo terrorchi-shahidlarda bu din qaramaqarshi qo’yishlar mafkurasidir. Dunyoni «biz va ular» tarzida ko’rish,
musulmonlar va «kofirlar»ga bo’lish har qanday o’zgacha fikrlashga nisbatan ashaddiy murosasizlikda namoyon bo’ladi. O’limga yuboriladigan terrorchilarni tayyorlash – tashkiliy jihatdan murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon. Dastlab o’limga yuboriladigan terrorchilikka nomzodlar tanlanadi. Asosiysi – o’zini (din yo’lida, biror maqsadga erishish uchun yoki qasos olish maqsadida) qurbon qilishga moyil bo’lganlarni aniqlash.
1.Tanlashda asosiy tayanchni xufiya bosqinchilar boshliqlari psixologik jihatdan shikastlangan, ruhiyati chegaraviy holatda bo’lgan va doimo o’lim haqida o’ylab yurgan odamlarga tayaniladi. Ularga ilgari yo’q qilingan jangarilarning qarindoshlari (tul qolgan xotinlari, ota-onalari, akaukalari, opa-singillari va boshqalar «qasos harakati»ni sodir etish uchun), shuningdek tuzalmaydigan kasallar, jiddiy jismoniy nuqsonlari bor nogironlar kiradi. Jismoniy mayiblik – qo’l, oyoq, ko’zning yo’qligi terrorchilarga blok-postlardan, ichki ishlar bo’limlariga va huquqni
muhofaza qilish organlari joylashgan yerlarga terrorchilik harakatlari sodir etish uchun o’tishlarini osonlashtiradi, deb hisoblanadi. Bunday shaxslar tekshiruvchi organlarda kamroq shubha uyg’otadi, shu bois ular har qanday jamoat joylariga osonroq kirib boradilar.
2. Shuningdek, ayollarni jalb etish osonroq kechadi. Ularni halok bo’lgan erlari, farzandlari, aka-ukalari yoki boshqa qarindoshlari uchun qasos olishga ko’ndirish osonroq kechadi.
3.Terrorchilik faoliyatiga mutaassiblikka (fanatizmga) moyil bo’lgan odamlar jalb etiladilar. Ma‘lumki, ko’pchilik mutaassib terrorchilar o’z faoliyatining ijtimoiy oqibatlari haqida kam o’ylaydilar.
4.O’limga yuboriladigan terrorchilar qatoriga bo’ynida uzib bo’lmaydigan qarzi bor, shuningdek shariat sudi tomonidan o’limga hukm etilgan shaxslar kirib qoladilar. Jangarilar tarqatadigan soxta islomiy mafkuraga muvofiq, o’limga yuboriladigan terrorchilar guruhiga kirish ularga «Olloh
oldida aybini yuvish» imkonini beradi.
5.Emissarlar (maxfiy-siyosiy topshiriq bilan chet elga yuboriladigan kishi, agent)ning obyektlarini yaqin qarindoshlari bo’lmaganlar, ilgari bosqinchilar guruhlarida ishtirok etgani uchun jazoga hukm etilganlar,shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining e‘tiborini
kamroq tortadigan 14 yoshdan kichik bolalar tashkil qilishi mumkin. Bu odamlarning hammasiga yuqori darajadagi ishonuvchanlik xos bo’lib, muayyan sharoitda bu jihat qisqa muddatda insonning xulq-atvorini kerakli yo’nalishda loyihalashtirish imkonini beradi.
Terrorchi-shahidlarning motivlari bo„yicha tasniflanishi. Har bir ichki ishlar organlari xodimi тerrorchi-shahidlarning quyidagi tipologiyasini bilishi kerak:
1.Terrorchi-ekzistensial. Bular shunday kishilarki, yuksak maqsad va qadriyatlar (Alloh, avliyolar, farzandlar va hokazo) uchun ongli ravishda o’z hayotini qurbon qilishi mumkin. Bu yerda hech qanday psixopatologiya yoki zombilashtirish yo’q. O’z o’limiga qiziqish, hayot va o’lim orasida yashashga asoslangan diniy nuqtai nazar.
2.Terrorchi-psixopat. Sadomazoxizm, psixopatologik tajovuz, maniakal sindrom, yuksaklikda bo’lishga kuchli ehtiyoj bilan namoyon bo’ladigan tip. Bunday kishilarga avliyolik, payg’ambarlikni da‘vo qilish xos.
3.O’z joniga qasd qiluvchi terrorchi-shahidlar. Ular kuchli tushkunlikdan aziyat chekadilar. Tashkilotchi terrorchilar ularning bu holatidan foydalanib, o’lim – ushbu azoblardan qutulishning eng oson yo’li deb ishontiradilar.
4.Terrorchi-zombi. O’z joniga qasd qilish va vazifalarni ideal tarzda bajaruvchilardir. Dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta‘sirga berilish oqibatida harakat qiladi. Vazifani bajarishda tez harakatlanadi va qo’rquv bilmaydi.
5.Terrorchi-bevalar. Zamonaviy terrorizmda o’limga yuborish uchun nomzod terrorchi ayollarni yollash ishonchli psixologik jarayonga aylandi. Ko’pincha «o’lim koordinatorlari» qo’liga hayotda o’z o’rnini topmagan, shaxsiy hayotida fojia yuz bergan – sevgilisi (eri, oilasi) xiyonat qilgan yoki halok bo’lgan ayollar tushadi. Ular fojia, yolg’izlik, hayotdan ko’ngli sovigan paytda jalb qilinadi.
6.Terrorchi-hamfikrlar. Dunyoni isloh qilish va faol o’zgartirish istagidagi terrorchilar. Bu motivlar dunyoning mavjud tuzilishida mavjud adolatsizlikdan norozilik hamda adolatni subyektiv tushunish asosida uni o’zgartirishni istash bilan bog’liq.
7.Mafkuraviy-buzg’unchi terrorchi-shahidlar. Bu davlatning mafkuraviy-siyosiy tizimiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.Terrorchining ko„rinishi. O’limga yuboriladigan terrorchi juda kam hollarda qo’lga olinishi oldidan qattiq stress holatiga tushadi yoki fosh
bo’lish va jazolanishdan qo’rqayotganini bildiradi. U qo’lga tushishi rejalashtirgan terrorchilik harakatini amalga oshirishiga imkon bermasligidan qo’rqadi. Bu qo’rquvning tashqi ko’rinishlari quyidagilar:
-yuzning oqarishi (yoki juda qizarishi);
-xo’mrayib qarash;
-terlash (ayniqsa, qo’l terlashi);
-qo’l barmoqlarining titrashi;
-cheklangan harakatlar.
Ko’pincha terrorchi-shahidlar o’z yoshiga qaraganda katta ko’rinadilar. Erkaklar, odatda, soch-soqollari toza qirilgan bo’ladi (bu o’ziga xos dafn marosimiga tayyorgarlik hisoblanadi), nihoyatda toza poyafzalda bo’ladilar. Ba‘zan o’zini o’ldirishga tayyorlangan ayollar atrofdagilarda
kamroq shubha uyg’otish uchun homiladorlik qiyofasidan yaxshi niqob sifatida foydalanadilar. Terrorchilar kiyimi ostida bel sohasida notabiiy do’ngliklar sezilishi, portlatish qurilmasi maishiy buyum tarzida niqoblanishi, yoxud rukzak, sumka, hatto bolalar kajavasiga yashirilishi mumkin. Bu buyumlarga terrorchi nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladi, ularni o’ziga yaqin tutadi, ko’pincha beixtiyor ularni siypalab qo’yadi. O’limga mahkum shaxs odatda mahalliy sharoitga, urfodat va ob-havoga mos kiyinadi. Ammo tanada portlatish mexanizmini joylashtirish va yashirish uchun kiyim-bosh yuqoridagi talablarga zid kelishi ham mumkin.
O’limga yuborilayotgan zamonaviy terrorchi portretida ikki yorqin jihat mavjud. Bir tomondan, bular odatda doimiy yaqin ijtimoiy aloqalari bo’lmagan shaxslardir. Boshqa tomondan, bular kuchli ta‘sirga uchraganlardir. Terrorchi-shahid shaxsining qandaydir muayyan psixologik profili
mavjud emas. O’limga yuboriladigan terrorchini aniqlash mumkin bo’lgan alomatlarga quyidagilar kiradi: «shishasifat ko’zlar», ya‘ni bunday terrorchi odatda bir nuqtaga tikilib turadi, uning qarashlarida hech qanday histuyg’u bo’lmaydi, ayni vaqtda qorachiqlar keskin toraygan, yoki keskin kengaygan bo’ladi. Uni imillagan yurish (tashqaridan qaraganda hatto bu odam shirakayf tuyuladi), shuningdek uyqusirash holati ajratib turadi. Bu ayniqsa, atrofdagilarning hammasi hissiyotlarini ifodalayotgan ommaviy tadbirlarda sezilishi mumkin. Agar o’limga yuboriladigan terrorchi narkotik modda ta‘sirida bo’lsa, odatda, chanqaydi va ko’pincha yonida
mineral suv solingan idish olib yuradi. Terrorchilik harakatlarini sodir etuvchi shaxslarning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari. Terrorchi-shahidlar terrorizmining oldini olish va bunga chek qo’yish uchun o’limga yuborilayotgan terrorchining ijtimoiy va psixologik portretini (qiyofasini) tuzish, uning xususiyatlarini tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega. Jangarilarning qurbonlarini odatda 35 yoshdan oshmagan yosh bevalar ham tashkil qiladi. Shuningdek, xufiya jinoyatchilarning obyektiga shariat sudi tomonidan sodir etgan diniy yoki maishiy jinoyatlari uchun o’limga hukm qilingan o’rta yoshdagi «e‘tiqodli» kishilar ham kiradi. Odatda, bu odamlar yolg’iz bo’lib, yaqin qarindoshlari, do’stlari va oilasi bilan aloqalari bo’lmaydi.
Terrorchi–shahidlarning tashqi belgilari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: erkaklarda – soqol (ayniqsa, qaychilanmagan) hamda bosh kiyimi (odatda, naqsh va kashtasiz do’ppi) borligi, mo’ylov bo’lmasligi; ayollarda – bo’yin va quloqlarni yashirib turadigan ro’mol bo’lishi.
Ko’ylak sidirg’a, ko’pincha suratlarsiz, etagi tizzadan pastda yoki deyarli yerga tegib turadi, ko’ylak yenglari uzun. Gumon qilinayotgan shaxsning ko’zlaridagi noverbal signallarni atrofdagilardan yashiradigan to’q tusli ko’zoynaklari (odatda, binoning ichida ko’zoynakda yurishi) ham uning yovuz niyatlaridan dalolat berishi mumkin. O„limga yuboriladigan terrorchilar tomonidan terrorchilik harakatining sodir etilishi. Bevosita terrorchilik harakati sodir etilishidan avval hujum obyekti puxta razvedka qilinadi (maksimal darajadagi batafsil axborot to’planadi), terrorchilik harakatining maqsadi belgilanadi. Ushbu faoliyatning hammasi qo’poruvchilik-terrorchilik harakatini o’tkazishga yo’naltirilgan va qaratilgan bo’ladi.
1. Shundan so’ng terrorchilik harakatini o’tkazish usuli va ijrochilari tanlanadi. Operatsiya rejasi ijrochilarga yetkaziladi va ular qo’shimcha psixologik ishlovga olinadi. Terrorchilik harakati muvaffaqiyatli o’tishi uchun, jumladan orqaga chekinish terrorchilik harakati ijrochilari yo’q
qilinishini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish uchun qo’shimcha kuchlar joylashtiriladi (o’limga yuboriladigan terrorchini portlatishda besh-olti kishi ishtirok etishi mumkin. Bular himoyalash guruhi, haydovchilar, portlovchi moddalar bo’yicha mutaxassislar va boshqalardir).
2.Tayyorgarlik ko’rgan o’limga yuboriladigan terrorchilar (yoki terrorchilar guruhi)dan darhol foydalanilmasligi, balki ular mamlakatning biror hududiga vaqtincha joylashish uchun yuborilishi ham mumkin. O’limga yuboriladigan terrorchilar «topshiriqqa» yuborilishlaridan avval, odatda psixotrop moddalar bilan to’yintiriladilar, so’ngra ularni to’xtatish yoki boshqa gapga ishontirish mumkin bo’lmay qoladi. Shunisi yaxshi ma‘lumki, mazkur preparatlar qo’rquv hissini yo’qotadi, zo’ravonlikka moyillikni kuchaytiradi, afsuslanmasdan nihoyatda shafqatsiz harakatlar sodir etish va o’z jinoyatlaridan pushaymon bo’lmaslik imkonini beradi. Bundan tashqari psixotrop moddalar inson istamasa ham uning ongini bo’ysundirishi mumkin.
3.Terrorchilik harakatini sodir etishga borayotgan terrorchilar o’zlarini boshqa shaxslar kabi odatiy tutishga harakat qiladilar. Ular uchun asosiysi – olomon ichida sezilmay qolish va hech bir jihat bilan e‘tiborni o’ziga tortmaslik. Yoz paytida, bu odatda ko’krakda, sonda, belda joylashtiriladigan (jumladan homiladorlikni imitatsiya qiladigan shahid belbog’ini yashiruvchi keng kiyimdir (portlovchi modda ayollar sumkasida, videokamera ichida, barsetkada, diplomatda, poyafzal poshnasida ham joylashtirishi mumkin). «Shahidlar belbog’i»dagi portlovchi moddaning og’irligi trotil ekvivalentida 2-3 kg bo’lishi mumkin. 4.O’limga yuboriladigan terrorchilar «vazifa»ni bajarishga odatda juft-juft bo’lib yuboriladi (biri ijrochi, ikkinchisi – «nazoratchi», «kurator» yoki «assistent»). O’limga yuboriladigan terrorchini terrorchilik harakati sodir etishga yuborayotganlar so’nggi daqiqada rejadan voz kechmasligiga ishonch hosil qilishlari lozim. Agar ijrochida nimadir chiqmayotgan yoki terrorchilik harakatini sodir etish fikrini o’zgartirayotgan bo’lsa, «nazoratchi» (kurator) ijrochini yo’q qilishi kerak bo’ladi. O’limga yuboriladigan terrorchi qo’riqlanayotgan obyektga kira olmagan taqdirda ham uni yo’q qilish rejalashtiriladi. Ushbu holda o’limga yuboriladigan terrorchi yonida olib yurgan portlatish moslamalarini masofadan turib boshqariladigan moslama yordamida portlatish orqali yo’q qilinadi. Bunda ushbu juftlikka
bir-birini yaxshi taniydigan (yoki qarindosh bo’lgan) va bir-birlariga nihoyatda sodiq odamlar tanlanadi. Ayrim hollarda o’limga yuboriladigan terrorchilar avvaldan qurbonlar ro’yxatiga kiritilganliklarini hamda boshqa odamlarning istagiga ko’ra portlatish moddasini nishonga olib borish «konteyneri» va vositasi sifatida «xufiya» foydalanilayotganliklarini bilmasliklari ham mumkin. Terrorchilik harakatini bu tariqa tashkil qilganda ijrochiga portlovchi modda yoki sumkani (uning ichida nima borligini u bilmasligi, nari borsa, sezishi mumkin) belgilangan joyga qoldirib kelish vazifasi topshiriladi, ammo bunda terrorchilik harakatining ushbu ishtirokchisiga o’z taqdiri avvaldan belgilab qo’yilganligi aytilmaydi. Ba‘zan jinoiy guruhning boshliqlari tom ma‘noda aldashdan foydalanadilar. Katta hajmdagi portlovchi moddalardan foydalaniladigan
qo’poruvchilik operatsiyalarini ishlab chiqayotganda ular ijrochiga ma‘lum bo’lgan vaqtdan bir necha daqiqa avval ishga tushadigan soat mexanizmini o’rnatadilar. Bunda uni atayin aldagan holda orqaga chekinish variantlari o’rgatiladi. Shu tariqa terrorchi o’lim keltiradigan yukni qo’poruvchilik joyiga olib boradi va u bilan birga portlab ketadi. Ko’p hollarda o’limga yuboriladigan terrorchilar qo’lga tushish xavfi aniq bo’lganida yonidagi portlatish qurilmalarini ishga tushirib yuboradilar.
6. Keyinchalik jangarilar boshliqlari «qahramonni» ulug’lovchi jadal targ’ibot ishlarini boshlab yuboradilar. Ular terrorchining Ollohga oxirgi murojaati yozilgan va shu yo’lga kirishga da‘vat etadigan video materiallarni tarqatadilar. Olomon ichida o„limga yuborilayotgan terrorchini qanday aniqlash mumkin? Terrorchi-shahidni omma orasidan aniqlash amaliy jihatdan murakkab. Sababi ular, emotsional holatlarini yashirish, omma orasiga singib ketish hamda e‟tiborni jalb qilmaslik bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tadilar.Olomon ichida o’limga yuborilayotgan terrorchini aniqlash uchun ayrim belgilarga ahamiyat berish zarur. Bular: Xatti-harakati. Buni aniqlash usullari, albatta, mavjud. Ammo ularni nafaqat bilish, balki qo’llay olish ham zarur. Birinchisi – bu noadekvat xatti-harakat. Bu odamlar o’zlarini asabiy yoki, aksincha, tormozlangan, haddan tashqari diqqatini jamlagan holda tutishlari, doim jim yurishlari,
harakatsiz bo’lishlarida ko’rinadi. Harakatdagi olomonning o’z belgilari
bor, hamma qayergadir yuradi, bir kishi esa boshqalardan sekinroq yuradi
yoki umuman turib qoladi va bu bilan hammaga xalal beradi. Katta
shaharda yashamaydigan, balki bu yerga boshqa joydan kelib qolgan
odamlar shahar hayotining maromidan tushib qolishlari aniq (hatto ularni
qo’llaridan tutib olsangiz ham). Mahalliy odam o’zini bunday tutmasligi
kerak. Ularning ko’z- qo’llariga, ya‘ni ko’zlari qayerga qarayotgani,
qo’llarida nima ushlab olganligiga e‘tibor berish lozim.
Kiyim-boshi. Birinchi belgi – shaharda ko’pchilik kiyadigan urfga mos
kelmaydigan (arzon, osilib turadigan kurtkalar) yoki faslga nomuvofiq
kiyimlarni kiyib yurish. Garchi buni hozir aniqlash qiyin bo’lsa-da, ammo
bunga e‘tibor berish kerak. Havo isiy borgani sayin bu darhol ko’zga
tashlana boshlaydi. Sumkalar, paketlar, rukzaklarga ahamiyat berish juda
muhim. Eng asosiysi, agar og’irlik chamalab aniqlanadigan bo’lsa, inson
narsani qanchalik oson ko’tarib yurganligini tushunish kerak.
Yosh davri. Tabiiyki, yana bir mezon – terrorchining yoshi. Bu har
holda kampir yoki bola emas. Ayol terrorchilar odatda yosh bo’ladilar.
Bunday ayollar odatda avval-boshdan beqaror psixikaga ega qizlardir.
Yoshi katta ayollar barqarorroq bo’ladilar. O’limga tayyor erkak
terrorchilar esa odatda, keksaroq bo’ladilar.
Yosh, xulq-atvor, faollik kabi mana shunday belgilar majmui tahdidni
aniqlashga imkon beradi. Ana shu belgilarning hammasi odamlar gavjum
joyda hozir bo’lishi kerak. Buning uchun metro bo’lishi shart emas,
odamlar ko’p joy bo’lsa kifoya. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish
organlari xodimlariga tezkorlik ham muhim. Shaxsning uchrashuvdan
bo’yin tovlashga urinishi – yuzini yashirishi yoki o’girishi ham belgi
hisoblanadi.
Terrorchini tanib olishga bir soniya qarash bilan erishib bo’lmasligini
ham tushunish lozim. Barcha ko’rsatkichlar bo’yicha muvofiqlikni har
tomonlama baholash, yuzaga kelgan obraz insonni nimagadir tayyorgarlik
ko’rayotganlikda gumon qilish uchun yetarli asos bo’lishi uchun biroz
kuzatish kerak. Bunda: umumiy asabiy holat yuz ifodasi va boshqa tana harakatlarida
namoyon bo’ladi, tormozlanish, tashqi qo’zg’atuvchilarga reaksiyaning
sustligi;
omma orasiga singib ketish, tashqi shart-sharoitlarga xulq-atvorning
nomutanosibligi;
ichki ishlar organlari xodimlarini ko’rgan vaqtidagi xatti-harakatidagi
nosamimiylik;
yarim ovozda sura yoki oyatlarni qaytarish ehtimoli;
ob-havoga mos bo’lmagan tarzda kiyinish, kiyim va yuklar sonining
ko’pligiga e‘tiborni kuchaytirish kerak.
Shubha uyg„otgan shaxs bilan aloqaga kirishish taktikasi va
texnikasi. Ichki ishlar organlari xodimlari shubha uyg’otgan shaxs bilan
suhbatlashish uchun biror maqbul bahona bilan aloqaga kirishishlari lozim.
Shuni yodda tutish zarurki, notanish odam bilan aloqa o’rnatish muvaffaqiyati va suhbatni davom ettirish imkoniyati ko’p jihatdan tashqi
ko’rinishga, imo-ishoralar, holatlar, birinchi aytilgan so’zlar va insonning
muomala tarziga bog’liq. Shu bois shubha uyg’otgan shaxs bilan aloqaga
kirishishning bir qancha ssenariylarini tayyorlab qo’yish hamda avvaldan
maxsus mashg’ulotlarda tajribali psixologlar rahbarligida puxta mashq
qilish zarur. O’limga yuborilayotgan terrorchilarning aksariyati juda
bezovta bo’lishlarini inobatga olib, shubha uyg’otayotgan shaxs bilan
aloqa vaqtida yuz berishi mumkin bo’lgan kutilmagan vaziyatlar
variantlarini puxta ishlab chiqish lozim.
Shubha qilinayotgan shaxs bilan suhbat chog’ida uning yoshi, jinsi,
millati, psixologik tipi, aqliy salohiyatini inobatga olish zarur. Turli
xalqlarning an‘ana va odatlarini hurmat qilish, dindorlarning e‘tiqodlariga
ehtirom bilan munosabatda bo’lish lozim. Noxush oqibatlarning oldini
olish uchun nihoyatda odob bilan ish tutish, aslo bahslashmaslik, ayniqsa
diniy yoki milliy mavzuda tortishmaslik lozim.
Yuqorida aytilganidek, suhbatga avvaldan tayyorlanib kirish lozim.
Suhbat qaysi «ssenariy» bo’yicha o’tkazilishiga qarab savollar tayyorlanishi kerak. Shubha qilinayotgan shaxsga berilayotgan savollar ham
yuzaga kelayotgan vaziyatga qarab hamda uning hissiy holatini inobatga
olib tanlanadi.
Savollar aniq, tushunarli bo’lishi, odob bilan berilishi hamda
«ssenariyga» mos kelishi lozim. Aytaylik, «shifokor» shaxsdan uning
pasport ma‘lumotlari va kelishdan ko’zlagan maqsadini so’rab qistayversa,
bu unda asosli shubha tug’dirmasligi mumkin emas. Ayni vaqtda «kasal»
ko’rinishiga ega bo’lgan yoki o’zini bemordek tutayotgan gumon qilinuvchiga, shuningdek homiladorlik alomatlari bor shubhali ayollarga
nisbatan bunday «shifokor» alohida g’amxo’rlik va e‘tibor ko’rsatishi,
yordam taklif qilishi lozim.
Shubha qilinayotgan shaxsga hujjatlar tekshirilayotganida savollarni
«yoppasiga» bersa bo’ladi. Bunda mazkur tadbir o’limga yuborilayotgan
terrorchi tomonidan kutilmagan oqibatlar sodir etilishiga olib kelishi
mumkinligini inobatga olish zarur. Shu bois fuqarolarning hujjatlarini
tekshirishni o’limga yuborilayotgan terrorchi nazorat postini oldindan
ko’rishi hamda hujjat tekshirish barcha fuqarolarga taalluqli ekanligi va
rasmiy tarzda o’tkazilayotganiga ishonch hosil qilishi mumkin bo’ladigan
tarzda o’tkazish tavsiya etiladi. Hujjatlar tekshiriladigan joyga yaqinlashayotgan fuqarolarni yashirincha kuzatishda bunday vaziyatda noodatiy
bo’lgan noverbal signallarni hamda hujjatlari tekshirilishidan bo’yin
tovlayotgan shaxslarni aniqlash lozim.
Shubha qilinayotgan shaxsning hujjatlarini quyidagi tartibda tekshirish
tavsiya etiladi: bir xodim hujjatlarni tekshiradi, ikkinchisi uning xattiharakatini diqqat bilan kuzatib turadi. Haqiqiyligi shubha uyg’otuvchi
hujjat aniqlanganida gumon qilinayotgan shaxs biror bahona bilan odamlar
gavjum joydan nari olib ketiladi, so’ngra qo’lga olinadi.
Hujjatlarni tekshirish chog’ida tezkor-qidiruv guruhi xodimlari shubha
ostidagi shaxsning pasport (biografik) ma‘lumotlarini aniqlashtirishlari,
kelish vaqti va maqsadi bilan qiziqishlari, aniq yashash manzili, tug’ilgan
joyi, oilaviy ahvoli, ma‘lumoti, mashg’ulot turi kabilarni surishtirishlari
mumkin. Javob olinayotganida shubha qilinayotgan shaxsning noverbal
signallari sinchiklab kuzatiladi, bu signallar verbal signallar bilan
qiyoslanadi: shubha qilinayotgan shaxsning imo-ishorasi, holati, mimikasi
(jumladan ko’z va lab ifodalari), nutq xususiyatlari, teri qoplamining holati
(oqarish, qizarish, «dog’lar» bilan qoplanish, ter chiqishi kabilar) uning
so’zlariga mos kelish-kelmasligi tekshiriladi. Savollar «ha» yoki «yo’q»
deb javob qaytarishga imkon bermaydigan tarzda qo’yiladi. Shuningdek
organ xodimlari to’g’ri javobi avvaldan (hujjatlar, tezkor ma‘lumotlardan)
ma‘lum bo’lgan ayrim savollarni ham berishlari tavsiya etiladi. Bu
savollarga qaytarilgan yolg’on javoblar so’rov qilinayotgan shaxsga
nisbatan shubhani mustahkamlaydi.
Ayrim noverbal signallarni aniqlashtirish uchun qo’shimcha, bilvosita
savollar (masalan, «Hozir yashash joyingizda ob-havo qanday?» degan
savolni) berish tavsiya etiladi.
Fosh bo’lishdan qo’rqish terrorchini javob qaytarish uchun so’zlarini
diqqat bilan (to’xtab-to’xtab) tanlashga, to’g’ridan-to’g’ri javob berishdan bo’yin tovlashga, nutq chog’ida xatoga yo’l qo’yishga majbur etadi. Uning
yuzi oqaradi yoki aksincha qizaradi, dog’lar bilan qoplanadi. Ter
tomchilari paydo bo’ladi. Boshqa noverbal signallar, masalan, ko’z
qorachiqlarining kengayishi, yuzdagi ayrim mushaklarning asabiy titrashi,
lablarni yalash, tez-tez yutinish kabilar ham kuzatilishi mumkin. Uning
ovozi ham noodatiy, masalan, titrab, bo’g’ilib yoki xirillab chiqadi. Ushbu
noverbal signallar majmui shubha uyg’otgan shaxsni jinoiy xulqqa aloqasi
bor yoki yo’qligini bilib olishga imkon beradi.
Shubha qilinayotgan shaxs bilan suhbat o’tkazilayotganida ayni
vaqtda atrofdagi odamlarni kuzatish lozim bo’ladi, chunki odamlar orasida
uning sheriklari bo’lishi mumkin.
«Shubha qilinuvchilar» ikkita bo’lganida ularning ikkovi kuzatiladi va
har ikkovi bilan suhbat o’tkaziladi. Bunda «kamgap», befarq shubha
qilinuvchi shaxs ko’proq qiziqish uyg’otishi lozim, holbuki ikkinchisi
tashabbusni qo’lga olib, ikkovi uchun ham javob berishga urinishi
mumkin.
Albatta, organ xodimlarining fuqarolar hujjatlari va shaxsiy
buyumlarini tekshirishi hech kimga yoqmaydi. Ko’pchilik fuqarolar bunga
sabr-toqat bilan va tushunib munosabatda bo’ladilar. Ayrim fuqarolar,
ayniqsa shoshib turganlarida, bundan achchiqlanishlari (bunda hayajonlanish, sabrsizlik, g’azab kabilar ko’rinishida yuqori darajadagi stressning
noverbal belgilari kuzatilishi) mumkin.
Yuz berayotgan ishlarga inson neytral munosabatda bo’lganida odatda
uning boshi tik va to’g’ri, qarashlari tiyrak bo’ladi, suhbatdoshidan ko’zini
yashirmaydi, erkin holatda turadi, imo-ishoralari ifodali bo’ladi. Agar
so’ralayotgan shaxsning boshi tushirilgan yoki egik, nigohlari boshqa
tomonga yoki zimdan (ko’z qiri bilan) qarayotgan, qo’llari himoyalanish
holatida (shubha qilinuvchining «qo’llari qovushgan», sumkasi yoki
paketini ikki qo’llab ushlab olgan) bo’lsa, ushbu noverbal signallar
suhbatdoshga nisbatan salbiy emotsiyalardan va (yoki) uning stress
holatidaligidan dalolat beradi. Qo’shimcha ma‘lumot beruvchi signallar
quyidagilar: qo’llarning og’iz, burun yoki bo’yin sohasiga tegishi bilan
bog’liq imo-ishoralar, qovoqlarni ishqalash, nigohni boshqa tomonga olib
qochish, odatda pol yoki shiftga qaratish, qo’llarni cho’ntakka yashirish
yoki ko’krak oldida qovushtirish –shaxsning aldayotganidan; lablarning
qattiq siqilganligi, yuzning qizarganligi, qo’l barmoqlarining musht
tugilganligi, oyoqlarning himoya holatidaligi, ko’z qorachiqlarining
torayganligi, zimdan yoki tik qarash, chimirilgan peshona, burun orqali
qisqa-qisqa nafas olish kabilar – tajovuzkorlik va hujumga tayyorlikdan; qo’l barmoqlarining titrashi, ovozdagi titroq, tez-tez nafas olish, qon
tomirlarining bo’rtishi va (yoki) haddan tashqari tez urishi (ayniqsa
bo’yinda), lablarni tishlash, qo’llarni ko’krak oldida chalishtirish, bir qo’l
bilan ikkinchisini quchoqlab olish, biror narsani, masalan, paket, sumka,
gullarni ikki qo’llab ko’krak oldida ushlab turish kabilar – bezovtalik,
hayajon, asabiylik, qo„rquvdan dalolat beradi. Emotsional holatiga qarab
gumon qilinuvchida yuzning oqarishi yoki qizarishi, ko’z qorachiqlarining
torayishi yoki kengayishi, og’iz qurishi, yoki aksincha, haddan tashqari
ko’p so’lak ajralishi, sust yoki haddan tashqari faol imo-ishoralar
kuzatiladi. Yuzda insonning ayni vaqtda boshdan kechirayotgan hislari
(masalan, sarosima, qo’rquv yoki tajovuzkorlik) aks etadi. Boshqa millat
vakillarida hayajon, qo’rquv yoki kuchli asabiylashish tufayli tilni bilish
darajasi keskin pasayadi hamda ona tilining aksentlari (shevasi) kuchliroq
namoyon bo’ladi. Shubha qilinuvchining holati va tashqariga yo’nalgan
oyoqlari ham uning tezroq ketishni istayotganini ko’rsatadi.
Organ xodimi shubha qilinuvchi shaxs bilan muloqot chog’ida
quyidagilarni hisobga olishi lozim: begona shaxsga nisbatan xayrixohlik,
ziyraklik va hurmat bilan munosabatda bo’lish suhbatda ruhiy zo’riqishni
kamaytiradi, aksincha, asossiz gumon, sabrsizlik, sullohlik (xiralik),
qo’pollik suhbatdoshga nisbatan yomon munosabatni yuzaga keltiradi.
O’limga yuborilayotgan terrorchi uchun ekstremal holatda ikki variant
bo’lishi mumkin: 1) qo’yilgan maqsadga erishishda xalal berayotgan,
qo’qqisdan «oldida paydo bo’lgan to’siq»dan kuchsiz va ishonchsiz dalil
bilan (masalan, shoshib turgani yoki qayergadir kechikayotganini aytib)
yoki hatto sababini aytmay kutilmaganda qochish. Bu hol yanada ko’proq
shubha uyg’otishi kerak; 2) o’zini nazorat qila olmay qolishi oqibatida
to’satdan tajovuzkorlik namoyon etish.
Nizoli vaziyat yuzaga kelganida (shubha qilinuvchi shaxs o’ta
tajovuzkor bo’lib, bir soniyadan so’ng affektiv portlash yuzaga kelishi
mumkin bo’lganida) nizoni tinchitishning eng oddiy yo’li xodimlar
e‘tiborini atayin boshqa odamlarga chalg’itishdir. Bunda gumon
qilinayotgan shaxsdan vaqtini olganlik uchun uzr so’rash hamda suhbat
uchun minnatdorchilik bildirish (masalan, konsertga borish, ko’rgazmaga
tashrif buyurishni) maslahat berish kerak. Bu hol shubha qilinuvchining
stress holatini susaytirishga, uning hushyorligini kamaytirishga va
kutmagan paytida uni qo’lga olish (zararsizlantirish)ga imkon beradi.
Qo’qqisdan suhbatdan qochish ayrim hollardagina o’limga yuborilayotgan terrorchining niyatidan qaytganligini bildiradi: u faqat o’ylagan niyatini amalga oshirish uchun qulay payt kutish yoki mo’ljallagan joyiga
boshqa tomondan kirish uchungina chekinishi mumkin.
Shunday qilib, olomon orasida o’limga yuborilayotgan terrorchining
odamlarini aniqlash uchun xodim shubha qilinayotgan shaxsning tashqi
ko’rinishi va kiyimigagina emas, balki uning yurish-turishi, qo’l ishoralari,
yuz ifodasi, ovoz xususiyatlari va boshqa noverbal signallariga ham e‘tibor
qaratishi zarur. Noverbal signallarni o’qiy olish va to’g’ri identifikatsiya
qilish terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarning maksimal darajada oldini
olishga, terrorchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirgan shaxslarni
aniqlash va zararsizlantirishga imkon beradi.
Terrorizmga qarshi samarali kurashish uchun nafaqat bilim, balki
amaliy tajriba ham zarur. Terrorizmga qarshi kurash bo’linmalarining
xodimlari o’limga yuborilayotgan terrorchini aniqlash va zararsizlantirish
vaqtida nafaqat to’g’ri, balki tez va ishonch bilan harakat qilishlari uchun
ularni tajribali yo’riqchilar va psixologlar rahbarligida tegishlicha
tayyorlashlari zarur.
Eslatma! Agar siz yoningizdagi shaxsda, avtobus salonida birga
ketayotgan yo’lovchida va shu kabilarda o’zini o’ldirishga tayyor
terrorchini gumon qilsangiz, sir boy bermang, sarosimaga tushmang va uni
mustaqil ravishda zararsizlantirishga urinmang. Aks holda o’limga
yuboriladigan terrorchi o’z niyatini amalga oshirishi mumkin.
3-§. Noverbal psixodiagnostika. Psixologik
axborot olish yo‘llari
Diagnostika – holat identifikatsiyasi. Noverbal psixodiagnostika –
insonni kuzatuvchi tomonidan ko’rib idrok etish asosida uning psixologik
holatini aniqlash (identifikatsiyalash). Boshqacha aytganda, psixologik
axborot to’plashning qandaydir test yoki instrumental usullaridan foydalanmay turib diagnostika qilishdir. Shunday qilib, kuzatuvchining o’zi
―psixometrik asbob‖ hisoblanadi va har qanday asbob singari muayyan
tarzda kalibrlashtirilishi va sozlanishi lozim. Kuzatuv usuli bilan
psixologik axborotni idrok etish va to’plash xususiyatlarini bilish ana
shunday sozlash hisoblanadi.
Ma‘lumki, kuzatuv – avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok
bo’lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda ko’rib chiqilayotgan
hodisaning mohiyati bilan bog’liq. Ya‘ni kuzatuv maqsadga qaratilgan
faoliyat hisoblanadi.
Inson idroki o’ta muhim xususiyatga ega: ―Inson tez almashuvchi
ta‘sirlarni hissiy tuyg’ularning ketma-ketligi sifatida emas, balki umum- lashma obraz sifatida qabul qiladi, ya‘ni bizda bu inson haqida tasavvur
hosil bo’ladi. Tasavvur, ―bitta‖ bo’lishiga qaramay, amalda bir-biriga
qo’shilgan va bir butunlikka birlashgan son-sanoqsiz juz‘iy tasavvurlardan
tashkil topgan bo’ladi. Shunday qilib, insonga qaraganimizda asta-sekin
(ketma-ket) uning gavda tuzilishi, holati, mimikasi, jestikulyatsiyasini
sezamiz, u qanday harakatlanayotganini kuzatamiz va hokazo, biroq ushbu
idrok etish jarayonini ―bir vaqtdagi‖ idrok sifatida his qilamiz, chunki u
juda tez yakuniga yetadi‖. Bu inson gapira boshlaganida, bizning obrazga,
bizning ―bitta‖ tasavvurimizga yana ovoz intonatsiyasi, ohangi, til maromi,
tovush kuchi, ehtimolli dialekt tusi va ko’plab boshqa jihatlar qo’shiladi.
Ma‘lumki, muomala jarayonida axborot uzatilishi quyidagicha kechadi:
– verbal vositalar (faqat so’zlar) evaziga – 7 %;
– tovush vositalari (ohang, tembr, ovoz intonatsiyasi va barcha nutqiy
bo’lmagan tovushlar) evaziga – 38 %;
– noverbal vositalar evaziga – 55 %.
Ana shu asosda odamlar o’rtasidagi muloqotning bir vaqtda amalga
oshadigan ikki darajasi farqlanadi:
mazmun darajasi, u so’zlarda ifodalangan raqamli (verbal)
axborotni, ya‘ni gapiruvchi aytishni istagan narsani uzatadi;
munosabatlar darajasi, u analog (noverbal) axborotni uzatadi va unda
so’zlovchining o’zi aytayotgan so’zlarga yoki eshituvchiga munosabati
ifodalanadi (2-rasm).
Albatta, bunday nutqiy bo’lmagan signallarni tushunishga har kim
ham qodir emas, chunki ichkaridan bizga xos bo’lgan ustanovka e‘tiborimizni avvalo aytilayotgan so’zga yo’naltiradi. Bunday sof psixologik
usuldan barcha mohir (professional) yolg’onchilar foydalanadilar, bunda
ular nafaqat o’z xatti-harakatlari yo’nalishini, balki jinoiy yoki boshqa
maqsaddagi nutqlarini ham puxta o’ylab oladilar. Ko’pchiligimiz esa
munosabatlar darajasidagi signallarni xuddi shu darajada idrok etish
hamda gavda tilini tushunishni o’rganish imkoniga hech qachon ega
bo’lmaganmiz. Demak, bizga ko’p ma‘lumot bera oladigan aksariyat
axborotlar odatda e‘tiborimizdan chetda qoladi. Har holda biz qabul
qiladigan ayrim noverbal signallarni ko’pincha ongsiz, intuitiv, hissiy
ravishda sezamiz.
Intuitiv idrok, qimmatli ekaniga qaramay, har doim ham ishonchli
bo’lmaydi va, asosiysi, ―uning natijalaridan ongli harakatlar qilish uchun
foydalanish qiyin. Ong so’zda tasvirlashni (verballashtirishni) talab etadi‖.
Binobarin, kuzatuvchi avvalo ongli idrokini – noverbal signallarni so’zda
ifodalanadigan tilimizga o’girishni (hissiyotlarni verballashtirishni) mashq
qildirishi zarur (3-ilova).
Bundan tashqari, kuzatuvchanlik, diqqat xotirani mashq qildirish
natijasida gavda tilini tushunish yana ongsizlik darajasiga (ammo endi
butunlay boshqa sifatda) o’tadi. Bu har qanday inson bilishning to’rt
darajasini bosib o’tishi bois ham yuz beradi:
birinchisi – anglanmagan bilmaslik (inson nimanidir bilmasligini
anglamaydi);
ikkinchisi – anglangan bilmaslik (inson qaysidir sohada bilim olishi
zarurligini tushunadi);
uchinchisi – anglangan bilish (inson o’ziga kerakli sohadagi bilimlarni
egallagan);
to’rtinchisi – anglanmagan bilish (bilimlar qo’llanilgan va muayyan
sohada ishlash bo’yicha barqaror ko’nikmaga aylangan).
Katta tajribaga ega haydovchining avtomobilni boshqarishi anglanmagan bilim misolidir. Haydashni endi o’rgangan odam, garchi avtomobil
boshqarish va yo’l harakati qoidalarini bilsa ham, yo’lda duch kelgan va
uni quvib o’tayotgan har bir mashinadan xavfsiraydi. Tajribali haydovchiga mufta va tormozni qanday almashtirishni o’ylab o’tirmaydi,
sekinlashtirish va tezlashtirish jarayoni ham o’z-o’zidan (ongni faol
ishlatmasdan) yuz beradi. Uning uchun avtomobil haydash – dam olish,
yo’ldagi mashinalar oqimi esa daryoning ohista oqishidek. Biroq oz
bo’lsa-da, ―uchqun‖, ya‘ni avariya yuz berishi imkoniyati paydo bo’lgan
zahoti uning ongi ishlab ketadi hamda darhol va aniq chora ko’radi.
Odamlari ko’p bo’lgan transport yo’lovchilarini ham shu kabi tasavvur
qilish mumkin. Tajribasi oshgan sari kuzatuvchida olomon orasida xattiharakati xavotir tug’diradigan ―noverbal‖ kalit beruvchi muayyan shaxsni
darhol ―sezish‖ ko’nikmasi hosil bo’ladi.
4-§. Profayl metodidan foydalanishda shaxsiy va psixologik xatolar
Kinesika degan asosiy qonunga ko’ra, insonning ichki holati, ruhiyati
doimo uning xatti-harakatlari, holati (pozasi), mimikasi kabilarda aks
etadi. Ammo bu qonunni ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak. Shuni yodda
tutish zarurki, ―inson haqidagi bilim – hech qachon mukammallikka
erishib bo’lmaydigan soha bo’lib, hatto tajribali odam ham qayta-qayta
xatolarga yo’l qo’yadi‖ (Shopengauer).
Insonning atrofdagilar uni qanday idrok etayotganliklari haqidagi
tasavvuri ko’p jihatdan uning xatti-harakatini belgilaydi. Muloqot
jarayonida sheriklarning har birida ―u nimani o’ylayotgani haqida
o’ylayotganim to’g’risida o’ylayapti‖ singari tasavvur shakllanadi. Bunday ko’p qavatli tasavvurlar mazmunini noto’g’ri talqin etish ―yetarli
tushunmaslik zanjiri‖ga olib keladiki, u, bundan tashqari, quyidagi jihatlar
tufayli ham murakkablashadi.
1. Birinchi tasavvur stereotipi professional, etnik, yosh jihatlariga ega
bo’lib, har bir katta yoshdagi inson (jumladan huquqni muhofaza qilish
organlarining xodimi) ―intuitiv psixolog‖dir, ya‘ni har kimning odamlar
tipologiyasi haqida o’z tushunchasi (tasavvuri) bor. Bu esa atrofdagi
odamlarni idrok etishda anglab bo’lmas ustanovkalar shakllanishiga
ko’maklashadi.
2. Oreol effekti – birinchi taassurot aldamchidir, basavlatlilik oddiy
niqob bo’lishi ham mumkin.
3. Ko’ngilchanlik effekti yuz berayotgan voqeaga haddan tashqari
ortiqcha ijobiy baho berishga moyillikda ko’rinadi.
4. Markaziy tendensiya xatosi, u kuzatilayotgan jarayonlarni baholashda o’rtalashtirishga urinishda namoyon bo’ladi, chunki xatti-harakatning ikki chekkasi kamroq uchraydi.
5. Mantiqiy xato, u insondagi har qanday xislatlar aloqasi chambarchas ekanligi haqidagi mulohazaning yolg’onligiga asoslanadi (―marhamatlilik‖ = ―mehribonlik‖, ―vazminlik‖ = ―sovuqqonlik‖, ―befarqlik‖).
6. Keskin farq (kontrast) xatosi, ya‘ni kuzatilayotgan shaxsda mavjud
jihatlarga teskari jihatlarni ta‘kidlash.
7. Aksincha, muloqotga kirishgan sherigimizga o’zimiz ega bo’lgan
jihatlarni xos deb bilishga moyildirmiz. Bu proyeksiya effektidir. Bu narsa
ayniqsa o’ziga nisbatan tanqidiy qarashi kam bo’lgan va o’z shaxsini
chuqur bilmaydigan odamlarda rivojlangan bo’ladi.
Bundan tashqari, profayl-metodga nisbatan qo’llaganda, jumladan
yolg’onni va yashirilayotgan holatlarni tashhislashga taalluqli jihatida,
inson yolg’onni fosh qilishga urinayotganida yo’l qo’yishi mumkin
bo’lgan ikkita takrorlanuvchi xato mavjud. Bu xatolarga batafsilroq
to’xtalish joiz. P. Ekman ularni quyidagicha ifodalagan: ―Otello xatosi‖
hamda ―Individual xususiyatlar xatosi‖ yoki ―Brokau qopqoni‖.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan birinchi xato – ―Otello xatosi‖.
Dezdemonaning eri uni o’ldirishi mumkinligini anglashidan kelib chiqqan
qo’rquvi va ruhiy azoblarini noto’g’ri talqin etgan Shekspirning fojiali
qahramoni Otello o’z xotinining bu hissiyotlarini yolg’on alomati deb
hisoblaganidek, yolg’onni fosh etishga urinayotgan inson haqiqatga ishonmaydi va ishonmagani tufayli kelib chiqqan stressni e‘tiborga olmaydi.
Masalan, insonning unga ishonmasliklari mumkinligidan xavotiri fosh bo’lishdan qo’rqish sifatida noto’g’ri talqin etilishi mumkin. Boz ustiga,
ayrimlar o’zlarini birovlar nimadadir ayblaganda har safar kuchli aybdorlik
hissini boshdan kechiradilar va bu hislar aldagani uchun aybdorlik belgisi
sifatida noto’g’ri talqin etilishi mumkin.
Boshqacha vaziyat ham bo’lishi mumkin: odamlar haqiqatni gapira
turib yolg’on ayb qo’yayotgan shaxslarga nisbatan nafrat his qiladilar, yoki
agar ayblovchining haq emasligini isbotlay olsalar, shodlikdan o’zlarini
qo’yarga joy topmaydilar; yoxud aybsizligi isbotlanishi (oqlanishi)ni
oldindan sezib, xursand bo’ladilar. Bu his-tuyg’ular aldashdan shodlanish
belgilariga o’xshash alomatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Garchi sababi
har xil bo’lsa-da, yolg’onchi ham, haqiqatni aytayotgan inson ham o’zini
fosh etayotgan shaxsning gumonlari yoki savollaridan hayrat, g’azab,
umidsizlik, dilsiyohlik yoki nafratni boshdan kechirishlari mumkin.
His-tuyg’ularning har qanday ifodasi (ko’rinishi)ni ham yolg’onning
dalolati sifatida talqin qilmaslik lozim. Haqiqatgo’y inson, unga ishonmasliklaridan qo’rqib, o’zini fosh bo’lishdan qo’rqayotgan yolg’onchi kabi
tutishi mumkin (Otello xatosi).
Ikkinchi – ―Individual xususiyatlar xatosi‖ – insonning yolg’onchining xulqidagi mavjud individual farqlarni hisobga ola bilmasligi oqibatida
kelib chiqadi. Bunday xato tufayli haqiqatni – yolg’on, yolg’onni esa,
aksincha, haqiqat deb qabul qilish mumkin.
Masalan, ko’pchilik yolg’on so’zlovchi shaxs suhbatdoshining ko’ziga
tik qaray olmaydi, deb hisoblaydi. Holbuki, tadqiqotlarning ko’rsatishicha,
ko’z qarashlari yolg’onga aslo bog’liq emas. Masalan, muloqot vaqtida
suhbatdoshining ko’ziga hech qachon qaramaydigan inson bor. Ularni
yolg’onchi deb hisoblash adolatdan emas, chunki bu ularning normal
individual muloqot uslubidir. Yuqorida so’z yuritilgan xatti-harakatni o’ylab
ko’rish bilan bog’liq ko’plab kalitlar ushbu toifaga kiradi; juda ko’pchilik
odamlar so’zlaganda ko’p gapiradilar, yanglish gapirib qo’yadilar, so’zlash
jarayonida uzoq yoki qisqa tanaffuslar qiladilar. Odamlar qancha bo’lsa,
xatti-harakatlar turlari ham shuncha bo’ladi, bunday farqlar esa haqiqat va
yolg’onni anglashda xatolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yolg’onligi aniq ko’rinib turgan aksariyat hollardagi har qanday
ko’rinishlar ayrimlar uchun odatdagi xulqining tarkibiy qismi bo’lishi
mumkin (Brokau qopqoni).
Va nihoyat, olish imkoni bo’lgan har qanday axborotdan muqarrar
ravishda bizning yo’nalish va shaxsimizga xos xususiyatlarga bog’liqlarini
tanlab olamiz. Biz ko’pincha qabul qilishni o’ylayotgan narsamizni idrok etamiz va idrok etgan narsamizni o’zimiz istagandek talqin qilamiz. Ya‘ni
kuzatuvchi ustanovkalari va ruhiy holatining kuchli ta‘siri – o’z gipotezasini tasdiqlashga perseptiv tayyorlik (idrok etishga ichki ustanovka)
ko’rinadi; bu kuzatish qonuniyati bo’lib, kuzatuvchi subyektivlikka yo’l
qo’ymaslik uchun uni hisobga olishi shart.
Atrofdagi odamlarning tana signallarini ―tushunish‖ zarur bo’lganida,
avvalo hammani juda yaxshi bilaman deb hisoblamaslik, balki avvalo o’z
taassurotlarini nazorat qilish zarur!
Bundan tashqari, insonning emotsional holatlarini va ulardagi
o’zgarishlarni diagnostika qilishdagi qiyinchiliklar ham alohida e‘tiborga
molik. Hissiyotlarni aniqlash (anglash, tushunish)da kuzatilayotgan shaxs
va uning xulqiga oid u hozir bo’lgan vaziyat haqidagi barcha olish imkoni
bo’lgan axborotdan foydalaniladi.
His-tuyg’ular tilini tushunish nafaqat muayyan jamiyatga xos
hissiyotlarni ifodalashning umumiy normalarini bilishni, balki atrofdagi
odamlarning o’ziga xos tilini tahlil qilish va o’rganish qobiliyati va bunga
tayyor bo’lishni ham talab etadi.
YA. Reykovskiyning tadqiqotlariga qaraganda, har kim ham bunday
tahlil qilish va hissiyotlarning individual tilini o’zlashtirishni istamaydi va
bu ularning qo’lidan kelmaydi. Bu hol turli sabablar bilan bog’liq. Ba‘zilar
o’z shaxsiga haddan tashqari diqqat qaratadilar va shu bois boshqalarning
holatini sezish va to’g’ri baholashga qodir emaslar. Boshqalarda atrofdagilarga e‘tiborsizlik uning o’zini ustun tutish hissiyoti bilan bog’liqdir.
Yana boshqa shaxslarda his-tuyg’ular (emotsiyalar) tilini o’zlashtirishdagi
bunday qiyinchiliklar qo’rquv hissi bilan izohlanadi. Bu o’z hissiyotlari
bilan bog’liq bo’lgan va uni o’zida salbiy hissiyotlar keltirib chiqarishi
mumkin bo’lgan har narsadan qochishga uni undovchi xavotir bo’lishi
mumkin; buning oqibatida inson boshqalarning his-tuyg’ularini sezmaydi.
Haqiqiy his-tuyg’ularni tushunishda quyidagilarni bilish muhim.
So’roq qilinayotgan (so’ralayotgan) shaxsda tabiiy his-tuyg’ularga xos
mimikaning barcha elementlari mavjudmi?2
So’ralayotgan shaxs yuzida boshqa hissiyotlar unsurlari yoki soxtalik
alomatlari (masalan, asimmetriya) bormi.
His-tuyg’ularni nafaqat tushunish, balki ifodalashning o’zi ham
qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Shu bois tana tilini o’rganishni o’zlikni
anglashdan boshlash zarur. O’z tanangiz aks ta‘sirini va bunda siz
tuyadigan hislarni diqqat bilan kuzatishingiz kerak. Barcha holatlarni aniq

2
1-ilovada P. Ekman va U. Frizen singari hissiyotlarning mimik ifodalanishi sohasidagi mashhur


mutahassislar ajratgan tabiiy mimik (yuz) ifodalari uchun ekstressiyalar patternlari keltirilgan. tahlil qilish va so’z orqali tavsiflash lozim, ya‘ni imkoni topilgan har vaqt
hissiyotlarni verballashtirishni mashq qilish lozim. ―Ayni vaqtda o’zingiz
va signallaringizni bilmay turib, inson haqidagi amaliy bilimlarga oid
mavzularga murojaat qilish foydasizdir‖.
Bundan tashqari, psixologiya fanida quyidagilardan dalolat beruvchi
ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan: insonning motivatsion, aqliy (intellektual) va
boshqa psixologik tavsiflari, uning hayotiy tajribasi, bilimlari hajmi, u
vaziyatni qanday idrok etishi, o’z imkoniyatlarini baholashi kabilar uning
xulqiga jiddiy ta‘sir ko’rsatadi. Tashqaridagi xavf-xatar vaziyati insonning u
yoki bu faoliyatni bajarish jarayonidagi funksional, jumladan ruhiy
imkoniyatlari adekvat yoki noadekvatligini aniqlashga yordam beradi, xolos.
Terrorchining qiyofasidagi psixologik xususiyatlarni, uning motivatsiyasi, ustanovkalarini hisobga olib, umuman, diagnostik manzara biz
istaganga qaraganda ko’rimsizroq bo’lishini taxmin qilish mumkin.
Psixologik zo’riqish harakatlarning maromi buzilishida, yarmi uzilib
qolganida, turli tutilishlar, qoqilishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Bularning barchasi insonning to’lig’icha xayoli joyida emasligidan dalolat
beradi, ko’pchilikka ma‘lum insondagi hardamxayollik va muayyan
ishonchsizlik ana shundan kelib chiqadi.
To’lqinlanish (hayajon), xavotir, qo’rquv, shodlik, g’azab, sarosima va
hatto xotirjamlik ham kuzatuvchan mutaxassisga ko’p ma‘lumot berishi
mumkin.
III bob. YOLG‘ONNI ANIQLASH – JINOYATCHI SHAXSINI
NOVERBAL ANIQLASH ASOSI
1-§. Yolg‘on – ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatish vositasi
YOLG’ON – boshqa subyekt ongida voqelikning u yoki bu jihatlari
haqida bila turib yolg’on tasavvur yaratish.
Bu – ta‘rif.
Yolg’on va haqiqat – bir medalning ikki tomoni.
Bu – falsafa.
Terrorchilik dunyoqarashining asosini tashkil qiluvchi shior – ―Biz
ularga qarshimiz, ular esa – muammolarimiz sababidir‖.
Qanchalik g’alati tuyulmasin, biroq bu – o’yin, qo’rqinchli siyosiy
o’yin, uning o’z dovlari (stavkalari) mavjud bo’lib, ular ancha katta.
Dovlar terrorchilik faoliyatining maqsadlari bilan bog’liq. Bu maqsadlar
esa pastdan yuqoriga qarab quyidagi ko’rinishga ega: o’z talablariga
e‘tiborni tortish; ega bo’lingan taniqlilikni e‘tirofga ko’chirish; talablarni
oqlash; hokimiyatni qo’lga kiritish; jamiyat, davlat boshqaruvini nazoratga
olish.
Terrorchi – o’yin ishtirokchisi. U o’z faoliyatini romantika va
qahramonlik og’ushida ko’radi. Biz uchun terrorchilik – qonli dahshat
bo’lsa, uning uchun – adolatli qasosdir. Qoidaga ko’ra, hozirgi ―o’yin‖
ko’pincha birovning hududida amalga oshiriladi, shu bois terrorchi o’z
faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ―dushman‖ qo’shini
orasida puxta niqoblanadi. Binobarin, nihoyatda kuchli konspiratsiya, turli
niqoblar yordamida o’zi va faoliyati haqida soxta tasavvur hosil qilish
uchun aldovdan ishontirish vositasi sifatida foydalanadi.
Aldov ham, xuddi yolg’on singari qarama-qarshi manfaatlar, axloqiy
va ijtimoiy normalar to’qnashgan paytda yuzaga keladi.
Axborotning jinoiy tarzda buzilishini fosh etish doimo dolzarb mavzu
bo’lgan. Bu masalalar bilan 20 yildan ortiq shug’ullanayotgan amerikalik
olim Pol Ekman yolg’on axborot ko’pincha shunchalar tabiiyki, uni hatto
inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga kiritish mumkin, deb yozgan.
Mavzuning dolzarbligi ana shu hodisaga (yolg’onga) oddiy bo’lmagan
qiziqish bilan qarashgina emas, balki kasbiy faoliyat sohasidagi katta
ahamiyati bilan ham bog’liqdir.
Yolg„onni fosh etuvchi psixologik sabablar. Barcha qiyinchiliklar va
xato qilish imkoniyatlari mavjudligiga qaramay, aldovni aniqlash mumkin.
Nima uchun inson hammani alday olmaydi? P. Ekmanning fikricha,
buning ikkita asosiy sababi mavjud:
 o’z xatti-harakat yo’nalishi va aytadigan gaplarini puxta tayyorlash
va har tomonlama o’ylashga imkoni yo’qligi (o’ylangan xatti-harakat
yo’nalishini yo’qqa chiqaradigan barcha ehtimolli savollarni, turli kutilmagan holatlarni oldindan sezish uchun topqirlik yetishmasligi);
 ichki hissiy (emotsional) nizolar (o’z-o’zidan anglanmagan tarzda
hissiyotlarni ko’rsatish va oqibatda yuzaga keladigan hissiyotlarini
yashirishga, yoki aksincha, soxtalashtirishga urinish).
Bu sabablar xatti-harakat (xulq)ning asosiy jihatlariga turlicha ta‘sir
ko’rsatadi, oqibatda yolg’on fosh bo’ladi. Inson o’z hissiyotlarini
yashirishi va soxtalashtirishi (falsifikatsiya qilishi) qiyin bo’lganligi uchun
ham xatolarga yo’l qo’yiladi. Hissiyotlar (emotsiyalar) o’z-o’zidan ong
osti darajasida yuzaga keladi va inson muayyan paytga qaysi emotsiya
ko’proq to’g’ri kelishini tanlashi yoki bu haqda mulohaza yuritishiga
imkon bo’lmaydi. O’zgarishlar soniyaning ulushi ichida yuz beradi – bu
hissiy kechinmalarning xususiyatidir. Masalan, biz istasak-istamasak
qo’rqamiz. Bu fe‘l-atvorning ishonchli belgisidir. Bu shu ma‘noda
ishonchliki, qo’rquvni o’xshatadigan yoki ―to’g’ri qo’rqadigan‖ odamlar
juda kam.
Agar inson bir vaqtning o’zida boshqa hissiyotlarini yashirishga
urinsa, o’zi sezayotgan hissiyotlarni soxtalashtirish yanada qiyinroq
kechadi. Masalan, atayin jahldor ko’rinish oson emas, ammo qo’rquv
hissini sezayotganida jahldor ko’rinishga urinish yanada qiyin, chunki
bunda qarama-qarshi kuchlar to’qnash keladi. Qo’rquv tufayli yuzaga
kelgan impulslar yuz mushaklarini bir yo’nalishda tortsa, jahldor
ko’rinishga urinish – mutlaqo boshqa tomonga tortadi. Masalan, qo’rqqan
odamning qoshlari beixtiyor yuqoriga ko’tarilib suriladi, ammo jahldor
ko’rinish uchun u qoshlarini pastga tushirishi kerak bo’ladi. Ko’pincha,
inson o’zi sezayotgan va soxtalashtiradigan hissiyotlar o’rtasidagi bunday
ichki kurash belgilari uning aldayotganini bildirib qo’yadi.
Agar inson fosh bo’lishni istamasa, hissiyotlarini yashirishiga to’g’ri
keladi. O’z his-tuyg’ularini yashirishga bunday urinishlar quyidagi ikki
holdan birida kuzatilishi mumkin:
1) yashirilayotgan hissiyotning ba‘zi alomatlarini bostirish yoki
berkitishning iloji bo’lmaydi, ana shunda aldovni bilib olishning noverbal
kaliti paydo bo’ladi – ―axborot chiqib ketadi‖;
2) yoki aldoqchining so’zlari bilan mos kelmaydigan, anglab
(rasshifrovka qilib) bo’lmaydigan fragment (parcha) paydo bo’ladi, yoki
nimanidir yashirishga urinishning o’zi insonning xatti-harakatida o’zga rishlarni yuzaga keltiradi va bu o’zgarishlar asosiy yo’nalishga mos
kelmaydi (xulqdagi nokongruentlik).
Aldash bilan birga kechadigan hissiy holatlar. Har qanday hissiyot
(emotsiya) aldashdan dalolat berishi mumkin, ammo uchta hissiy holat
ko’pincha u bilan birga keladi. Bular:
– fosh bo’lishdan qo’rqish;
– aybdorlik hissi;
– aldashdan quvonish.
Yolg’onni aniqlashga bag’ishlangan tadqiqotlarda yuqori motivatsiyaga
ega yolg’onchilarning xulqi kamroq motivatsiyaga ega yolg’onchilarning
xulqidan farq qiladi. Demak, fosh bo’lishdan qo’rqayotgan terrorchining
xatti-harakati fosh bo’lishdan qo’rqmaydigan terrorchinikidan farq qiladi.
Olloh yo’lida qurbon bo’lishga bel bog’lagan ―shahid‖ terrorchilar
fosh bo’lishdan qo’rqmasliklari mumkin, chunki uning manzilga yetib
borish-bormasligi faqat jinoyat qurbonlarining umumiy soniga ta‘sir qiladi.
Terrorchi portlatish qurilmasini istagan paytida ishga tushirishi mumkin.
Biroq fosh bo’lishdan qo’rqishni o’limdan qo’rqish bilan chalkashtirmaslik
kerak. O’limdan qo’rqish har doim bo’ladi, chunki u insonning asosiy
instinkti hisoblanadi. Uning qay darajada bo’lishi ―shahid‖ terrorchiga
berilgan psixologik ishlov darajasiga bog’liq.
Bundan tashqari, nafaqat mukofot, balki jazodan qutulish imkoni ham
beriladigan bo’lsa, fosh bo’lishdan qo’rqish yanada kuchli bo’ladi.
Terrorchi o’z qurbonlariga nisbatan umumiy ijtimoiy qadriyatlarga
asoslanmaydi va umuman ularni odam hisoblamasligi mumkin. Shu bois
terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko’rish va uni sodir etish vaqtida
aybdorlik hissi umuman bo’lmasligi mumkin. Mayda-chuyda (moddiy)
manfaatlar yo’lida terrorchilik harakatlarini sodir etadigan shaxslar (avvalo,
yollanma qotillar)gina bundan mustasno bo’lishi mumkin (4-rasm).
Terrorchi – narsissizm kasaliga giriftor shaxs bo’lib, u hamma
narsadan tashqari, o’ziga beradigan yuqori bahosi tasdiqlanishiga muhtoj
ekan, demak, unga odamlarni aldashdan rohatlanish hissi xos bo’lishi
kerak. Televizor ekranlarida OAV taqdim etadigan efir vaqtida terrorchilar
fojiali voqealar rivojlanishining birinchi bosqichida odamlarni garov
sifatida tutqunlikka olganliklari haqida jahonga e‘lon qilganlarida ana shu
hissiyotlarining cho’qqisini kuzatishimiz mumkin (Dubrovka). Boshqacha
aytganda, bunday holatda samarali yolg’on (aldash, niqoblanish, huquqni
muhofaza qilish organlarining hushyorligiga pand berishdan zavqlanish)
yutuqlarga kiritiladi va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Bunda hissiyotlar (emotsiyalar)ning hammasi birga va navbatmanavbat hozir bo’lishi, hatto terrorchi yashirishga uringan taqdirda ham
uning yuz qiyofasi, ovozi yoki tana harakatlarida aks etishi mumkin. Hatto
noverbal ―utechka‖ mavjud bo’lmasa ham, ushbu hissiyotlarni yashirishga
urinishlar uni aniqlash kalitini berishi mumkin.
2-§. Yolg‘onni va yashirilayotgan holatlarni noverbal diagnostika
qilishning asosiy qoida va vazifalari. Xabar qilinayotgan
ma’lumotlarni nazorat qilish darajasi
Yakka o’zi insonning aldayotganligini anglatadigan hech bir imoishora, yuz ifodasi yoki ixtiyorsiz mushak qisqarishi mavjud emas. Faqat
so’zlar yaxshi o’ylanmagani yoki his qilinayotgan emotsiyalar so’zlarga
mos kelmasligini taxmin qilish mumkin bo’lgan belgilargina mavjud.
Yolg’on gapirayotgan shaxs birovlar ko’proq diqqat bilan kuzatadilar
deb hisoblaydigan narsalarnigina yashiradi va soxtalashtiradi.
Ushbu qoidalardan yolg’onchilar ayniqsa so’zlarni ko’proq tanlashlari
haqidagi xulosa kelib chiqadi. Buning sabablari bir qancha:
insonning aynan so’zda (verbal) ifodalangan axborotni idrok etishga
ichki moyilligi;
nutqni oldindan tayyorlab qo’yish mumkinligi;
qaytma aloqa mavjudligi (gapirayotgan odam bayon etishning
muvofiq keluvchi yo’lini tanlab, o’zini eshitadi);
so’zlar uchun javob berishga to’g’ri keladi, chunki ularni takrorlash
oson va ulardan batamom voz kechish qiyin.
Insonning yuziga ham so’zlardan kam bo’lmagan e‘tibor qaratiladi.
Yuz qiyofasi ovoz bilan birgalikda eshituvchiga so’zlayotgan shaxsda
uning o’z so’zlari keltirib chiqaradigan hissiyotlari haqida axborot berishi,
shu bois insonning yuzi ham aldashi mumkin. Ammo yuz mimikasini
nazorat qilish qiyinroq. Inson yuzi miyaning hissiyotlar uchun javob
beruvchi sohalari bilan bevosita bog’liq, so’zlar esa unday emas. Nimani
gapirayotganimizni bilish oson, ammo yuzimiz nimani ifodalayotganini
bilish ancha qiyin. Garchi yuz mushaklarining taranglashuvi ba‘zi hissiyotlar bilan kechsa-da, P. Ekmanning tadqiqotlari aksariyat odamlar ushbu
hissiyotlardan keladigan axborotdan deyarli foydalanmasliklari va o’z
yuzining ifodasini aniqlay olmasliklarini ko’rsatgan. Yuzning hissiyot
yuzaga kelgan paytda paydo bo’ladigan dastlabki ifodasi atayin tanlanmaydi (5-rasm).
So’zlar va yuzga ajratiladigan bunchalik saxiy e‘tibor natijasida
plastika va ovozga deyarli e‘tibor qolmaydi. Shunga qaramay, suhbatdoshi yolg’on gapirayotganda undan gumon qiluvchilar ularning ovozi va
tanasiga ko’proq e‘tibor berishlari to’g’ri bo’ladi. Ovoz ham, yuz singari
hissiyotlar uchun javobgar miya sohalari bilan bog’liqdir.
Inson tanasi axborot chiqadigan va boshqa aldash belgilari ko’rinadigan yaxshi manbadir. Tana harakatini nazorat qilish unchalik qiyin
bo’lmasa-da, ko’pchilik bunga e‘tibor bermaydi, ya‘ni zarurati yo’q deb
hisoblaydi.
Yolg’onni aniqlash oson emas. Muammo axborotning mo’lligida.
Axborot manbalari ham haddan tashqari ko’p. Bular: so’zlar, to’xtamlar,
ovoz jarangi (sadosi), yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishoralar, gavda
holati, nafas olish, ter bosish, yuzdagi qizillik yoki rangparlik va hokazo.
Ana shu manbalarning hammasi axborotni galma-gal va birgalikda berishi
mumkin (6-rasm).
Hatto yolg’onga tayyorgarlik ko’rgan, o’z xatti-harakatining jihatlarini
nazorat qilayotgan, kuzatib turgan inson ham o’zini fosh etishi mumkin
bo’lgan barcha narsalarni (barmoq uchlaridan tortib bosh tepasigacha)
nazorat qila olmaydi. Istagan taqdirda ham bu qo’lidan kelmaydi.
Bundan tashqari, tayyorgarlik ko’rgan mutaxassisda, agar aldayotgan
shaxs ―hissiy qo’zg’alishda, ruhiy zo’riqish holatida bo’lsa, aldash borasida katta tajribaga ega bo’lmasa, tug’ma yolg’onchi va psixopat bo’lmasa,
yolg’onni aniqlash imkoniyati ancha ko’p bo’ladi‖.
Afsuski, terrorchilarning muayyan qismini ruhiy anomaliyalari bor
shaxslar tashkil qiladi.
Yolg’onni va yashirilayotgan holatlarni aniqlashda asosiy vazifalarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
yolg’onni sezish;
haqiqatni yolg’on deb bilmaslik;
va, eng asosiysi, qachon unisini ham, bunisi ham aniqlash mumkin
emasligini aniq tushunish.
3-§. Axborotning mazmuni va uni yetkazish texnikasi
(verbal belgilari) bo‘yicha yolg‘onni aniqlash
Nutqni oldindan tayyorlab qo’yish mumkin, ammo kimnidir aldashga
uringan inson asosan beparvoligi (beg’amligi) tufayli nutqiy xatolarga yo’l
qo’yadi. Ko’pchilik ehtiyotsizlikka yo’l qo’yib aytgan so’zlari bilan o’zini
fosh qiladi. Zigmund Freyd buni tildagi yanglishuv sifatida ta‘riflagan.
Yanglishuv, – deb yozgan edi u, – o’ziga xos ―aytishni istamagan, ammo
o’zingni fosh etib qo’yadigan narsani ifodalash ... quroli‖ga aylanadi. Agar
so’zlayotgan odam bila turib yolg’on gapirayotgan bo’lsa, ma‘yuslik ongli
bo’lishi mumkin. U istamagan holda gapirib qo’ygach o’zining tushkun holatini tushunishi ham, bunga e‘tibor bermasligi ham mumkin. Yanglishib
aytilgan gaplar bo’yicha yolg’onni aniqlashda ehtiyot bo’lish zarur, deb
hisoblaydi P. Ekman, chunki ana shu yanglishuvlarning hammasi ham
yolg’ondan dalolat beravermaydi. Yanglishuv yolg’onni fosh qilayotgani
yoki qilmayotganini odatda kontekstdan kelib chiqib aniqlash mumkin. Shu
o’rinda boshqa bir keng tarqalgan xatoning oldini olish va yanglishib
gapirmaydigan har bir kishini haqiqatgo’y deb hisoblamaslik zarur. Ko’plar
yolg’on gapirayotganda yanglishishga yo’l qo’ymaydilar. Hozircha qandaydir yolg’onning yanglishuv bilan fosh bo’lishi, qaysilaridir esa bunday
bo’lmasligini izohlovchi hech bir tadqiqot amalga oshirilmagan (hatto
taxminlar ham bildirilmagan).
Yolg’on psixologiyasiga oid ayrim tadqiqotlarga ko’ra, ba‘zilar
yolg’on gapirayotganlarida dangal javob bermaydilar, gapni aylantiradilar
yoki keragidan ortiq ma‘lumot beradilar. Boshqa tadqiqotlarning ko’rsatishicha, buning aksi ham bo’ladi: aksariyat odamlar savolga javob
berishdan bo’yin tovlash va aniq javob berishdan qochish uchun haddan
tashqari ayyordirlar. Bunday yolg’onchilarni sezmaslik ham mumkin.
Aynan shu joyda gaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylantirish
bo’lgan haqiqatgo’y insonni noto’g’ri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjuddir. Ba‘zilar doimo ana shunday so’zlaydilar.
Bundaylarning so’zlash uslubi shunaqa. Ammo bu yolg’onchilik alomati
emas, balki ularning oddiy gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi
shundaki, ko’pincha birovning aldayotganini aniq ko’rsatib turgan har
qanday ko’rinishlar boshqa odamlar uchun kundalik xulqining tarkibiy
qismigina bo’lishi mumkin. Verifikator har doim, ayniqsa gumon
qilinayotgan shaxs bilan tanish bo’lmasa, ularning tipik xulqini bilmasa,
Brokau qopqoni deb ataluvchi qopqonga tushib qolishi mumkin.
To„xtalish (pauza) va tutilishlar. To’xtalishlar haddan tashqari uzoq
yoki qisqa bo’lishi mumkin. So’zlar oldidagi tutilishlar (duduqlanishlar),
ayniqsa bu savolga javob berayotganda kelib chiqsa, har doim shubha
uyg’otadi. Nutq jarayonining o’zidagi qisqa to’xtalishlar ham haddan
tashqari ko’p uchrasa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi xatolar: masalan: ―hm‖,
―xo’sh‖ va ―e-e‖ singari kirish so’zlar; ―men‖, ―men‖, ―men‖ ... nazarda
tutyapman‖ singari takrorlar; ―Menga j-juda yoqdi‖ singari ortiqcha
bo’g’inlar ham yolg’on alomatlari bo’lishi mumkin. Nutqdagi to’xtalish va
tutilishlarning sabablari quyidagilardan iborat:
yolg’onchining o’z harakatlari yo’nalishini, muayyan masalani
yaxshilab o’ylamagani;
fosh bo’lishdan qattiq qo’rqqanligi.
Bundan tashqari, odam o’zining yolg’oni qanchalik haqiqatdan uzoqligini eshitsa, qo’lga tushishdan yanada ko’proq qo’rqa boshlaydi,
natijada to’xtalish va nutqiy xatolar ko’payib boradi.
Axborotni berish (yoki yetkazish) – uzatish texnikasi (yo’llari) bilan
bog’liq yolg’on belgilariga alohida e‘tibor qaratish lozim:
savollarga haddan tashqari tez berilayotgan javoblar o’ylashga
majbur qilishi lozim;
berilayotgan axborotga nisbatan haqiqiy munosabatni niqoblash
yoki buzib ko’rsatgan holda qandaydir boshqa jihatlarini nutqiy vositalar –
intonatsiya, pauzalar va boshqalar yordamida namoyishkorona ta‘kidlash
(ajratib ko’rsatish).
Oxirgi belgi yolg’on gapiruvchilar boshqa birovni chalkashtirish
uchun atayin qo’llaydigan usullar guruhiga kiradi va boshqa ma‘lumotlar
bilan qiyoslaganda yolg’on ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Kundalik amaliyotda bu aynan usul ekanligiga ishonch hosil qilinganida,
bunday holatlar haqida boshqa birovni ishontirishga urinib ―oshirib
yubordi‖ deyiladi.
Suhbatdoshingiz sizni o’zining samimiy gapirayotganiga, to’g’ri
so’zligiga ishontirishga qattiq harakat qilayotgani, uning so’zlariga
ishonmayotganingizni sezganida faqat haqiqatni gapirayotganligini qaytaqayta ta‘kidlashi yolg„on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin.
Masalan:
– Sog’lig’im bilan qasam ichaman ...
– Chin so’zim, bilmayman ...
– Qo’limni kesib tashlashingiz mumkin ...
– Bu ham ... dek to’g’ri gap ...
– Chin so’zim, aynan shunday bo’lgan edi ... – bular yolg„ondan
dalolat beruvchi eng ko’p tarqalgan va aniq so’zdagi alomatlardir.
Ba‘zi mavzu va masalalarni muhokama qilishdan qochish (agar ular
inson uchun qandaydir noxush jihatlarga taalluqli bo’lmasa):
– Esimda yo’q ...
– Bunday deganim yo’q ...
– Buni muhokama qilmoqchi emasman ...
– Bunda hech bir aloqadorlik ko’rmayapman ...
– Bu savolingizga javob berolmayman ...
Suhbatdoshni asossiz mensimay, uning jig’iga tegib yoki unga
dushmanlarcha ohangda gapirish, atayin qo’pollik qilish ig„vodan dalolat
beradi:
– Gap nimadaligini tushunmayapman ...
– Siz bilan gaplashishni umuman istamayman ...
– Savollaringizga javob berishga majbur emasman ...
Bu shaxs bilan avvalgi munosabatlaringiz yaqinlikka olib kelmaganida ishonchingizni qozonish, rahmingizni keltirishga urinish:
– Men ham sizga o’xshagan odamman ...
– Muammolarim ham xuddi siznikiga o’xshaydi ...
– Oilam, bolalarim bor ...
Berilgan aniq-dangal savollarga qisqa rad javobi yoki beparvolik
bilan, mujmal javoblar olish; oddiy takrorlanuvchi javoblar yoki oddiy rad
etishni takrorlash; “Ha” yoki “Yo„q” so„zlarini ishlatmaslikka urinish:
– Buni o’zingiz aytgansiz-ku!
– Ishonch bilan aytolmayman ...
– Meni hurmat qilasizmi?
– Siz, shubhasiz, jiddiy odamsiz ...
– Bu haqda hech narsa bilmayman ...
Tajribadan ma‘lum bo’lishicha, samimiy inson o’ziga nisbatan shubha
borligini ko’rganida ko’proq gapirishga va samimiyligini isbotlashga
harakat qiladi, ayni vaqtda berilgan to’g’ri savollarga qaytarilgan beparvo,
mujmal javoblar normal xatti-harakat tushunchasiga mos kelmaydi. Bunday javoblar suhbat jarayonida yolg’on gapirish borgan sari qiyinlashib
borishi bilan bog’liq:
 so’zlarda qat‘iyatsizlik paydo bo’lishi;
 to’xtovsiz gaplashish yoki ko’plab savollar berish orqali suhbatdoshni chalg’itish;
 savollarga javob berishni istamaslik yoki javob berolmaslik;
 savollarga javob berishdan oldin uzoq vaqt jim qolish; savollarga
haddan tashqari imillab yoki chalkash javob berish;
 savolga savol bilan javob berish;
 berilayotgan savollarni ovoz chiqarib takrorlash yoki tushunarliroq
qilib berishni so’rash;
 savolning mohiyatini ishga aloqasi bo’lmagan ortiqcha ma‘lumotlar
bilan niqoblash.
Psixologlarning quyidagi tafsilotlarini nazarda tutish foydali bo’ladi:
Aybsiz shaxs sizga nisbatan shubha, ishonchsizlik bildirishi mumkin, ayni
vaqtda ish bo’yicha tafsilotlarni aniqlashtirishga qarshilik
qilmaydi;
ko’p hollarda to’liq, batafsil, hatto ishga bevosita aloqasi yo’q
ma‘lumotlarni beradi; ko’p gapiradi;
doimo o’z izohlari bilan gapingizni bo’lishga harakat qiladi;
o’zini nimadadir ayblashlari yoki undan shubhalanishlaridan
avval jadal himoyalanishni boshlaydi;

Aybdor shaxs batafsil izohlardan qochadi, ko’p gapirmaydi;


savollarga javob berishda o’zini tutib turadi;
muhokama qilinayotgan masala bo’yicha faktlar, tafsilotlarni
aniqlashda suhbatdoshga qarshilik ko’rsatadi;
hech bir aytarli sababsiz izoh berishdan bosh tortishi mumkin;
izohlaridagi mayda tafsilotlargacha aniqligini ta‘kidlaydi;
u yoki bu holatlarni aniqlashda yordam berish istagini
bildiradi
So’ralayotgan shaxs xatti-harakatidagi quyidagi xususiyatlar uning
yolg’on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin:
– inson xulqining vaziyatga nomuvofiqligi;
– xayrixohlikni oshirib namoyish qilish; vaziyat taqozo etmasa ham
iljayaverish;
– so’ramagan yordamingizni berish;
– arzimas sabablarga ko’ra qahr-g’azabini baralla ko’rsatish;
– o’zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilish, tibbiy yordam
so’rash; bu hol haqiqatan ham umumiy ahvoli yomonlashganidan dalolat
berishi ham, e‘tiborni chalg’itish usuli, suhbatni tugatish uchun bahona
bo’lishi ham mumkin.
4-§. Berilayotgan axborotga nisbatan yolg‘onni aniqlash
(noverbal alomatlar)
Ovozdagi yolg„on alomatlari. Ovoz nutq to’lqinlarining fiziologik
ko’rsatkichlarini o’lchash asosida insonning hissiy holatidan dalolat
beradigan nihoyatda informativ ko’rsatkichdir. Ushbu fiziologik
ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: nafas olish harakatlarining xarakteri,
qon oqimi bilan bog’liq bo’lgan ovozdagi pulsatsiya; ovozdagi asosiy
ohang o’zgarishlari; ovoz apparati mushaklarining tebranishi. Biroq
ovozdagi o’zgarishlarga qarab aynan yolg’onning ishonchli alomatlarini
aniqlash mumkin deb qat‘iy ta‘kidlashning amalda iloji yo’q. Ko’pincha
biz stress ta‘sirida salbiy hislar yuzaga kelganligining belgilarini ko’ramiz.
Shu bois ovoz xususiyatlari (ko’rsatkichlari)dagi o’zgarishlarni boshqa
qo’shimcha alomatlarni hisobga olgan holda talqin etish kerak.
Ovoz xususiyatlaridagi o’zgarishlarning sabablari:
– hissiyotlarning nazorat qilib bo’lmaydigan tarzda qo’qqisdan yuzaga
kelishi;
– fosh bo’lishdan qo’rqish;
– bosh suyagining tuzilishidagi anatomik xususiyatlar.
Inson, bosh suyagining akustikasi hamda idrok etishning boshqa
xususiyatlari tufayli, o’z nutqini amaldagidan boshqacharoq eshitadi.
Aldashga urinadigan odamlar o’z xulqini, jumladan ovozining
sadosini nazorat qilishga harakat qiladilar, ammo shu paytda buni qay
darajada uddalaganliklarini aniq bila olmaydilar, chunki o’z ovozining
sadosini to’liq nazorat qilish ancha qiyin ish. Hayajon, jumladan fosh
bo’lishdan qo’rqish tufayli kelib chiqadigan va ko’proq hayajonga xos
bo’lgan hamda yolg’on axborot berish vaqtida ovoz va nutqda
ko’rinadigan quyidagi belgilar farqlanadi:
 ovozda titroq paydo bo’lishi;
 vaqti-vaqti bilan ovozni tozalash; yo’talib qo’yish;
 og’iz qurishi hamda yutinish va lablarni yalash ehtiyoji tufayli gap
o’rtasida jumlalar uzilishi;
 nutq ohangi (intonatsiya)dagi ixtiyorsiz o’zgarishlar;
 nutq sur‘atidagi o’zgarish (masalan, jumlalarni o’ylab ko’rish
zarurligi tufayli uning pasayishi);
 ovoz tembrining o’zgarishi.
Ovozda hissiyotlar ko’rinishining eng ko’p o’rganilgan belgisi ohang
kuchayishidir. Ranjigan odamlarda ovoz pardasi ko’tarilib boradi. Ular
g’azablangan yoki qo’rqqan hollarda buni yanada ko’proq ko’rish
mumkin. G’am-anduh yoki qayg’u-hasrat vaqtida ovoz pardasining
pasayishidan dalolat beradigan tadqiqotlar mavjud. Va nihoyat, hayajon,
xafagarchilik, nafrat va jirkanish vaqtida ovoz pardasining balandligi
o’zgarish-o’zgarmasligi noma‘lum. Ovoz pardasining ko’tarilishi
yolg’ondan dalolat beradigan ishonchli belgi emas; u qo’rquv yoki g’azab
va, ehtimol, hayajon belgisidir. Ammo ovoz va undagi o’zgarishlarga
qarab aldashdan rohatlanish bor yoki yo’qligini aniqlash mumkin yoki
mumkin emasligi noma‘lum.
Ovozdagi hissiy o’zgarishlarni yashirish oson emas. Agar asosan
yolg’on gapirish paytidagi hissiyotlar haqida so’z yuritiladigan bo’lsa,
axborotning oshkor bo’lish ehtimolligi ancha katta. Agar yolg’on gapirishdan maqsad qo’rquv yoki g’azabni yashirish bo’lsa, ovoz balandroq
pardada va qattiqroq chiqadi, nutq esa, ehtimol tezlashadi.
Biroq ovozdagi har qanday hissiyot ko’rinishini aldash alomati
sifatida talqin etmaslik lozim. Haqiqatgo’y inson birovlar unga ishonmasligidan qo’rqib, xuddi fosh bo’lishdan qo’rqayotgan yolg’onchi singari
ovozini ko’tarishi mumkin. Muammo shundaki, nafaqat yolg’onchilar,
balki mutlaqo aybsiz odamlar ham ba‘zan hissiy qo’zg’alish sezishlari
mumkin (Otello xatosi).
Xuddi shuningdek, bir maromdagi ovozda gapirayotgan odam o’zini
nazorat qilayotgandek tuyulishi mumkin, bu esa, o’z navbatida, u nimani- dir yashirishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. So’zlash
ohangidagi sovuqqonlikni talqin etishda xato qilmaslik uchun aslida bu
odamga shu tariqa so’zlash xos yoki xos emasligini bilish zarur. Vazmin
ovoz har doim ham haqqoniylikdan dalolat bermaydi; ayrimlar o’z
hissiyotlarini hech qachon, loaqal ovozda ham ko’rsatmaydilar. Hatto
hissiyotga beriluvchan odamlar ham muayyan hollarda o’z hissiyotlarini
ko’rsatmasdan aldashlari mumkin (Brokau qopqoni). Shu bois vazmin
ovoz ham ayni vaqtda aldash va haqqoniylikning ojiz belgisi hisoblanishi
mumkin.
5-§. Ko‘z harakatlari va yuz mimikasiga qarab
yolg‘on alomatlarini aniqlash
Inson o’z yuzini ovoziga qaraganda yaxshiroq nazorat qila oladi. Faqat
yuzga qarab xulosa chiqarish qiyin, chunki yuzda yolg’onni aniqlash uchun
tahlil qilishni talab etuvchi ko’rsatkichlar haddan tashqari ko’p. Xilma-xil
mimika, ko’z harakatlari, nigoh yo’nalishi, odam yuzining muloqot
davomida surilishi, asosiysi esa – inson turli holatlarining ―tashqaridan‖
turlicha ko’rinishlari ko’pincha uning haqqoniylik darajasi haqida noto’g’ri
xulosalarga olib keladi. Boshqa tomondan, aynan yuz ifodasini tahlil qilish
natijasida ko’pincha yolg’onni sezish mumkin bo’ladi.
Ma‘lumki, ko’zlar nafaqat ―dunyoga qaragan deraza‖, balki ―qalb
oynasi‖ hamdir, ya‘ni ular insondagi ichki ruhiy jarayonlarni ko’rsatadi.
Ruhiy jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha narsalar
bilan chambarchas bog’liq. Bu mavzu ancha qiziqarlidir. Hayotda hamma
narsa fazoda tebranib turganidek, ko’z qorachig’i ham doimo harakatda
bo’ladi va, neyrolingvistik dasturlashtirish (NLD) sohasidagi tadqiqotlarga
ko’ra, aynan qorachiqlar harakatiga qarab nafaqat fikriy jarayonning
borishini, balki muloqotda samimiylik yoki nosamimiylik borligini ham
aniqlash mumkin.
Bu yerda gap o’ziga xos ―ko’z kalitlari‖ haqida boradi (7-rasm).
Ko’z qorachig’ida axborotni ―tuzish‖ (NLD termini) vaqtida beixtiyor
tushib qoladigan muayyan zonalar (to’qqiztadan ikkitasi) mavjud bo’lib, bu
bir qator hollarda nosamimiylikning turi hisoblanadi, chunki biror
topshiriqni bajarishda, savollarga javob berishda atayin buzish haqida gap
boradi va hokazo. Ko’pincha tuzish zonasini kuzatish emas, balki ko’z
qorachiqlarining axborot mazmuniga ega modalliklar (sensor tizimlar, histuyg’ular) bo’yicha mos kelmasliklarini tahlil qilish samara beradi.
Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida ko’z qorachig’i noverbal
emas, balki audial zonada bo’lgan Ushbu muammoga batafsilroq to’xtalamiz. Yuqorida ko’z harakatlari
suhbatdosh tafakkur yo’lining ko’rsatkichi ekanligi aytilgan edi. Ko’zlar
nafaqat ichki jarayonlarni aks ettiradi, balki qaytma aloqa ham mavjud:
ong ostidan qandaydir xotiralarni chiqarib olish yoki atayin istalayotgan
ichki hissiyotni yaratish uchun ko’pincha ko’zlarni muayyan holga
keltirishning o’zi yetarli bo’ladi.
So’zlashayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganda
ularning ko’z soqqalari doimo oldinga-orqaga, yuqoriga va pastga
harakatlanayotgani, tasodifan narsa va odamlarga tikilayotgani,
shuningdek ko’pincha ichki tajribaga ―qaratilayotgani‖ni sezish mumkin.
Boshqacha aytganda, axborot izlash paytida odamlar odatda tashqi
noverbal ta‘sirlarni payqamaydilar. Ular ko’proq ichki (saqlanayotgan va
hosil qilinayotgan) obraz, tovush, so’z va hissiyotlarga e‘tibor beradilar.
O’zingizga quyidagi savollarni berib, ularga javob qaytarayotganingizda ko’zlaringiz harakatlarini kuzatsangiz bunga ishonch hosil
qilishingiz mumkin:
– har kuni yuradigan yo’lingizni eslang. Bu yo’lda nechta svetofor
bor? Yoki nechta burilish va aylanishlardan o’tishingizga to’g’ri keladi?
Ko’ruv xotirangizga kirish uchun ko’zlaringiz yuqoriga va chapga
(agar chapaqay bo’lsangiz, yuqoriga va o’ngga) harakat qilganini sezdingizmi?
– Yashil xolli pushti echkini tasavvur qiling.
Ko’zlaringiz sur‘atni hosil qilish uchun o’ng va yuqoriga
harakatlanganini sezdingizmi?
– Mehmonxonangizdagi divan qaysi rangda?
Divaningiz ko’rinishini xotirangizda tiklash va rangini eslash uchun
javobni yuqoridan va chapdan qidirasiz.
– Aytaylik, uyingiz polida turadigan vaza yo’q. Aytingchi, u dahlizdagi holatga qay darajada mos kelgan bo’lardi?
Ko’zlaringiz o’ngga va yuqoriga harakatlanganini sezgan bo’lsangiz
kerak, chunki ana shu manzarani yaratishingiz, vazani fikran hozir yo’q va
hech qachon bo’lmagan joyga ―qo’yishingiz‖ kerak bo’ladi.
Yuqoriga va o„ngga qarash: ko’z bilan yaratish. Bu individ tomonidan
hosil qilinadigan noverbal obraz yoki manzaralardir. Ular avvalgi noverbal
kiritmani yangi qism yoki shakllarda va ketma-ketlikda qayta guruhlashtirish
bo’lishi yoki boshqa hissiy (sensor) ta‘sirlarga javoban tuzilishi mumkin.
Yuqoriga va chapga qarash: ko’z bilan eslash (ko’rish xotirasi). Bu
o’tmish hodisalar, shuningdek ilgari his qilingan boshqa noverbal
ta‘sirlarning saqlanayotgan noverbal obrazlari yoki manzaralaridir. Yotiq (gorizontal) va o„ngga qarash: quloq bilan yaratish (audial
konstruksiya), inson ilgari hech qachon eshitmagan tovushlarini tasavvur
qilishi. Diqqat! Bu so’zlashuv tilini yaratish jarayoni bilan bog’liq bo’lishi
mumkin. Bunday holatda odam bundan keyin aytmoqchi bo’lgan
narsalarini ―so’zlarga tushiradi‖.
Yotiq (gorizontal) va chapga qarash: quloq bilan (audial) eslash. Bu
pattern (namuna) o’z ichiga ―alfavit metodikasi‖, reklama harflari, tovushlari, telefon raqamlari, shuningdek sleng va so’kinishlar singari tonal
reprezentatsiyani qamrab oladi. U, inson ko’pincha qisqa, ko’pincha
ohangdor yoki bir maromdagi patternlarda saqlanayotgan, ko’p takrorlangani tufayli mavjudligi payqalmayotgan ilgari idrok etilgan eshituv
obrazlarini eslashda ko’z soqqalarini ko’p harakatlantirishida ham
uchraydi. Masalan, ―esdan chiqmasin – ishdan – uyga – qaytishda – yo’ldan – sut – olish‖ tongda shu qadar ko’p marta aytiladiki, u tabiiy ravishda
fahmlamay qoladi.
Izoh. Ko’z harakatlari reaksiyalarining quyidagi ikkita patterni
o’ngaqaylar va chapaqaylarda ko’pincha teskari bo’ladi. Individ ko’z
soqqalarining harakatlarini kuzatish natijasida olingan axborotdan qanday
foydalana olishingizdan aniqlashdan avval u qaysi patterndan ―foydalanganligini‖ bilib olish juda muhim.
Pastga va o„ngga qarash: kinestetik tasavvurlar (tuyg’ular). Bu
holatda inson hosil qilinadigan hissiyotlar (emotsiyalar)dan ham, saqlanayotgan kinestetik xotiralardan ham foydalanishi mumkin. Depressiya
(tushkunlik) holatiga tushgan insonda ko’p kuzatish mumkin bo’ladigan
holatni eslang: boshi egik, qo’llari shalviragan, gavdasi butunlay bukilgan;
bunday odam tom ma‘noda o’z hissiyotlariga sho’ng’ib ketgan (o’z
yog’ida o’zi qovurilmoqda). Eslab qoling, ayrim individlar uchun pastga
va chapga qarash ana shunday usul hisoblanadi.
Pastga va chapga qarash: ichki eshituv dialogi. Odatda u ―chuqur
fikrlash‖ bilan bog’liq; ichki so’z va tovushlar ana shu jarayon bilan birga
kechadi (ba‘zan bu tovush va xitoblar, egasi bilmagan holda, tashqariga
―chiqib ketishi‖ mumkin: ko’pincha bunga javoban ―Iltimos, o’zingizcha
g’o’ng’illashni bas qiling‖, – degan reaksiyani eshitish mumkin). Ichki
dialog hozirgi tajriba sharhi hisoblanadi. Xotirjamroq paytlarda u
kompleks, ratsional va mantiqiy tafakkurning tahliliy quroli bo’lishi
mumkin. Ushbu ma‘lumot olish yo’li patterni ayrim individlarda pastga va
o’ngga qarashda ifodalanishi mumkin.
Bir nuqtaga qaramaydigan ko„zlar: noverballashuv.
Yumuq ko„zlar: ta‟m va hid. Garchi odamlar muayyan ta‘m yoki hidni
eslab qolish uchun ko’pincha ko’zlarini yumsalar ham, qovoqlari ostida
ko’z soqqalarining harakatini kuzating. Bu harakatlar yuqorida tasvirlangan ma‘lumot olish yo’li kalitlaridan istalganini ko’rsatishi hamda ko’zlar
ochiq holatdagidek talqin etilishi mumkin.
Havo transporti bilan bog’liq xavfsizlikka doir masalada Yo’riqnomada ko’zdan kechirishdan o’tayotgan yo’lovchiga bir qator majburiy
savollar berilishi nazarda tutilgan. Xodim yo’lovchining ko’zlariga qarab
ichki kechinmalarini aniqlashi mumkin. Ayni vaqtda, inson so’zlashayotganida suhbatdoshining ko’ziga qarashi yoki qaramasligi muhim emas,
balki qachon qarab, qachon nigohini olib qochgani muhim.
Yetakchi va reprezentativ tizimlardan foydalanish kalitlari bilan
ishlash texnikasiga kelsak, muhim bir qoidani nazarda tutish zarur.
Foydalanish kalitlarini bilish yetarli emas, ular bilan ishlay olish
kerak.
Ko’nikma xuddi avtomobil haydash ko’nikmalari singari avtomatik
tusga ega bo’lishi kerak. Agar har safar ko’z harakatlari qaysi ichki
jarayonga mosligi haqida mulohaza qiladigan bo’lsangiz, bunga javoban
o’z vaqtida chora ko’ra olmaysiz. Har qanday xotira o’z reprezentativ
tizimlariga ketish bilan bog’liq bo’lib, bu hol tashqi axborot yo’llarini
yopadi va siz suhbatdoshingizni ko’rmay qolishingiz mumkin (4-ilova).
Inson nigohini deyarli mashq qildirib bo’lmaydi, shu bois u shaxsning
hissiy-ruhiy holatini eng to’g’ri aks ettiradi. Odam so’zlaganda har narsani
(xafagarchilik, iztirob, shodlik, g’azab kabilarni) yashirishi mumkin,
ammo qarashlarida buni yashirish uchun yo juda katta iroda, yoxud
maxsus mashq talab etiladi.
Umuman, muloqotga kirishgan sherik yuziga qaraganda yolg’onni
aniqlash uchun ko’pincha quyidagi jihatlarga e‘tibor qaratiladi.
Nigohlarning aloqada bo„lish davomiyligi. Ma‘lumki, normal aloqada, ya‘ni odamlar bir-birlariga rost gapirayotganlarida, butun muloqot
vaqtining 2/3 qismi davomida ko’zlar uchrashib turadi. Agar inson samimiy
bo’lmasa yoki nimanidir yashirayotgan bo’lsa, uning ko’zlari suhbatdoshiniki bilan muloqot davrining 1/3 qismidan kam vaqt uchrashadi.
Diqqat! Brokau qopqoni ham bo’lishi mumkin. Ayrim juda tortinchoq,
o’ziga ishonmaydigan odamlar ko’zga tik qarashdan qochishlari mumkin.
“Qochuvchi qarash”. Bu odatda qayd etiladigan belgi bo’lib, yolg’on
so’zlashga o’rganmagan yoki boshqa sabablarga ko’ra xavotirda bo’lgan
odam yolg’on gapirayotganida suhbatdoshining qarashlariga qiyinchilik bilan
dosh berishi hamda nigohini (ko’zlarini) olib qochishi bilan bog’liq. Suhbatdosh ko„zlarining biroz qisilishi (torayishi) – odatda, ko’zlar
egasining e‘timodli (ishonch ohangidagi) munosabatlar o’rnatishdan,
―qalbini ochishni‖ istamayotganidan, bezovtaligidan dalolat beradi (8-rasm).
Yengil tabassum (bunda ko„zning pastki qovoqlari ko„tarilmaydi),
tadqiqotlardan ma‘lum bo’lishicha, ko’pincha yolg’on so’zlar bilan birga
kechadi, ammo muloqotning o’ziga xos uslubi bo’lishi ham mumkin.
Yolg’on bilan kechadigan (soxta) tabassum ichki zo’riqishni yashirish
imkonini beradi, ammo har doim ham yetarlicha tabiiy ko’rinmaydi.
Tabassum uzunchoq ko’rinishga ega (lablar yuqori va pastki tishlardan
biroz orqaga tortilgan, bu bilan uzun chiziq hosil qilgan, tabassumning o’zi
esa ―chuqur‖ tuyulmaydi), bu boshqa odamning tashqi ko’rinishi, rasmiy
xushmuomalalikni ko’rsatadi, ammo muloqotda samimiy ishtirokni va
yordam berishga tayyorlikni bildirmaydi (9-rasm).
Yuz mushaklarining mikro zo„riqishi. Yolg’on xabar berilayotganida
inson yuzidan go’yoki ―soya yuguradi‖. Videosuratga olish bunda yuz
ifodasida sekundning ulushi mobaynida davom etadigan qisqa muddatli
zo’riqishni qayd etish imkonini beradi. Amerikalik tadqiqotchi R. Bennet
fikricha, bu ixtiyorsiz reaksiya – yolg’onning juda ishonchli ko’rsatkichidir.
Nosamimiylik belgilari haqida so’z yuritganda yolg’on gapirish
paytida suhbatdoshni nazorat qilish imkoniyatini ham unutmaslik lozim.
Odam yolg’on gapirayotganida diqqatini sherigining yuziga qaratadi, bu
bilan uni aldashga urinish qanchalik muvaffaqiyatli chiqqanligini baholashga urinadi – sinovchan qarash bo’ladi.
Inson nazoratda ushlanadigan qo’rquv, jumladan fosh bo’lishdan
qo’rqish paytida, uning qoshlari biroz ko’tarilgan – go’yoki to’g’ri
chiziqqa tortilgan bo’ladi. Agar qo’rquv kuchliroq bo’lsa, bu belgiga
qo’shimcha boshqa alomatlar ko’rinadi: peshonada yotiq ajinlar paydo
bo’ladi; ko’zlar kengaygan, buning ustiga yuqori qovoq biroz ko’tarilgan,
pastkisi esa taranglashgan bo’ladi; og’iz biroz ochilgan, burchaklari esa
orqaga surilgan, buning natijasida lablar taranglashgan va to’g’rilangan
bo’ladi. Ushbu taranglik va lablardagi to’g’rilanganlik qanchalik kuchli
bo’lsa, qo’rquv shunchalik kuchli bo’ladi (10-rasm).
Biroq peshana tirishmagan holda bir yoki har ikki qosh sal-pal
sezilarli darajada ko’tarilishi ham mumkin.
Peshanadagi gorizontal ajinlar odatda kuchli e‘tiborni bildiradi.
Buning turli sabablari bo’lishi mumkin: dahshat, qo’rquv yoki oddiygina
tushunmaslik, hayrat, sarosima va kutmaganlik. Bu, albatta, vaziyatga
bog’liq. Peshonadagi tik chiziqlar odatda kimdir yoki nimadir tufayli kelib
chiqqan umumiy diqqat eng yuqori nuqtasiga yetganligini ko’rsatadi.
Diqqatning bir nuqtaga qaratilganligi doimo giriftorlik (jalb etilish)ni
bildiradi.
Xo’sh, inson o’zining til bilan bog’liq bo’lmagan signallarini qay
darajada manipulatsiya qilishi (o’zgartirishi), his-tuyg’ularini qanday qilib
sezdirmay yashirishi mumkin? Bu savollarga taxminan quyidagicha javob
berish mumkin. Albatta, har kim o’z tanasining tiliga ancha kuchli ta‘sir
ko’rsatishni o’rganib olishi mumkin. Biroq yuz mushaklarini va ko’zlar
ifodasini deyarli boshqarib bo’lmaydi. Kimdir o’z qo’llarini nazorat
qilishni o’rganib olib, tashqaridan qaraganda mutlaqo xotirjam ko’rinishi
mumkin (masalan, u qo’l barmoqlarini qovushtirib, bu bilan ulardagi
asabiy titroqni bostirishi mumkin). Shunga qaramay, ichki bezovtalik
mavjud bo’lsa, u bari bir yuzda ko’rinadi.
Xo’sh, nima uchun yuz mushaklarini boshqarish bunchalik qiyin?
Chunki yuz mushaklari miyaning hissiyotlarni nazorat qiluvchi
sohalari bilan bevosita bog’liq.
Shuningdek, biz yuzimiz mushaklarini ishonch bilan boshqarish
uchun ularni yetarli darajada bilmaymiz.
Aynan boshqalar ham, biz singari, o’z mimikasini kam anglaganliklari
bois biz yuz mushaklari o’ynashidan bilinadigan axborotga ishonsak
bo’ladi.
6-§. Imo-ishoralar va holatning beriladigan axborot
mazmuniga bog‘liqligi
A. Derevitskiyning yozishicha, ―qo’llar – shunchalik so’zamol a‘zolardirki, ba‘zan insonga tilning nima keragi bor deb o’ylaysan kishi‖.
Qo’llar yolg’onni bildirib qo’yadi. Ba‘zan ular yolg’onni aniqlashga
so’z va ko’zlar harakatidan ko’ra ko’proq hissa qo’shadi. Biz hech qachon
sotqin-qo’llar uchun tayanchlarsiz kasbi taqozosiga ko’ra yolg’on gapirishga majbur bo’ladigan hech bir insonni ko’rmaymiz – direktorlar
tirsakqo’ygichli kreslolarida o’tiradilar, siyosatchilarga esa pyupitr (qog’oz
qo’yiladigan maxsus moslama)lar kerak bo’ladi.
Shu narsa mutlaqo aniqki, yolg’on gapirayotgan paytda bildirib
qo’ymaslik uchun holatingiz to’liq ko’rinib turmasligi zarur. Jinoyatda
gumon qilinayotgan shaxsni so’roq qilish paytida uni yoritilgan xonadagi
yaxshi ko’rinarli stulga o’tqazilishining sabablaridan biri ana shundadir.
Bu uning so’roq qilayotganlarga ko’rinib turishi va yolg’on gapirganida
payqash oson bo’lishi uchun qilingan. Tabiiyki, gapirayotgan paytingizda stol ortida o’tirgan va gavdangiz qisman yashirin yoki mutlaqo ko’rinmay
turgan bo’lsa, yolg’oningiz juda kam seziladi. Telefon orqali yolg’on
gapirish esa eng osoni!!!
Imo-ishoralar tili eng katta axborot berish imkoniga ega. 25 yil
mobaynida 25 millionga yaqin guvohlik ko’rsatuvlarini yozib olgan
A. Brasserning ta‘kidlashicha, guvoh haqqoniyligining asosiy ko’rsatkichlari uning ko’zlari va qo’llaridir. ―Inson har narsani aytishi mumkin.
Ammo ko’z va qo’llari uni albatta fosh etadi. Qo’llar hech narsani yashira
olmaydi va ko’zlarga qaraganda ko’proq narsani aytib beradi‖, deb
hisoblaydi Brasser.
Shu bilan birga, imo-ishoralar tili, individuallik (jumladan temperament)dan tashqari, insonning millati, yoshi va jinsi, madaniyat darajasi
va boshqa belgilariga bog’liq bo’lgan ayrim xususiyatlarga ham ega.
Masalan, imo-ishoralar tilini o’rgangan ingliz psixologi M. Ardjaylning
aniqlashicha, o’rtacha bir soatlik so’zlashuv davomida qo’l ishorasini finn
– bir marta, italiyalik – 80 marta, fransuz – 120 marta, meksikalik esa 180
marta ishlatadi.
Imo-ishoralarni talqin qilish uchun P. Ekman va U. Frizen quyidagi
tasnifni taklif qilganlar: timsol ishoralar, namoyish ishoralar, manipulatsiya ishoralar.
Timsol ishoralar tildagi ekvivalentga ega bo’lib, so’zlar o’rnida va
so’zlarni ishlatish mumkin bo’lmagan joyda foydalaniladi va muayyan
madaniyat, ijtimoiy guruh uchun yetarlicha aniq ahamiyatga ega bo’ladi.
Misol qilib quyidagi singari ishoralarni keltirish mumkin:
panja mushtga tugilgan, bosh barmoq kaftga nisbatan tik ko’tarilgan
– ―zo’r‖, ―ajoyib‖, ―yaxshi‖;
kaftning o’zi tomonga harakati – ―oldimga kel‖;
yelka qisish – ―bilmadim‖ va boshqalar.
Timsol axborotning beixtiyor chiqib ketishidir, odatda bitta timsol
bo’ladi, u ham qisman ko’rsatiladi. Masalan, faqat bir yelkani pastroq
ko’tarish yoki pastki labni cho’chchaytirish mumkin. Timsol atayin
qilingan harakatdan ko’ra ko’proq amaldagi ―sharhlovchi‖(bu o’rinda
―sharhlovchi‖, shaxsning tana a‘zolari o’zi bilmagan holatda o’zi xaqida
ma‘lumot berib qo’yishi nazarda tutilmoqda) hisoblanishining ikkinchi
belgisi uning noodatiy holatda bajarilishidir.
Albatta, bu jihatlar (fragmentarlik va noodatiy tarzda bajarilishi) uni
sezishga xalal beradi. Bunday sotqin ―sharhlovchilar‖ qayta-qayta
namoyish qilinishi mumkin, ammo ularni na yolg’onchi, na uning qurboni
sezmaydi. P. Ekman garchi har bir yolg’onchi ham o’zidagi ―sharh- lovchi‖larni namoyish etmasa-da, ammo ularning yuz berishi – ishonchli
belgidir, deb hisoblaydi.
A. Piz ―qo’lni yuzga olib borish‖ ishoralari sifatida ajratgan barcha
imo-ishoralarni ―sharhlovchi‖larga kiritish mumkin. Yosh bola yolg’on
gapirgach og’zini qo’llari bilan to’liq yopadi. Katta yoshdagi kishi, o’zini
nazorat qilar ekan, bu harakatni o’rtasidan uzib qo’yadi, ammo qo’li
allaqachon ko’tarilgan bo’ladi, natijada qo’lni boshning o’zga qismiga olib
borishdan boshqa yo’li qolmaydi. ―Qo’lni yuzga olib borish‖ ishoralariga
quyidagilar kiradi:
―Og’izni yopish‖ ishorasi – og’izni kaft, barmoqlar yoki musht
bilan yopish, shuningdek og’izni to’sgan holda yo’talish. Bunday ishora
baholash pozitsiyalari bilan bog’liq bo’lgan hollarda jipslashgan kaft
yonoqlarda, ko’rsatkich barmoq esa ko’pincha yuqoriga qaragan holda
joylashadi. Agar suhbatdoshingiz siz gapirayotgan vaqtingizda og’zini
to’ssa, demak u yolg’on gapirayotganigizni sezayotgan bo’ladi;
―Burunga tegish‖ ishorasi – burunni ohista ishqalash yoki tez tegish,
odatda burunni amalda qashishdan farqli ravishda, unchalik aniq
ko’rinmaydi; burunga tegish (yengil, deyarli sezilmaydigan tarzda burun
tagidagi chuqurchaga tegish yoki burun uchini ishqalash va sh.k.) – bu
og’izni to’sishdan ko’ra nozikroq ishora shaklidir;
―Ko’zni ishqalash‖ ishorasi – g’irt yolg’on ishlatayotganda erkaklar
ko’zlarini olib qochish va ishqalashga, ayollar esa ko’zga ohista barmoq
tegizib ko’z ostidagi sohani ishqalashga moyil bo’ladilar. Bu ishoraga
qisilgan tishlar va soxta tabassum qo’shilishi mumkin;
―Yoqani ko’tarish (tortish)‖ ishorasi – A. Piz, D. Morrisning tadqiqotlariga asoslanib, bu ishorani yuz va bo’yinning sezgir to’qimalarida
yolg’on gapirayotganda ter chiqishi tufayli yuzaga keladigan yengil
qachinish bilan bog’laydi. Bu harakatlarga ayniqsa e‘tiborli bo’ling: agar
ular keskin va kuchli bajarilsa, suhbatdoshingizda yurak xuruji boshlanganidan dalolat berishi mumkin;
sochlarni tarash, quloqni ishqalash, quloq chig’anog’ini bukish –
bunda inson yolg’onni eshitmaslikka harakat qiladi (suhbatdoshingizning bu
harakatlari sizning so’zlaringiz bilan kechsa, demak u sizga ishonmaydi);
bo’yinning quloq ostidagi sohasini ko’rsatkich barmoq bilan qashish
– shubha yoki gumon;
sochni tez-tez silash.
Yolg’on gapirish jarayonida qaysi timsolning ixtiyorsiz ravishda
ko’rsatilishi va bunda qaysi xabar ma‘lum bo’lishi nimani yashirish
istalayotganiga bog’liq. 44
Katta yoshdagi hech bir kishiga timsollar lug’atini o’rgatish kerak
emas. Odamlarning o’z madaniyati vakillari foydalanadigan timsollar
hammaga ma‘lum. Biroq timsollar beixtiyor bajarilishi mumkinligini
hamma ham bilmaydi.
Illyustrativ ishoralarga so’zlar bilan kechadigan, nutqni ifodalaydigan
harakatlar kiradi. Bular dirijorlik qiluvchi (boshqaruvchi), ko’rsatuvchi,
ritmik (bir maromdagi), harakat bilan bog’liq kinetografik, obyekt yoki
tushunchani har xil tasvirlash uchun qo’llaniladigan piktografik ishoralardir.
Illyustrativ ishora (illustratsiya) ham aldash alomati bo’lishi mumkin.
Diqqat! Turli madaniyat vakillari bo’lgan odamlar nafaqat illustratsiyalarning har xil tiplaridan, balki jadallikning turli darajasidan ham foydalanadilar. Illustratsiya timsollardan farqli ravishda, so’zlardan ajralgan
hamda ko’rib chiqiladigan bo’lsa, alohida ahamiyat kasb etmaydi.
Odatdagi muomala tarziga nisbatan illustratsiyalar sonining kamayishi
aldash belgisi bo’lishi mumkin.
Buning o’z sabablari bor:
inson so’zlarda ifodalaydigan hissiyotlarning yo’qligi;
nutqning puxta o’ylanishi, gap so’zlarda ehtiyotkorlik;
fosh bo’lishdan qo’rquvni bostirish.
Illustratsiyalarni ehtiyotkorlik bilan talqin etish joiz. Otello xatosi va
Brokau qopqoni illustratsiyalar bo’lganida ish beradi, ammo ―sharhlovchi‖lar bo’lganida ishlamaydi.
Manipulatsiya (qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlar) ishoralari.
Bular tananing boshqa qismini silkish, uqalash, qashish, ushlash, chimchilash, kavlash, ishqalash orqali yoki boshqa harakatlar bilan amalga
oshiriladigan barcha harakatlar. Ayrim narsalar (gugurt donasi, qalam,
ko’zoynak, sigareta kabilar) manipulatsiya harakatining tarkibiy qismi
bo’lishi mumkin.
Manipulatsiyalar ong chegarasida bo’ladi. Har bir insonning o’z
sevimli manipulatsiyalari mavjud. Hech bir urinish aksariyat odamlarga
ulardan uzoq vaqtga voz kechish imkonini bermaydi. P. Ekman inson
yolg’on gapirganida, rasmiy sharoitda odob-axloq qoidalariga rioya
etishga qaratilgan barcha harakatlarga qaramay, manipulatsiyalar soni
ko’payishini va agar umidlar katta bo’lsa, ular uzuq-yuluq bo’lishini
sezgan. Biroq bir qancha sabablarga ko’ra manipulatsiyalar yolg’onni fosh
etishning ishonchli belgilari bo’la olmaydi:
odamlar o’zlariga xos manipulatsiyalar soni va tipi bo’yicha o’zaro
keskin farq qiladilar (Brokau qopqoni);
manipulatsiyalar nafaqat noqulaylik, balki qulaylik belgilari ham
bo’lishi mumkin;
manipulatsiyalarning jadalligi (Otello xatosi);
agar umidlar katta bo’lsa, yolg’onchi, aqalli vaqtincha bo’lsa-da,
manipulatsiyani bostirishi ancha oson bo’ladi.
Yuqorida aytilganidek, zarurat bo’lganida barmoqlarni jipslashtirib
yoxud qo’lda biror narsa tutib, kaft bo’g’ini yoki bilakni ushlagan holda
qo’llarni nazorat qilish mumkin. His-tuyg’ular tiyib turilganligining
belgisini barmoqlar bo’g’inlaridagi oqarish fosh etadi. Tiyib turilgan
hissiyotlar qanchalik kuchli bo’lsa, barmoqlar shunchalik kuchli siqiladi,
teri oqarishi shunchalik aniq ko’rinadi.
Ma‘lumot uchun: A. Mexrabian ko’plab eksperimentlar asosida
yolg’on gapirayotgan odam rost gapirgandagiga qaraganda ko’proq nutqiy
xatolarga yo’l qo’yishi, imillab gapirishi, ko’proq jilmayishi, kamroq bosh
irg’ashi, kamroq imo-ishoralar ishlatishi va oyoqlari bilan kamroq harakat
qilishini aytgan. Shuningdek, uning fikricha, insonning tinglovchi tomonga
kamroq qarashi, erkin harakat qilmasligi, o’zini bemalol sezmasligi,
umuman, pastroq ohangda gapirishi, gapirayotganida ko’proq tanaffus
(pauza qilishi) va savollarga bergan javoblari qisqaroq bo’lishi uning
yolg’on gapirayotganidan dalolat berishi mumkin.
Gavda holatlarini ko’pchilik tadqiqotchilar o’rganganlar, ammo gavda
holati bilan bog’liq holda axborotning chiqib ketishi yoki yolg’on
alomatlari uchrashi kam aniqlangan. Odamlar qanday vaziyatda o’tirish
yoki turish lozimligini yaxshi biladilar. P. Ekmanning fikricha, kuchli
motivatsiyaga ega yolg’onchi o’zining gavda holati fosh etib qo’yadigan
hissiyotlarning barcha belgilarini bostirishga qodir bo’lishi lozim.
Eslatma sifatida gavda holatining har qanday keskin o’zgarishi
psixologik holatning keskin o’zgarganidan dalolat berishini ta‘kidlab
o’tamiz.
Vegetativ asab tizimining reaksiyasi bo„yicha aldash belgilari.
Aldayotgan inson fosh bo’lishdan qo’rqish bilan bog’liq emotsional
stressni boshdan kechiradi. Bunday holatning alomatlari quyidagilar
bo’lishi mumkin:
- ter tomchilari, ayniqsa yuqori lab ustida yoki peshanada paydo
bo’lishi;
- og’iz qurishi, chanqash;
- lablar qurishi, natijada vaqti-vaqti bilan lablarni yalash;
- og’ir nafas olish, bunda nafas noxush hidli bo’ladi;
- ovoz chiqarib nafas chiqarish, chuqur nafas olish;
- yuz rangining o’zgarishi (qizarishi, oqarishi yoki dog’lar bilan
qoplanishi);
- yuz mushaklarining (qovoq, og’iz burchagi, qoshlar chekasi kabi
joylarning) uchishi;
- yuzda vertikal ajinlar paydo bo’lishi;
- og’iz qiyshayishi, lablar taranglashuvi, lablarni tishlay boshlash;
- badanda titroq paydo bo’lishi;
- ovozda titroq sezilishi;
- ko’z pirpirashining kuchayishi;
- qo’llarning ―g’oz terisi‖ belgilari bilan qoplanishi;
- esnash boshlanishi;
- yurak zarbining tezlashuvi, natijada tomirlarda qon oqishining (pulsatsiyaning) kuchayishi; bo’yin, peshona, chakka, uyqu arteriyasi
tomirlarida qon pulsatsiyasining sezilarli bo’lib qolishi;
- duduqlanish boshlanishi;
- vaqt-vaqti bilan asabiy ravishda yo’talib turish;
- ovoz tembri va ohangi ustidan nazorat yo’qolishi;
- tez-tez va (yoki) kuchli tarzda yutinish yuz berishi, bunda kekirdak
olmasi keskin harakatlanish
IV bob. BIRGA KECHUVCHI DIAGNOSTIKA
1-§. Shaxsdagi jinoiy ahamiyatga molik belgilar diagnostikasi
Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko’rayotgan shaxslar xatti-harakati
belgilariga quyidagilar kiradi:
bezovtalik, kuchli zo’riqish, asabiylashish, notabiiy xushchaqchaqlik yoki betakalluflik (odobsizlik, surbetlik), ayniqsa militsiya xodimini ko’rganida yoki u hujjatlarini tekshirish uchun yaqinlashganida;
o’ziga e‘tiborni tortmaslik istagida shoshib yoki ortiqcha zo’riqib
yurish;
birov kuzatmayotganiga ishonch hosil qilish uchun orqa va atrofga
xavotir va shiddat bilan qarash;
―dum‖dan qutulish usullarini qo’llash (oxirgi lahzada avtobus,
metroga kirish va xuddi shu tariqa undan chiqish, transportda ko’p marta
boshqasiga o’tirish va boshqalar);
bu shaxslarga ham, katta jinoiy tajribaga ega boshqa shaxslarga ham
xos bo’lgan orqasidan birov yurishiga yo’l qo’ymaslik odati. Bunday
hollarda ular yo qadamlarini tezlashtiradilar, yo orqadan kelayotgan
odamni o’tkazib yuboradilar.
Jinoiy faoliyat bilan shug’ullanadigan shaxslarga xos belgilar:
―o’rtoq boshliq‖, ―komandir‖ singari murojaat turlari, ―o’g’rilar
qo’shiqlari‖dagi so’z va iboralarni ishlatish;
jadal imo-ishoralar (jestikulyatsiya), kaft va barmoqlar bilan ifodali
harakatlar qilish (jinoyatchilar olamida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida ishoralardan ovoz chiqarmay axborot almashish va aloqa vositasi
sifatida foydalaniladi);
bino yoki xonaga kirishning muayyan uslubi, yurish tarzi;
devor oldida cho’qqayib o’tirish, kutish xususiyatlari (bir tomonga
uch qadam, boshqa tomonga ham uch qadam);
ayrim odamlarga laqabi bilan murojaat etish, oshxonada pichoq va
vilka ishlatishni bilmaslik, turli ovqatlarni bitta qilib aralashtirish odati,
barmoqlarida qimmatbaho uzuklar bo’lishi va boshqalar;
inson o’zini ko’rsatishga harakat qilayotgan qiyofaga ko’rsatayotgan xislatlarining mos kelmasligi;
nihoyatda haqgo’ylik, odoblilik va beg’arazlik kabilarni namoyish
etish;
o’zini himoya qilishga haddan tashqari tayyorlik;
o’ta ehtiyotkorlik, shubhalanishga nihoyatda keskin reaksiya va
boshqalardan gumonsirash, o’zini qattiq nazorat qilish va boshqalar.
48
Yashirilayotgan qurolni noverbal aniqlash. Insonda qurol, jumladan
pistolet borligini ko’rsatuvchi belgilardan biri uning assimmetrik yurishidir. Buning sababi, odam cho’ntagida turgan yoki (o’ng yoki chap
tomonga) kamariga qistirib qo’yilgan to’pponchasi bor tomonga qisqaroq
qadam tashlaydi. Chunki o’ng tomonda kamarga qistirilgan to’pponcha
o’ng oyoq harakatiga xalal beradi, shu bois o’ng oyoq qadami chap
oyoqnikiga nisbatan qisqaroq bo’ladi. Bundan tashqari, to’pponcha bor
tomondagi qo’l nisbatan kamroq siltanadi. Bu qo’l instinktiv tarzda
badanga yaqinroq turadi, go’yoki qurolni qo’riqlaydi.
Zinadan ko’tarilayotganda cho’ntakdagi yoki kamarga qistirilgan
to’pponchaning holati o’zgarishi mumkin. Shu bois quroli bor odam
bilagidan biroz bukilgan qo’lini tezkor aylanma harakat qildirib,
to’pponchani avvalgi holatiga keltirishga urinadi. Tez yurayotganida yoki
yugurayotganida qurol yashirayotgan odam uni qo’li bilan ushlab turishga
moyil bo’ladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi tomonidan to’xtatilgan
qurolli odam qurolini xodimdan uzoqlashtirish uchun unga teskari
burilishga harakat qiladi. Bu hol sonining sezilar-sezilmas harakatida yoki
yengil burilishida ko’rinishi mumkin. Ayni vaqtda qo’li qurol yashirilgan
tomonga instinktiv tarzda harakat qiladi.
Narkotiklar iste‟mol qilinganligining bilvosita belgilari. Bunday
iste‘molning bilvosita belgilari mutlaq emas, ammo har holda giyohvand
shaxsni ko’chadagi omma orasidan topishda yordam beradi. Agar faqat
tashqi alomatlarga qaraladigan bo’lsa, ular katta tajribaga ega giyohvandlarga to’g’ri kelmaydi:
yorug’lik qay darajada bo’lishidan qat‘i nazar, qorachiqlarning
notabiiy torayishi (―og’ir‖ narkotiklar – geroin, kokain iste‘mol qilinganida) yoki kengayishi (―yengil‖ narkotiklar iste‘molida);
parishonlik bilan qarash;
isqirt ko’rinish, sochlarning quruqligi; qo’l panjasining shishganligi;
ko’pincha tishlarning qoraygan, uvalangan, ―singan‖ (to’nkachalar
ko’rinishida)ligi;
gavdaning bukikligi;
nutqning tushunarsiz, ―cho’ziq‖ligi;
og’izdan alkogol hidi kelmagan holda beso’naqay va sekin harakatlanish;
ma‘murlarga (hokimiyat vakillariga) uchrashishdan qochishga
urinish;
ob-havo va vaziyat qanday bo’lishidan qat‘i nazar, doimo uzun
yengli kiyim kiyish (ojiz diagnostik belgi).
V bob. SAMARALI MULOQOTNI TA’MINLASH USULLARI
1-§. Samarali muloqot nazariyasi va amaliyoti
Sizni qiziqtirayotgan inson bilan kerakli hamkorlik individual
aloqalardan shakllanadiki, ushbu aloqalardan keladigan foydani ularni
oqilona tashkil qilish orqali ko’paytirish mumkin.
Ushbu o’zaro munosabatlarning turli jihatlarini qisqacha ko’rib
chiqamiz.
Maqsadga yo„naltirilgan tuzilma. Muloqot quyidagilar singari bir
qator maqsadlarga erishishga bo’ysundirilgandagina samarali bo’ladi:
– obyekt psixologiyasini o’rganish;
– obyektni diagnostika qilish;
– yaqinroq aloqalar o’rnatish;
– hamkorlikni ta‘minlash;
– muayyan (aniq) muammoni muhokama qilish;
– kerakli axborotni olish;
– o’z fakturasini yoki yolg’on xabarni uzatish (yetkazish);
– biror narsaga ishontirish;
– biror narsaga majburlash.
To’laqonli hamkorlik davomida quyidagilarni o’z ichiga oladigan va
bir-biriga o’tadigan bosqichlarni ajratish mumkin:
– dastlabki tayyorgarlik;
– suhbatdoshning mos keluvchi psixoemotsional holatini ta‘minlagan
holda suhbatni boshlash;
– belgilangan yo’nalishda o’z mavzuini o’tkazish va suhbatni
yo’naltirish;
– erishilgan natijani mustahkamlab, suhbatni yakunlash.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida quyidagilar bilan shug’ullaniladi:
– suhbat natijasida erishish lozim bo’lgan narsani aniqlash, bunda afzal
ko’riladigan maksimum va kelishsa bo’ladigan minimumni ta‘kidlash;
– suhbatdosh va tegishli muammo haqida dastlabki ma‘lumot olish;
– aloqa taktikasini (obyekt psixologiyasi va bunda amal qiluvchi
boshqa omillar bilan muvofiq holda) o’ylab ko’rish;
– muloqotning yutuqli jihatlarini ishlab chiqish (uchrashuvning to’g’ri
keladigan payti, joyi, vaziyati va shart-sharoitini tanlash).
Ro’paradagi suhbatdoshda tegishli psixoemotsional kayfiyatni saqlagan holda boshlangan suhbat salbiy hissiyotlar to’qnashgan joyda va zarur
hamjihatlikni (o’zaro tushunishni) qiyinlashtiradigan turli to’siqlarni uloqtirib tashlash asosida quriladi. Suhbatdoshning salbiy reaksiyalari turli
tashqi ko’rinishlar (iboralarning keskinligi, holatlarning siqiqligi, ko’z
qorachiqlarining torligi...) bo’yicha aniqlanadi hamda turli psixologik
usullar (alohida ta‘sir etuvchi so’zlarni tanlash, mimika, pantomimik
harakatlar bilan qaytarish...) orqali yechiladi.
Tanlangan mavzu bo’yicha suhbat o’tkazish hamda muloqot
chog’idagi o’zgarishlarga suhbatni moslashtirish suhbatdoshning turli
reaksiyalari (imo-ishorasi, yuz qiyofasi, qarashlari...)ni doimiy ravishda
kuzatib borish hamda ulardan kelib chiqqan holda o’zining keyingi xattiharakatini tashkil qilishga tayanadi.
Erishilgan natijani mustahkamlagan holda suhbatni yakunlash mazkur
muloqot jarayoni suhbatdoshning ro’paradagi suhbatdosh haqidagi fikrini
salbiy tomonga o’zgartirishga majburlamagan holda uning tafakkuri va
xatti-harakatlariga zarur tarzda ta‘sir ko’rsatadi.
O’rnatilgan nutqiy muloqotning samaradorligini yaxshilovchi turli
psixologik jihatlarni keltirib o’tamiz.
2-§. Muloqotni tashkil qilish bo‘yicha umumiy tavsiyalar
Istiqbolli aloqaga tayyorgarlik ko’rishda quyidagilarni hisobga olish
lozim:
– inson sovuq va quruq kunlarda yaxshiroq ishlaydi, ammo haddan
tashqari issiq yoki nam havoda uning aqliy faolligi sezilarli darajada
pasayadi;
– «dengizda»gi uchrashuvlar musaffo «dengiz» havosi (ozroq tuz va
ozroq yod...)ning alohida ta‘siri tufayli ishga oid muzokaralar o’tkazish
uchun juda qulaydir;
– soat 19 lar atrofida odamlarning asab-ruhiy holati ancha beqarorlashadi, bu esa ortiqcha achchiqlanish va jizzakilikda namoyon bo’lishi
mumkin;
– olomon bo’lmagan va musiqa pastroq eshitilib turgan joyda suhbatga ishonarli xususiyat berish oson kechadi;
– har qanday quvonch altruizmni3
oshiradi, alam yoki hafsalasi pir
bo’lish esa uni kamaytiradi;
– bizni har doim bilimdon va tajribali odamlar o’ziga tortadi;
– inson o’zi yaxshi ko’rgan odamlarni yoqtiradiganlarni xush ko’radi;
– hamsuhbatni qancha ko’p ko’rsak, uni yoqtirib qolishimiz ehtimoli

3
O’z manfaatlaridan voz kechib boshqalarga yaxshilik qilish, g’amxo’rlik ko’rsatish;


egoizmning aksi.

shunchalik katta bo’ladi, ammo haddan tashqari ko’p muloqot uning


jozibadorligini kamaytiradi;
– odamlar ko’pincha sherigining shaxsiy maqsadlari ro’yobga
chiqishida yordam berishlari mumkin bo’lgan darajadagina qadrlanadilar;
– individ qanchalik katta hokimiyatga ega bo’lsa, do’stona aloqalarga
shunchalik kam intiladi;
– inson ko’pincha «do’stlarim har ishda muvaffaqiyat qozonsinlar,
ammo men uchun muhim bo’lgan masalada – menikidan ortiq bo’lmasin»
qoidasiga amal qiladi.
Sherigingiz bilan suhbatga kirishish va uning ichki zo„riqishini
bartaraf etishda quyidagilarni yodda tuting:
– insonning ko’ziga tik qarab ishonch bilan qattiq qo’l siqish, odatda,
hammaga yoqadi;
– suhbatning oddiy boshlanishi butun suhbatlashish jarayonining
sodda bo’lishiga yo’l ochadi;
– insonga uning ismini eslay olmasliklari xabar qilinganida u hammadan ko’ra ko’proq tahqirlanadi, chunki bu bilan uning hech qanday qadrga
ega emasligiga ishora qilinadi;
– hissiy iztirobni bilgan odamlar ko’pincha suhbatdoshda maslahatchini emas, balki faqat «rezonator»ni izlaydilar (masalan, oddiy qo’l
tegizish tushunish va hamdardlikni yaxshi ifodalaydi...);
– suhbat boshlaganda sherigingizga odatda u sezilarli mamnuniyat
bilan «ha» javobini beradigan savollar orqali xayrixohlik muhitini
yaratishga harakat qiling;
– yaxshi munosabat ustanovkasi (oddiy aytganda – insonni tinglashga
tayyorlik) erkin holatni yuzaga keltiradi; so’zlayotgan shaxsni qanchalik kam
ayblasak, u o’z fikri va his-tuyg’ularini anglangan nazorat holatidagidan
ochiqroq aytib, o’ziga shunchalik ko’proq tanqidiy munosabatda bo’ladi;
– odamlar odatda o’zi haqida gapirishni va o’zining ahamiyatliligini
ta‘kidlashni xush ko’radilar;
– subyekt bilan u odatlangan «til»da suhbatlashish, bunda notanish
so’zlarni ko’p ishlatmaslik (bu uning g’ashiga tegadi) va haddan tashqari
sodda tilda so’zlamaslik maqsadga muvofiq (aks holda aqliy salohiyatingiz
yuqoriligiga shubha qilishlari mumkin);
– muloqot jarayonida suhbatdoshingizning fikr va intilishlarini
birinchi o’ringa qo’yish zarur («istardimki...» o’rniga – «xohlasangiz…»
so’zini ishlatish), chunki u o’z muammo va istaklari haqidagi suhbatni
maroq bilan davom ettiradi;
– ochiq chehrali va ekspressiv imo-ishorali, shuningdek o’z-o’zidan
erkin (tabiiy) muloqotga kiradigan odamlar bilan suhbatlashish yoqimli (suhbat chog’ida yalpayib o’tiradigan yoki kresloga yastanib oladiganlar
bilan esa odatda inson o’zini noqulay his qiladi);
– muloqot jarayonida to’la hamjihatlikka erishish va erkinlikni yuzaga
keltirish uchun suhbatdoshning holati va xatti-harakatlariga taqlid qilgan
ma‘qul;
– bunday «taqlidchilik» siz uning fikr va qarashlarini qo’llab-quvvatlashingizni ko’rsatadi hamda unda sizga nisbatan xayrixohlikni yuzaga
keltiradi;
– ba‘zan sherigingizning ruhiy holatini juda yaxshi tushunishingizni
ko’rsatib, uning hissiy kechinmalarini ifodalashingiz ortiqchalik qilmaydi;
bu unga xush yoqadi va ishonchli munosabatlarni yaxshilaydi;
– inson emotsional jihatdan qo’zg’algan paytda o’zini ko’pincha
haddan tashqari ekspressiv namoyon etadi va suhbatdoshiga hujum
qilayotgandek ko’rinadi, holbuki, aslida unday bo’lmaydi;
– gapirayotgan odamning ko’zlariga tikilib qarash qiziqishingizdan
dalolat beradi va o’z-o’zidan uni monologini davom ettirishga ruhlantiradi;
– eng sodda neytral so’zlar («to’g’ri», «albatta»...) suhbatdoshni ruhan
his qilgan holda boshni quyi solib aytilsa, uni quvvatlaydi va unda
muloqotni davom ettirish istagini yuzaga keltiradi;
– sukut saqlab turgan sherigingizdan suhbat mavzui haqidagi fikrini
so’rasangiz, unga har narsadan ko’proq yoqadi, ammo bunda uni diqqat
bilan tinglash kerak, albatta;
– inson uni tinglayotganliklarini ko’rsa, suhbatdoshini yoqtirgan holda
unga moslashib boradi va, o’z navbatida, unga quloq solishga harakat
qiladi;
– har qanday odam, ayniqsa ayol kishi, o’ziga yoqadigan xabarlarni
eshitishni istaydi;
– oqilona maqtov insonda xayrixohlikni yuzaga keltirish uchun katta
ahamiyatga ega;
– xushomad, haddan tashqari ochiq yolg’ondek ko’rinmasa, og’ir
botmaydi;
– hatto niqoblangan bo’lsa-da, yolg’onga javoban do’stona ochiqlikni
kutib bo’lmaydi;
– haddan tashqari ko’p savol bermagan ma‘qul, chunki bu zarur
ishonchga ega bo’lishingizga to’sqinlik qilishi mumkin;
– tiyilmagan aniq maqtanchoqlik odatda natija bermaydi va sherigingizning ishonchiga ega bo’lishga ulgurgan bo’lsangizgina undan foydalanish mumkin;
– asosiy fikrni ta‘kidlovchi go’zal shijoatkorona imo-ishoralar odatda
xalal bermaydi, ammo e‘tiborni tortish uchun qo’l ishlatmang;
– dushmanchilik keltirib chiqarish uchun axborot almashuvida
quruqlik va og’irlikning o’zi yetarli bo’ladi;
– do’stona munosabatga ega bo’lish uchun turli ma‘lumotlarni erkin
va ortig’i bilan xabar qilish kerak bo’ladi.
Odatda quyidagilar suhbatdoshingizning g’ashiga tegishini unutmang:
– salbiy egotsentrizm (bunda gap shaxsiy muammolar, jumladan
kasallik yoki ishdagi ko’ngilsizliklar haqida boradi);
– siyqasi chiqqanlik (hammaga ma‘lum narsalar haqida gapirish, ko’p
chaynalgan hazil va hikmatlarni takrorlash);
– passivlik (suhbatdoshning aytganini ko’r-ko’rona ma‘qullayverish
va o’ylagan fikrini aytishni istamaslik);
– o’z fikr-xayollariga cho’mish (fikrni faqat o’z muvaffaqiyat va
muammolariga jamlash);
– past darajadagi emotsionallik (yuz qiyofasining o’zgarmasligi, bir
maromdagi ovoz, sherigining ko’ziga qaramaslikka intilish);
– badqovoqlik (g’amginlik, suhbatni quvvatlamaslik, ya‘ni har bir
so’zni go’yoki ombir bilan sug’urib olish...);
– jiddiylik (umuman jilmaymaslik va hamma narsani jiddiy qabul
qilish);
– qalbakilik (tilyog’lama ohang, sun‘iy quvnoqlik va yuzaki samimiyat);
– odobsizlik va shoshilinch xulosalar chiqarish (suhbatdoshning
gapini hadeb bo’laverish va birinchi taassurot bo’yicha subyektiv baholash; bularning bari mudofaa holatini olishga majbur etadi va normal
muloqotga to’sqinlik qiladi);
– haddan tashqari chalg’uvchanlik (turli bahonalar bilan muammoni
ko’rib chiqishdan o’zini olib qochish, suhbatda chapani so’zlardan foydalanish...);
– mug’ombirlik (o’zini manfaatdor yoki hamdard qilib ko’rsatishga
urinish, masalaga qiziqmaslik va zerikish suhbatdosh qanchalik urinmasin,
yuz qiyofasidan juda yaxshi ko’rinib turadi, bular esa ba‘zan haqoratlash
sifatida qabul qilinadi);
– takabburlik (dimog’dorlik va suhbatdoshni mensimaslik, so’zlarni
go’yoki tishlar orasidan «sizib chiqarish»...);
– qo’pollik (aniq va anchagina beandisha ziddiyat...);
– sergaplik (birovga gap bermaslik);
– so’ralmagan maslahatlar (mutlaqo hech kim so’ramasa ham, maslahat
berish, ayniqsa ko’rilayotgan masalani yaxshi bilmaydigan shaxsning
maslahat berishi)
– gapirishda qat‘iylik (birovning fikrini mensimay, betakalluf tanbeh
berish; bunday munosabat ong ostida norozilik keltirib chiqaradi va janjalga sabab bo’lishi mumkin);
– ―yopiq» savollar (ya‘ni aniq – «ha» yoki «yo’q» – javoblarini talab
qiluvchi savollar; ular suhbatda zo’riqishni keltirib chiqaradi, chunki
suhbatdoshning manevr imkoniyatini cheklaydi, u o’zini xuddi so’roq
qilinayotgandek his etishi mumkin).
Maqsadli ustanovkani amalga oshirishda quyidagilarni bilish ortiqchalik qilmaydi:
– birinchi bo’lib ko’pincha ojizroq suhbatdosh gapirishga majbur
bo’ladi;
– o’zingizga nisbatan qiziqishni saqlab turish uchun suhbatdoshingizni
bor gapdan xabardorligingiz bilan qiziqtirib qo’yishingiz mumkin;
– ovozingiz ohangini suhbatdoshingizniki bilan muvofiqlashtirish
foydali: suhbatdoshingiz ovozini ko’tarsa, siz pastroq ohangda so’zlang,
bu hol uni o’z ovoz kuchini pasaytirishga majbur qiladi; bunda u o’zining
jizzakiligidan afsuslanadi va shu o’rinda siz g’alaba qilasiz:
– nizoli vaziyatlarda yuzaga keladigan hissiyotlar junbushini ko’pincha insonga ichidagini aytib olish imkonini berish orqali pasaytirish
mumkin bo’ladi;
– nimagadir ishontirmoqchi bo’lsangiz, o’zingizni tinglashga majbur
qila olishingiz kerak;
– yolg’onni fosh etilishi mumkin bo’lmagandagina ishlatish mumkin;
– kichik yolg’on katta ishonchsizlik tug’dirishi mumkin;
– aniq ifodalanmagan savol ko’pincha suhbatdoshingizni bezovtalantiradi;
– suhbatdoshingizning noto’g’ri tushunchalarini e‘tiborga olmaslik
xavfli;
– hamsuhbatingizning har qanday sohadagi bilimlarini namoyish
etishiga imkon berish foydali;
– odamlar sodir etmay qo’ygan xatolarini eslatishlaridan og’rinadilar;
– tanqid qilayotgan odam hamdard ekanligini yoki tanqid odob
doirasida ifodalanayotganligini anglagan shaxs bunday tanqidiy mulohazalarni qabul qiladi;
– xotirjam tekis ohangda ifodalangan ayni bir tanqidiy fikr xolerikda
qo’zg’alish, sangvinikda quvvat, melanxolikda kayfiyatsizlik keltirib
chiqarishi, sovuqqon flegmatikka esa umuman ta‘sir etmasligi mumkin;
– sukutni diqqat deb tushunmang, ko’p hollarda bu faqat insonning
o’z fikrlariga cho’mganligini bildirishi mumkin.
Suhbatni yakunlashda quyidagilarni inobatga oling:
suhbatning noaniq va ifodasiz yakuni barcha aytganlaringizdan hosil
bo’lgan yaxshi taassurotni yo’q qilishi mumkin;
– suhbatning oxiri hammadan ko’ra mustahkam esda qoladi;
– o’z vaqtida to’xtay olish zarur, aks holda o’tkazilgan muloqotning
samaradorligi ancha pasayadi.
3-§. Muloqotning psixofiziologik jihatlari
Obyektdan kutilayotgan javobni olish uchun inson idrokining
xususiyatlarini tushunish zarur:
– odatda 13 ta (boshqa ma‘lumotlarga ko’ra 7 ta) so’zdan ortiq jumlalarning ma‘nosini ong qabul qilmaydi, shu bois ularni qo’llashdan ma‘no
yo’q;
– nutqni faqat sekundiga 2,5 ta so’zdan oshmaydigan tezlikda
bo’lsagina tushunish mumkin;
– to’xtovsiz 5–6 soniyadan ortiq talaffuz etiladigan jumla anglanmaydi;
– erkak kishi boshqalarni o’rtacha 10–15 sekund tinglaydi, shundan
keyin suhbat mavzuiga nima qo’shish haqida o’ylay boshlaydi;
– odatda har qanday emotsional qo’zg’alish (hamdardlik bundan
mustasno) boshqalarni tushunishni qiyinlashtiradi;
– odatdagi suhbatdosh o’zi ko’rsatishni istayotganidan ancha kam
«eshitadi» va tushunadi;
– o’zini o’zi tahlil qilishga moyil odamlar o’zining ichki dunyosi
haqida o’ylamaydiganlarni yaxshi tushunmaydilar;
– suhbatdoshlar tanish vaziyatlarda ma‘lum inson bilan suhbatlashayotganlarida odatda nimani eshitishni mo’ljallagan bo’lsalar, shuni
eshitadilar, shu bois o’zi uchun unchalik xos bo’lmagan xabarni odatda
eshitmaydilar (sezmaydilar) yoki noto’g’ri idrok etadilar;
– ishlatilayotgan iboraning standartga, hatto uslub qonunlariga
nomuvofiqligi ba‘zan salbiy hissiyotlarni yuzaga keltiradi va suhbatdan
kutilayotgan butun foydani yo’qqa chiqaradi (ortiqcha dabdabali gaplar –
kuldiradi, chaynalganlari – ko’p hollarda g’ashga tegadi, xato leksika –
hazilga moyil qiladi...);
– ko’pchilik odamlarda (ruhiyatga uncha ta‘sir etmaydigan) ba‘zi
tanqidiy so’zlar mavjudki, ularni eshitgan obyekt qo’qqisdan junbushga
kelib, borayotgan suhbatning «ipini» yo’qotadi;
– do’stona munosabatdan birdaniga asossiz dushmanlikka o’tish
sarosima (esankirash), dong qotib qolish, qo’rquv va hatto emotsional shok
keltirib chiqara olad i;
56
– insonning his-tuyg’ulariga ta‘sir ko’rsatish kerak bo’lganida –
ko’proq chap qulog’iga, mantiqqa ta‘sir ko’rsatish kerak bo’lganida esa –
o’ng qulog’iga gapiriladi;
– odatdagi kayfiyatdagilarga qaraganda qo’qqisdan g’azablangan
odamlarni kuldirish oson, nizoni bartaraf etishning qimmatli usullaridan
biri mana shunda;
– idrokning faolligi olingan axborotning insonda yashirin bo’lgan
xotiralarni kuchaytirish qobiliyatiga juda bog’liq;
– hamsuhbat uchun butunlay yangi bo’lgan va uning bilimlariga aslo
mos kelmayotgan narsa unda katta qiziqish uyg’otmaydi, aksincha, individ
predmet bilan qancha ko’p tanish bo’lsa, uning juz‘iy tomoni va jihatlari
ko’proq qiziqtiradi;
– subyekt biror masala bilan umuman tanish bo’lmaganida predmetning keyingi idrok etilishi odatda u haqdagi dastlabki xabarga juda bog’liq
bo’ladi;
– ma‘lumki, olingan dastlabki xabarlarga ko’proq, keyingilariga esa
kamroq ishonadilar;
– odamlar odatda o’zlarining taxminlarini tasdiqlovchi voqealarning
informatsion bahosini oshiradilar va ularga zid axborotni yetarli baholamaydilar;
– inson aytmoqchi bo’lgan gaplarining 80 % ini aytadi, uni tinglayotganlar esa aytilgan xabarning atigi 70 % ini qabul qiladilar, 60 % ini
tushunadilar, xotiralarida esa 10–25 % qoladi;
– suhbatdosh berilayotgan axborotni qabul qila olishi uchun asosiy
fikr va qoidalarni doimo unga takrorlab turish zarur;
– suhbat mavzuini (predmetini) qancha yaxshi anglasak, uni shuncha
yaxshi eslab qolamiz;
– «o’rtacha odam» unga ikki kun avval aytilgan xabarning ko’pi bilan
chorak qismini eslab qoladi;
– inson xotirasi ertalab 8 dan 12 gacha va kechqurun 9 dan keyin
yaxshi ishlaydi, ovqatdan keyin esa eng yomon xotira bo’ladi;
– axborotning oxirgi qismi eng ko’p, birinchi qismi biroz kamroq
eslab qolinadi, o’rta qismi esa umuman unutiladi;
– inson xotirasi qilayotgan ishining 90 % ini, ko’rganining 50 % ini va
eshitganining 10 % ini saqlab qoladi;
– u yoki bu sababga ko’ra uzilib qolgan harakatlar yakunlanganlariga
qaraganda yaxshi esda qoladi;
– axborotning haddan tashqari ko’pligi miyani gangitib qo’yadi va
tushunishga to’sqinlik qiladi;
– inson aqli o’tirgan holida eng yaxshi, tik turganida yomonroq,
yotganida umuman yomon ishlaydi;
keksalar tongda, yoshlar esa kechqurun yaxshiroq fikrlaydilar;
– odamlar odatda ertalab soat 8 da aqlliroq va hisob-kitobga kuchliroq
bo’ladilar;
– tik turgan odam o’tirganga qaraganda psixologik jihatdan ustunlikka
ega bo’ladi;
– juda shovqin sharoitdagi muloqot jarayonida so’zlayotgan odamga
qarab turish, faqat yaxshi tanish so’zlarni ishlatish, bo’g’inlarni biroz
cho’zish, «taqiqlayman» singari fe‘llarni jumlaning boshiga, «ruxsat
beraman» singari fe‘llarni esa oxiriga qo’yish kerak;
– «fikr uni ifodalashda ishlatilayotgan so’zlarga qarab o’zgaradi»;
–«boshqacha tartibda qo’yilgan so’zlar boshqa ma‘no beradi,
boshqacha tartibda ifodalangan fikrlar esa boshqa taassurot qoldiradi»;
– impulsiv emotsional javobda odatda idrok etilayotgan axborotning
ko’pi bilan 1/3 qismi tushuniladi, chunki bunda yuzaga keluvchi stress
(qonga adrenalin chiqarib, nafas olish sur‘ati va pulsni jadallashtirib, qand
va yog’ zaxirasini ishga solib, miyaning «keraksiz» ishini to’sib) tanani
faol javobga hozirlaydi;
– ayollar suhbatga aloqa o’rnatish, hissiyotlar yoki simpatiya va
antipatiyalarni ifodalash, asosiysi – turli muammolarning yechimini izlash
usuli sifatida qaraydilar;
– erkaklar birovlarning muvaffaqiyati haqida eshitgandan ko’ra,
o’zlariniki haqida gapirishni ko’proq yoqtiradilar, ayollar esa aksincha;
– erkak atrofdagilarning fikridagi o’z mavqeidan tashvishlanadi va
muloqotga kechinmalar emas, balki axborot almashish imkoniyati sifatida
qaraydi, bu yerda o’z mustaqilligini qaror toptirishni istaydi;
– ayollar suhbatning ichki mazmuniga (fikrlar, niyatlar, his-tuyg’ular
va munosabatlarga) e‘tiborli bo’ladilar, har qanday arzimas luqmalarda
turli shamalarni sezadilar; ular harakatlarga qaraganda ko’proq so’zlarga
ishonadilar.
4-§. Muloqotning tarkibiy unsurlari
Har qanday suhbat tashqi vaziyatga bog’liq bo’lgan va o’ylangan
strategiya bilan uyg’unlashgan ko’plab unsurlardan tashkil topadi.
Samarali muloqotni amalga oshirishga qaratilgan ayrim yo’llanma
beruvchi tavsiyalarga to’xtalamiz.
Suhbatga tayyorgarlik ko’rayotganda quyidagilarni inobatga oling:
– siz jiddiy muhokama qilishga kirishayotgan muammoni juda yaxshi
bilishingiz zarur; asossiz iboralar (mulohazalar)dan tiyiling;
– manfaatdor bo’lmagan shaxslarning hozir bo’lishi va turli rejalashtirilmagan chalg’ishlar (telefon qo’ng’irog’i, qo’qqisdan eshitilgan shovqin, tasodifiy tashrif...) ishonchli muloqotga xalal beradi va siz
o’rnatgan suhbat kayfiyatini buzadi;
– o’tirgan inson odatda turgan insonga nisbatan ochiqroq bo’ladi,
ammo qat‘iyat va tezlikka mo’ljallangan topshiriq berilganida ro’paradagi
suhbatdosh doimo tik tursin;
– suhbatdosh muayyan faktni eslab qolishini istasangiz unga bu
axborotni suhbatning eng boshida bering, agar uning nimadir qilishini
istasangiz – iltimosni suhbatning oxiriga qoldiring.
Inson bilan muloqot qilayotganda quyidagilarni anglab yeting:
– odamlar ko’pincha gapira boshlaganlaridan keyin fikrlay boshlaydilar;
– sherigingizning o’ziga nisbatan ishonchi qancha kam bo’lsa, asosiy
masalaga qaror qilib, kirishgunicha gapni shuncha ko’p aylantiraveradi;
– hayajonlangan inson bilan ish masalasida gaplashish befoyda;
– suhbatdosh hissiyotlarining ta‘siriga berilish xavflidir, aks holda
xabarning butun ma‘nosini yo’qotish mumkin;
– shoshilib turgan yoki hojatxonaga borishni juda istayotgan odam
oqilona fikrlashga qodir bo’lmaydi;
– «o’zimizni bizga qo’yilgan tuzoqqa tushgandek ko’rsatsak, haqiqiy
nozik nayrangni namoyon etamiz, chunki birov bizni aldashni istagan
paytda uning o’zini aldash doimo osonroq bo’ladi».
Biror axborotga ega bo’lishni rejalashtirganda quyidagilarni unutmang:
– amaldagi tasdiq gapingizga javoban sherigingiz oddiy savolga
beriladiganidan ortiqroq ma‘lumotlarni xabar qiladi;
– ayollarga mayda voqealarni yirik hodisalar sifatida idrok etish
xosdir;
– insonni hayratga solganimizda ba‘zan kutilmagan materiallar
olishimiz mumkin bo’ladi;
– «bunday bo’lishi mumkin emas» degan ibora bilan suhbatdoshingiz
so’zlarini bo’lish orqali uni ochiqlikka da‘vat qilasiz: «Biz zid gap
aytganimizdagina odamlar bizni qiziqtiruvchi ma‘lumotlarni aytadilar»;
– agar suhbatdoshingizda unga qaraganda ancha ko’proq narsani
bilishingiz haqida ishonchli taassurot qoldirsangiz, uning o’zi sizga
hamma bilganlarini aytib beradi;
– emotsional so’z va iboralarni eshitayotganda ularning shakliga
emas, balki tom ma‘nosiga e‘tibor bering;
– «yopiq» (ya‘ni oddiy – «ha» yoki «yo’q» – javoblarini talab etuvchi)
savollarning hammasida so’zlayotgan shaxsning fikr yo’nalishini buzish
xususiyati mavjud, shu bois ularga ochiq savol bergan ma‘qul;
ochiq savollar suhbatdoshingiz sizga ijobiy yoxud neytral
munosabatda bo’lganida, sizga qo’shimcha ma‘lumotlar kerakligiga yoki
obyektning haqiqiy motiv va qarashlarini aniqlash zarurligida yaxshi natija
beradi; bu o’rinda tashabbus suhbatdoshga berilgani bois u butun
suhbatning borishi ustidan nazoratni qo’lga olmasligini kuzatib turing.
Sizga kerakli xayrixohlikni saqlab qolish uchun quyidagilarni bilish
foydali:
– aslida subyektga bir qarashda ko’ringanidan ancha kam ahamiyatli
bo’lgan muayyan yon bosishlar orqali uni ancha ruhlantirish mumkin;
– har bir qulay fursatda suhbatdoshingizning haqligini faol e‘tirof eting,
bu narsa u nimadadir nohaq bo’lganida ham foyda keltirishi mumkin;
– xato qilganingizda o’zingizga nisbatan qancha ko’p tanqidiy
munosabatda bo’lsangiz, raqibingizni shuncha ko’p «qurolsizlantirasiz»;
– hurmat bilan murojaat etish (nazokatli muomala) na iltimosning, na
buyruqning ravshanligini kamaytiradi, balki suhbatdoshda yashirincha
qarshilik yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi;
– suhbatdoshingiz dalillarining haqiqiy ma‘nosini tushunishni
istamay, ularni nafrat bilan uloqtirib tashlash amaliy suhbatning muhitiga
juda yomon ta‘sir ko’rsatadi;
– Sizga nisbatan biror ish bo’yicha mutlaqo nomaqbul munosabat
bildirilganida, uni asossiz rad etmasdan, hozircha Sizga tushunarsiz ekanligini aytganingiz ma‘qul.
Aloqa kompozitsiyasini qurayotganda quyidagilar inobatga olinadi:
– suhbat taktikasi va texnikasini tanlashda suhbatdoshingizning fikrlash xususiyatlari va psixofizik jihatlarini inobatga olish kerak (masalan,
ayol kishiga ish qanday bajarilayotganini emas, balki nima bajarilganligini
ko’rsatgan ma‘qul);
– har qanday muloqotda suhbatning «ko’tarilishlarini» ham (e‘tiborni
jamlagan holda), «pastga tushishlarini» ham (uning fikr va assotsiatsiyalarini tashkil qilish va mustahkamlash uchun) oldindan nazarda tutish
kerak;
– dam olishga imkon berish va erishilgan yutuqni mustahkamlash
uchun suhbatni vaqti-vaqti bilan asosli to’xtalishlar bilan bo’lish lozim;
– oqilona to’xtalishlar ba‘zan so’zlarning umumiy oqimiga qaraganda
ancha katta ta‘sir ko’rsatishi mumkin;
– uncha yoqimli bo’lmagan jihat va faktlarni yaxshilari bilan almashlab turgan ma‘qul, ammo suhbatning boshi va oxiri, shubhasiz, ijobiy
bo’lishi kerak;
– oxiriga yaqinlashgan sari aloqaning boyligini oshirish tavsiya etiladi;

60
– suhbatdoshingizni taslim bo’lgandek yoki o’z qarashlaridan ancha


chekingandek ko’rinishiga yo’l qo’ymagan ma‘qul.
Suhbatdoshingizni nimagadir ishontirishni istasangiz:
– undagi ichki shubhalarning barcha bandlarini yoki motivlar kurashi
borayotgan joydagi bandlarini aniqlashga harakat qiling va o’z ta‘siringizni aynan ularga yo’naltiring;
– inson idrok eta oladigan dalillar bilangina ta‘sir ko’rsating;
– fakt va dalillarni keltirish bilangina cheklanmang, balki ularning
butun ma‘nosini aniq yoriting;
– dastlab suhbatdoshingiz dalillariga javob berishga urinib ko’ring,
so’ngra esa o’z dalillaringizni keltiring;
– sizga qarshi dalillarga bee‘tibor bo’lmang, balki oldindan
tayyorgarlik ko’rib, qarshi dalillaringizni o’ylab qo’ying;
– obyekt qaror qabul qilayotganida birdan shubhaga bormasligi uchun
yaxshi bir dalilni doimo zaxira tuting;
– ba‘zi gaplaringizni neytral (ba‘zan ritorik, hatto o’ylantiradigan...)
savol shaklida bildirish foydali, o’shanda ro’parangizdagi suhbatdoshingiz
tashqi bosim va u bilan bog’liq chuqur kontekstni sezmaydi hamda bu
fikrni o’zinikidek qabul qiladi;
– suhbatdoshingiz «yo’q» deb javob berishi mumkin bo’lgan
savollardan tiyiling (subyekt o’z fikrini oshkora aytganida u o’ziga qarshi
keyingi barcha hujumlarga nisbatan ancha barqaror bo’lib qoladi...);
– suhbatdoshingizni o’zingizga og’dirayotganingizda ko’zlarining
o’rtasiga qarang va siz undan kutayotgan reaksiyani tasavvur qiling;
– suhbatdoshingiz «yo’q» so’zini bir necha bor aniq va qat‘iy qilib
takrorlamagunicha chekinmang;
– o’z xulqingizni obyektning ruhiy holatiga moslashtirgan holda uning
noverbal reaksiyalarini kuzating (masalan, agar suhbatdoshingiz taklif
etilayotgan muammoga qiziqsa, sigaretasini og’zidan chiqaradi yoki
boshini yonga egadi; suhbatga qiziqishi yo’qolib borsa, oldidagi qog’ozga
turli suratlar chiza boshlaydi yoxud oyog’ini kreslo suyanchig’iga tashlab
oladi; qaror qabul qilayotgan paytida engagini silaydi, qiyinchilik va
o’ziga nisbatan ishonchsizlik kelib chiqqanida esa qulog’i, yuzi (yonog’i)
yoki burnini qashiydi, ko’zlarini ishqalaydi...).
Faktlar bilan manipulatsiya qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
– haqiqatga uydirmani aralashtirish;
– haqiqiy voqealar haqidagi xabarlarga yolg’on fakt yoki shama
qo’shib qo’yish;
– e‘tiborni (hislar bilan o’ynashib yoki qo’shimcha faktlar bilan...)
muhim ma‘lumotlardan chalg’itish;
– faktlar o’rniga emotsiyalarni keltirish;
– to’g’ri faktlardan yolg’on xulosalar chiqarish;
– yolg’on umumlashmalar (juz‘iy faktdan umumiy xulosa chiqarish);
– faktlar o’rtasidagi muvaqqat va mantiqiy aloqalarni nazarga olmaslik;
– ko’p ma‘noli so’zlarni ishlatish;
– avtoritetlarga yolg’ondakam suyanish;
– assotsiatsiyalar bilan «o’ynash» («fanni hurmat qilish»...);
– insonning o’zini yaxshi ko’rishidan foydalanish («siz albatta bilganingizdek...»).
Obyektning qat‘iyatini bartaraf etish va siz uchun noxush qarorga
kelishiga to’sqinlik qilish uchun quyidagi singari odobga zid usullar
qo’llaniladi:
– uchrashuvga kechikish;
– insonning ustidan kulish, uni haqorat qilish, ayblash;
– namoyishkorona mensimaslik;
– qandaydir yoqimsiz xabar yetkazish;
– o’zini tushunmaslikka solish;
– «vaqt yetishmasligi» bilan bosim o’tkazish;
– haqiqatga to’g’ri kelmaydigan muddatlar belgilash;
– muzokaralarni cho’zib yuborish.
Insonning holatidan suhbatni tamomlash istagi mutlaqo aniqligi
ma‘lum bo’lsa, tashabbusni qo’lga oling va suhbatga yakun yasashni
birinchi bo’lib taklif qiling, chunki bu hol psixologik ustunlik va vaziyat
ustidan nazoratni saqlab qolishingizga imkon beradi.
5-§. Suhbatdoshni idrok etish aniqligi
Kirish qoidalari. Odamlar odatda bir narsa haqida gapirib, butunlay
boshqa narsa haqida o’ylaydilar, shu bois ularning haqiqiy ahvolini
(holatini) tushunish juda muhim.
Axborotning atigi 7 % so’zlar (verbal ravishda), 30 % ovoz ohangi
(tovush kuchi, intonatsiya...) va 60 % dan ortig’i boshqa noverbal kanallar
(qarashlar, imo-ishoralar, mimika...) orqali beriladi.
Gapirayotgan odamni to’g’ri tushunish uchun gapirilayotgan fikrni
so’zlar, nutq, pantomimika va muloqot «kuzatuvchilari» bilan chambarchas bog’liq ravishda baholab, o’z idrokimizni muayyan tugallikkacha
yetkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Odamlar o’z qalbidagi his-tuyg’ularni odatda:
– konvensial tarzda (muayyan muloqot muhitida standart sifatida
qabul qilingan usul orqali);
62
– spontan tarzda, dabdurustdan (beixtiyor) ifodalaydilar.
Suhbatdosh berilayotgan xabarga o’z munosabatini bildirib qo’ymaslikka intilayotganida hammasi oddiy konvensial noverbal belgilar bilan
cheklanishi mumkin. Bu belgilar ba‘zan haqiqiy, ammo ko’pincha chalg’ituvchi bo’ladi.
Odamlar ko’pincha o’z so’zlarini chamalaydilar va mimikalarini
nazorat qiladilar, biroq inson bir vaqtning o’zida ichida tug’ilayotgan
barcha reaksiyalarning ko’pi bilan 2–3 tasini nazorat qila oladi. Bunday
«axborotning chiqib ketishi» tufayli, tegishli bilim va tajriba yordamida
shaxsning yashirishni afzal bilgan his-tuyg’ulari va intilishlarini aniqlash
imkoni mavjud bo’ladi. Odamlarda beixtiyor yuzaga keladigan reaksiyalar
nihoyatda individual bo’lib, suhbatdoshni juda yaxshi bilgan taqdirdagina
uqib olish mumkin. Bu jihatni tushunmaslik boshqa birovni bilishda
muqarrar o’zini o’zi aldashga olib kelishi mumkin.
Shaxsiy ekspressiyani baholaganda nafaqat tug’ma farqlar, balki
an‘analar, tarbiya, muhit va umumiy hayotiy madaniyatning ta‘siri ham
inobatga olinadi.
Individning kayfiyati (fon holati)ni ham, uning qandaydir paydo
bo’luvchi rag’batga reaksiyasini (zondaj, xatti-harakat, vaziyatni...) ham
anglash maqsadga muvofiqdir.
Erkaklarning his-tuyg’ulariga qaraganda ayollarniki aniqroq namoyon
bo’lgani bois, ularni aniqlash osonroq kechadi, ammo har doim ham emas.
O’z his-tuyg’ularini yashirishning muvaffaqiyati insonning tabiatiga
(flegmatikka qaraganda xolerikning hissiyotlarini yashirishi qiyinroq
kechadi), birga kechadigan holatlar (daxldorlik, kutilmaganlik...) va idrok
etuvchining tajribasiga bog’liq.
Shaxsiy his-tuyg’ularni rag’batlantirishda yanada ishonchli bo’lishi
uchun barcha ekspressiv vositalar odatda keragidan ortiq ishlatiladi. Shu
bois boshqa odamlarning samimiyligini baholayotganda va o’z kechinmalaringizni tasvirlashga urinayotganda buni unutmang.
Insonning his-tuyg’ularini uning miyasining o’ng yarim pallasi,
mantiq va nutqni esa chap yarim pallasi boshqaradi. Buning ustiga, ushbu
yarim pallalarning har biri gavdaning qarama-qarshi tomonini muvofiqlashtiradi. Shu bois: odam boshqalarga ko’rsatishga urinayotgan hamma
narsalar tanasining o’ng yarimida o’z ifodasini topadi, aslida ko’nglidan
kechirayotgan his-tuyg’ular esa chap tomonida aks etadi.
Biror insonning qalbida yuzaga kelayotgan kechinmalar uning
qiyofasida va harakatlarida muayyan tarzda ko’rinadi. Buning qanday yuz
berishini batafsilroq ko’rib chiqamiz.
62
– spontan tarzda, dabdurustdan (beixtiyor) ifodalaydilar.
Suhbatdosh berilayotgan xabarga o’z munosabatini bildirib qo’ymaslikka intilayotganida hammasi oddiy konvensial noverbal belgilar bilan
cheklanishi mumkin. Bu belgilar ba‘zan haqiqiy, ammo ko’pincha chalg’ituvchi bo’ladi.
Odamlar ko’pincha o’z so’zlarini chamalaydilar va mimikalarini
nazorat qiladilar, biroq inson bir vaqtning o’zida ichida tug’ilayotgan
barcha reaksiyalarning ko’pi bilan 2–3 tasini nazorat qila oladi. Bunday
«axborotning chiqib ketishi» tufayli, tegishli bilim va tajriba yordamida
shaxsning yashirishni afzal bilgan his-tuyg’ulari va intilishlarini aniqlash
imkoni mavjud bo’ladi. Odamlarda beixtiyor yuzaga keladigan reaksiyalar
nihoyatda individual bo’lib, suhbatdoshni juda yaxshi bilgan taqdirdagina
uqib olish mumkin. Bu jihatni tushunmaslik boshqa birovni bilishda
muqarrar o’zini o’zi aldashga olib kelishi mumkin.
Shaxsiy ekspressiyani baholaganda nafaqat tug’ma farqlar, balki
an‘analar, tarbiya, muhit va umumiy hayotiy madaniyatning ta‘siri ham
inobatga olinadi.
Individning kayfiyati (fon holati)ni ham, uning qandaydir paydo
bo’luvchi rag’batga reaksiyasini (zondaj, xatti-harakat, vaziyatni...) ham
anglash maqsadga muvofiqdir.
Erkaklarning his-tuyg’ulariga qaraganda ayollarniki aniqroq namoyon
bo’lgani bois, ularni aniqlash osonroq kechadi, ammo har doim ham emas.
O’z his-tuyg’ularini yashirishning muvaffaqiyati insonning tabiatiga
(flegmatikka qaraganda xolerikning hissiyotlarini yashirishi qiyinroq
kechadi), birga kechadigan holatlar (daxldorlik, kutilmaganlik...) va idrok
etuvchining tajribasiga bog’liq.
Shaxsiy his-tuyg’ularni rag’batlantirishda yanada ishonchli bo’lishi
uchun barcha ekspressiv vositalar odatda keragidan ortiq ishlatiladi. Shu
bois boshqa odamlarning samimiyligini baholayotganda va o’z kechinmalaringizni tasvirlashga urinayotganda buni unutmang.
Insonning his-tuyg’ularini uning miyasining o’ng yarim pallasi,
mantiq va nutqni esa chap yarim pallasi boshqaradi. Buning ustiga, ushbu
yarim pallalarning har biri gavdaning qarama-qarshi tomonini muvofiqlashtiradi. Shu bois: odam boshqalarga ko’rsatishga urinayotgan hamma
narsalar tanasining o’ng yarimida o’z ifodasini topadi, aslida ko’nglidan
kechirayotgan his-tuyg’ular esa chap tomonida aks etadi.
Biror insonning qalbida yuzaga kelayotgan kechinmalar uning
qiyofasida va harakatlarida muayyan tarzda ko’rinadi. Buning qanday yuz
berishini batafsilroq ko’rib chiqamiz.
3
Yuz mimikasi (ifodasi). Individ his qilayotgan tuyg’ular ta‘sirida
yuzdagi turli qismlarning muvofiqlashgan qisqarish va bo’shashishlari
yuzaga keladi. Ular inson boshdan kechirayotgan hissiyotlarni juda yaxshi
aks ettiruvchi yuz ifodalarini belgilab beradi. Yuz mushaklarining holatini
boshqarishni o’rganish qiyin bo’lmaganligi sababli hissiyotlarning yuzdagi
ifodasini ko’p hollarda niqoblashga va hatto o’xshatishga harakat qiladilar.
Inson his-tuyg’ularining samimiyligidan hissiyotlarning yuzdagi
ifodasidagi simmetriya dalolat beradi, ayni vaqtda soxtalik qancha kuchli
bo’lsa, yuzning o’ng va chap qismlari mimikalari shuncha ko’p farq qiladi.
Hatto oson anglashiladigan mimika ham ba‘zan juda qisqa vaqt
(soniyaning ulushi mobaynida) davom etadi va ko’pincha sezilmay qoladi;
uni ilg’ay olish uchun ancha katta tajriba yoki maxsus mashqlar kerak
bo’ladi. Bunda ijobiy hissiyotlar (shodlik, huzurlanish...) salbiy hissiyotlar
(g’am, uyat, nafrat kabilar)ga qaraganda osonroq bilib olinadi.
Inson lablari hissiy jihatdan ayniqsa ifodali bo’lib, ularni uqib olish
aslo qiyin emas (masalan, og’iz mimikasining kuchliligi yoki lablarni
tishlash xavotirdan dalolat beradi, bir tomonga qiyshaygan og’iz esa
ishonmaslik yoki birovning ustidan kulishni bildiradi).
Yuzdagi tabassum odatda do’stona munosabatni yoki ma‘qullashga
ehtiyojni bildiradi. Erkaklar uchun tabassum – u har qanday vaziyatda ham
o’zini boshqarib turganligini ko’rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Ayol kishining tabassumi ancha haqqoniy bo’lib, ko’pincha uning haqiqiy kayfiyatiga
mos keladi. Tabassumlar hamma joyda turli motivlarni aks ettirgani bois,
ularni standart tarzda talqin etishga ortiqcha ishonmagan ma‘qul:
– haddan tashqari ko’p jilmayish – ma‘qullanish ehtiyojidan darak
beradi;
– qiyshiq tabassum – nazorat qilinayotgan asabiylik belgisi;
– qoshlar ko’tarilgan holatdagi tabassum – bo’ysunishga tayyorlik;
– qoshlar tushirilgan holatdagi tabassum – ustunlikni ko’rsatadi;
– pastki qovoqlar ko’tarilmagan holatdagi tabassum – nosamimiylik;
– ko’zlarni katta-katta ochib qilingan tabassum – tahdid.
His etilayotgan tuyg’ulardan darak beruvchi yuzdagi tipik ifodalar
quyidagicha:
– shodlik: lablar qiyshaygan va burchaklari orqaga tortilgan, ko’zlar
atrofida mayda ajinlar hosil bo’lgan;
– qiziqish: qoshlar biroz ko’tarilgan yoki tushirilgan, ayni vaqtda ko’z
qovoqlari biroz kengaygan yoki toraygan;
– baxt: lablarning tashqi burchaklari biroz ko’tarilgan va odatda
orqaga tortilgan, bunda ko’zlar xotirjam;
nafrat: qosh biroz ko’tarilgan, yuz cho’zilgan, bosh ko’tarilgan,
go’yoki inson kimgadir yuqoridan qarayapti; go’yoki suhbatdoshidan nari
ketyapti;
– qo’rquv: qoshlar biroz ko’tarilgan, ammo to’g’ri shaklga ega,
ularning ichki burchaklari surilgan va peshona orqali yotiq ajinlar o’tgan,
ko’zlar kengaygan, pastki qovoqlar taranglashgan, yuqoridagilari esa biroz
ko’tarilgan, og’iz ochiq turishi mumkin, burchaklari esa orqaga tortilgan
bo’lib, lablarni tishlar ustidan tortadi va to’g’rilaydi (aynan oxirgi alomat
his-tuyg’ularning jadalligidan dalolat beradi...); agar qoshlarning yuqorida
keltirilgan holatigina mavjud bo’lsa, bu – nazorat qilinayotgan qo’rquv;
– g’azab: peshona mushaklari ichkariga va pastga tortilgan bo’lib,
ko’zlarning tahdid soluvchi yoki xo’mraygan ifodasini tashkil qiladi,
burun kataklari kengaygan va devorlari ko’tarilgan, lablar yo zich
yopishgan, yo orqaga tortilib to’g’riburchak shakliga kirgan va zich
birlashgan tishlar ko’rsatilgan, yuz ko’pincha qizargan;
– uyat: bosh osilgan, yuz burilgan (o’girilgan), nigohlar olib qochilgan, ko’zlar pastga qaragan yoki bir tomondan boshqa tomonga
«yuguradi», ko’z qovoqlari biroz yumilgan, ba‘zan esa birlashgan; yuz
ancha qizargan, puls (tomir urishi) tezlashgan, nafas olish notekis;
– g’am: qoshlar birlashgan, ko’zlar xira, lablarning tashqi burchaklari
ba‘zan biroz osilgan.
Turli emotsiyalarda yuz ifodalarini bilish nafaqat boshqalarni
tushunish uchun, balki o’z ish imitatsiyalarini (odatda ko’zgu oldida) puxta
o’zlashtirish uchun ham foydalidir.
Nigoh va ko„zlar. Insonning ko’zlari uning ichki kechinmalaridan
aniq dalolat beradi, tajribali «o’yinchilar» bejizga ko’zlarini to’q rangli
ko’zoynak ortida yashirmaydilar.
Odamlarni odatda quyidagilar fosh etadi:
– ko’zlarning odatdagi ifodasida yuz bergan o’zgarishlar – muayyan
hissiyotning yuzaga kelishi, stimulga reaksiya signali;
– ko’zlarning beixtiyor harakatlari (sezilarli «yugurik ko’zlar») –
xavotir, uyalish, aldash, qo’rquv, nevrasteniya (nevroz guruhiga kiruvchi
psixologik buzilish);
– yaltirovchi nigoh – jonsaraklik, qo’zg’alish;
– qotib qolgan nigoh – nihoyatda ojizlik;
– qorachiqlarning kengayishi – qiziqishni sezish hamda axborot,
muloqot, fotosurat, hamsuhbat, ovqat, musiqa va boshqa tashqi omillardan
huzurlanish, nimanidir qabul qilish, ayni vaqtda kuchli azob; ba‘zi dorilar
va narkotiklar (marixuana, kokain...) iste‘mol qilish;

qorachiqlarning torayishi – g’ijinish, jahl chiqishi, nafrat va boshqa


shu kabi salbiy emotsiyalarning chulg’ab olishi, biror narsani qabul
qilmaslik; muayyan narkotiklar (morfin, geroin...) ta‘siri;
– qorachiqlarning tartibsiz harakati – mastlik belgisi (bunday
harakatlar qancha ko’p bo’lsa, odam shunchalik mast bo’ladi);
– ko’zning kuchli pirpirashi – qo’zg’alish, aldov.
Odamlar har doim o’zlari aniq zavq oladigan yoki yaqin munosabatda
bo’lgan odamlarga qarashni afzal biladilar; bunda ayollar erkaklarga
qaraganda ko’proq noverbal qiziqish namoyish etadilar.
Muloqot jarayonida ko’pincha gapirayotganda emas, balki
tinglayotganda suhbatdoshning ko’ziga qaraladi, holbuki ishontirishga
urinish bo’layotganida ba‘zan so’zlab turib suhbatdoshning ko’zlariga tik
qarash usuli qo’llaniladi.
Siz bilan muloqot qilayotgan davrning 1/3 qismidan kamroq vaqt
mobaynida ko’zingizga qarayotgan subyekt yolg’on so’zlaydi yoki nimanidir
yashirishga urinadi; ko’zingizga yashirmay tik qarab turgan odam esa yo
sizga qattiq qiziqadi (qorachiqlar kengaygan), yo oshkora dushmanlik
namoyon etadi (qorachiqlar toraygan), yo ustunlik qilishga intiladi.
Ko’zlar kontaktlarining modifikatsiyalari (ko’z qarashlarining turlari)
quyidagicha rasshifrovka qilinadi:
– hissiz nigoh – diqqat jamlangan o’y;
– nigohni atrofdagi narsalar va shiftga ko’chirish – suhbatga qiziqishning yo’qolishi, suhbatdosh monologining haddan tashqari uzunligi;
– ko’zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar toraygan) –
dushmanlik va ustunlikning yorqin ifodasi;
– ko’zlarga barqaror va sinchkov qarash (qorachiqlar kengaygan) –
jinsiy qiziqish belgisi;
– nigohni olib qochish va pastga qarash – uyalish, aldash;
– yondan qarash – ishonchsizlik;
– ko’zlar goh olib qochiladi, goh orqaga qaytariladi – rozilikning
yo’qligi, ishonchsizlik.
Holat va uning tafsilotlari. Inson tanasining turg’un holati ham
uning ichki kayfiyatidan ko’plab ma‘lumotlar beradi. Bunda ko’p
takrorlanadigan holat shaxsning barqaror xususiyatlaridan dalolat beradi.
Hissiyotlar o’zgarganida, odamlar odatda gavdasiga qaraganda yuzini
yaxshiroq nazorat qilganliklari bois, ko’p hollarda individning haqiqiy
xavotiridan mimikasi emas, balki gavda holati xabar beradi.
Tana holatlari insonning ruhiy holatiga quyidagicha bog’liq bo’lishi
mumkin:
– qo’llar orqada, bosh baland ko’tarilgan, engak oldinga chiqqan –
o’ziga ishonch va boshqalardan ustunlik hissi;
– gavda oldinga chiqqan, ikki qo’l belda – o’z kuchiga ishonch va faol
harakatlarga tayyorlik, tajovuzkorlik, so’zlashganda jizzakilik, o’z qarashlarini oxirigacha himoya qilishga intilish;
– qo’llar bilan stolga tiralib turish – suhbatdosh bilan aloqaning
noto’liqligi hissi;
– qo’llar tirsaklaridan bukilgan holda bosh orqasiga qo’yilgan –
boshqalardan ustunlikni anglash;
– qo’llarning bosh barmoqlarini belbog’ ortiga yoki cho’ntaklarga
qo’yish – tajovuzkorlik va o’ziga nisbatan namoyishkorona ishonch;
– qo’llarning bosh barmoqlarini cho’ntaklardan chiqarib turish –
ustunlik belgisi;
– qo’l-oyoqlarni chalishtirish – skeptik (ishonchsiz) himoya ustanovkasi;
– chalishtirilmagan qo’l-oyoqlar va tugmasi qadalmagan pidjak –
ishonch ustanovkasi;
– boshni yonga egish – qiziqish uyg’onishi;
– boshni pastga bukish – salbiy munosabat;
– boshni biroz orqaga tashlash – tajovuzkorlik belgisi;
– stul chetida o’tirish – yo ketishga, yo yuzaga kelgan vaziyatda
harakatlanishga, yo jamlangan qo’zg’alishni bostirishga, yo o’ziga e‘tiborni
tortish va suhbatga qo’shilishga (istalgan paytda sakrab turishga) tayyorlik;
– qo’llarni ko’krak oldida, oyoqlarni bir-birining ustida chalishtirish –
suhbatdan «chetlashish»;
– kresloda o’tirgan holda oyoqni uning tirsak qo’ygichiga tashlab
olish – atrofdagilarni mensimaslik, suhbatga qiziqishning yo’qolishi;
– o’tirgan odam oyoqlari (boldirlari)ning chalishtirilishi – ma‘qullanmaydigan munosabatni tiyib turish, qo’rquv yoki hayajon, o’zini nazorat
qilishga urinish, salbiy himoya holati;
– chiqish eshigi tomon yo’naltirilgan oyoqlarning (o’tirgan yoki
turgan) holati – suhbatni aniq to’xtatish va ketish istagi;
– holatni tez-tez o’zgartirib turish, stulda qimirlab o’tirish, behalovatlik – ichki xavotir, zo’riqish;
– o’rindan turish – biror qarorga kelganlik, suhbat jonga tekkani,
nimadir hayratlantirgani yoki lol qoldirgani haqidagi signal;
– qo’l barmoqlarining chalishtirilishi – hafsalasi pir bo’lish va salbiy
munosabatni yashirishni istash (bunda qo’llar qanchalik yuqori joylashgan
bo’lsa, salbiy holat shunchalik kuchli bo’ladi);
– qo’l panjalari barmoqlar uchlari orqali birlashtirilgan, ammo kaftlar
bir-biriga tegmaydi – ustunlik, o’ziga va o’z so’zlariga nisbatan ishonch
belgisi;
– tirsaklar stolga tayangan, panjalar esa og’iz ro’parasida joylashgan –
haqiqiy niyatlarni yashirish, suhbatdosh bilan mushuk-sichqon o’ynash;
– boshni kaft bilan ushlab turish – zerikish;
– mushtga tugilgan barmoqlar lunj ostida joylashgan, ammo bosh
uchun tayanch emas – qiziqish belgisi;
– bosh barmoq engakka tirgak bo’lgan – qandaydir tanqidiy baho
belgisi;
– o’z krujkasini ikki qo’llab ushlash – niqoblangan asabiylik;
– sigareta tutunini yuqoriga chiqarish – yashirin yoki shubhali fikrlar
bilan salbiy kayfiyat.
Imo-ishora va tana harakatlari. «Imo-ishora – tananing emas, balki
qalbning harakati». U insonning istagi va shu paytda nimani his qilayotganidan, kimdir uchun odatiy bo’lgan imo-ishora esa uning xarakteriga xos
jihatdan dalolat beradi.
Tashqaridan qaraganda bir xil ko’ringan imo-ishoralar turli odamlarda
mutlaqo o’xshamaydigan ma‘nolarni bildirishi mumkin, ammo bir xil
jihatlari ham mavjud:
– faol imo-ishoralar – ijobiy his-tuyg’ularning ko’p uchraydigan
tarkibiy qismi bo’lib, boshqalar inoqlik va qiziqishning ifodasi sifatida
tushunadilar;
– haddan tashqari ko’p imo-ishoralar – xavotir yoki o’ziga nisbatan
ishonchsizlik belgisi.
Individning fikr va emotsiyalarini aniqlashda faqat g’ayriixtiyoriy
imo-ishoralarni ta‘kidlash lozim:
– ochiq kaftlarni namoyish qilish – ochiqlik ko’rsatkichi;
– mushtlarni tugish – ichki qo’zg’alish, tajovuzkorlik (barmoqlar
qanchalik kuchli siqilsa, emotsiyaning o’zi shunchalik kuchli bo’ladi);
– gapirayotganda og’izni qo’l bilan (yoki qo’ldagi qadah bilan) to’sish
– hayrat, aytilayotgan gapning to’g’riligiga aniq ishonmaslik, yolg’on,
ishonchli xabar, kasb odatiga ko’ra lablarga qarab uqib olishlarining oldini
olish;
– qo’l bilan burunga tegish yoki uni asta qashish – aytilayotgan
xabarga (o’ziga ham, sherigiga ham) aniq ishonmaslik, yolg’on, bahs
jarayonida yangi qarshi dalilni izlash;
– barmoq bilan ko’z qovoqlarini artish – yolg’on belgisi, ammo ba‘zan
– suhbatdoshi tomonidan bildirilayotgan gumon va yolg’onni sezish;
– boshning turli qismlari (peshana, yonoqlar, ensa, quloq...)ni silash
va qashish – tashvishlanish, uyalish, ishonchsizlik;
– engakni silash – qaror qabul qilish payti;
– qo’llarning behalovatligi (nimanidir yulib yig’ish, avtoruchkani
burash, kiyim-bosh qismlariga tegish...) – ehtiyotkorlik, asabiylik, uyalish;
– kaftni chimchilash – tajovuzga tayyorlik;
– tirnoqlarni tishlash – ichki xavotir;
– qo’llarning tana eni bo’ylab turli harakatlari (soatni to’g’rilash,
zaponka (ilmatugma)ga tegish, manjeta (qadama yeng)dagi tugmalarni
o’ynash...) – niqoblanayotgan asabiylik;
– kiyimdagi qillarni tozalash – ma‘qullamaslik ishorasi;
– xalal berayotgani aniq ko’rinib turgan bo’yinbog’ni bo’yindan
tortish – inson aldayotganini birovlar bilib qolganligini gumon qiladi,
g’azablanganda havo yetishmasligi;
– ko’zoynak shishalarini artish yoxud ravoqlarini og’izga solish –
o’ylash uchun tanaffus, kutib turishni iltimos qilish;
– ko’zoynaklarni yechib, stol ustiga tashlash – haddan tashqari keskin
suhbat, qiyin va noxush mavzu;
– sigaretani o’chirish yoki bir chetga qo’yish – eng katta zo’riqish
davri;
– sigareta kulini haddan tashqari ko’p urib tushirish – og’ir ichki holat,
asabiylik;
– boshni yonga egish – qiziqish uyg’onganligi;
– boshni tez egish yoki yon tomonga burish – biror nima deyish istagi;
– go’yoki «xalal berayotgan» sochlarni doimiy ravishda peshonadan
chetga olish – xavotir;
– nimagadir suyanish yoki tayanishga aniq intilish – paytning
murakkabligi va noxushligini his etish, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib
ketish yo’lini bilmaslik (har qanday tayanch o’ziga bo’lgan ishonchni
oshiradi...).
Ovoz intonatsiyalari. Ovoz atrofdagilarga juda ko’p hollarda
insonning shu paytdagi holati (kechinmalari, faktlarga munosabati, o’zini
qanday his qilayotgani, ko’p hollarda esa temperamenti va fe‘liga xos
jihatlar) haqida xabar beradi.
Shaxs (obyekt)ning ovozidagi ohang uning emotsiyalarini aniqlashga
imkon beradi (g’azab va g’amni – osonroq, rashk va asabiylikni –
qiyinroq...).
Xavotir yoki asabiy zo’riqish holatida suhbatdoshning ovoz tembri
ham biroz o’zgaradi. Bu holat xorijiy davlatlar tajribalarida foydalanib kelinayotgan «yolg’on detektori»ning aloqasiz (ya‘ni suhbatdosh uchun
butunlay sezilarsiz) namunalarida munosib qo’llanilmoqda.
Xabarni «rasshifrovka» qilayotganda ovozning KUCHIGA ham,
BALANDLIGIGA ham e‘tibor qarating:
– ko’rinib turgan baland ohang – zavq-shavq, shodlik, ishonchsizlik;
– ovoz kuchi, ohangi (toni) va balandligining keng diapazonidagi
yuqorilik – g’azab va qo’rquv;
– haddan tashqari baland, «teshib yuborgudek» ovoz – xavotir;
– yumshoq va past tovush, har bir jumlaning oxirida intonatsiyaning
pasayishi – g’am, charchoq;
– tovushni kuchaytirish – zo’riqish, aldov.
Noverbal tovushlar ancha ko’p axborot beradi:
– hushtak (badiiy emasligi aniq...) – ishonchsizlik yoki xavfsirash;
– vaziyatga nomuvofiq xoxolab kulish – zo’riqish;
– ovozdagi kutilmagan spazmlar – zo’riqish;
– doimiy yo’tal – yolg’onchilik (kazzoblik), o’ziga nisbatan ishonchsizlik, xavotir.
Leksika xususiyatlari. Insonning so’zlashuviga bog’liq nutqini tahlil
qilish uning ichki psixoemotsional holatida hammadan ko’ra ko’proq
axborot berishi mumkin: nutqda mantiqiy urg’ularning qo’yilishi, so’zlarning qanchalik tez talaffuz qilinishi, iboralarning (jumlalarning) tuzilishi,
normalardan qaysi og’ishlarga yo’l qo’yilganligi (ishonchsizlik yoki
so’zlarni noto’g’ri tanlash, jumlalarning so’z o’rtasida uzilib qolishi,
so’zlarning o’zgarishi, parazit so’zlarning paydo bo’lishi, to’xtamlarning
yo’qolishi...) bunda:
– tez sozlangan nutq – aniq hayajon yoki nimadandir tashvishlanish,
kimnidir ishontirishga yoki ko’ndirishga bo’lgan qattiq istak, shaxsiy
qiyinchiliklar haqidagi gaplar (suhbat);
– sur‘ati sekinlashgan nutq – takabburlik, charchoq, bosim ostidagi
holat, g’am-anduh;
– uzuq-yuluq nutq – ishonchsizlik;
– alohida «silliq» nutq paydo bo’lishi – jumbishga kelganlik;
– nutqning lo’nda va qat‘iyligi – aniq ishonch;
– duduqlanish – zo’riqish yoki aldov;
– so’zlarni tanlashda qat‘iyatsizlik – o’ziga nisbatan ishonchsizlik
yoki nima bilandir qo’qqisdan hayratga solish niyati;
– nutqdagi kamchiliklarning paydo bo’lishi (so’zlarni takrorlash yoki
buzib talaffuz qilish, jumlalarni o’rtasidan uzib qo’yish...) – shubhasiz
hayajon, ammo ba‘zan aldash istagi bo’lishi ham mumkin;
– nutqda to’xtamlarni ishlatmaslik – zo’riqish;
haddan tashqari uzun to’xtamlar – qiziqmaslik yoki norozilik;
– nutqda parazit so’zlar bilan to’ldiriladigan to’xtamlar paydo bo’lishi
(«xo’sh»..., «aytmoqchi»..., «e»...) – fikrni ifodalashdagi qat‘iyatsizlik va
qiyinchilik, vaziyatdan chiqish yo’lini izlash;
– odatdagidan tezroq aytiladigan tuturiqsiz so’zlar yig’indisining
ko’payishi – hissiy qo’zg’alish, zo’riqish;
– jim turib qolish yoki kam so’z ishlatish – arazlash;
– doimo boshqalarning gapini bo’lish – zo’riqish;
– ichki nutqning tashqi nutqqa o’tishi («ovoz chiqarib fikrlash») –
haddan tashqari hayajon.
Beixtiyor reaksiyalar. Bu reaksiyalar odatda yaxshi nazorat
qilinmaydi (garchi turli usullar bilan ularni niqoblashga harakat qilinsa
ham) va shu bois juda ko’p axborot bera oladi. ularning ayrimlari aldovni
apparatlar yordamida diagnostika qilish vaqtida aniqlanadi. Ushbu apparatlarning umumlashtiruvchi nomi «yolg’on detektori» (shuningdek «poligraf»)dir.
Ushbu reaksiyalarning standart o’qilishi quyidagicha:
– yuz qizarishi (ba‘zan dog’lar tarzida) – uyalish, g’azablanish;
– yuz oqarishi – qo’rquv, aybdorlik belgisi;
– ko’z qorachiqlarining kengayishi – qiziqish, huzurlanish, rozilik,
kuchli og’riq;
– qorachiqlarning torayishi – qoniqmaslik hissi, rad etish;
– qo’l venalarida yoki bo’yin arteriyalarida tomir urishi (puls)ning
kuchayishi (yurak urishi kuchayishi natijasida bo’yindagi galstukning
titrashi...) – xavotir, qo’rquv, uyalish, aldov;
– puls tezligining pasayishi – kuchli diqqat;
– tez va yuzaki nafas olish – ichki zo’riqish;
– burun orqali qisqa nafas olish – jahl;
– nafas olishning buzilishi, tomoqning spazmatik harakati va reflektor
tarzda tupuk yutish – xavotir, uyalish, aldov;
– og’iz qurishi (yutinish, lablarni yalash, tashnalik...) – qo’rquv,
aldov;
– qo’qqisdan tishlarning ochilishi – kuchli g’azab belgisi, tajovuzkorlik;
– qizish, terlash – g’azab, uyalish, asabiylashish, aldov;
– qaltirash (qo’l va oyoq barmoqlarida, yuz mushaklarida...) – ichki
zo’riqish, qo’rquv, aldov;
– kipriklarni tez-tez pirpiratish – qo’zg’alish, aldov;
– qorin quldurashi – qo’rquv (albatta har doim ham emas...);
tishlarni g’ichirlatish – kuchli asabiylik, stress, o’ylangan rejani
amalga oshirish imkoni yo’qligi.
Bunday reaksiyalarni, odatda, ayollarga qaraganda erkaklarda ko’rish
osonroq, buning ustiga, ayollar yolg’on detektorini ham yaxshiroq aldaydilar.
Fon kayfiyati. Bu o’rinda taqdim etilgan kuzatilayotgan tashqi
ko’rinishlarning individ amalda boshdan kechirayotgan hissiyotlarga
bog’lanishi to’liq emas va juda ishonchli ham emas, chunki har bir inson,
oz bo’lsa-da, noyobdir.
– o’z kuchini anglash (o’ziga nisbatan ishonch). Barqaror to’g’ri holat,
bunga qo’shimcha ravishda engakning oldinga chiqishi, qo’llar bunda:
orqada birlashishi, yonda osilib turishi, cho’ntaklarda turishi, bunda bosh
barmoqlar tashqarida qolishi, panjalarning orqa tomoni faol namoyish
etilishi, ayni vaqtda bosh barmoqlar belbog’ ichida joylashishi mumkin...
stulda «egarda o’tirgandek» o’tirish yoki oyoqlardan birini kresloning
tirsak qo’ygichiga beparvo tashlab olish... ba‘zan qo’llar bosh ortiga
qo’yiladi yoxud kaftlar ajralgan holda barmoqlar uchlari birlashtirilishi
mumkin... ba‘zan ko’zlar deyarli qovoqlar bilan berkitilgan bo’lib, bunda
boshni orqaga tashlagan holda qarashga to’g’ri keladi... qoshlar tushirilgan
holdagi iljayish... nutqdagi qat‘iyat va lo’ndalik... ishga oid axborotni
berishda kamgaplik va aloqa o’rnatishda faktlarni tez ishlatish...
muammolar, maqsadlar va boshqalarning majburiyatlari bilan ortiqcha
qiziqish... xotirjamlik...
– o’zining ojizligini anglash (o’ziga nisbatan ishonchning yo’qligi).
Haddan tashqari ko’p imo-ishoralar qilish, shuningdek qo’llarga olib, bir
qo’l bilan boshqasining bilagidan ushlab olish; nimagadir tayanish yoki
suyanishga harakat qilish... qoshlar ko’tarilgan holatdagi iljayish...
so’zlarni tanlashda shubhalanish va nutqning uzilishi... axborot berishda
shoshilish va bunga tayyor bo’lish, shuningdek o’zining qat‘iy bo’lmagan
niyatlarini batafsil va ipidan-ignasigacha dalillar bilan asoslashga
moyillik... hovliqmalik...
– qarshilik ko’rsatish istagi. Ovozning o’rtacha balandligi, qat‘iy
sovuq ohang, aniq artikulatsiya, sekin sur‘atda va ritmik ravishda nutq
so’zlash, aniq diksiya...
– ichki zo’riqish. Holatlar va harakatlardagi cheklanganlik, nimagadir
tayanish yoki suyanishga intilish, o’tirgan odamlarda sonlarining
chalkashtirilishi.
Qo’llarning nihoyatda jipslashgan bo’lishi, yonayotgan sigareta kulini
haddan tashqari ko’p (tez-tez) urib tushirish... ovoz tembrining o’zgarishi,
tovushning kuchayib borishi, kekirdakning qo’qqisdan qisib qolishi, tishlar g’ichirlashi, duduqlanish, shu paytga xos bo’lmagan xaxolab kulish, doimo
boshqalarning gapini bo’lish... shablon jumlalarni ko’p ishlatish,
odatdagidan tezroq aytish, nutqiy to’xtamlarga e‘tiborsizlik, nutqda
erkalovchi va kichraytiruvchi qo’shimchalarni ishlatish;
– charchoq yoki ruhiy ezilish (xunobgarlik). Xira va shishasimon
nigoh, past sur‘atdagi (sekinlashgan) nutq, yumshoq va pastlashgan ovoz,
bunda ayrim jumlalar oxirida intonatsiyaning pasayishi...
– dushmanlik. Suhbatdoshdan nari surilish, qo’llarni chalishtirgan
holda musht tugish, boshni orqaga butunlay og’dirish va birovning
gaplarini bo’lish... qorachiqlari keskin toraygan ko’zlar bilan tikilib yoki
qat‘iyat bilan qarash...
Ehtimol tutilgan variantlarida qoshlar tushirilgan holda ko’z qiri bilan
qaraladi, peshana tirishgan, lablarning burchaklari tushirilgan bo’ladi.
– asabiylik va ishonchsizlik. Hovliqish, holatni tez-tez o’zgartirish,
haddan tashqari ko’p imo-ishoralar, qo’llarning gavda eni bo’ylab harakatlanishi (nimanidir olish yoki tuzatish...), tirnoqlarni tishlash, peshana
(manglay)dagi «xalal beruvchi» sochlarni itarib tashlash, og’izning kuchli
mimikasi, lablarni tishlash... yuqori va kuchli ovoz, tezkor nutq, «ovoz
chiqarib fikrlash»... qizish, terlash...
– yaxshi kayfiyat (ijobiy emotsiyalar). Yuzdagi tabassum, faol imoishoralar, qorachiqlarning kengayishi, pidjak tugmalarining yechilganligi,
hushtak bilan biror kuyni jonli ijro etish... sigareta tutini yuqoriga
yo’naltirish, kirishimlilik...
– yomon kayfiyat (salbiy emotsiyalar). Oyoqlarni sudrab yurish,
sezilarli darajada toraygan qorachiqlar, yerga qaragan nigohlar... sigareta
tutunini pastga yo’naltirish, sust nutq, qayg’uli sukut, asabiy ovoz...
Mutlaqo beozor so’zlarga osilish va janjal chiqarish, dushmanlik,
aloqaga bormaslik...
Kayfiyatdagi mikroo„zgarishlar. Agar shu paytgacha insonning oz
yoki ko’p darajada barqaror psixoemotsional holatining tipik turlari ko’rib
chiqilgan bo’lsa, endi obyektning kutilmaganda yuzaga keladigan ta‘sirga
(so’z, harakat, vaziyatga...) javoban avtomatik reaksiyalariga e‘tibor
qaratamiz. Har doimgidek, bunda yo quyida keltirilgan belgilar to’plami, yo
yagona, ammo muayyan subyekt uchun xos bo’lgan javob hisobga olinadi:
– huzurlanish, qabul qilish – qorachiqlarning ancha kengayishi, yuzda
to’satdan hosil bo’ladigan tabassum va xushohang ovoz;
– qoniqmaslik hissi, rad etish – qorachiqlarning torayishi, yer yoki
havoni keskin tepish;
– qiziqish – boshni yonga egish, ko’z qiri bilan qarash, bunda
tabassum qilish yoki qoshni biroz ko’tarish, sigaretani og’izdan chiqarish;
– zerikish – nigohni atrofdagi narsalar va shiftga ko’chirish, qog’ozda
nimanidir mexanik tarzda chizish, oyoqlarini chalishtirib o’tirgan ayolning
oyoqlarini asta tebrata boshlashi;
– uyalish – ko’zlarni yumish, shuningdek uni pastga va boshqa
tomonga qaratish, yuzning qizarishi (ba‘zan dog’-dog’ bo’lib), qon
tomirlarining kuchli urishi va buning qo’l venalarida yoki bo’yin arteriyalarida kuzatilishi, nafas olishning qiyinlashishi, qizish, terlash;
– ishonchsizlik – qo’llarni ko’krak oldida chalishtirish, barmoqlar
bilan burun orqasini (devorlarini) qashish, nigohni boshqa tomonga
qaratish va orqaga qaytarish;
– ma‘qullamaslik va norozilik – boshni sarak-sarak qilish, kiyimdagi
tuklarni chertib tushirish, qo’llarni ko’krak oldida chalishtirish, nutqdagi
to’xtamlarni cho’zish;
– yolg’on – nigohni boshqa tomonga va pastga ko’chirish, ko’z
qovoqlarini barmoq bilan qashish va kaft bilan bosh orqasini (ensa qismini) ishqalash, so’zlayotganda og’izni qo’l bilan to’sish, «yugurik ko’zlar»,
tez-tez tupurish, og’iz qurishi (tupuk yutish, lablarni yalash, chanqash...),
tomoqning g’ayriixtiyoriy harakatlari, nafas olishdagi muammolar, qo’l
venalari yoki bo’yin arteriyalarida kuzatiladigan qon tomirlarining kuchli
urishi (pulsatsiyasi), qizish va terlash, tana mushaklarida (qo’l-oyoq
barmoqlarida, yuz qismlarida...) titroq, suhbat chog’ida so’zlarni takrorlash
yoki jumlalarni so’z o’rtasida (yolg’on oldidan) uzish singari yuzaga
keladigan nutqiy kamchiliklar, ovozni kuchaytirish, shuningdek duduqlanish va yo’tal tutishi;
– qo’rquv –yuzning ancha sezilarli ravishda oqarishi, og’iz qurishi
(so’lak yutish, lablarni yalash, tashnalik...), qo’l venalari yoki bo’yin
arteriyalarida tomir urishining tezlashishi, qo’l barmoqlari va yuz mushaklarida titrash, qorinda quldurash, baland ovoz, «yugurik ko’zlar»;
– aybdorlik – yuz rangidagi ayrim o’zgarishlar (oqarish);
– jahl (g’azab) – mushtlarni siqish, kaftlarni chimchilash, sigaretani
kuldonga jahl bilan ezish, nimanidir tepish yoki qo’pollik qilib uloqtirish,
qizish va terlash, yuzdagi sezilarli qizarish (ba‘zan dog’-dog’ bo’lib),
burun orqali qisqa va shovqinli nafas olish;
– hujum qilish ehtimolligi – yuzning keskin oqarishi, qorachiqlarning
qo’qqisdan torayishi, tishlarni ko’rsatish.
Obyektni «fosh etuvchi» reaksiyalarni aniq sezish uchun quyidagilarda yuzaga keladigan barcha o’zgarishlarni beixtiyor sezish odatini egallash
lozim:
– ko’z ifodalari;
– qorachiqlar kattaligi (torayishi yoki kengayishi);
– yuz rangi (oqarish yoki qizarish);
– tomir (bo’yin, chakka va qo’l bilaklarida) urishi;
– nafas olish (ko’krak qafasining tebranishlari bo’yicha, shuningdek
bo’yin asosidagi chuqurcha bo’yicha...);
– og’iz qurishi (tupik yutish yoki lablarni yalash bo’yicha...);
– terining terlashi (qo’l kaftlari va yuzda...);
– mushak tremori (qo’llardagi, qo’l-oyoqlar barmoqlaridagi va
yuzning ayrim qismlaridagi titrash...).
6-§. Psixikaga neyrolingvistik kirib borish
Neyrolingvistik dasturlash (NLD) inson ong ostiga deyarli sezilmay
kirib borish hamda shu asosda u bilan samarali o’zaro ta‘sirlashishning
juda samarali usulidir.
Kirish qoidalari. Barcha odamlar ong osti (ichki anglanmagan olam)
bilan aloqaga kirishadigan ongga (ichki anglangan olamga) ega bo’lib,
muayyan muhitda (tashqi atrof olamda) faoliyat ko’rsatadilar.
Subyektni odatda uning o’tmish tajribasidan yuzaga keladigan, shuningdek tasavvurida yaratilgan va ong ostida saqlanadigan obrazlar
boshqaradi.
Tashqi olam ham, ong osti ham ong bilan obraz, sezgi va tasavvurlarning quyidagi uchta asosiy tizimi bilan aloqada bo’ladi:
– audial (eshitish);
– noverbal (ko’rish);
– kinestetik (mushak sezgilari, ta‘m bilish va hid sezish).
Bu yerda «modalliklar» deb ataluvchi tasavvurlar tizimlariga asoslanib, barcha individlarni uchta guruhga bo’lish mumkin:
– noverbal istlar (asosan obrazlar bilan fikrlovchi);
– audialistlar (asosan so’zlar bilan fikrlovchi);
– kinestetiklar (asosan hissiyotlar bilan fikrlovchi).
Odamlar turli modalliklar atamalari orqali axborot almashadigan
bo’lsalar, bir-birlarini aniq tushunmaydilar; bitta umumiy modallikdan
foydalanish esa ong osti darajasidayoq avtomatik tarzda ishonchli munosabatlar o’rnatilishini ta‘minlay oladi.
Insonning asosiy modalligini odatda quyidagilarga qarab bilib olish
mumkin bo’ladi:
– u ishlatadigan so’zlarning (fe‘llar, sifatlar, ravishlar – bular bu yerda
«predikatlar» deb ataladi) o’ziga xosligi;
– ko’zlarining harakatlari;
– shaxsiga xos ayrim xususiyatlar.
Ehtimol tutilgan predikatlarning tipik variantlari quyidagicha:
– Noverbal: ko’rish, fokuslash, ko’zga chalinish... yorqin, to’q rangli,
tumanli... surkalgan, aniq, ravshan...
– Audial: eshitish, yangrash, baqirish, quloqni batang qilish, sozlash
(moslash), kelishish... baland, past... jarangdor...
– Kinestetik: sezish, ushlab olish, tegish... iliq, silliq, qattiq, og’ir,
mazali, chuchuk, o’tkir, achchiq, yangi, xushbo’y... hid taratish, tatib
ko’rish...
– Neytral: o’ylash, bilish, tushunish, qabul qilish, yodda tutish,
ishonish... hurmat, o’zgaruvchanlik...
Subyekt axborotni qayta ishlash chog’ida odatda ko’zlarini
quyidagicha harakatlantiradi:
– Vizualist – chapga-yuqoriga yoki o’ngga-yuqoriga, shuningdek
to’g’riga-yuqoriga yoki markaz bo’ylab (joyida);
– Audialist – chapga-yonga yoki o’ngga-yonga, shuningdek chapgapastga;
– Kinestetik – o’ngga-pastga va to’g’riga-pastga.
Ayrim o’ziga xos belgilariga ko’ra odamlarni quyidagicha
tashxislashga urinadilar:
– Vizualist: yelkalar rostlangan, muloqotda masofani saqlashga moyil,
jumlalarni «sen» yoki «Siz» olmoshlaridan boshlashni afzal biladi hamda
tez va baland ovozda ko’plab pauzalar bilan gaplashadi... atrofdagi hamma
narsani o’ziga daxldor qilmagan holda baholaydi... janjal chiqsa, ko’pincha
ayblaydi...
– Audialist: kam harakat, imo-ishoralari cheklangan darajada...
suhbatdoshining ko’ziga qaramaslikka harakat qiladi, so’zlayotganida esa
uning peshonasiga qaraydi... nutqi bir ohangda va go’yoki bir notada...
odatda «ular...», «o’sha...» deb gapiradi, «men» olmoshini juda kam
ishlatadi... mas‘uliyatni zimmasiga olmaslikka harakat qiladi...
– Kinestetik: yelka va bo’yin oldinga egilgan... suhbatdoshiga
yaqinroq bo’lishni afzal biladi va qo’li bilan uni ushlashni, qo’llarini uzoq
ushlab turishni yoqtiradi... «men» so’zini sezilarli darajada suiiste‘mol
qiladi... janjal chiqsa, kechirim so’rashga moyil...
Predikatlarni eshita olish va ko’zlarining reflektor harakatiga qarab
insonning chuqur kechinmalarini aniqlay olish ongsizlik darajasida
ishonchli aloqa o’rnatish va obyektning quvvatini kerakli tomonga
yo’naltirish imkonini beradi.
Axborotga ishlov berish usulini bilib (tanib) olish. Har qanday
insonning ko’z harakatlari nafaqat uning modalligi haqida, balki uning
joriy axborot bilan qanday ishlashi to’g’risida ham ma‘lumot bera oladi.
Nigohlarning to’qqiz yo’nalishini va ularning tavsiya etiladigan
rasshifrovkasini ko’rib chiqamiz:
– o’ngga-yuqoriga – noverbal konstruksiyalash (yaratish) (VK);
– to’g’riga-yuqoriga – noverbal eslash (VE);
– chapga-yuqoriga – noverbal eslash (VE);
– chapga-yonga – auidal eslash (AE);
– chapga-pastga – audial tasavvurlar (AT); o’zi bilan o’zi gaplashish;
– to’g’riga-pastga – kinestetik tasavvurlar (KT);
– o’ngga-pastga – kinestetik tasavvurlar (KT);
– o’ngga-yonga – audial konstruksiyalash (AK);
– to’g’riga-oldinga – tashqaridan «majburlab kiritilgan» yoki xotiradan olinadigan noverbal tasavvurlar (VT).
(Oriyentatsiyani osonlashtirish uchun yuqorida keltirilgan chap tomon
xususiyatini qo’llash qulay (u o’ng tomondan ko’ra «haqqoniydir»)).
Chapaqayga duch kelinganida kuzatiladigan manzara odatda ko’zgudagidek qarama-qarshi bo’ladi.
Savolga javob izlashda axborot bilan ishlash strategiyasi uchta ketmaket keladigan bosqichdan shakllanadi:
– ong osti xotirasidan (tasavvurlarning o’ziga xos YETAKCHI
tizimidan foydalanib) axborot izlash;
– olingan axborotni ongga (tasavvurlarning o’ziga xos
REPREZENTATIV tizimidan foydalanib) taqdim etish;
– ongning ushbu axborotning haqiqiyligini (tasavvurlarning o’ziga xos
REFERENT tizimidan foydalanib) baholashi.
Ushbu bosqichlarning har birida odatda ko’zlar harakatining
yo’nalishlari bo’yicha aniqlanadigan o’z modalligi amal qiladi. Bunda
mazkur uchta harakatdan iborat o’ziga xos seriyada odatda, birinchisi –
qo’lga kiritish, ikkinchisi – tasavvur, uchinchisi – baholashga mos keladi.
Bosqichlar modalliklari inson nutqida ham, ya‘ni bitta jumlada
ko’rinib qoladigan muayyan predikatlar izchilligida kuzatiladi. Masalan:
«Biz ushbu muammoga kelishgan holda kirishganimizda (audial izlash),
uni hal qilish ancha og’ir ekanligini (kinestetik baho) aniq ko’ramiz
(noverbal reprezentatsiya)».
Obyekt strategiyasi ba‘zan vaziyatga qarab o’zgaradi; ushbu strategiya
ko’zlar harakatida ancha tez namoyon bo’ladi va shu bois uni sezish uchun
muayyan tayyorgarlik mashqlari kerak bo’ladi.
Ko’zlar harakati ko’p hollarda insonga uning oldida yuzaga kelgan
mental obrazlarga real munosabatidan xabar beruvchi (ko’zlar chapga ketdi, ayni vaqtda qorachiqlar toraydi – nimadir haqidagi noxush audial
xotira...) sof individual reaksiyalar bilan uyg’unlashadi.
Suhbatdoshni kalibrlash. Har qanday muloqotdan ko’proq foyda
olish uchun quyidagilarni bilish maqsadga muvofiq bo’ladi:
– ba‘zi tashqi belgilarga qarab suhbatdoshning qaysi yo’nalishda
fikrlayotganini aniqlash;
– uning emotsional holatini anglash;
– gaplarining haqqoniyligini bilish (oriyentatsiya olish);
– uning ongi va ong ostiga sezdirmasdan o’z g’oyalarini kiritish.
Suhbatdoshning fikriy, emotsional va baholovchi javoblarini yaxshi
tushunish uchun uni aniq «kalibrovka» qilish zarur.
Obyektni kalibrlash suhbatga javobini shubhasiz siz biladigan
qandaydir o’ylantirmaydigan savollarni kiritish hamda ushbu savollarga
bo’ladigan turli so’zsiz javoblarni aniq sezish orqali amalga oshiriladi.
Individni batafsil kalibrlashda fikrlar va his-tuyg’ularni o’qib olishga
taalluqli (bo’limda batafsil keltirilgan) faktura katta yordam bera oladi.
«Rozilik va inkor» guvohliklarini tushunish uchun aniq («ha» yoki
«yo’q») javoblarini talab qiluvchi eng oddiy savollardan foydalaniladi
hamda ularga beriladigan aniq javob reaksiyalaridagi ayrim farqlar
aniqlanadi. Pirovardida siz javob olguningizga qadar kutilayotgan .... sizga
tushunarli bo’lishi kerak. Insonning emotsional reaksiyalarini tushunish
uchun obyektga xush yoqadigan va yoqmaydigan, puxta tanlangan mavzular (yoki odamlarning fikrlari) haqida so’z yuritiladi. Suhbatdosh ko’zlarining harakatlarini tushunish uchun (axir ular standart sxemaga mos kelmasliklari mumkin...) galma-galdan uning ichki tasavvurlarining goh
vizual («...qanday ko’rinishga ega?»), goh audial («...qanday ohangga
ega?»), goh kinestetik («...qanday seziladi?») tizimlariga taalluqli bo’lgan
oson sinov savollari beriladi.
Obyekt qachon chin gapirayotgani, qachon to’qib chatayotganini
tushunish uchun ham aniq eslashga («xotiningizning turmagi qanday?»),
ham fantaziyani ishlatishga mo’ljallangan turli savollardan («Idealingiz
qanday ko’rinishga ega?») ishlatiladi.
Individ nutqiga quloq tutib, u yerda ko’rinib qoladigan barcha modal
predikatlar hamda ularning bunda aytib yuboriladigan jumlalar tuzilishidagi ularning ketma-ketligi (axborot bilan ishlash strategiyasi) diqqat bilan
kuzatiladi.
NLD yordamida manipulatsiyalash texnikasi. Obyektni kalibrlagach, uning chuqur ichki olamini bilib olishingiz mumkin. Endi ularni o’z
shaxsiy g’oyalaringiz bilan to’ldirsangiz kifoya qiladi.

Insonga aytilayotgan so’zlar unga faqat uning ongida shu paytda hosil


qila oladigan mental obrazlar tufayligina qandaydir ta‘sir ko’rsatadi.
Kerakli samaraga erishish uchun individga «moslashishga» to’g’ri
keladi, bu sinxronlashtirish, oddiy qilib aytganda, uning imo-ishoralarini
va nutqini manipulyatorning faol xatti-harakatida aks ettirish orqali amalga
oshiriladi.
So’zlarni ifodalash tarzi (ovoz ohanglari va intonatsiya...) ular orqali
ko’pchilik anglaydigan ma‘noga qaraganda ancha muhimroq; nutq maromi
(ritmi) tekis bo’lishi va suhbatdoshingizning nafas olish chastotasiga
moslashtirilishi lozim.
Kerakli fikr yoki g’oyani o’tkazish uchun suhbatdoshingizning
e‘tiborini egallab olishingiz zarur, buning uchun uning modal so’zlari
yordamida u hozir his qilayotgan narsalarni jonli tasvirlash kerak bo’ladi.
So’ngra, «agar», «shunday qilib», «demak» singari o’tish so’zlari orqali
(dastlabki modallikdan foydalangan holda) majburlab qabul qildiriladigan
tasavvurlar kiritib qo’yiladi. Ular bunday holda, garchi avval keltirilgan
fikrlardan mutlaqo boshqa bo’lishi mumkin bo’lsa-da, unga «o’ziniki»dek
va juda ishonchli tuyuladi.
Insonning ongi va ong ostiga bildirmay kiritishning (joriy etishning)
klassik sxemasi bunda quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: gaplar orasiga
kiritiladigan gaplar – o’tish so’zi – belgilangan yo’nalishda boradigan
jumla.
Gaplar suhbatdoshning (uning avvaldan ma‘lum bo’lgan ko’z harakatlari bo’yicha aniqlanadigan) ichki strategiyasidan, u ishlatayotgan so’zlarni
qo’llash va u keltirgan iboralar izchilligi bo’yicha foydalangan holda
tuziladi.
Ta‘sir ko’rsatish davomida obyektga ishlatilayotgan barcha so’zlarga
nisbatan yuzaga keladigan har bir reaksiya diqqat bilan kuzatiladi hamda
uning ongida sizni batamom qoniqtiradigan javob shakllanmagunicha unga
tuzatishlar kiritiladi.
ILOVALAR
1-ilova
1-rasm. Profayling sxemasi
2 - rasm.
Muloqot jarayonida olinadigan verbal va noverbal axborot
nisbati
Verbal signallar
Axborot mazmunining darajasi
7 %– faqat so‘zlar
evaziga
3 8%–tovush vositalari (ohang, tembr,
ovoz intonatsiyasi va barcha nutqiy
bo‘lmagan tovushlar) evaziga
5 5%– boshqa noverbal vositalar
evaziga.
Axborot mazmunining darajasi
Tananing noverbal
signallari
Ovoz
Mimika
Imo-ishoralar
Holatlar
Masofa
Psixologik kuzatish metodi orqali terrorchilik
faoliyatiga mansublik ehtimoli bo’lgan
belgilarini diagnostika qilish
Ko’zdan kechirish yoki hujjatlarni tekshirish
vaqtida suhbatlashish (so’roq qilish, so’rov)
metodi orqali terrorchilik faoliyatiga
mansublik ehtimoli bo’lgan belgilarini
diagnostika qilish
Tashqi belgilar va xatti-harakat xususiyatlari
bo’yicha diagnostika qilish EMOTSIONAL HOLAT VA UNDAGI
O‘ZGARISHLARNI BAHOLASH
Shaxsning kriminal
belgilarini diagnostika
qilish
Narkotiklarning ehtimol
tutilgan iste‘molini diagnostika qilish
YOLG‘ON VA YASHIRILAYOTGAN
HOLATLARNI DIAGNOSTIKA QILISH
TRANSPORT YO‘LOVCHI OQIMI
Terrorchilik faoliyatiga mansublik
belgilariga ega shaxslar
Terrorchilik faoliyatiga mansublik
belgilariga ega bo’lmagan shaxslar
Xatar guruhlari: jinoyatchilar,
giyohvandlar va boshqalar

3-ilova
Ma’lumot olishning noverbal kalitlarini o‘rganish bo‘yicha praktikum


Ma‘lumot olishning noverbal kalitlarini tushunishni o’rganish, ya‘ni
boshqa birov tanasining tilini tushunish uchun avvalo o’zini o’zi bilish
yo’lini bosib o’tish zarur. Eslatib o’tamiz, ―Ayni vaqtda o’zingiz va signallaringizni bilmay turib, inson haqidagi amaliy bilimlar mavzulariga
murojaat qilish befoyda‖.
V. Birkenbil tana tilini o’rganishga oid o’z asarlarida shu jihatdan
sodda va foydali bo’lgan quyidagi mashqlarni taklif etgan.
Anglangan idrok. Sezgilar verballashuvi
1-mashq
Inson aks etgan biror suratni ko’rib chiqing. Oilaviy albomdagi
fotosuratni yoki rasmlar, jumladan jurnal, kitob, reklamalardagi suratlar va
shu kabilarni olish mumkin.
Siz suratda ko’rib turgan umumiy vaziyatni so’zlar (tana signallari
terminlari)orqali tavsiflang. Masalan: ―Erkak o’z qo’lini ayolning yelkasiga qo’ydi, ayol kulyapti, bola chetda turibdi va ikkalasiga qarayapti‖.
Hozircha hammasi oson.
Qiyinroq savollar beramiz:
Bola qanday qarayapti? U o’zini yolg’iz, e‘tiborsiz qolgan, tashlandiq
sifatida his qilyaptimi yoki erkak va ayol yonma-yon tinch turganlaridan
xursandmi.
Albatta, ushbu holda gap to’g’riligini tekshirish mumkin bo’lmagan
talqin etish haqida bormoqda. Biroq siz avval faqat o’z kuzatishlaringizni
verballashtirish borasida mashq qilishingiz kerak. Nazorat bilan siz nafaqat
his qilishni, balki nimani his qilganligingiz haqida o’ylashni ham o’rganganingizdan keyin shug’ullanasiz, zero talqin, izoh, taxminning yuqori
darajadagi aniqligiga oddiy intuitsiya yordamida erishib bo’lmaydi. Bunga
erishish uchun ko’p mashq qilish kerak.
Yaxshisi, mashqni ikki kishi bo’lib yoki guruh tarkibida bajargan
ma‘qul. Ko’pincha yo’l qo’ygan xatoingiz tashqaridan aniqroq ko’rinadi.
Buning ustiga, verballashuv deganda biz so’zda ifodalangan mohiyatni aniq ifodalashni tushunamiz. Shu bois noaniq ichki hissiyotni baland
ovozda aytgan yaxshiroq.
Mashq turli sur‘atlarda 2–3 marta bajariladi.
2-mashq
Aslida, bu mashq avvalgisiga o’xshash, faqat farqi shundaki, bu safar
real hayotdagi voqeani (masalan, ko’chada, kafeda, temir yo’l vokzalining
kutish zalida, avtobus bekatida, aeroportda va boshqa joylardagi sahnani)
yoki teleekranda yuz berayotgan biror voqeani (masalan, televizion davra
suhbati yoki badiiy filmni) tavsiflash zarur bo’ladi.
Bunda siz, agar avvalgi mashq ko’nikmalarini yetarli darajada o’zlashtirmasangiz, ushbu topshiriqni bajarish ancha qiyin bo’lishini to’lig’icha his qilasiz.
3-mashq
Insonning o’z dunyosidagi hissiyotlari qancha o’tkir bo’lsa, u buni
boshqalarga nisbatan shuncha ko’p rivojlantirishi mumkin bo’ladi.
Bu safar o’z tanangiz signallarini o’zidan o’zi intervyu olish tipidagi
so’zda ifodalangan (sport radiosharhlovchilariniki singari) joriy sharhlar
yordamida tavsiflashga harakat qiling.
10–15 daqiqa mobaynida o’zingiz sezgan har bir tana signalini
tavsiflang. Masalan: ―Men peshanamni tirishtiryapman, lablarim siqilgan,
shaxdam qadamlar bilan oshxonaga boryapman, bir oyog’imda turganimdan belim uvishib qoldi, kofe qaynatgichni ta‘mirlayapman...‖ Shu kabi
signallardan iloji boricha ko’prog’ini qidirib topishga harakat qiling.
4-mashq
Tana signallarining bir qatorini yo’riqnoma bo’yicha bajarish. Yo’riqnoma vazifasini ―arzon badiiy adabiyot‖da topish mumkin bo’lgan har
qanday matn bajarishi mumkin. Muhimi, unda turli tana harakatlari
yetarlicha tavsiflangan bo’lishi kerak. Masalan: ―U qoshlarini chimirib
o’tirardi, so’ngra sapchib turib nimanidir ming’irlagan holda xonadan
yugurib chiqdi...‖
Barcha ko’rsatmalarga darhol va uyalmay amal qilishga harakat
qiling. O’zingizga quloq tuting. Gavdangiz o’zini qanday tutyapti? Bunda
siz nimalarni his qilyapsiz?
5-mashq. “Oyna”
Yoningizda turgan yoki teleekranda ko’rinib turgan odamga taqlid
qilishga harakat qilib ko’ring. Ba‘zi odamlar uchun bunday o’zgarishlar
oson kechadi, boshqalar esa hamma narsani qiynalib va notabiiy
bajaradilar. Siz odamlarning qaysi tipiga mansubsiz? Agar mashqlar guruh tarkibida bajarilsa, ishtirokchilar juft-juft bo’lib
bo’linadilar hamda bir-birlariga yuzma-yuz turadilar: biri – yetakchi,
boshqasi – yetaklanuvchi.
Yetakchi qo’l, oyoq, gavda bilan ohista harakat qila boshlaydi –
musiqa ostida bo’lishi ham mumkin. Yetaklanuvchi sherigining harakatlarini ko’zgudagi obrazdek aks ettiradi. 5 daqiqadan so’ng ular rollarini
almashtiradilar.
Topshiriq tugagach ishtirokchilar o’z taassurotlarini o’rtoqlashadilar.
Mashq uchun 15 daqiqa ajratiladi.
6-mashq. “Metafora”
Ishtirokchi aylana o’rtasiga chiqadi va o’zi uchun qulay har qanday
holatda, har qanday qulay yuz ifodasi bilan turadi, bunda mimikani va
holatini zaruratga qarab o’zgartirish imkoniga ega bo’ladi.
Quyidagi savollarga javob bering:
– bu odamga qaraganda qanday obraz tug’iladi?
– ushbu obrazga qo’shimcha ravishda qaysi suratni chizish mumkin?
– qanday odamlar uni o’rab olishi mumkin?
– ushbu surat uchun qaysi interyer yoki peyzaj fon bo’lishi mumkin?
– bularning bari qaysi zamonlarni eslatadi?
Har bir ishtirokchi bu masaladagi ijodiy g’oyalari bilan alohida
bo’lishishi, yoki obraz butun guruh tomonidan yaratilishi mumkin.
Guruhning barcha a‘zolari aylana markazi orqali o’tishlari lozim.
Mashq uchun 1 soat ajratiladi.
7-mashq. Tinglay bilish, intonatsiyani sezishni rivojlantirish
Intonatsiya hissini rivojlantirish uchun shu paytgacha bo’lganidan
boshqacha tarzda eshitishimiz kerak.
Bu ―mashqlarni‖ yaxshisi televizor oldida amalga oshirgan ma‘qul.
Buning ustiga, ularga har qanday ko’rsatuv yaraydi. Axborot xabarlari,
to’g’risi, badiiy filmlarga qaraganda kamroq intonatsion jihatlarga ega,
ammo o’zingiz ham buni oson tushunib olasiz. Televizion ko’rsatuvlarni
tomosha qiling va intonatsion signallarni verballashtirishga harakat qiling.
Masalan: ―U baland ovozda, tajovuzkorona, tortinib, sekin gapiryapti va
hokazo‖. Mashqlar vaqtida olingan hissiyotlarni Siz tez orada hayotiy
vaziyatlarda ham idrok eta olasiz, ularni so’zlar orqali, buning ustiga
uyalmay, tavsiflay olasiz.
8-mashq. Tashqi holat va ichki pozitsiya
Bu mashqni bajarganda bir qancha mini-eksperimentlar o’tkazamiz
(har biriga 15 daqiqa ajratiladi).
Har bir mini-sikldan imkon qadar ko’p foyda olishga harakat qiling.
Qog’ozda har bir eksperiment natijasini qayd eting. Bu bilan Siz ikki
natijaga erishasiz: verballashtirish qobiliyatingizni takomiillashtirasiz va
o’z signallaringiz tavsifiga ishlov berasiz. Bu hol Sizga keyingi
eksperimentlar chog’ida hissiyotlaringizni yaxshiroq talqin etishda yordam
beradi!
Oldinga-orqaga bir necha qadam tashlash uchun yetarli joyga ega
xona, tirsak qo’ygichsiz stullar zarur bo’ladi.
Siz qanday turibsiz?
1. Odatdagi (masalan, kimnidir kutayotganingizda bo’ladigan) holatda
turing.
Ushbu holatda biroz qoling va qanday turganingizni anglashga harakat
qiling: og’irligingiz ikkala oyoqqa taqsimlanganmi yoki faqat bittasigami?
Balki Siz bir oyoqdan boshqasiga og’irligingizni almashib turgandirsiz?
2. To’xtang.
O’z og’irlik markazingizni his qiling!
U qayerda joylashgan: bosh, ko’krak, qorin, bel, dumba (son) yoki
oyoqlaringizda.
3. Javobingizni yozib qo’ying.
4. Tik turgan holda mushaklaringizni his qiling.
5. To’g’ri (tayoqdek emas, odatdagidek) turing.
6. Gavdangizning yuqori qismini iloji boricha oldinga sekin va
anglangan ravishda ko’chiring. Buni yiqila boshlaguningizcha davom
ettiring.
7. To’xtang.
Bu harakatni takrorlang. Ushbu holatda bir necha soniya qoling.
8. Yiqilishga to’sqinlik qilish uchun qaysi mushaklaringiz va qay
darajada taranglashganini anglang.
9. Buni daftarda qayd eting.
10. So’ngra yana bitta harakat. Gavdangizning og’irligini sekin va bila
turib orqaga ko’chiring. Bunda sizni yiqilishdan saqlab qolish uchun qaysi
mushaklaringiz va qay darajada taranglashganini his qiling.
11. To’xtang. Yozib qo’ying.
Qay holda o„tiribsiz?
1. Iltimos, tirsak qo’ygichsiz stulga o’tiring. Hech narsaga tegmasligingiz uchun stulingiz bo’sh joyga qo’yilgan bo’lishi lozim.
2. Tos markazidan yuqoriga qarab fikran to’g’ri chiziq o’tkazing.
Og’irlik markazingiz qayerda joylashgan: xayoliy chiziq oldida, tos
ustida, chiziq ortida.
3. Qayd eting.
4. Endi stulning old chekkasiga o’tiring va gavdangizning og’irligini
oldinga ko’chiring (―A‖ o’tirgan holati).
5. Oyoqlaringiz, ehtimol, bir-biriga parallel turibdi. Ularning holatini
o’zgartiring – bir oyog’ingiz boshqasidan bir qadam oldinda turadigan
qilib suring.
6. To’xtang.
Endi boshingizni biroz osiltiring, qo’llaringiz esa tizzalaringiz orasida
erkin osilib tursin.
7. O’zingizni qanday his qilyapsiz?
8. Yaqin 10 daqiqa shu holatda qolishga to’g’ri kelsa, o’zingizni
qanday his qilasiz?
9. Bunday vaziyatni o’zingiz yoki boshqalarda yana qachon kuzatgansiz.
10. Qayd eting.
11. Yana to’g’ri o’tiring, bunda tanangizning yuqori qismi og’irligi
beldan yuqorida turishi kerak. Ammo bu sizga go’yo ―tog’ni yutib yuborgandek‖ o’tirishingiz kerakligini bildirmaydi. Yelkalaringizni bo’shashtiring, odatdagidek o’tiring (―B‖ o’tirgan holati).
12. To’xtang.
Endi qulay holat topib, oyoqlaringizni bir-biriga nisbatan parallel
joylashtiring. Qo’llaringiz qayerda joylashgan? Polda emasmi?
13. Ushbu holatda nimani his qilyapsiz?
14. Bunday holatni (o’zingiz yoki boshqalarda) qachon ko’rgansiz?
15. Ushbu tashqi holatga mos ichki holatni tavsiflashda quyida
keltirilgan so’zlardan qaysi biri hissiyotlaringizni yaqinroq aks ettirishini
aniqlang:
– qo’rqqan, tormozlangan, o’ziga nisbatan ishonchsiz, jur‘atsiz,
qat‘iyatsiz;
– ochiq, kutuvchi, diqqat-e‘tiborli;
– dimog’dor, mijg’ov, xushchaqchaq.
16. Qayd eting.
17. Endi butun gavdangiz og’irligini orqaga ko’chiring va stul
suyanchig’iga suyaning (―V‖ o’tirgan holati).
18. Tanangiz yana qaysi harakatni o’z-o’zidan bajaradi.
19. Bunda siz nechta oyog’ingizni uzatdingiz, og’riq sezgach
oyog’ingizni tushirdingizmi? Balki siz umurtqangizga tushayotgan yukni kamaytirmoqchidirsiz? Bu holat stul va unda o’tirgan shaxs bo’yining
balandliklari nisbatiga bog’liqmi?
20. Qayd eting.
Siz qanday yurasiz?
1. Xonada kamida 10 (iloji bo’lsa ko’proq) qadam tashlay oladigan
joyni toping.
2. Bu masofani bosib o’ting. Bunda qanday yurayotganingizni his
etishga harakat qiling.
3. To’xtang.
Bu o’tishni o’z yurishingizni bilishingizga ishonch hosil qilmaguncha
bir necha marta takrorlang.
4. Savollarga javob bering:
– O’z ―og’irlik markazingizni‖ qayerda his qildingiz (bunda gavda
og’irligini shubhasiz deb hisoblamaslik kerak): bosh, ko’krak, qorin, bel,
dumba yoki oyoqlaringizda?
– Siz qanchalik barqaror turibsiz?
– Sizningcha, yurishingiz qanday (sekin, qat‘iyatsiz yoki shohona,
dadil, tez)?
5. Yana bir marta yuring va quyidagi savollarga javob berishga
harakat qiling:
Men xonada qanday yuraman?
Ko’chada qanday yuraman?
6. Farqini aniqlay olasizmi?
7. Yozib qo’ying.
Ma‟lumot olishning ko„z kalitlarini aniqlash treningi
Ma‘lumot olishning noverbal (so’zsiz) kalitlarini aniqlashni mashq
qilish uchun Siz yaxshi taniydigan odamlarga o’tmish haqida bir necha
savol berishingiz mumkin.
Masalan:
Oxirgi marta qachon tog’da bo’lganingizni eslaysizmi?
O’z kirish eshigingiz, birinchi o’qituvchingiz, birinchi bo’sa, birinchi
maoshingiz yoki stipendiyangizni eslay olasizmi?
Bunda suhbatdoshingizning ko’zlarini kuzating va ichingizda uning
ko’zlari qaysi sektorda bo’lishiga e‘tibor bering va belgilab qo’ying (7-rasm).
Agar savolingizga javob berishdan avval nigohini yuqoriga yoki
yuqori va chapga qaratsa, bu uning ichki manzarani ko’rganligini bildiradi.
Agar uning ko’zlari yotiq (gorizontal chiziq bo’ylab yoki chap
tomondagi pastki burchakka harakatlanishini sezsangiz, demak u dastlab
gap borayotgan narsani ichkaridan eshitgan.
Agar nigoh o’ngga va pastga qaratilgan bo’lsa, demak u avvalo
xotirasida sezgini chaqirishga harakat qilgan bo’ladi.
Ko’pchilik o’ngaqaylardagi ko’rish obrazlari bilan bo’lgani kabi,
xotiralar chap tomonda, obrazlar yaratish, shakllantirish funksiyasi esa
o’ng tomonda saqlanadi. Eshitish obrazlariga murojaat etilganida ko’z
harakatlari yotiq (gorizontal) ravishda, bevosita tegishli quloqqa yo’naladi.
Quyida keltirilayotgan savollarga javob bering va e‘tiborni ko’z
harakatlariga qarating:
Yoqtirgan kuyingizni eslay olasizmi?
Onangizning qizlik familiyasini oxirgi marta qachon eshitgansiz?
Eng yaxshi do’stingiz bilan oxirgi marta qachon gaplashgansiz?
Ushbu barcha savollar berilganida ko’zlar chap quloq tomonga
harakatlangan bo’lishi kerak, chunki Siz tegishli axborotni eslashingiz
zarur. Agar ko’zlar chapga va yuqoriga harakatlangan bo’lsa, Sizdan
so’ralgan narsa haqida eshitgan paytingizda yuz bergan voqeani
ifodalovchi suratni eslagan bo’lishingiz kerak.
Endi bir nechta kinestetik savol keltiramiz:
Qo’lingizda paxta tutamini ushlab turganingizni tasavvur qiling.
Qo’lingizda qand solingan paket turganini tasavvur qiling. Uning
og’irligi qancha?
Ko’zlaringiz yetakchi qo’l yo’nalishida o’ngga harakatlanganini
sezdingizmi O‘rgatuvchi psixologik o‘yinlar
“Soqov” o„yini
O’yin juft bo’lib o’ynaladi. Ta‘lim oluvchlardan biriga (―soqovga‖)
yarim betli jinoiy yoki hayotiy vaziyat tasvirlangan matn beriladi. Uning
vazifasi imo-ishora va mimika yordamida (tovush chiqarmay) sherigiga
matn mazmunini yetkazish, sherigining vazifasi esa buni tushunish,
so’ngra ko’rganini hikoya qilib berishdir.
O’yindan ko’zlangan maqsad: birinchisiga mimika va imo-ishoralardan oqilona va ifodali foydalanishni o’rgatish, ikkinchisiga esa suhbatdoshini, uning imo-ishoralari va mimikasini kuzatish, so’ngra fuqarolar
bilan birga bo’ladigan ish bo’yicha muloqotda ushbu darsdan foydalanish
– nafaqat suhbatdoshni eshitish, balki uni ―ko’rish‖.
Muhokama o’tkaziladi, so’ngra o’yin sheriklarning majburiyatlarini
almashtirgan holda va yangi matnli material asosida takrorlanadi.
“O„g„rining boshida telpagi ham yonadi” o„yini
O’quv guruhi xonada joylashadi, ishtirokchilardan biri yo’lakka
chiqadi. O’qituvchi unga biror kichkina narsa (masalan, ―narkotik moddali
paket‖, ―o’g’irlangan pasport‖ va shu kabilar) topshiradi hamda xonaga
besh marta kirish topshirig’ini beradi. Faqat bir holatda u o’zini hech narsa
bo’lmagandek bildirmay narsa bilan kirishi mumkin. Bu haqda guruhga
xabar beriladi, guruhga kirayotgan o’yinchining barcha tashqi ko’rinishlarini sinchiklab kuzatish, qiyoslash, qachon cho’ntagida narsa bo’lganligini aniqlashga harakat qilish haqida topshiriq beriladi.
O’yin varianti: bir yoki ikki o’quvchi kabinetdan chiqadi. Narsa
cho’ntakka, portfelga, xonada bo’lgan o’quvchilardan birining stoliga
qo’yiladi. O’quvchilar kabinetga qaytib kiradilar. Ularning vazifasi –
xonadagi odamlarning tashqi ko’rinishini baholash, narsa kimdaligini
aniqlash.
“Qamoqdan qochish” o„yini
O’yindan maqsad – empatiya, mimikani, tana harakatlari tilini
tushunish qobiliyatini rivojlantirish.
Guruh ishtirokchilari bir-birlariga qaragan holda ikki qator (sherenga)-
da turadilar. Boshlovchi topshiriqni taklif etadi: ―Birinchi qator –
―jinoyatchilar‖, ikkinchisi ularning qochishini uyushtirish uchun qamoqxonaga kelgan ―hamtovoqlar‖ (sheriklar) rolini o’ynaydi. O’rtangizda
tovush o’tmaydigan shisha to’siq. Qisqa muddatli uchrashuv vaqtida
―hamtovoqlar‖ imo-ishora va mimikalar yordamida ―jinoyatchilarga‖
ularni turmadan qanday qilib qutqarishlarini aytib berishlari kerak (har bir
―hamtovoq‖ bitta ―jinoyatchi‖ni qutqaradi). O’yin tugagach ―jinoyatchilar‖
qochish rejasini to’g’ri tushungan-tushunmaganliklarini aytib beradilar.
“Tushingga nima kirganligini bilaman” o„yini
Bu o’yin ijtimoiy persepsiya (idrok) treningi usullariga taalluqlidir.
Maqsad: boshqa odamni uning ongi ostiga yetib boradigan darajada
―his qilish‖, uning simvolikasini tushunish qobiliyatini rivojlantirish;
empatik kechinmalar tajribasiga ega bo’lish, ya‘ni dunyoni birovning ko’zi
bilan ko’rishni o’rgatish. Guruhning har bir ishtirokchisiga mashg’ulotda
ishtirok etayotgan odamlar nechta bo’lsa, shundan bitta kam kartochka
topshiriladi.
Yo„riqnoma: ―Tanasi boshqa dard bilmas‖ degan maqol barchaga
yaxshi ma‘lum. Bunda, odatda, kishining ko’nglini bilib bo’lmasligi
nazarda tutiladi. Ammo, birovning ong osti obrazlari yanada qorong’i.
Keling, birovning ongi ostiga kirish va uni tushunishga qanchalik qodir
ekanligimizni tekshiramiz. Ikki daqiqa mobaynida davramizda o’tirgan
odamlarga qarang. Nazaringizda, kimnidir yaxshigina o’rgangansiz,
kimdir hamon ulkan topishmoq. O’ylab ko’ring: bu yerda hozir bo’lgan
odamlarning har biri tushida nimani ko’rishi mumkin, uning tushlariga eng
ko’p xos bo’lgan obrazlar nimalardan iborat, sizningcha, u tushida ko’proq
nimalarni ko’radi?
Har biringizda kartochkalar bor. Kartochkaning bir tomonida guruh
a‘zosining ismini yozing, boshqa tomonida esa – ―bu odam tushida nima
ko’radi‖ degan savolga javobingizni yozing.
Biror odam juda kam tush ko’radi yoki ularni amalda eslab qolmaydi,
deb hisoblasangiz, xuddi shunday deb yozing.
Guruh a‘zolarining har biriga kartochkalarni to’ldiring.
Ish uchun beriladigan vaqt – 30–40 daqiqa. Ushbu muolaja tugagach
kartochkalar boshlovchining stolida ishtirokchining ismi yozilgan tomoni
yuqoriga qaratilgan holda taxlanadi. Barcha ishtirokchilar ishlarini tamomlagach, kartochkalar egalariga tarqatiladi.
Bir yoki bir necha kartochkada tushlaringiz to’g’ri topilganligini
aniqlasangiz, qo’lingizni ko’taring. Yaxshi! Endi, o’rtoqlaringizning tushlaringiz haqidagi taxminlari sizning tushlaringiz mazmuni bilan umuman mos kelmasa ham, har holda ushbu kartochkalar bilan biroz ishlang: ularni
mavzulari bo’yicha guruhlashtiring va sizda nima hosil bo’lgani haqida
o’ylab ko’ring. Bu o’yin natijalarining muhokamasi juda qiziqarli chiqishi
mumkin. Agar guruhda boshqa ishtirokchilar bir yoki bir necha holda
―aniq topishiga‖ erishilgan loaqal bitta odam topilsa, shuning o’zi bunday
topish usullarini tahlil qilish uchun ajoyib sabab bo’ladi. Xo’sh, ―tush
ta‘birchisiga‖ to’g’ri javobni nima aytib berdi? Balki, ―tush egasi‖ning
xatti-harakatida uning tushlarini ―ko’rish‖ga imkon beruvchi nimadir bor?
Aniqlangan tush obrazlari bo’yicha ikkala tomonning izohlarini eshitish
qiziqarli bo’ladi (bunda guruh ishtirokchilariga Freydning quyidagi mashhur iborasini eslatib o’tish joiz: ―Tushlar ong ostiga olib boradigan shoh
yo’ldir‖).
Boshqa odamlarning biz ko’radigan tushlar haqidagi taxminlari – bu
yana ularning bizni shaxs sifatida aks ettirish usullari hamdir. Tushlarimiz
bashoratlarida qandaydir o’xshashlik aniqlangan hollarda bu ayniqsa,
yaqqolroq namoyon bo’lishi mumkin. Boshlovchining iltimosiga ko’ra
ishtirokchilar amalga oshiradigan kartochkalar tasnifi insonga xos deb
bilinadigan tushlarning ustuvor mavzularini aniqlashga hamda to’g’ri yoki
noto’g’ri topilganidan qat‘i nazar, bu odamning guruh tomonidan idrok
etilishi xususiyatlarini ko’rishga imkon beradi.
“Sukut saqlovchi va so„zlovchi ko„zgu” o„yini
Boshlovchi ―ko’zguga qarab turadigan‖ ko’ngilliga davraga chiqishini
taklif qiladi.
Uning vazifasi – faqat ―ko’zgu‖dagi, aniqrog’i ikkita ―ko’zgudagi‖
aksiga qarab, guruh a‘zolaridan qaysi biri unga orqa tomonidan yaqinlashganini aniqlash. Bu ikki ―ko’zgu‖, albatta, tirik odamlar bo’ladi. Biri jim
turadigan: u orqangizda turgan shaxsni faqat mimika va imo-ishoralar
yordamida tushuntira oladi. Ikkinchi ―ko’zgu‖ – so’zlovchi. U, albatta,
ismini aytmagan holda bu qanday odamligini tushuntiradi. Guruh tarkibidan jim turadigan va so’zlaydigan ―ko’zgu‖ rolini bajaruvchi ikki kishini
tanlash kerak.
O’yinchi tanlovni amalga oshirganidan so’ng boshlovchi ―ko’zgularga‖ batafsilroq yo’l-yo’riq beradi:
―ko’zgular‖ devor yonida yonma-yon turishadi. Asosiy o’yinchi – ular
oldida, guruhning qolgan barcha ishtirokchilari asosiy o’yinchining orqasida joylashadilar va bitta-bittadan shovqinsiz orqadan unga yaqinlashadilar.
Ularning ―ko’zgulardagi‖ aksi navbatma-navbat yuz beradi. Dastlab jim
turadigan ―ko’zgu‖ ishlaydi. Agar asosiy o’yinchi orqasida turgan odam- ning kimligini topa olmasa, ―so’zlovchi ko’zgu‖ o’yinga kirishadi va faqat
bitta jumla aytadi. Agar o’yinchi yana topa olmasa, yana jim turuvchi
―ko’zgu‖ ishlaydi va hokazo. O’yinchining vazifasi – orqasida turgan
odamning kimligini iloji boricha tezroq topish.
Biroq ―ko’zgular‖ muayyan shartlarga rioya etishlari lozim. Jim turuvchi ―ko’zgu‖ asosiy o’yinchining orqasidagi odamni ―aks ettirish‖ usullarida amalda cheklanmaydi. Ammo odamlarning sof tashqi xususiyatlarini
tasvirlash, buning ustiga, qandaydir jismoniy xususiyatlarini ta‘kidlashga
urg’u bermagan ma‘qul.
So’zlovchi ―ko’zgu‖ga bir qator aniq cheklovlar qo’yiladi. Birinchidan, tabiiyki, asosiy o’yinchining orqasida turgan odamning ismini aytish
man etiladi. Ikkinchidan, bu odamni tavsiflaganda ushbu inson guruhdan
tashqarida ishtirok etgan voqealarni eslamasligi kerak. Uchinchidan, tashqi
qiyofani oddiy tavsiflashdan qochish lozim. Bunga faqat uchinchi
jumladagina yo’l qo’yiladi.
So’ngra quyidagi savollarni muhokama qilish mumkin:
Orqasida turgan odamning kimligini aniqlashi uchun qaysi o’yinchiga
eng kam miqdorda ―ko’zgu akslari‖ talab etildi?
Bunday ziyraklikning siri nimada?
Guruh ishtirokchilaridan qaysi biri eng iste‘dodli ―ko’zgu‖ ekan?
Bunda unga nima yordam berdi?
Ishtirokchilardan qaysi biri o’zining ―ko’zgular‖dagi aksiga hayron
bo’ldi?
O’z ―aksingizni‖ ko’rganingizda nimani his qildingiz?
Ushbu o’yin natijasida yuzaga keladigan qaytma aloqalarning boyligiga
ortiqcha baho berish qiyin. Hatto biror sababga ko’ra guruh tarkibida
muhokama qilish uchun material bo’lmagan narsa ham ishtirokchi uchun
o’ziga xos ―sehrli fotosurat‖ bo’lib qoladi. Axir, fotoapparat insonning
―obyektiv‖ qiyofasini qayd etadi, mana bunday ―ko’zgular‖ esa hech qaysi
asbob orqali olish mumkin bo’lmagan subyektiv portretni ―hadya‖ qiladilar.
“Seni tushunaman” mashqi
Guruhning har bir a‘zosi o’ziga sherik tanlaydi, so’ngra 3–4 daqiqa
ichida mobaynida uning shu paytdagi holati, kayfiyati, his-tuyg’ulari,
istaklarini og’zaki shaklda tavsiflaydi. Sherigi ahvolini tavsiflayotgan
odam taxminlarning to’g’riligini tasdiqlashi yoki rad etishi kerak. Mashq
juft-juft bo’lib ham, umumiy doirada ham o’tkaziladi.
“Izquvarlar” mashqi
10–12 nafardan ortmaydigan odamlar o’ynaydilar. Agar guruh
kattaroq bo’lsa, uni ikkita kichik guruhga bo’lgan ma‘qul, bunda ikkinchi
guruh vaqtincha mustaqil kuzatuvchi ekspertlarga aylanadilar. Guruh biroz
faoliyatga jalb etiladi. Bu faoliyat har bir guruh a‘zosi nimadadir qattiq
mashg’ul bo’ladigan qilib tashkil etilishi lozim. Yaxshisi, vaziyat har bir
ishtirokchidan aniq, tashqi kuzatuvchiga sezilarli harakatlar qilishni talab
etgani ma‘qul. Ba‘zan ushbu maqsadda individual topshiriqli kartochkalarni ishlatish foydali bo’ladi. Shubhasiz, bu mashq boshlovchidan katta
ixtirochilikni talab qiladi, chunki har bir o’yinchi uchun topshiriqni vaqt
bo’yicha nisbatan teng bajarishnigina emas, balki uni yetarli darajada
ifodali bajarishni talab etadi. Ishtirokchi o’zi ham improvizatsiya qilishi va
hatto kartochkada bayon etilgan boshlang’ich tavsiyalardan batamom
uzoqlashishi mumkin. Asosiy vazifa boshqa.
Guruh kartochkalar bilan tanishib, ishtirokchilar harakat qilishga
tayyor bo’lganlaridan keyin boshlovchi har bir ishtirokchiga boshqalarga
sezdirmay o’zi uchun kuzatish obyektini tanlashni taklif etadi.
Kartochkada berilgan faoliyatni bajarish jarayonida har bir ishtirokchi
yana ikkita vazifani bajarishi kerak. Birinchidan, u kuzatayotgan obyekt
nima qilayotganligini, o’zini qanday tutayotganligini diqqat bilan ko’zdan
kechirishi lozim. Ikkinchidan, har bir ishtirokchi uning o’zini kim kuzatib
turganini tushunishga harakat qilishi mumkin. Yana bitta qo’shimcha
vazifa bor. Kuzatuv obyekti kimni kuzatayotganligini aniqlashga urinib
ko’rish mumkin. Albatta, o’zingizni fosh etib qo’ymaganingiz ma‘qul,
ishtirokchining o’zi kimni kuzatayotganligini birov bilib qolishiga yo’l
qo’ymasligi kerak.
Mashqning o’yin qismini bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
So’ngra muhokama boshlanadi. Muhokama vaqtida har bir ishtirokchiga
o’z taassurotlarini aytib berishiga imkon berish muhim. Muhokamani bir
necha doira-bosqichlarda o’tkazish foydaliroq bo’ladi.
Dastlab har bir ishtirokchiga kartochkada yozilgan o’yin sujetining
bajarilish sifatidan qoniqish hosil qilgan-qilmaganligini, ya‘ni, uning
nazarida, topshiriqni uddalay olgan-olmaganligini aytish so’raladi.
So’ngra har bir ishtirokchi, uning fikricha, kim uni kuzatganligi
haqidagi o’z taassurotlarini aytib beradi. Uning taxminlari darhol tekshiriladi va bu odamni kuzatgan ―izquvarlar‖ o’zlarini oshkor etadilar.
Bunday ketma-ketlik ―izquvar‖ ham, kuzatuv obyekti ham kuchliroq
hayratlanishiga imkon beradi.
Bundan tashqari, fosh etilish davomida ―o’zlarini ochib bergan‖
ishtirokchilar qisqacha izoh orqali o’zlari kuzatgan obyekt kimni
kuzatganligini aniqlay olgan-olmaganligini aytishlari mumkin. Bu izohlar
―obyekt‖ ―rejali ravishda o’zini oshkor etishi‖dan oldin kelmasligi lozim.
Shundan so’ng boshlovchi ishtirokchilarga kim, qay tariqa butun
topshiriqlar majmuini bajara olganligi haqidagi taassurotlarini aytib berishni
taklif etishi mumkin. Bunda har bir ishtirokchi bilan nima voqealar
bo’lganligi, uchta topshiriqdan qaysi birini bajarish oson kechgani, fikrni bir
vaqtning o’zida bir necha vazifalarga jamlash imkoni qanday topilganligi,
sizni kimdir kuzatayotganligini tushunish sizda qanday hissiyotlar keltirib
chiqarganligini, bunda qanday istaklar yuzaga kelganligi, o’yin jarayonida
nima xalal berdi-yu, nima yordam berganligini aytib berish taklif etiladi.
Ishtirokchilar o’zining kuzatuv obyekti ekanligini his etish asosiy
faoliyatdan e‘tiborni chalg’itib, uning sifati pasayishiga olib kelishini – bir
vaqtning o’zida bir necha turdagi faoliyatga e‘tiborni jamlash qiyinligini,
shu bois dastlab kartochkada yozilgan asosiy ishga kirishish, uni ―ishga
solish‖, so’ngra, inersiya bo’yicha harakat qilib, atrofga nazar tashlashni
boshlashlari mumkin. Kimdir zimdan kuzatayotgan odamning o’ziga xos
jihatlarini tavsiflashga harakat qilishi mumkin.
Ko’pincha guruh ishtirokchilaridan birortasi yordamida bajarilgan
mashq – real hayotning yaxshigina modeli ekanligi, unda muayyan vazifani bajarish faoliyati bir tugunga bog’langani hamda bir-birini idrok etish,
kuzatish, hatto ba‘zan bir-birining ortidan kuzatish va ularning tabiiy
muloqotidagi tarkibiy qism ekanligi haqidagi umumiy fikrni bildirgan.
Real hayotdan nimanidir chiqarib tashlash qiyin. Shu bois mashq qilish
hamda hozirgina modeli yaratilgan mavjud voqelikda samarali bo’lishning
o’z usulini izlab ko’rish foydali bo’ladi.
Kuzatuvchanlik, diqqat, xotirani rivojlantirish mashqlari
1-mashq
Bu kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun mo’ljallangan eng oddiy,
lekin juda samarali mashqlardan biri. Uning mohiyati – eng oddiy
(kundalik) narsalarni ―ko’rish‖ mahoratida.
Oldingizga birorta oddiy, yaxshisi yorqin rangli buyumni qo’ying,
chunki dastlab bunday mashqni bajarish osonroq bo’ladi. Bu jurnal,
apelsin yoki kompakt disk bo’lishi mumkin. Ma‘lum vaqt davomida ushbu
narsaga xotirjam, ammo juda diqqat bilan, uni xotirangizda saqlab
qolishga urinib, tikiling.
So’ngra ko’zingizni yuming va ushbu narsani maksimal darajada aniq
eslab qolishga harakat qiling. Uning o’lchamini, barcha tafsilotlarini
eslashga harakat qiling va bularning barini miyangizda saqlab qoling.
So’ngra ko’zlaringizni oching, yana bir marta narsaga qarang va u siz
yaratgan obrazdan qanchalik farq qilishiga e‘tibor bering.
E‘tiboringizdan tushib qolgan tafsilotlariga qarang, so’ngra yana
ko’zlaringizni yuming va tasvirni takomillashtirishga urining; so’ngra yana
narsaga qarang va narsaning aniq obrazi barcha tafsilotlari bilan
tuzilmagunicha bu ishni davom ettiring.
Uncha katta bo’lmagan amaliyot Sizga juda yaxshi ko’nikma beradi
hamda keyingi ishga va takomillashishga tayyorlaydi.
2-mashq
Birinchi mashqni o’zlashtirgach, ikkinchisiga kirishing, o’zingiz
o’rgangan narsalardan birini qo’lingizga oling va aniq fikriy tasviriga ega
bo’lgach, qog’ozda uning shakli va tafsilotlarini chizishga harakat qiling.
Albatta, Siz rassomlik iste‘dodiga ega bo’lmasligingiz mumkin. Shu
bois birinchi marta uchun (boshlanishiga) o’zingizga oddiyroq topshiriq
bering, umidingiz puchga chiqmaydi. Suratlaringiz sifati rassomlik
qobiliyatingizga emas, eslab qolgan va qog’ozga tushira olgan
tafsilotlaringizga bog’liq bo’ladi.
Suratlar sifati, unchalik o’xshamasligi, rasm chizishni bilmasligingiz
haqida o’ylamang. Bu mashqda asosiy vazifa – uni oddiygina bajarish.
Mashq bebaho ko’nikmalar beradi.
Ushbu ikki mashq kuzatuvchanlikni hamda eslash qobiliyatini kuchli
darajada rivojlantiradi. Natijada ma‘lum bir vaqtdan keyin biror narsaga bir marta qarab, barcha asosiy detallariga ega suratini (xomqolipini) chiza
olasiz.
Albatta, Siz uchun model bo’lib predmetning o’zi emas, balki uning
xotirangizdagi tasviri xizmat qilishi lozim. Narsaning barcha tafsilotlariga
e‘tibor berib, unga yana bir bor qarang, biror narsani unutmadingizmi.
Umuman, birinchi mashqda bo’lgani kabi ish tuting.
3-mashq
Mashqni narsaning umumiy ko’rinishini eslab qolishdan emas, balki
tafsilotlarini (detallarini) ko’rib chiqishdan boshlang. Bir qarashda butun
predmetni yaxlitligicha ―idrok etishga‖ urinmang. Bu – ayrim natijalarga
erishib bo’lganingizdan keyingi mashqlar ishi. Narsaning ayrim tafsilotlarini ―idrok eting‖, ularni xotirangizda saqlab qoling, so’ngra keyingi
tafsilotlariga kirishing va hokazo.
Masalan, biror shaxsning yuzini oling. O’zingiz uchratadigan odamlarning yuzini unutishdan ham yomonroq holat yo’q. Bu hol bizning
kuzatuvchanligimiz yetishmasligidan kelib chiqadi.
Xato shundaki, biz yuzni tafsilotlari bilan emas, balki yaxlit eslab
qolishga uringanmiz. Avval tanishlaringizda mashq qiling, so’ngra begonalarga o’ting, tez orada Siz odamlarning tashqi qiyofasidagi tafsilotlarni
juda oson eslab qolishingizdan hayratga tushasiz.
Shunday qilib, insonning burni, ko’zlari, og’zi, engagi, sochlarining
rangi, boshining umumiy shakli kabilarni diqqat bilan ko’rib chiqing. Bir
qancha vaqt o’tgach bir odamning burnini, boshqasining ko’zlarini, yana
boshqasining engagini xotirangizda tiklash osonligini ko’rasiz.
Bu mashqqa kirishishdan oldin, xotirjam o’tiring va eng yaqin tanishlaringizdan birortasining tashqi qiyofasini tavsiflashga harakat qiling.
Aslida, Siz xayolan ―chizgan‖ obraz qanchalik noaniq ekanligiga o’zingiz
hayron qolasiz. Tan oling, aslida Siz ularning yuzlariga bir marta ham
diqqat bilan razm solmagansiz. Agar shu rost bo’lsa, birovlarning yuzlarini
eslashga qanday qilib umid qilishingiz mumkin? Uchragan har qanday
odamga razm solib va tashqi qiyofasini puxta o’rganib, so’ngra tafsilotlarini
qog’ozga tushirish uchun qo’lingizga qalam olishingiz, shuningdek uning
tashqi qiyofasini so’zlar orqali tavsiflashga harakat qilishingiz mumkin.
4-mashq
Muayyan vaqt mobaynida yaqin atrofdagi uyga qarang va, orqaga
burilib, fikran nechta derazasi, balkoni borligini, qaysi derazalari ochiqligini, qayerda kir osilganligini, qaysi xonadonlarda odamlar
borligini tavsiflashga harakat qiling. Bunda uyda nechta deraza yoki
balkonlari borligini bilish – hali kuzatuvchanlikdan darak bermaydi: ularning soni o’zgarmasdir. Biroq ayrim derazalari qachon ochiq bo’lishini
yoki qayerda chiroq yoqilganligini sezish – kuzatuvchanlik, sinchikov
diqqat, aloqalarni sezish va bog’liqlikni aniqlash qobiliyatining natijasidir.
5-mashq
Mashq biror voqeani kuzatishdan iborat. Ushbu holda hammaning
e‘tiborini tortgan qandaydir ko’cha hodisasi nazarda tutilmaydi. Bu
muayyan maqsadni ko’zlovchi bir yoki bir necha odamning oddiy
birgalikdagi harakatlari bo’lishi mumkin. ―Nima uchun bu odam shu
yerda?‖, ―U nimani kutyapti?‖, ―U hozir nima qiladi?‖ – bu savollarga
beriladigan javoblar odamlarda psixologik kuzatish qobiliyatini, inson
xulqini bashorat qilish mahoratini rivojlantirishga imkon beradi.
Mashqlarni bajarayotganda quyidagi qoidani yodda tuting – faqat
ko‘rganingizni eslab qolasiz!
TEST: MIMIKA VA JESTLARNI O‘QIY OLASIZMI?
1. Sizningcha, mimika va jestlar — bu:
a) kishilarning ayni vaqtdagi hissiy holatining to’satddan namoyon bo’lishi;
b) nutqqa qo’shimcha;
d) ong ostidagi fikrlarni bildirib qo’yish jarayoni.
2. Erkaklarga nisbatan ayollarda jest va mimikalar aniqroq ifodalanadi deb
o’ylaysizmi?
a) ha;
b) yo’q;
d) bilmayman.
3. Yaqin do’stlaringiz bilan qanday salomlashasiz?
a) baralla: «Salom!» deyman;
b) yurakdan qo’l siqib ko’rishaman;
d) bir-birimiz bilan quchoqlashib;
e) qo’l berib, yuzidan o’pib so’rashaman.
4. Fikringizcha qanday mimika va jestlar butun dunyoda aynan bitta
narsani bildiradi? (uchta variant tanlang)
a) bosh bilan imlash;
b) bosh bilan tasdiqlash;
d) burunni tirishtirish;
e) peshonani tirishtirish;
f) ko’zni qisish;
g) tabassum qilish.
5. Sizningcha, tananing qaysi qismi ―ifodaliroq‖ namoyon bo’ladi ?
a) oyoqning tagi, tovon;
b) oyoqlar;
d) qo’llar;
e) qo’l panjalari;
f) yelkalar.
6. Sizningcha, yuzingizning qaysi qismida emotsiyalar aniqroq ifodalanadi?
a) peshona;
b) qoshlar;
d) ko’zlar;
e) burun;
f) lablar;
g) og’iz burchagi.
7. Oynavand bino oldidan o’tayotganingizda birinchi navbatda tanangizning qaysi qismiga ahamiyat berasiz?
a) kiyimimning turishiga;
b) soch turmagimga;
d) qadam tashlashimga;
ye)qomatimga;
f) qaramayman.
8. So’zlashuv jarayonida suhbatdoshingiz gapirayotib yoki kulayotib
hadeb qo’li bilan og’zini bekitishi sizningcha nimaning alomati?
a) yashiradigan gapi bor;
b) uning tishlari qiyshiq;
d) nimadandir uyalyapti.
9. Suhbatdoshingizda nimaga ko’proq ahamiyat berasiz?
a) ko’zlariga;
b) og’ziga;
d) qo’llariga;
ye)pozasiga.
10. Suhbat davomida suhbatdoshingizning ko’zlarini tez-tez olib qochishi
bu –
a) nosamimiylik;
b) o’ziga ishonmaslik;
d) diqqatni jamlash.
11. Tashqi ko’rinishga qarab tipik jinoyatchini aniqlash mumkinmi?
a) ha;
b) yo’q;
d) bilmayman.

12. Erkak kishi ayol kishi bilan gaplashyapti. Chunonchi...


a) birinchi qadam hamisha erkak kishi tomonidan qo’yiladi;
b) ayol kishi beixtiyor u bilan gaplashishlarini istayotganini bildirib qo’ydi;
d) erkak kishi har qanday keskin burilishlarga tayyor bo’ladigan darajada
mard bo’ladi.
13. Suhbatdosh bilan suhbat davomida emotsiyalar orqali aniqlash mumkin
bo’lgan ―signallar‖ga u aytayotgan fikrlar nomutanosib degan fikrga
keldingiz. Nimaga ko’proq ishonasiz?
a) so’zlariga;
b) «signallarga»;
d) u sizda shubha uyg’otadi.
14. Mashhur kino yoki estrada yulduzi omma oldida so’zga chiqib, erotik
xarakterdagi jestlarni namoyon qildi. Sizningcha bu nimani bildiradi?
a) bu shunchaki maynavozchilik;
b) ommaning e‘tiborini tortish uchun;
d) bu ular kayfiyatining ochiq namoyon bo’lishi.
15. Yolg’iz o’zingiz dahshatli film ko’ryapsiz...
a) mutlaqo xotirjam ko’raman;
b) bo’layotgan voqeani tanamning har bir katakchalari orqali his qilaman;
d) juda vahimali kadrlarni ko’rolmayman, ko’zlarimni yumib olaman.
16. O’z mimkalaringizni nazorat qilish mumkinmi?
a) ha;
b) yo’q;
d) uning faqat ayrim belgilarini.
17. Men o’z noz-karashmalarimni asosan......bildirib qo’yaman.
a) ko’zlar orqali;
b) qo’llar orqali;
d) so’zlar orqali.
18. Bizning deyarli barcha jestlarimiz...
a) kimdandir o’rganib olingan;
b) avloddan-avlodga o’tib kelgan;
d) tabiatan berilgan.
19. Agar shaxsning soqoli bo’lsa, sizningcha bu nimaning alomati?
a) mard, jasurlik;
b) kishi yuzidagi ayrim belgilarni yashirish uchun;
d) kishi dangasaligi tufayli soqolini vaqtida olib yurishga erinadi.
20.Ko’pchilik, kishilarning o’ng yuzi chap yuzidan farqlanadi deb
ta‘kidlashadi. Shu fikrga qo’shilasizmi?
a) ha;
b) yo’q;
d) faqat qariyalarda
Ballarni hisoblash
1.a-3, b-4,d-3.
2. a -1, b-3, d -0. e -0, f -3
3. a -1, b-3, d -0. e - 0, f -3.
4. a - 4, b -4, d - 3, e - 2, f - 4, g - 2.
5. a - 4, b -4, d - 3, e - 2, f - 4, g - 2.
6. a -0,b-0, d -1, e - 1, f - 0, g - 1.
7. a -0,b-0, d -1, e - 1, f - 0
8. a -1, b - 2, d - 3.
9. a -1, b - 2, d - 3.
10. a-2,b-1, d -3.
11. a-2,b-1, d -3.
12. a-1,b-3, d- 3, e -2, f -0.
13. a-1,b-3, d- 3, e -2, f -0.
14. a – 3, b- 1, d- 1.
15. a - 3, b- 1, d- 1.
16. a -3, b-2, d-2.
17. a -3, b-2, d-2.
18. a- 3, b - 2, d -1.
19. a- 3, b - 2, d -1.
20. a-3,b-2, d-1.
Натижалар таҳлили.
77—56 ball. Sizda hissiy bilish qobiliyati juda yaxshi rivojlangan.
Boshqalarni tushunish, ularning jest va boshqa xatti-harakatlari asosida
diagnostika qilish, kuzatuvchanlik kabi xislatingiz mavjud. Biroq siz mana
shu xislatingizga tayanib xulosa qilishga odatlangansiz. Siz uchun
aytilayotgan fikr ikkinchi darajali. Bunda shoshma-shosharlik bilan xatoga
yo’l qo’yish mumkin. Ushbu sifatlaringizni to’g’ri yo’naltirish orqali
o’zingizda professional kuzatuvchanlikni shakllantirishingiz mumkin
bo’ladi.
55—34 ball. Kishilarni kuzatish sizga muayyan darajada huzur beradi.
Siz shaxslarning jest va mimikalarini (imo-ishoralarini) ―o’qiy‖ olish
xususiyatiga egasiz. Biroq siz ushbu xislatingizdan real hayotda to’g’ri
foydalana olmaysiz. Siz aytilgan gapni inobatga olishga va shu gap orqali
xulosa chiqarishga ko’proq moyilsiz. Hissiy bilish (intuitsiya) xususiyatingizni shakllantirishga va unga tayanishga harakat qiling.
33—11 ball. Afsuski, noverbal muloqot siz uchun xitoy iyeroglifi kabi
murakkab. Siz kishilarni to’g’ri baholashga ancha qiynalasiz. Bu borada
qobiliyatsiz degani emas, shunchaki o’z imkoniyatlaringiz saviyasini
yaxshilashga harakat qilib ko’ring. Ko’proq mashq qiling.
TERMINLAR LUG‘ATI
AKSENTUATSIYA – biror xossa (xususiyat) yoki belgini, uning
o’ziga xos rivojlanishini boshqalardan ajratish, ta‘kidlash. Psixologiyada –
subyektning ayrim psixologik jihatlari yoki xususiyatlarining biroz
ortiqroq, ammo psixologik norma doirasida rivojlanishi.
ONGSIZLIK (g’ayrishuuriylik – ruhiyatimizda muayyan bir paytda
ongli idrok doirasidan tashqarida bo’ladigan jarayon.
VERBAL (psixologiyada) – tanish material shakllarini, shuningdek
ushbu material bilan ishlash jarayonlarini bildirishga xizmat qiladigan
termin. Binobarin, verbal (so’zdagi) va noverbal (imo-ishorali) muloqot;
verbal (so’zda ifodalangan) va noverbal (obrazli) axborot farqlanadi.
VERIFIKATSIYA – gipotezaning haqiqatligi yoki to’g’riligini aniqlash jarayoni. Gipotezaning (keng ma‘noda – idrok, fikr, taxminlar) haqiqatligini aniqlash obyektiv ma‘lumotlarni to’plashning nazorat qilinadigan
jarayoniga taalluqli.
DIQQAT – bu ruhiy faoliyatning biror idrok obyektiga ixtiyoriy yoki
beixtiyor yo’nalganligi hamda jamlanganligi.
IDROK – psixik jarayon bo’lib, barcha ruhiy holatlar, xodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar,
tajribalar, ko’nikmalarni yaxlit holda aks ettiruvchi, faol harakatlar orqali,
bevosita analizatorlarga ta‘sir etuvchi yaxlit predmetning subyektiv
obrazini shakllantirish jarayoni.
KO’Z ORQALI MA‘LUMOT OLISHNING KALITLARI – ko’z
soqqalari harakatlarining uzoq muddatli xotiradan axborotni izlash va olish
bo’yicha ichki jarayonlarga bog’liqligi.
NOVERBAL DIAGNOSTIKA – ko’rish obrazi asosida holatni identifikatsiyalash. Xulq (xatti-harakat) modellarini, ayniqsa noverballarini,
masalan, yuz qiyofasi, tana holati, yurish usuli (qadam tashlash, oyoq olish)
modellarini talqin etish orqali shaxsni baholashga mo’ljallangan muayyan
darajada (voqelikka mos) metodikalar va sh.k.larning har qanday turi.
DISTANSIYALASH – bir odam boshqasiga (ba‘zan hayvonlarga
yoki narsalarga ham) nisbatan saqlaydigan masofa, shuningdek ushbu
masofani o’zgartirishga qaratilgan kutilmagan harakatlar, masalan, birdan
orqaga bir qadam tashlash va shu kabilar (ushbu holda chegaraviy signallar
haqida so’z yuritish mumkin: ―bir qadam orqaga‖ni holatni o’zgartirishga
ham, masofa saqlashga ham kiritish mumkin).
IMO (ISHORA) – qo’l harakatlari yordamida bajariladigan pantomimika elementi.
IDENTIFIKATSIYA – insonning o’zini boshqa odam, guruh, obraz
yoki simvol bilan aynanlashtirish jarayoni va natijasi.
INTONATSIYA – so’zlashish vaqtida urg’u berish, tovushni ko’tarish
va pasaytirish modellari. Intonatsiya deganda ovoz bilan bog’liq va
aytilgan gap mazmuniga e‘tiborni jamlashni talab etmaydigan barcha
hodisalar tushuniladi. Bular intonatsiyaning o’zi, nutq ohangi (melodiyasi),
to’xtalishlar bor-yo’qligi va ularning uzunligi, ovoz balandligi, nutq
maromi (vazni, ritmi) va sh.k. Intonatsiya deganda biz so’zlarda ifodalanmagan tovushlarni, masalan, til bilan taqillatish, uf tortish, oh tortish
(ingrash) va shu kabilarni tushunamiz.
KINETIKA – insonning mimikasi, pantomimikasi, ―vokal mimikasi‖
(ovoz intonatsiya, tembr, ritm), makondagi surat (zona, hudud, ko’chishlar), ekspressiya (his-tuyg’ularning ifodaliligi, namoyon bo’lish kuchi)
kabilar kiradigan noverbal ko’rinishlarda inson xulqining aks etishini
o’rganuvchi fan. U aytilayotgan jumlalarni talqin etishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
MA‘LUMOT OLISH KALITLARI – insonning fiziologik holatidagi
nozik o’zgarishlar, uning ruhiy holati, tafakkur strategiyasini aks ettiruvchi
noverbal reaksiyalari va hokazo.
KONGRUENTLIK – ruhiyatda (psixikada) ziddiyatli qismlar
bo’lmagan hamda noverbal axborotning inson gapirayotganda so’zlariga
mos keladigan ichki yaxlitlik holati.
MIMIKA – subyekt holati va uning idrok etilayotgan narsalarga
munosabatini ifodalovchi yuz qismlari harakatlarining majmui.
MOTIV – shaxs xatti-harakatlari tanlovining asosini tashkil etuvchi
anglanadigan sabab. Motivlar maqsadga yo’nalgan faoliyatga aniq undashlar bo’lib, ehtiyojlarni aniqlashtiradi, ―predmetlashtiradi‖. Bunda shuni
inobatga olish zarurki, har qanday ichki undov singari, motiv ham ijtimoiy
muhit va shaxsning hayotiy tajribasi ta‘sirida shakllanadi.
MOTIVATSIYA – individni harakatlarni sodir etishga undovchi
hamda ularning yo’nalganligi va maqsadlarini belgilovchi anglangan yoki
anglanmagan ruhiy omillar.
MOTIVIROVKA – subyektning o’z harakati sabablarini oqilona
tushuntirishi. Ba‘zan motivirovkadan o’z xatti-harakatlarining haqiqiy
motivlarini niqoblashda ongli ravishda foydalaniladi.
KUZATISH – tadqiq etilayotgan obyektni o’rganilayotgan hodisaning
xususiyatlarini (shaxs, jamoa xatti-harakatining ko’rinishini, ayrim
harakatlar, ruhiy reaksiyalar, nutqiy harakatlar, faoliyat operatsiyalari va
shu kabilar)ni ifodalovchi tanlangan birliklar (ko’rsatkichlar, belgilar)ni qayd etish asosida maqsadga yo’naltirilgan ravishda, muntazam (tizimli)
idrok etish.
SHAXSNING YO’NALGANLIGI – joriy vaziyatlardan nisbatan
mustaqil bo’lgan barqaror motivlar majmui. Shaxsning dunyoqarashini aks
ettiruvchi qiziqishlari, mayllari, e‘tiqodlari (jumladan g’oyaviy e‘tiqodlari)
va ideallarida namoyon bo’ladi.
Real xatti-harakatning aytilayotgan e‘tiqodlariga muvofiqlik darajasi
haqida inson jiddiy to’siqlarga duch kelgandagina xulosa chiqarishi
mumkin.
PATTERN – model, namuna (ko’pincha xatti-harakat modeli sifatida
ishlatiladi).
HOLAT (poza) – inson qabul qiladigan vaziyat, uni o’zgartiradigan va
unga ta‘sir ko’rsatadigan harakatlar, masalan, oldinga-orqaga tebranganda
og’irlik markazining oyoq uchidan tovonga ko’chishi, oyoqlar o’rnining
almashtirilishi va shu kabilar.
PSIXODIAGNOSTIKA (psixologik diagnostika) – umuman
insondagi psixologik holat yoki unda muayyan psixologik xususiyat
mavjudligi haqida malakali qaror qabul qilish yoki psixologik diagnoz
qo’yish. Psixodiagnostika eksperimentning tarkibiy qismi bo’lishi yoki
tadqiqot metodi yoxud amaliyotchi psixolog faoliyatining sohasi sifatida
mustaqil mavjud bo’lishi mumkin. Psixodiagnostika – psixologiyaning
shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash va o’lchash metodlarini ishlab chiqadigan maxsus sohasi.
SHAXSNING RIVOJLANISHI individning ijtimoiylashuvi va
tarbiyalanishi jarayonida yuz beradi. Shaxs rivojlanishining manbaini
ehtiyojlar tashkil qiladi. Shaxsning rivojlanishi ushbu shaxsga xos bo’lgan
motivlar tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatida ro’yobga chiqadi
(amalga oshadi).
REFLEKSIYA – hamjihatlik mexanizmi sifatida – subyektning
suhbatdoshida u yoki bu taassurotni qaysi vositalar orqali va nima uchun
hosil qilganlikni o’ylab ko’rishi (muroqaba).
O’ZINI O’ZI BAHOLASH – shaxsning o’zini, o’z imkoniyatlarini,
xislatlarini va boshqa odamlar orasidagi o’rnini baholashi, o’ziga yoki
o’zining alohida xislatlariga qo’yadigan bahosi (qadriyat). U shaxsning
o’zagiga taalluqli bo’lib, uning xulqidagi muhim regulator hisoblanadi.
SEMATIK MAKON – so’z ma‘nosini fikran tasavvur qilishni ifodalash uchun metafora tarzida (analogiya bo’yicha) ishlatiladigan termin.
OVOZ TEMBRI – tovush sifati, uning xarakteri (bo’g’iq, ohangdor,
jarangdor). OVOZ OHANGI (TONI) – ko’p tarqalgan ogohlantirish, ya‘ni ―Men
bilan bunday ohangda gaplashma‖ degan ogohlantirishdagi kabi o’ziga xos
ovoz sifati.
E‘TIQOD – shaxsning anglangan va uning o’z qadriyatlariga muvofiq
harakat qilishga undaydigan ehtiyoji. Ichki motivatsiyaga aylangan
normativ (me‘yordagi) xulq haqidagi tasavvurlari. E‘tiqodlar shaklida
namoyon bo’ladigan ehtiyojlarning mazmuni tabiat va jamiyatni muayyan
tarzda tushunishni aks ettiradi. E‘tiqodlar majmui siyosiy, falsafiy, estetik,
tabiiy-ilmiy va boshqa qarashlarning tartibli tizimini hosil qilib, dunyoqarash sifatida namoyon bo’ladi.
USTANOVKA – muayyan sharoitda muayyan tarzda harakat qilishga
tayyorlik.
EMOTSIYA – individga ta‘sir etuvchi va avvalo uning dolzarb
ehtiyojlari qondirilishi yoki qondirilmasligi bo’yicha bevosita kechinmalar
shaklida ifodalanadigan omillarning individ uchun ahamiyatini baholash
bilan bog’liq holatlar. Hayotiy hodisalar va vaziyatlarning ma‘nosini
(ularning obyektiv xossalari subyekt ehtiyojlariga munosabati bilan
bog’liq bo’lgan) bevosita hissiy kechinmasi shaklidagi ruhiy in‘ikosi.
EMPATIYA – boshqa insonning emotsional holatini tushunish, his
etish, unga kirib borish. Individning boshqa individ bilan muloqot jarayonida boshqasida yuzaga keladigan emotsiyalar (hissiyotlar)ni parallel
ravishda yuragidan his qilish qobiliyati (hamdardlik).
MUNDARIJA
SO’ZBOSHI ....................................................................................................... 3
Jinoyatchi shaxsini noverbal psixodiagnostika qilish xususiyatlari .................. 4
Profayling va noverbal psixodiagnostika ........................................................... 7
Yolg’onni aniqlash – jinoyatchi shaxsini noverbal aniqlash asosi .................... 26
Birga kechuvchi diagnostika .............................................................................. 47
Samarali muloqotni ta‘minlash usullari ............................................................. 49
ILOVALAR ........................................................................................................ 79
TERMINLAR LUG’ATI ................................................................................... 108
Yüklə 149,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin