I bob. Kelajakdagi atrof-muhit


Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli



Yüklə 45,79 Kb.
səhifə2/4
tarix12.10.2023
ölçüsü45,79 Kb.
#154912
1   2   3   4
I bob. Kelajakdagi atrof-muhit-fayllar.org

Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli
Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosabati hamda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar mohiyatini tushuntiruvchi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlar juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Ekologiya fanining yuzaga kelganiga
ham 150 yildan ortiq bo‘ldi, ammo alohida fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib kelmoqda. Amerikalik olim Ch.Adams (1913) ekologiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, chop ettirdi. Ekologiyada organizm bir butun tizim sifatida ko‘riladi. U tashqi muhit bilan o‘zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi. Bugungi kunga kelib, ekologiya sof biologik fanlar tizimidan ajralib chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o‘ta kengayib keldi.
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‘lanishini ifoda etar ekan, u, shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Muhammad al-Xorazmiy (782-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) asarlarida, xususan, Abu Rayhon Beruniy tadqiqotlarida odam bilan tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik, muvozanat va munosabat masalalari, o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tabiatdagi ahamiyati bayon etilgan.
Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-850) 847-yilda “Kitob sur’at al-arz” nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi materiklar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o‘rmonlar hamda undagi
o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek, boshqa tabiiy resurslar – yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrining eng yirik va mashhur vakillaridan Abu Nasr Forobiyning (870-910) ilmiy-
falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlarida tabiatshunoslik ilmi, ilmiy-amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalari yoritilgan. Forobiyning “Insoniyatning boshlanishi haqidagi kitob”, “Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob” nomli asarlarida, shuningdek, “Odam a’zolarining tuzilishi” kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari, ularning o‘xshashligi va farqlari haqida keltirilgan. Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan xulosaga keladi. Inson omilining katta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni araqqiyot qonunlari va narsa-hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning ta’siri bilan izohlaydi. Inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda
borliqni ilmiy ravishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniy fikricha,yerdagi o‘simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangandir. Lekin o‘simlik va hayvonlar cheksiz ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. “Ekin va nasl
qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi”. Beruniy “Saydana” nomli asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklar, 101 tasi hayvonlar, 107 tasi esa minerallardan olinishi bayon etilgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga yuksak hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning 450 tadan ortiq asarlari ma’lum. Bizgacha ulardan 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida “Tib qonunlari” shoh asari tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’sirini bilgan alloma ayrim
kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan. Ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash
kitobi”da bayon etilgan bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, zoologiya, biologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) nomi aytilganda ko‘pchilik uni shoir deb biladi. Ammo Bobur faqat shoirgina bo‘lmay, podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoh, ovchi va bog‘bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo‘lgan. “Boburnoma”
Boburning eng yirik asaridir. Asarda Boburning ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonlari, o‘simliklari va hokazo tasvirlangan. Unda yer, suv, havo, turli xil tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari
ko‘plab topiladi. Abulqosim Mahmud az-Zamahshariy asarlarida odamning atrof-muhitga, tirik jonivorlarga munosabati go‘zal bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi.
Ekologiya fanining rivojlanishi tabiatni o‘rganish va tavsiflashdan boshlangan. Bu fransuz Jan Anri Faber o‘zining mashhur “Entomologik esdaliklar” (1870-1879) asarini yozgan davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakam rivoji ayrim turlar yashaydigan muhitni, ularning o‘zaro munosabatlarini, simbiozini (grekcha – birga yashash), boshqa turlar bilan munosabatlarini o‘rganishdan boshlangan. Bu ekologiyaning rivojida birinchi davrdir.
VII-VIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o‘rganishga qaratilgandir. J.Byuffonning (1707-1778) ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko‘tarilgan. J.B.Lamark (1774-1829) dastlabki evolyutsion ta’limotni o‘rtaga tashladi, o‘simlik va hayvonlarning evolyutsion o‘zgarishlarda eng muhim omil bo‘lgan tashqi muhit ta’siri deb hisobladi. XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar (A.Gumbold) o‘simliklar geografiyasida yangi ekologik
yo‘nalishni keltirib chiqardi. 1859-yilda Ch.Darvin “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muhit o‘rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko‘rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
A.N.Beketov (1825-1902) o‘simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarini, ularning geografik tarqalishlari bilan bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatdi. 1877-yilda nemis gidrobiologi K.Mebius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarini asoslab berdi. O‘simliklar jamoasi haqidagi ta’limotga G.F.Morozov, V.V.Olexin, V.G.Ramenskiy, A.Shinnikov va xorijlik olimlardan F.Kelementes, K.Raunkiyer, T.Dyuriye, I.Braun-Blanke vaboshqalarning fitotsenologiya ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Umumiy ekologiyaning rivojlanishida R.N.Kashkarovning “Muhit va jamoa” deb nomlangan O‘rta Osiyo universitetida o‘qigan ma’ruzalari keyinchalik “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” nomi bilan birinchi yozilgan darslik bo‘lib qoldi.
Hayvonlarning morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvarslar katta hissa qo‘shdilar. I.S.Serebryakov tomonidan gulli o‘simliklarning hayot shakllari tasnifoti ishlab chiqildi. 1940-yillarning boshlarida tabiiy sistemalarni o‘rganish jarayonida yangi yo‘nalish kelib chiqdi. 1935-yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942-yilda esa V.N.Sukatyev biogeotsenozlar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar. 1950-yilning boshlarida G.Odum, R.Untekker, R.Margalef va
boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov va E.P.Karovin hisoblanadi. 1930-yillarda ular tomonidan “Muhit va jamoa”, “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston cho‘llarining turlari va ularni xo‘jalikda foydalanish istiqbollari”, “Cho‘llardagi hayot” kabi ilmiy asarlari chop etilgan. Bu asarlarda ekologiya va uning vazifalari, uslublari o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston FA ning Botanika institutida B.A.Bigurin rahbarligida o‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. Keyinchalik bu ishlarni amalda O.X.Xasanov, R.S.Vernik va boshqalar davom ettirdilar. 1959-yilda janubiy-g‘arbiy Qizilqum cho‘l stansiyasi, 1960-yilda Nurota yarimcho‘l stansiyalari tashkil etilib, u yerdagi yem-xashak o‘simliklarining ekologik, fiziologik va biologik yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va bu ishlar hozir ham davom ettirilmoqda. O‘zbekistonning hayvonot dunyosini o‘rganish ishlariga ham F.N.Kashkarov muhim hissa qo‘shgan. U 1928-yilda AQSHga borib, 7 oy davomida bu yerdagi yirik ekologlar Adams, Shelvord, Chepman, Grinnel, Elli, Teylor, Forxisning ishlari bilan tanishib qaytdi.
1950-yildan boshlab O‘zbekiston FAning zoologiya va parazitologiya instituti olimlari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.I.Kolesnikovlar tomonidan davom ettirildi. Institut olimlari tomonidan olib boriladigan asosiy tadqiqot yo‘nalishi O‘zbekiston hayvonot olamining umumiy qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
O‘zbekiston FA akademiklari T.Z. Zohidov, A.N. Muxammadiev, muxbir a’zolaridan V.V. Yaxontov, M.A. Sultonov, R.O. Olimjonov kabi olimlar O‘zbekistonda zoologiya tadqiqotlarining rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shganlar. Jumladan, M.A.Sultonovning “Hasharotlar ekologiyasi” (1963), T.Z.Zohidovning “Qizilqum cho‘llarini biotsenozlari” (1971) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ekologiya fani rivojining ikkinchi davrida ekosistemalar, ya’ni ekotizimlarni funksional bir butun tizim sifatida o‘rganilishiga asosiy e’tibor bera boshlagan. Bunda ekotizimlar o‘zaro aloqador organizmlar va har qanday hududdagi atrof-muhit barcha elementlarining bir butunligidan iborat deb qaralgan. Ekologik tizimlardagi jonli va jonsiz tabiat elementlari bir butun holda o‘z muvozanatiga va o‘zaro aloqalariga ega bo‘lib, bu muvozanat va aloqalar energiya hamda moddaning o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ekologiya fani o‘z rivojining uchinchi davrida ekotizimlarning
o‘zaro ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ekologik tizimlarning o‘zaro munosabatlarini (aloqalarini) o‘rganish boshlandi. Yer yuzidagi barcha ekotizimlar birgalikda yaxlit biosferani tashkil etadi.
Biosferani o‘rganish – ekologiya fanining rivojida to‘rtinchi davrdir. Biosfera barcha jonli organizmlar va inson hayot kechiradigan muhitdir. U yerdagi o‘zaro bog‘liq barcha ekologik tizimlarning bir butunligidan iboratdir. Biosferada moddalarning aylanma harakati oziqlanish orqali ro‘y beradi. Aytish mumkinki, biosferada har bir organizm bir-birini yeydi va hech bir jonzot yeyilishga mahkumlikdan xoli emas.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining uzoq davrlarida odamlar o‘zlarini tabiat bilan birgalikda his etgan holda uni ilohiy kuchga ega maskan, deb hisoblaganlar. Odamlarning tabiatga bunday yondashuvi, birinchidan, tabiat turarjoy, kiyim-kechak va oziq-ovqat manbayi ekanligi, ikkinchidan, tabiat hodisalari va ularning sodir bo‘lish sabablari to‘liq anglanmaganligi ilohiy kuchga e’tiqod tufayli vujudga kelgan.
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tez sur’atlar bilan o‘sishi hamda aholining ko‘payishi tufayli yer-suv resurslaridan keng va ko‘p foydalanilgan, ayni paytda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilib, uning dastlabki tabiiy holati o‘zgara boshlagan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik) ishlab chiqarishi natijasida atmosfera havosi, tuproq va suv havzalarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ba’zi turlarining kamayib ketish holatlari kuzatila boshlangan. Odamlar tabiat va uning boyliklaridan keng ko‘lamda foydalana boshlagan, biroq atrof-muhitdagi o‘zgarishlar tabiat va jamiyat uchun qay darajada naf keltirayotganligi e’tiborga olinmagan. Qishloq xo‘jaligi faoliyati, asosan, paxtachlik tufayli tabiiy muhit holati yomonlashib, ekologik tizimlar (landshaftlar) muvozanatida salbiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasida milliy mustaqillik tufayli tabiat va inson, ijtimoiy ekologiya sohasidagi haqiqiy ahvol oydinlashgan. Respublikada o‘ta og‘ir va noqulay ekologik vaziyatli hududlar, xususan, Orol dengizi va Orolbo‘yi ekologik tanazzuli mavjudligi jahon hamjamiyatiga ayon bo‘ldi. O‘zbekistonga sobiq sho‘ro tuzumi davridan juda og‘ir ijtimoiy-ekologik vaziyat meros bo‘lib qolgan. O‘zbekiston tabiatidagi salbiy o‘zgarishlarning bosh sababchisi tabiiy jarayonlar bo‘lsa-da, ular antropogen omil – tabiiy ekologik qonuniyatlarni hisobga olmasdan, noto‘g‘ri xo‘jalik yuritish tufayli vujudga kelgan. Orol dengizining qurishi “dunyoning eng og‘ir ekologik halokatlaridan biri” sifatida baholanmoqda. Ta’kidlash joizki, hech bir ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidek tabiat bilan bevosita uzviy bog‘lanmagan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yaroqli yerlarning cheklanganligi, tuproq sho‘rlanishi va unumdorligining pastligi, tuproqning suv va shamol ta’sirida yemirilishi, atmosfera havosi va suv zahirasi taqchil bo‘lgan sharoitda tabiiy va sun’iy ifloslanishlar kuzatilayotganligi, bu jarayonlarda sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, maishiy turmush, transport, mashina va mexanizmlar o‘ziga xos o‘rin tutib, ayrim mahalliy va mintaqaviy ekologik tizimlarga, ularning tabiiy muvozanatiga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston tabiiy-ijtimoiy muhitida katta o‘zgarish va yangilanishlar sodir bo‘layotganligi, eng yangi ekologik texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish vujudga kelayotganligi, respublika tabiati, uning tabiiy va antropogen landshaftlari yanada go‘zal hamda ko‘rkam bo‘lib borayotganligi har bir fuqaro qalbida jo‘shqin iftixor tuyg‘usini vujudga keltiradi. Bugungi kunda jamiyatning tabiat bilan o‘zaro munosabati borgan sari murakkablashib, “odam-tabiat-xo‘jalik-atrof-muhit” tizimida ekologik xavfsizlikni ta’minlash ko‘p omilli jarayonga aylanmoqda. Aslida ekologik xavfsizlik eng yuksak bioijtimoiy qadriyat – odam va tabiatdagi tirik mavjudotlar hayotining himoyalanganlik holatidir.
Bu, eng avvalo, chiqindisiz, kamchiqitli va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhit muhofazasining ekologik asoslari va iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish, ekologik huquqbuzarlik yuzasidan choralar ko‘rish hamda fuqarolarda
ekologik bilim va tafakkurni shakllantirish orqali barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalasi bo‘lib, ular umumiy ekologiya fani va atrof-muhit muhofazasi faoliyatining eng dolzarb amaliy vazifalariga aylangan.



Yüklə 45,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin