I bob Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar. 1 Tarmoq arxit
1.6 Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar
Hozirgi kunda dunyo miqyosida 800 dan ortiq standartlashtirish tashkilotlari bo’lib, ular global tarmoqlarni loyihalash, qurish, yangi standartlarni ishlab chiqish, tadbiq etish, muammolarni o’rganish, echimlar, va tavsiya ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Umuman olganda standartlar, tavsiyanomalar, tartibga soluvchi yo’riqnomani ishlab chiqish doimiy yangilanib boradigan jarayon hisoblanadi. Misol uchun, yangi protokol, yangi avlod mobil texnologiyasi (3G, 4G, 5G) ishlab chiqilishi, ma’lumot uzatish tezligini oshirilishi, axborot xavfsizligini takomillashtirilishi, yangi WiFi texnologiyasini ishlab chiqilishi yoki telekommunikatsiyada lokal, shahar yoki global tarmoq uchun ishlab chiqilgan har qanday fizik yoki dasturiy maxsulot o’zining standartiga ega bo’ladi.
Shuningdek, standartlashtirish tashkilotlari yoki qo’mitalari xalqaro, hududiy va milliy ko’rinishlarda bo’ladi. Standartlashtirish tashkilotlotlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dunyo miqyosida yirik standartlashtirish tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
ISO – International Organization for Standardization
ITU – The International Telecommunication Union
ITU-R – ITU Radiocommunications Sector.
ITU-T – ITU Telecommunications Sector.
ITU-D – ITU Telecom Development.
IEEE – Institute of Electrical and Electronics Engineers
IETF – Internet Engineering Task Force
ISSN -International Standard Serial Number centre
3GPP – 3rd Generation Partnership Project
ISO–InternationalOrganizationforStandardization. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Organization for Standardization – ISO). ISO – turli xil milliy standartlar tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan xalqaro standartlarni belgilovchi tashkilotdir va u mahsulotlar, xizmatlar va tizimlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun standartlarni ishlab chiqadigan mustaqil, nodavlat xalqaro tashkilot hisoblanadi. ISO 1947 yil tashkil topgan bo’lib, uning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu tashkiloti 165ta standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarni o’z ichiga oladi va jami 164ta a’zosi bor. Tashkilotning a'zolari o’zaro bilimlarni almashish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan va global muammolarga echimlarni taklif qiladigan ixtiyoriy, konsensusga asoslangan bozorga mos xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun mutaxassislarni birlashtiradi.