«Andijondonmahsulot» aksiyadorlik jamiyatidagi asosiy funktsional bo’limlardan biri - Reja iqtisod bo’limidir. Bu bo’lim korxonaning istiqbol (strategik) va joriy biznes rejasini to’zadi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot iqtisodiy tajriba ishlarini olib boradi, sex hamda ishlab chiqarish bo’limlarining ishlab chiqarish rejalarini ishlab chiqadi va rahbariyatda tasdiqlatadi. Bosh buxgalter va uning xodimlari aktsiyadorlik jamiyat moddiy va pul boyliklarini hisobini olib boradi, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi hisoblaydi va tarqatadi, mahsulot tannarxiga kiradigan harajatlarni hisobga oladi va mahsulot tannarxining kalkulytsiysini tuzadi, hisobot va balanslar tuzadi va ularni taxlil qiladi, sex va bo’linmalarning barcha turdagi resurslardan to’g’ri foydalanayotganligini nazorat qiladi.
Xom ashyo va tayyor mahsulot bo’limi jamiyatni zarur bo’lgan paxta xom – ashyosi, materiallar, moylash va yoqilg’i bilan ta’minlaydi, ularning to’g’ri saqlanishi taqsimlanishini boshqaradi va xo’jalik aloqalarini o’rnatadi.
Texnik nazorat bo’limi aktsiyadorlik jamiyatga keltirilayotgan bug’doy, materiallar, jixozlar (dastlabki nazorat) va chiqarilayotgan mahsulotlar (yakuniy nazorat) sifatini nazorat qiladi, o’lchov asboblarini tekshiradi, ishlab chiqarish jarayonlarini borishini nazorat qiladi.
Ob’ektning ichki muxitiga xarakteristika beradigan bo’lsak asosan viloytning oltita tumanidan xom-ashyo qabul qiladi. Jumladan: Oltinko’l tumani, Paxtaobod umani, Izboskan tumani va boshqa tumanlar bilan o’zaro aloqa qiladi. « Andijondonmahsulot» AJ ning 2021-yil ishlab chiqarish prognozi jami 110540 tonna don qabul qiladi. Shulardan, 28552 tonna Oltinko’l tumanidan, 28570 tonna Paxtaobod tumani, 25864 tonna Izboskan tumani, 27554 tonna Jalaquduq tumanidan don mahsulotlarini olish rejalashtirilgan. Bu olinadigan donlardan esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar xajmi urug’lik bugdoy 33910 tonna, un mahsuloti 44500 tonna, omixta em 25350 tonna, non mahsuloti 3000 tonna va makaron mahsuloti 900 tonna ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |