I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan talablar


TA’LIMIY JARAYONIDA NUTUQNING RIVOJLANISHI



Yüklə 238 Kb.
səhifə4/5
tarix24.03.2023
ölçüsü238 Kb.
#89509
1   2   3   4   5
1572420b3d25ec448610279edb536f51 Bolalar nutqiga qo`yilgan talablar

2.2 TA’LIMIY JARAYONIDA NUTUQNING RIVOJLANISHI

Bola nutqining taraqqiyot uchta asosiy davrgabo’linadi


Birinchi davr nutuqni o’zlashtirishdan oldingi davr bo’lib mazkur davr nutqini o’zlashtirishdan oldingi davr bo’libmazkur davr bolaning ikki oylik davirdan tahminan o’n bir oylik davirdan tahminan bir yosh-u yeti oylik davrgacha davom etadi.
Ikkinchi davr tilini dastlabki o’zlashtirish davrini bo’lib, o’n bir oylikdan tahminan bir yosh-u, yetti oylikdan davirgacha davom etadi.
Uchunchi davrni tilining Grammatik tuzulishini o’zlashtirish davri deb atash mumkin. Bu davr bolaning bir yosh-u yetti oyligidan uch yoshgacha davom etdi. Bundan keyingi davrda bolaning nutqi prinsipial jixatdan qayta o’zgarishiga duch keylmaydi. Faqat bolaning so’z boyligi ortish va joylanadigan Grammatik formalari ko’payishi mumkin
Nutqni o’zlashtirishgacha bo’lgan davrni gu-gulash davridaga va g’uldirash davirlariga bo’lish mumkin. Garchi gu-gulash ba’zan fonetikani o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifat tushuntirilsa ham buning uchun hech qanday asos yo’q.
G’uldirash davrining boshlarida tovush aniq lkolizatsiyalashgan va konstrakt bo’la boshlaydi. Bola olti (yoshga) oyga yaqinlashganda “sohta so’z ” payda bo’ladi ya’ni bola nutqining butun bir oqimi urug’lar, intanatsiyalar va artikulatsiyabirligi asosida qo’shilgan bir necha bo’g’inlarga bo’linib ketadi.
Bolaning bir yosh-u, uch oylik davri bilan bir yosh-u olti oylik davri oralig’ida so’z fondining o’sishi bir qadar sekinlashadi, chunki bola bu davirda o’zi uchun yangi bo’lgan parasugmatik fonitika mehanizmini o’zlashtiradi. Bu mehanizm bir – biridan faqat bitta tovush bilan farqlanadigan so’zlarni bir – biriga qarama – qarshi qo’yish imknini beradi. Agar ma’bodo bunday gap tuzulishida ma’lum Grammatik formalar uchrab qoladigan bo’lsa bunday formani tanlash batamom tasodifiy deb tushunishkerak; bola qatorasiga – “Dada o’tir”, “Dada o’tiradi” va shu kabi deb ishlatishi, ya’ni gap tuzish mumkin. Nutq taraqqiyotining uchunchi bosqichida tegishli bo’lgan bu davrni “sintagmatik grammatikani egallash dvri deb atash mumkin. Nihoyat bola ikki to’lay deb qolganda garmmatik formalardan to’g’ri foydalan boshlaydi. Undan so’ng sizlarning ayrim Grammatik komponentlarini – morfemalrni (tarkibiy qisimlarini) ajirata oladigan bo’ladi.
Bolaning grammatikani o’zlashtirishning prinspial mehanizimi qanday ekanligi shu paytgacha aniq emas. Ayrim chet el mualliflarining fikricha bola tilining gramatik strukturasini “kontekstual geniralzatsiya” deb atalgan hodisa tufayli o’zlashtiradi. Boshqacha qilib aytganda, bola katta kishining tilidagi so’zlarini dastavval so’zlar tartibi bilan va so’zlarning sintaktik xarakteristikasiga asablanib, hamma so’zlarini gramatik turkumlarga bo’ladi. Boshqa mualliflarning fikricha, bola tomonidan so’zlarni o’zlashtirish bir turi xolos. Bu turni bolaga darhol fikrini bayon qilishning ma’lum jadvalni trkib topdiradi. Undan so’ng fikr aniqlanib, har xil so’zlar bilan “to’ldirib” boriladi.
Bola nutq semontikasining taraqqiyotning o’zlashtirilishida qanday qilib tasodifiy, muhim bo’lmagan belgilaridan asta – sekin muhim belgilarga o’tishni ko’rsatib bergan. Bu taraqqiyot bolaning to maktabga tayyorlov yoshigacha amalgam oshiriladi.
Bola nutq funksiyasining taraqqiyoti alohida muammo hisoblanadi. Bola nutqining funksiyalari ancha muhim o’zgarishlarga duch keladi. Dastavval bola nutqi batamom situativ, ya’ni vaziyat bilan bog’liq bo’ladi. Nutqning konstekslik va sitativlik elementlarining o’zaro munosabati qo’yilgan vazifa hamda alohida sharoitlariga bog’liqdir.
Bola nutqining taraqqiyotiga shunday qarashlar ham borki, bu qarashlar muvofiq, bola nutqi egasentriklikdan sisiollashganlik tomoniga qarab rivojlanadi. Bola nutqining taraqqiyotiga bo’lgan bunday qarashga psixologiyada A.S.Vigotskiy konsepsiyasi qarama – qarshi qilib qo’yiladi.
A.S.V Vigotskiy konsepsiyasiga muvofiq egasentirik nutq azaldan sision bo’lgan nutqdan individual nutqqa tomon o’ziga xos o’tish bosqich hisoblanadi. Bu konsepsiya eksperimental ravishda tasdiqlangandir. Vigotskiy fikricha ichki nutq sosion nutuqning yanada interiorizasiyalanishi va “individalizasiyalanishidan” iboratdir; shunday qilib, ichki nutuq o’z manbai bilan tashqi nutqni hosil qiladi.
Vigotskiy tajribasi shundan iborat ediki, nutq egasentrizm bosqichda bo’lgan bolani uni mutloqo tushunmaydigan jamoa orasida joylashtirib qo’yiladi, bunda bolani qandaydir bir yo’l bilan tushunishga mutloqo oo’rin qolmagan edi. Ma’lum bo’lishicha bunday vaziyatda egasentrik nutq yo’qolib ketar ekan. Demak, Vigotskiyning xulosa qilib aytishicha, egasentrik nutq azaldan individual bo’lgan bolaning egasentrik tafakkuri bilan bog’liq emas.
Nutuqdan oldin komunikativ tarzda, undan so’ng esa ish harakatini rivojlantirishi va boshqarish tarzida foydalanishi isbot qilingan.
Nutqning bu so’ngi funksiyasi bo’yicha yoshining oxirga kelib batamom tarkib topadi.
Aslini olganda bog’cha yoshidagi davrda bolaning o’z nutqini anglashi yuz bermaydi. Birinchidan, bola maxsus ta’limsiz nutqning ayrim so’zlariga bo’linishini juda siyrak hollarda aniqlaydi. Undan so’ng bola nutqni tovush tomonidan ayrim bo’g’inlarga ajrata oladi, bo’g’in ichida bo’lsa uning dastlabki unli qismini ajrata oladi, mana shunday kichik yoshdagi bolalarning tipik hatotlari ya’ni unli tovushlarni bildiruvchi harflarni tushurib qoldirishlari yuzaga keladi.
M.T.M.da nutq o’stirish mashg’ulotining muhim vazifalaridan biri bolaga o’z nutqiga va nutqning til elementlariga ongliva ixtiyoriy munosobatda hosil qilishdan iboratdir.
Nutq o’stirishda birinchidan bolada tilning sistemaliligi haqida grammatika darajasida tasavvur beriladi. Undan so’ng sintaksis materiallari, ya’ni sintagmalar, gaplar bilan erkin ishlay olish uquvlarini hosil qilishga asos quriladi. Bu til materiallarini ongli ravishda yoki har holda ixtiyoriy tarzda tanlash imkoniyatini beradi.
M.T.M.da nutq o’stirish yana bitta muhim funksiyaga egadir.Bu hususiyat, “to’g’rini”, “noto’g’ri”dan ajrata olishga olib keladi, bu narsa til vositalarining funkisional jihatdan ixtisoslanish uchun hamda konkret sharoitlardagi munosabatlarga til vositalaridan maqsadli foydalanish va ifodali foydalana olish uchun ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Nutq o’stirishning bu funksiyasi M.T.M .da nutq o’stirishning strukturasida aniq aks etitirilgan emas. Nutq o’stirishning bu funksiyasi M.T.M dagi nutq o’stirish mashg’ulotida tobelik rolidadir.Holbuki ona tilidagi nutq o’stirishning bu funksiyasi,o’zining nutq taraqqiyoti uchun bo’lgan umumiy ahamiyatdan tashqari adabiyot kursining propedikasi sifatida ham juda muhimdir.
Ikinchi tilga o’qitish (o’rgatish) bu ishni biz necha yoshdan boshlaganimizga bog’liq mholda har xil psixalogik mazmunga egadir. Ikkinchi tilga o’qitish nutq o’stirish bilan parallel yoki undan salgina kechikkan holda amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, odamning butun psihik jarayonlari bilan bog’liqdir. Til taffakur bilan mustahkam bog’langan. Tilning hayol bilan big’langanligi unchalik ko’zga yaqqol kurinmaydi.Lekin bu yerda tilning roli ham hech qanday shubha tug’dirmaydi. Bir tajribada ma’lum bo’lishicha, bolalarning qndaydir qit’ani hayolan tasavvur qilib, undan so’ng uning konturini chizib berish talab qilinganda, ular qit’aning so’zlar bilan bog’liq bo’lgan qig’oqqa yaqin qismlarinigina tasvirlay olganlar.
Shunday qilib, asosiy bilish jarayoniga (idrok, xotira,tafakkur va hayol) bu jarayonlarning tarkib topishi uchun shaxsning nutq faoliyati nnaqadar katta rol o’ynashini tushungandagina psixalogik xarakteristika berish mumkin.
2.3 Tajriba sinov natijalari tahlili
Bolaning nutqini o’stirishda didaktik materiallardan foydalanish, didaktik o’yinlartashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada bir qator tajriba ishlari amalga oshiriladi.
Tajriba ishlari bog’chaga tayyorlov guruhlariga amalga oshiriladi
Tajriba quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi;
Birinchi bosqichda aniqlovchi tajribao’tkaziladi. Bunda nutq o’stirish mashg’ulotlarida,tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg’ulotlarida didaktik materiallar va didaktik o’yinlarniong ta’siri, ulardan foydalanishning bugungi kundagi dolzarbliligi va empirik kuzatishlar olib boriladi, natijalar tahlil qilinadi.
Bunda mashg’ulot o’tishning samaraliusullaridan , savol–javoblar, trening mashg’ulotlari, suhbatlar, qo’g’irchoqlar bilan didaktik mashg’ulotlarda suhbatlar yordamida didaktik mashg’ulotlardan foydalaniladi.
Qo’g’irchoqlar bilanh didaktik o’yinlar tashkil qilish. Qo’g’irchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar qo’g’irchoqni cho’miltirish, qo’g’irchoqni choy, ovqat bilan mehmon qilish, uxlatish, sayrga otlantirish, qo’g’irchoqning tug’ilgan kuni va hokazolar juda ko’p ishlangan
Bu o’yinlarning hammasida bolalar faqat qarab o’tirmasdan, so’zlashishda ishtirok etishlari muhim. Tarbiyachi bolalarning so’z boyligini aktivlashtirishning turli usullarini qo’llaydi. Maslan, u “bizning qo’g’irchog’miz Dilbar anchadan beri uxlayapti, endi u turishi kerak. Qo’g’irchoqni hammamiz birgalikda uyg’otamiz “,-deydi.”qo’g’irchoq Dilbar , turish vaqti bo’ldi.” Bolalarbu so’zlarni takrorlaydilar. Tarbiyachi; “ Qo’g’irchog’imiz eshitmayapti, qattiq uxlayapti”. Sayyora ,sen kelib baland ovoz bilan “qo’g’irchoq, Dilbar turish vaqti bo’ldi”-deb aytgin va hokazo.
Tarbiyachi bolalarning xor va yakka javoblarini ustalik bir-biriga bog’lab borishi, ularga nima gapirishni aytib turishi lozim. O’yin vaqtida bolalar gapirishlari va harakat qilishlari, qo’g’irchoqni ushlab turushlari, kiyimini olib borishlari, kiyintirishlari, ovqatlantirishlari, uxlatishga yotqizishlari lozim.
Ikkinchi bosqichda tajriba sinov ishlari olib boriladi. Bu bosqichda tadqiqotchi tomonidan didaktik materiallar yordamida mashg’ulotlar o’tkazishning mazmuni uni amalgam oshirish yo’llari sinab ko’riladi. Ishlab chiqarilgan metodikani tajribadan o’tkazishda tajriba va nazorat guruhlari ajiratib olinadi.
Tajriba guruhi – Jizzax shahar XTB ag qarashli “Do’stlik” MTM ning “Quyosh” guruhi. Bolalar soni; 20 ta; Tarbiyachi Nazarova D.
Nazorat guruhi – “Qaldirg’och” nomli guruh. Bolalar sonli 20 ta, tarbiyachi; Jumanova V.
Tanlangan guruhlarda bolalar soni va yoshi teng.
Tajriba guruhi hamda nazorat guruhida olib boriladigan mashg’ulotlar va mashg’ulotda foydalaniladigan usullar ham bir hil edi. Tajroba boshlancach, tajriba guruhi tarbiyachi mashg’ulotlarda ko’proq didaktik o’yinlar va materiallardan foydalaniladi. Nazorat guruhi tarbiyachisi esa mashg’ulotlarda doimiy usullardan foydalanib o’tadi.
Uchunchi bosqich tajriba o’tkazilgandan keyin nutuq o’stirish mahsg’ulotlarida didaktik materiallardan foydalanish bolalarda nutqning takomillashuvini, lug’atning boyishini ko’rdik. Quydagicha mashg’ulotlar o’tiladi;
“Xayolparastlar” mavzusida mashg’ulotni ko’rib chiqmiz;
Tarbiyachi bolalrni o’yin maydoniga taklif etadi va “dengiz sayohati” ga chiqish istagini bildiradi.
Tarbiyachi; Bolalar, keeling kemamizga nom beraylik, uni qanday nomlaymiz?
Bolalar; “Chaqmoq”, “Lochin”, “Xayolparastlar”.
Trbiyachi; yaxshisi, “Xayolparastlar” deb nimlasak rozimisiz?
Bolalar; Ha; (jo’r bo’lishib)
Trbiyachi; kelinglar, kema nomini kub shakildagi hariflar bilan yozaylik. (Bolalar birma – bir kerakli hariflarni qo’lga olishib “Xayolparastla” so’zini polga tushurishadi)
Trbiyachi; endi kemaga chiqib joylashib oling. Kapitan o’z joyingizni egallang!
Bolalar tartib bilan ma’lum ketma – ketlikda jips joylashadilar (stulchalarga o’tirishadi). Kapitan kemani boshqarish bo’limiga o’tadi va durbin orqali dengizga nazar soladi; “Yonga”, “Chaproqqa” kabi topshiriqlarni kema boshqaruvchisi – shturmanga berib boradi.
Kapitan; noma’lum orolni ko’rayapman, to’g’riga boshqaring!
Bolalar; ura, biz ham orolni ko’rayapmiz. U yerda kimdir biz tomon qo’l silkitayabdi.
Tarbiyachi; ha, bolalar, u sizningtengdoshingiz, boshqa mamlakat fuqorosiga o’xshaydi. Bolani o’z kemamizga olamizmi?
Bolalar; ha biz u bilan do’stlashmiz va mamlakatimizga olib ketmiz.
Tarbiyachi; qani bolakay, kemaga chiqib oling. Sen bizning mamlakatimizga borishga va bolalar bilan bir maktabda o’qishga rozimisan?
Chet ellik bola; mayli, men bu orolda bolalarsiz zerikdim. Sizlar bilan ketishga roziman.
Kapitan; “Kema orqaga burulsin va “O’zbekiston” mamlakatiga yo’l olsin!” (Kema suzib ketadi.)
Navbatdagi mashg’ulot “ot va uning bolasi toychoq” mavzusida.
Tarbiyachi; uy hayvonlarining rasimini ko’rsatib; bolalar, bular qanday hayvonlar?
Dilfuza; uy hayvonlari.
Tarbiyachi; barakalla, endi mana bu rasmga qarang-chi, bu qanday hayvon ekan?
Jamshid; ba uy hayvonlaridan qo’y.
Tarbiyachi; qo’y nima yedi?
Feruza; o’t.
Tarbiyachi; qo’ylarni kim boqadi?
Dilmurod: cho’pon.
Tarbiyachi; bugun bolajonlar, sizlar bialn “Ot va bolai toychoq” haqida suhbatlashamiz.
Bu mashg’ulot ham ko’rsatmalilik prinsipiga tayanilgan holda savol – javob tarzda o’tkaziladi. Bolalar otning va bolasining nomlanishini (to’qir, saman, chovkar, qashqa va boshqalar), ularning keltiradigan foydasi, ularni boqish yo’llari haqida tushunchalarni o’zlashtirdilar.
Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida “toychoqlar” o’yinini tashlik etdi va bolalar maroq bilan uni ishtirokchisi bo’ladilar.
O’yinning qisqacha mazmuni; bolalar ikki guruhga ajiraladilar. Biri “toychoq” larni ifodalashdi, ikkinchisi otboqar vazifasini bajaradilar. Otboqarlarning qo’llarida jilov bo’ladi. Maydonning bir tomoniga otxona chiziladi, ikkinchi tomonida otboqarlar uchun joy belgilanadi. Maydonning o’rtasi – o’tloq. Bolalar o’z “uy”lariga borib turadilar.
Tarbiyachi “otboqarlar otlarni egarlang!”. Ana shu ko’rsatmaga binoan otboqarlar otxonaga qarab yuguradilar va otlarni egarlaydilar. Ot tanlash otboqarlarga yoki tarbiyachi ko’rsatmasiga bog’liq holda amalgam oshiradi. Egarlangan otlar ketma – ket saf tortishib turishadi va buyruq bo’yicha sekin yura boshlaydi, yo’rg’alaydi yoki chopadi.
Tarbiyachi; “Yetib keldik, otlarni bo’shatinglar!” Otborarlar otdan egarjubdyqlarni echib oldilar va o’tloqqa qo’yib yubordilar, o’z joylariga borib turishadi. Ma’lum daqiqa o’tgach, ya’ni otlar obdon qorin to’yg’izgach, tarbiyachi navbatdagi buyruqni beradi; “Otboqarlar, otlarni egarlang!” Har bir otboqar o’z otini jilovlashga urinadilar, otlar esa tutqich beravermaydi. Barcha otlar tutib kelinadi va egarlanadi, bir – birning ketidan saf bo’lishib otxonaga yo’l olishadi.
Tarbiyachi; “Otlar kishandan ozod etilib, otxonaga qo’yilb yuborilsin!” Otboqarlar otlardan egar – jabduqalarini echib qo’yib yubordilar. Shu tariqa o’yin yangidan boshlanadi.
Bu gal “ot” va “otboqarlar” o’rin almashishlari mumkin.
Tajriba va nazorat guruhlarida tajribagacha bo’lgan holat.

Guruxlar

Bog’lanishli nutq

Dialogic nutq

Lug’at boyligi

Og’zaki nutq

Nazoraz guruhi

40%

35%

53%

46%

Tajriba guruhi

40%

36%

54%

46%

Bolalar nutqining o’sish tajriba olib borilgandan keyingi holat;

Guruxlar

Bog’lanishli nutq

Dialogic nutq

Lug’at boyligi

Og’zaki nutq

Nazoraz guruhi

43%

38%

56%

50%

Tajriba guruhi

60%

75%

85%

68%



XULOSA
Bog’chada ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim olishga tayyorlash, ya’ni jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o’rin egallaydi. Nutq o’stirish mashg’ulotlarida didaktik materiallardan foydalish orqali bolalar nutqini o’stirishga katta e’tibor qaratish kerak. Ta’limiy o’yinlar bolalar lug’atini faollashtirishning asosiy uslubiyotlaridan (me’todlaridan) biridir.
Ta’limiy o’yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bola mashg’ulotlarda olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun imkon yaratib beradi.
Ta’limiy o’yin bolalarning tevarak – atrof, ijtimoiy hayot to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o’z shaxsiy tajribalari va mashg’ulotlarda olgan bilimlarini amalda qo’llay bilishga o’rgatadi, fkirlash qobilyatlarini, ijodiy kuchlarni, senor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi. Har bir ta’limiy o’yin o’zining dastur mazmuniga ega. Bu “Bolalar bog’chasida ta’lim – tarbiya dasturi” da o’z aksini topgan. Masalan;
1.Buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifat to’g’risida bilim berish;
2.Mehnatning har xil turlari va uning kishilar hayotidagi roli to’g’risidagi bilimlar;
3.Tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasillari to’g’risidagi bilimlari;
4.Dastlabki matematik tushunchalar; son, sanoq, kattalik, shakl, vaqt va fazoviy tushunchalar berish. Ta’limiy o’yinlar, ularning ta’lim – tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turlari har bir yosh guruhlarning o’ziga xos ruhiy – fizalogik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, bu o’yinlarning tutgan o’rni va vazifasi mazmunli o’tkazish uslublari “Bolalar bolalar bog’chasida ta’lim – tarbiya dasturi”da belgilab berilgan. Ta’limiy o’yinlarda doimo didaktik materiallardan foydalaniladi.didaktik materiallarga ham o’ziga xos talablar qo’yiladi.
1. Didaktik materiallar bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi.
2.O’tiladigan mashg’ulotlar mazmuniga mos kelishi
3.Gigiyenik talablaga to’g’ri kelishi
4.Yorqin ranglarda bo’lishi.
5. Butun auditoriyaga bemalol ko’rinadigan bo’lishi.
Mashg’ulotlarda didaktik materiallardan foydalanish haqida o’tkazilgan tadqiqotlardan quydagi xulosaga kelishimiz mumkin;
1.Mashg’ulotlarda didaktik materiallardan foydalanish bolalarning tasavvurini, ongi va tafakkurini o’stiradi.
2.Buyumlarda bir - biriga taqqoslashni o’rganadi.
3.Buyumlarning eng muhim belgilarini aytishga o’rganiladi.
4.Kuzatuvchanglikni rivojlantiradi.
5. Bolalar lug’atini boyitadi.
6. Byumlarning sifatlarini va eng xarakterli tomonlarini bildiruvchi so’zlardan aniq foydalanishini o’rganadi.
Xulosadan kelib chiqqan holda quydagi tavsiyalarni beramiz;
1.Mashg’ulotlarda ta’limiy o’yinlardan ko’proq foydalanish kerak.
2. Ta’limiy o’yinlardan didaktik materiallardan ko’proq foydalanish..
3. Mashg’ulotlarni emotsional tarzda tashkil etish zarur..
4. Bolalarni faol harakat qilishiga imkon berish zarur.
5. Didaktik materiallardan bolalarning yoshiga mos tarzda foydalanish kerak.
6. Didaktik materiallar yorqin rangda bo’lsa va auditoroyaga ko’rinadigan holatda bo’lsa bolalar nutqinio’stirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin