«Vatan tuyg‘usi» nomli kitobni varaqlar ekanmiz, ma’naviyatga byerilgan ushbu ta’rifni o’qiymiz: «… jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha»3.
A. Yerkaevning fikricha, «Ma’naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir». Ma’naviyat muammosi bilan anchadan buyon shug‘ullanib kelayotgan olimlarimizdan M.Imomnazarov mazkur masalaga bag‘ishlab yozgan “Ma’naviyatning takomil bosqichlari” nomli asarida «Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...»,- deb yozgan bo‘lsa, ikkinchi “Milliy ma’naviyatimizga chizgilar” kitobida «Ma’naviyat - inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, so‘fiyona ramziy ta’rifdir, zotan boshqacha ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo‘yadi», - deb yozadi.
E.Yusupov o’zining “Inson kamolotining ma’naviy asoslari” nomli asarida insonda mavjud bo‘ladigan hamma xislatlar emas, balki ijobiylarigina ma’naviyat bo‘la olishini ko‘rsatib: «Ma’naviyat - inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir»4, - deb ta’riflaydi.
Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma’naviyatning ko‘pgina qirralari o‘z ifodasini topgan va bu ta’riflarda mualliflar masalaga nisbatan o‘z nuqtai nazarlarini bildirganlar.
Ma’naviyat haqida yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, ma’naviyat – avvalo inson ichki olami, uning his tuyg’ulari, bilim, tafakkur tarzi, qobiliyati, inson, shaxssifatidagi hatti-harakati, faoliyatilir. Yanada chuqur va kengroq mushohada qiladigan bolsak, ma’naviyat - insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, o’z oldiga, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilishsalohiyatidir, - deb ta’rif byerish o‘rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu ta’rif eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb, aytishimiz mumkin emas.Yuqorida aytganimizdek, ma’naviyatning ma’nosi keng, uni tushunish, his etish uchun masalaga yanada jiddiy yondoshish kerak.
O’qituvchi ushbu masala yuzasidan talabalarga “Qani siz ma’naviyatga qanday ta’rif byergan bo’lardingiz?” degan savol bilan murojaat qilishi va talabalarning bu haqdagi qisqacha fikrini eshitishi mumkin.
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini aniq bilib olish hamda shu asosda uni rivojlantirish, uning mohiyatini hamda mazmunini ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, sobiq sho‘rolar tizimi sharoitida ma’naviyat bugungi holatda o‘rganilmagan. U ma’naviy madaniyatning tarmog‘i sifatida e’tirof etilgan, xolos. Bu juda murakkab masalaga shu darajada «e’tiborsizlik» ataylab qilingan. Chunki u shaxs va millatning ichki ruhiy salohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan omildir, shuning uchun shaxsning ruhiy olamiga kirib borish, uni mustaqil fikr yuritishga, millatning esa ma’naviy-ruhiy olamini yuzaga chiqarish, uning o‘zini o‘zi anglashga, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi va o‘zi xohlagan taraqqiyot yo‘lidan borishiga yo‘l qo‘ymaslik mustamlakachilik siyosatiga asoslangan sovet davlatining asosiy maqsadlaridan edi.
Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida o‘rganish faqat mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina boshlandi. Bu esa mustaqillik sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo‘nalishdir. Shunindek, ma’naviyatni o’rganish Islom Karimov nomi bilan bog‘liqdir.
“Ma’naviyat” ko‘p qirrali tushuncha. U insonning zoxiriy va botiniy jihatlarini o‘zida qamrab oladi. Shu bois, uning mohiyati, predmeti, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bag‘ishlanib respublikamiz ziyolilari o‘rtasida qizg‘in munozaralar olib borilmoqda.
“Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni keltirish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaralganda, olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat” tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar byerib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir5.
Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji- deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat byersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Toshkent Mahmudov «Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy, ahloqiy va ruhiy balog‘ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir»6, - degan ta’rifni byeradi.
Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma’naviyatning ko‘pgina qirralari o‘z ifodasini topgan va mualliflar o‘zlarining nuqtai nazarlarini bildirganlar, ammo ularda inson salohiyatini o‘stirish masalasi e’tibordan chetda qolganligi ko‘rinadi. Hali yana ko‘plab olimlarimiz ma’naviyat tushunchasiga o‘z munosabatlarini bildiradilar va ana shu bildirilgan turli fikrlar asosida umumiy mukammal ta’rif shakllanadi, degan umiddamiz.
Bugunga qadar ma’naviyat tushunchasiga mukammal ta’rif shakllanmaganligiga sabab uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda «sodda» tushuncha ekanligida. Ma’naviyat ko‘proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks yettirishidir. Inson ichki, botiniy dunyosi esa gavhar to‘la tubsiz dengiz singaridir. Bu dengizdan qancha gavhar olsangiz tugamagani singari inson ichki dunyosi ham tubsiz va o‘zini rang-barang tarzda namoyon etadi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga qanchalik chuqur kirib borsangiz, shunchalik turli-tumanlik bilan toblanib, o‘zining yangidan-yangi qirralarini namoyon etadi. Mana shuning uchun ham ma’naviyat tushunchasiga mukammal, har taraflama to‘liq ta’rif byerish mushkulroq. Ammo Respublikamiz olimlari tomonidan «Ma’naviyat» tushunchasiga byerilayotgan ta’riflarni va uning inson, millat, xalq, jamiyat hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ilgari surilayotgan g‘oyalarini umumlashtirgan holatda ma’lum bir umumlashgan xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilishsalohiyatidir, - deb ta’rif byerish o‘rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu ta’rifni eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb, aytishimiz mumkin emas.
Ma’naviyat inson tug‘ilishida ona suti, uning allasi, mehri, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib shakllanadi. Uning qaror topishida oiladagi muhit, jamiyatdagi hamjihatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparvarlikning qay darajada amal qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi.Chunkiinsonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Hayotga qadam tashlayotgan bolaning xaraktyerini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qadr topadi.
Har bir oila farzandining ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsalarni tushunib, anglay boshlaydi. Ota-onasiga, bobo va momolariga mehr va hurmati, o‘zini o‘rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi. Agar ota-ona, katta o‘g‘il-qizlar o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida kichiklarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomila qiladigan bo‘lsa, bu holat bola ma’naviy olamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqti-soati kelib, uning xaraktyerida inson degan nomga noloyiq, xunuk odat sifatida namoyon bo‘ladi. Oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib voyaga etishi mumkin. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish maqsadga muvofiqdir.
Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin farzandlarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga etkazish nafaqat oila uchun, balki jamiyat uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Farzand tarbiyasiga e’tibor byermaslik nafaqat ota-onalar, butun bir oila, butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu-saodat faqat boylik, molu-mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, oilaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir7.
Barcha fanlarda bo‘lganidek, ma’naviyatning ham mustaqil predmeti mavjuddir. Uning predmeti inson va jamiyat ma’naviy hayoti, maqsadi esa komil inson – iymon etiqodi butun, irodasi baquvvat, yerkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy salohiyatini rivojlantirishdir.
Ana shu keng qamrovli vazifalardan ko‘rinib turibdiki,inson kamoloti va jamiyatning yuksak darajaga ko‘tarilishi ma’naviyatni rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonning xatti-harakatlarida, o‘z oilasi, millati va Vataniga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, uning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof – muhit, milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muhim ahamiyatga ega.
Odam ota – onadan tug‘iladi, ammo uning axloqi, odob borasidagi fazilatlari, ya’ni ma’naviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi. Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lsa ham, u o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi, uni belgilab byeradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, iymon, vijdon, xalollik, mehnatsevarlik, milliy va insoniy g‘urur tuyg‘usi, burch va mas’uliyatni hisqilishi qanchalik kuchli va yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo‘lishiga olib keladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma’naviy kamolotida ham yangi davrning yuzaga kelishidir. Ma’naviyatsiz adolatli, yuksalish imkoniyatiga ega bo‘lgan jamiyat bo‘lmaganidek, jamiyatsiz ma’naviyat ham rivojlanishi mumkin emas.
1-Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat byeradiki, qayerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yyerda yerkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviyat yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi”8. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai sanaladi. Ma’naviyatsiz hech qachon jamiyatda odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat bo‘lmaydi.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy sohalarida mavjud bo‘lgan muammolarni ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin. Ma’naviyat millatni taraqqiyotga etaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki qayyerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak darajada bo‘lsa, o‘sha joyda, o‘sha mamlakatda johillik, hasadgo‘ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo‘rlik, g‘iybat qilishlik, ko‘rolmaslik, yovuzlik, qo‘paruvchilik, o‘z vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik, tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik ko‘rinishlariga o‘rin qolmaydi.
Millat ma’naviyati ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma’naviyatining majmuyidan iboratligini ham aniqlashtirib oldik. Ammo bu hammasi nazariy ta’riflar. Amalda milliy ma’naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qayyyerlardan qidirish kyerakligi Prezident asarlarida avval boshidanoq aniq ko‘rsatib byerilgan va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz myerosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan myeros milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kyerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yibdi, faqat uni holis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an’ana-ulug‘ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy myerossohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o‘ylab topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o‘zgartirib ham bo‘lmaydi. Chunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi qa’ridan oziq olib, tyeranlik kasb etib keladi.