I-bob. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati moliyaviy oqimlarni boshqarish


Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari



Yüklə 44,72 Kb.
səhifə5/6
tarix11.07.2023
ölçüsü44,72 Kb.
#136332
1   2   3   4   5   6
Olimov

2.2 Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o'tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga hamda nazorat turlari, shakllari va o'tkazish metodiariga bog'liq, Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub'ektlarga ko'ra uning quyidagi turlari mavjud':
• umumdavlat moliyaviy nazorati;
• idoraviy moliyaviy nazorat;
• xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
• jamoatchilik moliyaviy nazorati;
• mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'rnitasi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlar tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo'yicha davlat va jamiyat manfaatlarini ta'minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan am alga oshirilib, shu idoraga bo'ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o'tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob'ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo'jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat ob'ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o'tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo'yicha klassifikatsiya etish qabul qilingan:
• amalga oshirilish reglamenti;
• o'tkazilish vaqti;
• nazoratning sub'ektlari;
• nazoratning ob'ektlari. Amalga oshirilish reglamenti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: • majburiy (tashqi);
• tashabbusli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliyabuxgalteriya hisobotlari ma'lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishi va boshqalarga tegishli bo'lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. O'tkazilish vaqti bo'yicha moJiyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• dastlabki;
• joriy (operativ);
• navbatdagi (kelgusi, so'nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo'lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklaming oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'larning tejamsiz va samarasiz sarflanishiga yo'l qo'ymaslik uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo'lishini ko'zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va byudjetdan tashqari fondlaming moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko'rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida shartnoma va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pUl bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalar berish singari amaliy jarayonlar sodir bo'lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo'lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblari o'z vaqtida amalga oshirilishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o'ynaydi. Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo'li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub'ektlar moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiyaning samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishi singari jarayonlarni baholashga mo'ljallangan. Nazorat sub'eklari bo'yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo'lishi mumkin:
Prezident moliyaviy nazorati;
• hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o'z-o'zini boshqarish idoralarining moliyaviy nazorati;
• ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;
• moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; • firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;
• auditorlik moliyaviy nazorati;
• va boshqalar. Nazorat ob'ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud: .
• byudjet moIiyaviy nazorati;
• byudjetdan tashqari fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
• soliqlar bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • valyuta operatsiyaJari ustidan amaJga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
• kredit operatsiyalari bo'yicha moliyaviy nazorat;
• sug'urta faoliyati bo'yicha moliyaviy nazorat;
• investitsion faoliyat bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
• pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
• va boshqalar. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi metodlaridan foydalaniladi:
• tekshiruv;
• tadqiq etish;
• nadzor (nazorat);
• moliyaviy holat tahlili;
• kuzatish (monitoring);
• taftish. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatJari asosida moIiyaviy xo'jalik faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularga barham berish choralari belgilanadi. Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg'i va energiyalarning sartlanish hajmlari nazorat tarzida o'1chanadi. Shuningdek, tadqiq etish so'rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma'lum bir turiga (masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub'ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U qoidalar va normativlarning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan u o'rnatilgan holatlar ustidan nazorat qilishni ko'zda tutadi. Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatIi usullarini qo'llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliyaxo'jalik faoliyatini o'zaro bog'langan umumiy tekshiruvidan iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob'ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilishlarni topish uchun, ya' ni sodir etilgan xo'jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Xo'jalik faoliyati sub'ektlarini to'la qamrab olinishiga qarab taftish quyidagi turlarga bo'linishi mumkin:
• to'liq;
• qisman;
• mavzuli;
• kompleksli (har tomonlama) To'liq taftish nazorat ob'ekti moliya-xo'jalik faoliyatining barcha tomonlarini tekshirishni ko'zda tutadi. Qisman taftish xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliya-xo'jalik faoliyatining ayrim qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun o'tkaziladi. Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati bo'yicha ma'ium bir mavzuga bag'ishlab o'tkaziladi. Bu narsa ma'lum xo'jalikka xos bo'igan tipik kamchiliklar va buzilishlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar qo'llanishiga imkon beradi. Kompleksli (har tomonlama) taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan eng to'liq taft ish bo'lib, u nazorat sub'ektining xo'jalik va moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi sohalarni o'z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, o'z navbatida, kompleksli (har tomonlama) taft ish natijalarining to'liqligi va samaradorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. MoJiyaviy va xo'jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko'ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi:
• yoppasiga taftish;
• tanlanma taftish;
• kombinatsiyalashtirilgan taftish. Yoppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma'ium bir qismidagi barcha operatsiyalar tekshirilishini taqoza etadi. Tanlanma taft ish u yoki bu vaqt oraJig'ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o'tiladi. Kombinatsiyalashtirilgan taftishning bir qismi yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma metod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa yuqori darajadagi hujjatlarning aylanishi va yirik xo'jalik operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub'ektlar faoliyatini taft ish qilishga imkon beradi. O'tkazilgan taftish asosida hujjat rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklami bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to'lovlar intizomini mustahkamlash bo'yicha hukumat komissiyasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari deb belgilangan: - iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va tijorat banklari tomonidan to'lov intizomini mustahkamlash va hisob-kitoblarni o'z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy to'lovlami to'liq to'lash bo'yicha amaldagi qonunchilik me'yorlariga qat'iy rioya etilishi ustidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash; - korxonalaming debitorIik qarzlari ahvoIini tahlil etish, muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning byudjetga to'lovlar bo'yicha boqimandalarini qisqartirish bo'yicha ta'sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tegishIi soliqlar va majburiy to'lovlarning to'liq undirib olinishini ta'minlash; - korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag'larining ajratib olinishi, shu jumladan tayyor mahsulot zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yo'naIishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish. Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bo'Jib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega:
• vazirliklar, qo'mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xo'jalik uyushmalari, korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari, soliq va to'lov intizomining ahvoli to'g'risidagi masalalar bo'yicha hisobotlarini eshitib borish;
• boqimandalami to'lash, penya hisoblanishini tugatish bo'yicha muddatlami kechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar va to'lovlar bo'yicha penyalami hisobdan chiqarish;
• belgilangan tartibda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan axborot, ma'lumotlarni vazirliklar, qo'mitalar, idoralar, uyushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan olish;
• bankrotlik va korxonalami sanatsiyalash masalalari bo'yicha Hukumat komissiyasiga korxonalarni sanatsiyalash yoki muntazam ravishda debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo'l qo'yuvchi korxonalar va tashkilotlami bankrot deb e'lon qilish uchun materiallarni xo'jalik sudiga berish to'g'risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish;
• soliq solish tizimi vaxalq xo'jaligida hisob-kitoblami yaxshilash uchun yo'naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish va h.k. Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul muomalasi va xalq xo'jaligida hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va O'zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat'iy rioya etilishini ta'minlash vazifasi yuklatilgan
• Mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish to'g'risida,) 1996 yil 8 avgustdagi NQ UP-1503 Farmoni bilan Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyat ko'rsatmoqda.

XULOSA.
Moliyaviy nazorat ob`ekti tomonidan e`tirozlar o`n kunlik muddatda
yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati
natijalariga doir hujjat moliyaviy nazorat ob`ekti tomonidan qabul qilingan
deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni
amalga oshirish choralari ko`riladi.
Moliyaviy nazorat ob`ekti sudga murojaat etgan taqdirda, o`zining
sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o`n kunlik muddatda davlat
moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy
nazorat ob`ektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat
moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari bo`yicha

rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi bo`yicha


amalga oshirilishini to`xtatib turadi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan
ma`lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to`liqligi davlat moliyaviy
nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta`minlanadi.
Moliyaviy nazorat ob`ektining mansabdor shaxslari:
- davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish
sanasi va davomiyligini bilishga;
- davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor
shaxslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat
tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir
martalik guvohnomani, shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga;
- davlat moliyaviy nazoratini o`tkazish uchun asosga ega bo`lmagan
shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qo`ymaslikka;
- davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.
Moliyaviy nazorat ob`ektining mansabdor shaxslari:
- davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy
nazoratini o`tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
- davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining
qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi
mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;
- davlat moliyaviy nazoratini o`tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat
organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun
zarur bo`lgan hujjatlar va ma`lumotlarni taqdim etishi hamda ularning
ishonchliligi, xolisligi va to`liqligi uchun shaxsan javobgar bo`lishi;
- byudjet to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan
mablag`larning o`rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari
bajarilishini ta`minlashi shart.



Yüklə 44,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin