So’z –gaplarni o’rgatishni darslikda unga berilgan materialni tushuntirish bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi so’z- gaplarni ma’no va vazifasiga ko’ra: modal so’zlar, undov so’zlar, tasdiq va inkor so’zlar, taklif so;zlarga bo’linishini aytadi. Shundan so’ng, modal so’zlarni o’rgatishga doir materialni bayon qila boshlaydi.
O’qituvchi o’qituvchilarga modal so’zlar so’zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati bildirishni, ishonch taxmin yoki gumonni ifodalab kelishini, gap tarkibida boshqa gap bo’laklaridan vergul bilan ajratib yozilishini aytadi.
Modal so’zlarni mustahkamlash, o’quvchilar nutqini o’stirish maqsadida 218-mshqni ishlash topshirildi. O’quvchilar terma gaplarni navbat bilan o’quvchilar berilgan gap juftlari tartib ma’no jihatdan modal so’zlar bilan farqlanishi aytadilar. Mashq ishlangach, mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. O’qish, o’rganish, ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g’alabalarga yetkazar (Oybek). 2.Ertaga, albatta, biznikiga boring, bafurja gaplashamiz. (S.Ahmad) 3. Afsuski, mashina haydashni bilmayman (M. Muhmedov). 4. Qayumovning ko’ngli taskin topdi shekilli, beixtiyor ashula qila boshladi. (“Mushtum”). 5. Men bundan keyin kasallik, umuman, meditsina to’g’risida gapirmayman. (A. Qahhor).
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, modal so’zlarni aniqlab, tagiga chizadilar. Ish bajarilgach o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Qishki ta’tilda Mana maktab ham yakunlab qoldi. Biz qishki ta`tilda mazza qilib dam oldik. Ertalabdan qor yog`ar edi. Tarnovlardan sumalaklar osilib turibdi. Hamma yoq xuddi gilam tashlab qo`ygandek oppoq edi.Qor tizza bo`yi bilan barovar edi. Men issiq kiyinib o`rtoqlarim bilan qor bo`ron o`ynadim, keyin sirpanchiq uchdik, so`ng uyga, kirib, qo`llarimizni batareyaga qo`yib isitib oldik. Ertasi kuni biz oilamiz bilan chimyonga bordik. U yerda konki uchdik, maza qilib dam olib qaytdik. Ta`til tugagach, maktabga borib, o`qtuvchimizga hammasini gapirib berdik.
’’Tasdiq va inkor so`z - gaplar’’ mavzusini o`rgatishni darslikdagi materialni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o`qituvchi quyidagi material bilan o`qtuvchilarni tanishtirdi. Tasdiq va inkor so`z – gaplar gap tarkibida keladi, ular so`zlovchining aytilayotgan fikrga munosabatini, fikrning tasdiq yoki inkor etilishini bildiradi. Tasdiq va inkor so`zlar gap boshida kelib, gap bo`laklarida maxsus pauza bilan ajratib aytiladi. Bu so`zlarga ha, yo`q, xo`p, xo`sh, kabi so`zlarni kiritish mumkin.
Xo`p qaysi bo`limga bor deysiz ? – Oltinchiga. – Yo`q, Rahimanikiga tushaman.
Shu kartaga tushasanmi? – Ha, shunga o’quvchilar keladi hozir
/ H.No`mon./
Tasdiq va inkor gap o`rnida ham kelishi mumkin.
Hikoyani o`qidingmi?
Ha
She`r yodladingmi?
Yo`q
Tasdiq va inkor so`zlarni mustahkamlash, o`quvchilarning nutqini o`stirish maqsadida mashq ishlandi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Ha, yana bir kichik stansiya qolibdi, nima qilobsan? /R.Fayziy/. 2.Yo`q, men danagini derazadan tashlab yuborganman. 3. Xo`p qaysi bo`limga bor deysiz? Yo`q Raximanikiga o`taman. / H.No`mon./. 4.Xo`p suvga tushsa ko`rma, ariqni yoqalab yur./Oybek/. 5.Xo`sh, men ertaga boraman.
O`quvchilar o`qtuvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o`qib, gap tarkibidagi tasdiq va inkor so`zlarni aniqlab aytilar. Mashq ishlangach, ijodiy ish bo`ladi. O`qtuvchi o`quvchilarga tasdiq va inkor so`zlarni qatnashtirib gaplar tuzishni topshiradi. O`quvchilar tasdiq va inkor so`zlarni qatnashtirib gaplar tuzadilar. Ikki- uch o`quvchining ishi o`qitish orqali tekshiriladi.