I bob. Ona tili ta’limmida matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirishning ilmiy nazariy metodik asoslari



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/2
tarix26.09.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#148696
  1   2
I bob


I bob. Ona tili ta’limmida matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirishning ilmiy nazariy metodik asoslari

    1. Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari

    2. O’quvchilarda matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirishning xozirgi axvoli

II bob. Matn yaratishga o’rgatish orqali o’quvchilarning ijodiy fikrlash ko’nikmalarini oshirish.
2.1. Ijodiy tafakkur soxibini tarbiyalash davr talabi
2.2. Matn yaratishni o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanib ijodiy fikrlash ko’nikmalarini oshirish.

I bob. Ona tili ta’limmida matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirishning ilmiy nazariy metodik asoslari



    1. Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari

Tafakkur va til hodisalarining bir –birini taqozo etishi, biri –birisiz yashay olmasligini nazarda tutsak, ijodiy tafakkur sohibi tarbiyasida ona tilining o‘ta muhim va betakror vosita ekanligini ta’kidlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, intellektual bilim, kasbiy mahorat, eng nodir kashfiyotlar ham birinchi galda ona tili yordamida dunyoga keladi, ona tilida zohir etiladi, ona tilida himoya qilinadi. So‘z yuritilayotgan mustaqil matn yaratish hodisasi ham inson tafakkuri mahsuli, uning o‘zgalar ongigata’sir etish vositalaridan biridir. Agar o‘quvchining so‘z boyligi nochor, lug‘at xazinasi qashshoq bo‘lsa, nasriy matn tuzish, mustaqil matn yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bizning asosiy maqsadimiz o‘quvchini nutqiy madaniyatga, muxtasar matn yaratishga o‘rgatish ekan, qarshimizdagi eng dolzarb vazifa –til satixlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish, ona tili mashg‘ulotlarida fanlararo aloqani mustahkamlash, uyadosh so‘zlar ustida ishlash orqali o‘quvchi so‘z boyligini oshirish, maqol, matal, hikmatli so‘z, ibora va tasviriy vositalar yordamida nutqiy zaxiralarni boyitishdan iborat. O‘quvchiga matn va uning gramatik xususiyatlari, tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism va xulosa), gap, xatboshi va MSB (murakkab sintaktik butunlik)lirni o‘zaro bog‘lovchi, uslubiy ravonlikni ta’minlovchi tanish belgilari, gramatik bog‘lamalar (olmoshlar, kirish so‘z va gaplar, modal so‘zlar) haqida to‘liq ma’lumot berish, ularni o‘quv amaliyotiga jadal tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Zero, “... lug‘at zaxirasi bisyor odamning tili biyron, nutqi ravon bo‘ladi..”. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo‘naltirish, fikrmuhsulini to‘g‘ri, ravon, o‘rinli ifodalashga o‘rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri –matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o‘quv amaliyotiga izchil joriy etish, o‘quvchini muammoli o‘quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo‘naltirish, o‘quvchi lug‘at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so‘zning lug‘aviy ma’nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og‘zaki nutq va matn yaratish)da so‘zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o‘quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Bu muammolar orasida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning intensiv–universal texnologiyasini yaratish, ana shu maqsadga xizmat qiladigan, matn yaratishning jadallashtirilgan, bosqichli tizimini ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga joriy etish masalasi alohida o‘rin tutadi. O‘quvchi so‘z boyligini oshirishning, uning nutqiy zaxirasini boyitishning eng samarali usuli sathlararo hamda fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish (undosh so‘zlar ustida ishlash, berilgan so‘zning leksik –semantik qurshovi: qaysi so‘zlar bilan ishlatilishi, xususiy belgilari miqdorini aniqlash, qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanishi, ularning nomlari soni, sifati, holati, harakatini belgilash v.h.) dan iborat. Demak, o‘quvchi nutqiy ko‘nikmalarini takomillashtirishning asosiy omillari tafakkur mahsulini izchil, to‘g‘ri, ravon ifodalash, nutqiy vaziyat talabiga ko‘ra mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Umuman olganda, DTS talablarini to‘la bajarish –o‘quvchi kommunikativ savodxonligini ta’minlash masalasi, ona tili ta’limida mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi. Buning uchun egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning jadal amaliy tatbiqi, ya’ni mustaqil matn yaratish masalasi ona tili darslarida o‘rganilayotgan har bir mavzuning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Matn yaratishning mantiqiy davomi –matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o‘rganiladi, o‘quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o‘z yechimini topadi. Ona tilining yangi –yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o‘quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e’tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Nutqiy –amaliy ko‘nikmalar zanjirining eng muhim, yakunlovchi halqasi o‘quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi ustida ishlash –o‘quvchi nutqiy iqtidori, matn yaratish ko‘nikmasining malakaga aylanishi, tafakkur mahsulining moddiylashuvidir. Boshqacharoq aytganimizda tafakkur, nutq, matn yaratish hodisalarini o‘zaro uyg‘unlik va uzluksizlikda, til bo‘limlari va boshqa fanlar bilan mustahkam aloqadorlikda, yozma fikr ifodasini yengillashtiruvchi muayyan bir tizimda o‘rganish kommunikativ savodxonlikning eng so‘nggi natijasi –ijodiy matn yaratish va uni mustaqil tahrir qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga olib keladi. O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida DTS talablari bo‘yicha belgilangan ona tili o‘qitish mazmuni va undagi matn ustida ishlash va matn yaratish mavzusi yuzasidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim: Grammatikaga oid bilimlarni egallash –fonetika, leksikologiya, so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksis, yozuv va imlo, tanish belgilari nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalarni o‘rganish, ular amaliyotiga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni egallash;-birinchi yo‘nalish: -O‘quvchilarning lug‘at zaxirasini kengaytirish va boyitish, so‘zning lug‘aviy ma’nolari ustida ishlash (uyadosh so‘zlar, ma’nodoshlar, zid ma’noli, shakldosh, tarixiy, olinma so‘zlar v.h.), o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi va qo‘llanish doirasini aniqlash; -ikkinchi yo‘nalish; -o‘zbek adabiy tili me’yorlari, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash, so‘z birikmalari hosil qilish, gap tuzish me’yorlari, til birliklarining uslubiy imkoniyatlari xususan, uyadoshligi (bir mavzu, guruh va uyaga mansub so‘zlar, fanlararo va sathlararo aloqa) va ma’nodoshligi (sinonimiyasi); mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri aniq ravon ifodalash, gramatik sinonimiya (frazeologik sinonimiya, lug‘aviy sinonimiya, qo‘shimchalar sinonimiyasi, gap va matn sinonimiyasi) namunalari ustida ishlash, ifodali o‘qitish (qiroat san’ati) bilan shug‘ullanish; -uchinchi yo‘nalish: -O‘quvchilarda fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda izchil, to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini egallash, matn tahlili, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.Demak, mustaqil matn yaratish darajasi (o‘quvchi ongida nutqiy tafakkurini kengaytirish, rivojlantirish va mustaqil matn yaratishga yo‘naltirilgan lingvopsixologik o‘quv topshiriqlar: rasmli nutqiy vaziyatlar, muammoli savol va masalalar, qiziqarli dizayn; elektron slayd va versiyalar, axborot texnologiyasi bilan to‘yintirilgan ta’limiy –didaktik vositalar yordamida shakllantirilgan) egallangan BKMlarning amaliy tatbiqi darajasini aniqlashga xizmat qiladigan me’yorlar tizimida aks etishi kerak. “Ona tili ta’limi mazmuni” o‘quv-metodik qo‘llanmasi mualliflari H.Ne’matov, A.G’ulomovlar o‘quvchilarni ijodiy yozma ish –matn ustida ishlashga o‘rgatishda egallangan bilimlarni quyidagi ko‘nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qiladilar. –
“Ijodiy yozma ish” (matn) tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, –buyum, voqea–hodisa tasviri; -o‘quvchi (muallif) va borliq; yozma ishning maqsadi; yozma ish –o‘quvchining (muallifning) o‘zligi; -yozma ishga mavzu tanlash; uni tayyorlash; ayni bir narsa (buyum, manzara, voqea -hodisa) hamda turli mavzuda matn yaratish; -yozma ish mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan uyg‘unligini ta’minlash; -berilgan mavzu, erkin mavzu ustida ishlash;-mavzuni yoritish uchun zarur material: o‘quvchining bilimlari, kuzatishlari, taassurotlari, mushohadalari, qiyos va o‘xshatishlari, hukm va xulosalari; -yozma ishning rejasi, unga qo‘yilgan asosiy talablari; -tor reja, keng reja; -manzilgohni yozish; -mavzuni yoritishda mazmun izchilligi; “xat boshi” tushunchasi; yozma ish matni ustida qayta ishlash; uyadosh, ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so‘zlardan foydalanish; -matnning uslubi (gap qurilishi), imlosi va tanish belgilari ustida ishlash; -ishni oqqa ko‘chirish; -xatolar ustida ishlash; Matnlar o‘zining qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. O‘quvchi matn ustida ishlar ekan turli murakkablik, qiyinchiliklarga duch keladi, muammoli vaziyatdan chiqish, uning yechimlarini topish yo‘llarini qidiradi. Matn ustida ishlash faoliyati faqat darslikda berilganlari bilan chegaralanib qolmasdan, ilmiy va badiiy adabiyot, davriy matbuotdan tanlab olingan matnlar, audio-videolavhalar ustida ishlash ham o‘quvchilar uchun qiziqarli va zavqli bo‘lishi tabiiy. Ona tili ta’limida matn ustida ishlash usullari bag‘oyat xilma-xil. Biz quyida ularning ayrimlari xususida fikr yuritamiz. Grammatik usul (an’anaviy amaliyot)
1. Berilgan matndan o‘rganiladigan mavzuga oid so‘zlarni ajratish, ularni so‘z turkumlari bo‘yicha guruhlash, so‘z yasovchi, o‘zgartiruvchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarni guruhlash.
2. Matndagi sodda gaplardan qo‘shma gaplar hosil qilish va aksincha qo‘shma gaplarni soddalashtirish.
3. Ajratilgan sodda va qo‘shma gaplarni sintaktik tahlil qilish.
4. She’riy asarlar mazmunini nasriy yo‘l bilan so‘zlab berish.
5. Matndagi qo‘shma gaplarni ajratish, turlarini aniqlash.
6. Berilgan gap morfologik yoki sintaktik tahlil qilish v.h.
Ijodiy usul (yangilanayotgan amaliyot)
1. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ibora va tasviriy ifodalar
bilan almashtirish, ularning lug‘aviy ma’nosini aniqlash va sharhlash;
2. Ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh, uyadosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlar
topish va ularning lug‘aviy ma’nosini sharhlash;
3. Ilmiy uslubdagi matnni badiiy uslubdagi matnga aylantirish;
4. Matnning mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish;
5. Matndagi gaplarni kengaytirish (ixchamlash);
6. Boshlanish qismi berilgan matnni davom ettirish;
7. Muammoli matn ustida ishlash va yechimini topish;
8. Berilgan so‘z (so‘z birikma, gap) asosida mustaqil matn yaratish;
9. Berilgan elektron tasvir (rasm, chizma, jadval) asosida badiiy (ilmiy, tasviriy nazmiy) matn yaratish v.h.
Tabiiyki, ijtimoiy jamiyatda yashovchi har bir shaxs yoshligidanoq o‘zaro muloqot, muloqot jarayonida fikrlash va fikr ifodalash zaruriyatini chuqur his qiladi. Insonning ma’naviy hayoti mazmunini tashkil etuvchi asosiy manbai–nutqiy muloqot hisoblanishicha, insoniyat erishgan taraqqiyot, madaniy merosni keyingi avlodlarga yaxlit holda yetkazishning eng ishonchli yo‘li –ijodiy tafakkur mahsulini yozma ifodalash –mustaqil matn yaratish malakasini egallashdir. Bunday malakaga ega bo‘lishning birinchi sharti –o‘quvchilarni tayyor matn ustida ishlashga o‘rgatish, matn tarkibida mavjud bo‘lgan mantiqiy va uslubiy nuqsonlarni qiyinchiliksiz aniqlash va bartaraf etish, matn mazmuni, shakli va uslubini turfa yo‘nalishda qayta ishlash (ixchamlash, kengaytirish matn tilini boyitish (epigraf, sitata. Ibora va tasviriy vosita, maqol, hikmatli so‘zlar kiritish) ko‘nikmalarini shakllantirish, matnni tahlil qilish va tahrir qilish yo‘llarini o‘rganishga yo‘naltirishdir. Grammatik shakllarni o‘rganishdan maqsad –o‘rganilayotgan lisoniy qonuniyatni nutq tarkibida tahlil qilishni nazarda tutadi. Mustaqil yaratilgan badiiy matn –o‘quvchining imlo savodxonligi, ijodiy tafakkuri, so‘z boyligi, nutqiy salohiyatini namoyish etuvchi ko‘zgu, aks sado. Chunki o‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning amaliy tadbiqi –o‘quvchining o‘zi mustaqil yaratgan matndagina o‘z ifodasini topadi. Zero, o‘quvchining suhbatdosh fikrini qabul qilish va o‘z fikrni ifodalashga qaratilgan ehtiyoji asosiga qurilgan amaliy faoliyatiga ona tilidan egalagan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, kommunikativ savodxonlik darajasining oshib borishi, matn yaratish ko‘nikmalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday faoliyatgina ta’lim jarayonini samarali tashkil qlish bo‘yicha DTS talablariga mos keladi va o‘quvchida ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi muhim didaktik vosita vazifasini bajara oladi.


    1. Yüklə 81,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin