I bob. Psixolog kasbining rivojlanishi


Korrektsion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish



Yüklə 46,21 Kb.
səhifə7/8
tarix24.03.2023
ölçüsü46,21 Kb.
#89396
1   2   3   4   5   6   7   8
I bob. Psixolog kasbining rivojlanishi

Korrektsion dasturni ishlab chiqish va mazmun moxiyatini belgilab olish. - Korrektsion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash. - Korrektsion dasturni boshlashda dinamika va o’zgartirishlar bo’lishi yoki bo’lmasligini belgilash. Korrektsion tadbir so’ngida korrektsion dasturning samaraliligi, maqsad va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot tayyorlanadi. Psixokorrektsion tadbirlarning samaraliligini baxolash quyidagicha mezonda aniqlanadi: A) rivojlanishdagi qiyinchilikning echilishi barxam topishi. B) maqsad va vazifalarning belgilanishi korrektsion effektivligi o’zoq muddatdan so’ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi. Korrektsion dastur muammoning butunlay hal bo’lishini oldiga maqsad qilib qo’ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning yo’qolishi va echilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham qaraladi. Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaktda uning emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi. Psixolog uchun korrektsion dastur tashkil etilishi, majburiyatni his etishi oldiga qo’yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi. Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo’lgan muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi. Korrektsion dasturlarning ijobiy ta’sir doirasi uning intensivligidadir. Korrektsion mashg’ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib borilayotgan o’yinning ma’no jihatdan o’ylanganligi bilan ham bog’liq. Mashg’ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha mijozning taraqqiy etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo’qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba uchrashi lozim. Korrektsion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa shuncha tez samara beradi.
Psixokorrektsiyalarni samaraliligini aniqlovchi omillar.
1. Mijozning kutgan natijasi.
2. Mijozni mavjud bo’lgan muammolaridan xalos bo’lishi.
3. Mijoz muammosining xarakteri.
4. Mijozning birgalikdagi faoliyatga tayyorgarligi.
5. Korrektsion tadbirni o’tkazayotgan psixologning kutgan natijasi.
6. Psixologning shaxsiy va professional tayyorligi.
7. Psixokorrektsiyaning samarasi konkret metod va ta’sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi.
Psixokorrektsion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu psixologning ta’sir eta olishi va korrektsion ishning sifatliligidandir. Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Korrektsion ishda ma’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar. Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi. Ishning bahosini bu metoddan xabari bo’lmagan ekspert berishi zarur. Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini hisobga olish kerak. Psixologning kasbiga bo’lgan qiziqishini hisobga olish zarur. Guruhiy korrektsion ishda psixologning professional bo’lishi katta ahamiyatga ega. Psixokorrektsion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan so’ng quyidagilarga qarab baholanadi:
Ichki kechinmalarining sub’ektiv mohiyatining o’zgarganligi. Ta’sir etgandan so’ng mijozning ijobiy tomonga o’zgarishi. Psixologik ta’sirning samarasini belgilashda psixofiziologik metodlar ishlatish mumkin. Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik funktsiyalarini baholaydi. Psixokorrektsion ta’sirning samaraliligi kriteriysi xar bir shaxsdagi salbiy o’zgarishlarni aynan uni o’ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorrektsion metodlar ta’siri shu o’zgarishlarga karatilganligini hisobga olish bilan bog’liqdir. Psixodiagnostik ishlar o’quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda o’qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarni, ta’lim va tarbiyadagi nuqsonlar sababini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka holda (individual) o’tkaziladi. Bu asnoda psixolog quyidagi amaliy psixologik vazifalarni bajaradi:
1. Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixologik ballar, o’quvchilar maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning kamolot darajalarini belgilaydi. O’quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’z-o’zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.
2. Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko’rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, oliy o’quv yurti talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va ko’nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qiladi.
4. Bolalarning voyaga etgan odamlar va tengqurlar (tengdoshlar)i bilan muomalasini o’rganish uchun ularni tekshiradi. Ularning etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi (adaptatsiyalashtiradi).
5. Boshqa soha mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan, differensial diagnostikani amalga oshiradi: nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi; sotsial xulq-atvor sabablari va shakllarini belgilaydi; giyohvandlik, toksikomanlik, alkogolizm, o’g’rilik, daydilikning ijtimoiypsixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi va boshqalar.
6. Rahbar kadrlar, o’qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish.
7. Oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini (yosh mutaxassis, stajer, o’qituvchi, aspirant va boshqalarni) o’rganish va amaliy ko’rsatmalar berish.
8. Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo’yicha ilmiy psixologik bashorat (prognoz) qilish, vujudga kelishi mumkin bo’lgan xavfdan ma’muriyatni ogoh etish. Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to’plash va ularni umumlashtirib, yakkahol tavsiyalar yaratish.
9. Chet el bilan aloqa qilish, kadrlar malakasini oshirish, ularning intellektual potensialini (imkoniyatlarini) aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati oliy maktabning nufuzi to’g’risida materiallar yig’ish, ularni psixologik tahlil qilish va maslahatlar berish.
10. O’quv qo’llanmalarning sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma’lumotlar to’plash va ularni umumlashtirish, ma’muriyatga, kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash.
11. Yotoqxonalarda talabalarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, pozitsiya, maslagi, turmushga munosabati to’g’risida ma’lumotlar to’plash va ularning faoliyatini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
12. Oliy maktab xodimlari, talabalarning ekologik, iqtisodiy, siyosiy etnopsixologik bilimlari saviyasini tekshirish, mustaqillikni mustahkamlash imkoniyatini o’rganish, vatanparvarlik histuyg’ularini shakllantirish maqsadida tadbirlar ishlab chiqish.
13. An’anaviy ta’lim va tarbiya metodlari yutuq hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini sinab ko’rish, talabalarning ularga nisbatan munosabatlarini aniqlash va shularga asosan o’qitishni individuallashtirish, differensiyalash bo’yicha o’quv bo’limiga ko’rsatmalar tavsiya qilish.
14. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda ishtirok qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqarish va shunga asoslanib ularga nafaqalar belgilash.
15. Xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to’garaklar faolligini ko’tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo’yicha musobaqalar, bahslar tashkil qilish va ularning mahsuldorligi to’g’risida bashorat qilish.
16. Talabalar o’rtasida bo’sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tekshirish va bo’sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo’llari, ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatlarini psixologik tahlil qilish.
17. Oliy maktab xodimlari, talabalarida davlat mablag’ini tejash tuyg’usini aniqlash, tejamkorlik, mol-mulkni asrash hissini o’rganish, ularda mehnatni qadrlash burchini shakllantirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g’urur, millatlararo munosabat madaniyatini tarkib toptirish.
18. Oliy o’quv yurti xodimlari, talabalarida ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish hamda uning moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish. Psixoprofilaktik ishlar mazmuni Ushbu yo’nalishning asosiy vazifalari bo’lib: 1) Har bir yosh bosqichda insonning shaxs sifatida shakllanish, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish; 2) shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik buzilish va nuqsonlarning o’z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Psixoprofilaktik ishlarning mazmuni: 1. Shaxsning muayyan sharoitga moslashishida oila ishlarini olib borish. 2. Bolalarni birinchi bosqichli ta’limga qabul qilishda qatnashish, ularning maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash, o’qituvchilar bilan hamkorlikda o’quvchilar bilan individual ishlash dasturini ishlab chiqish, yangi tipdagi maktablarga, xususan, kollej, litsey, gimnaziyalarga o’quvchilar qabul qilishda ishtirok etish. 3. O’quvchilarni ta’limning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tkazishning psixologik-pedagogik kompleks tadqiqotida bevosita qatnashish, shuningdek, litsey va kollejlarda bir sinfdan boshqa sinfga o’tkazishni psixologik jihatdan tekshirish. 4. Ta’lim va tarbiya, yashash sharoiti bilan bog’liq nevrotik holatlar, psixologik zo’riqishning oldini olish uchun bolalar bilan ishlash. 5. Shaxsning qobiliyati, mayli, psixologik fazilatlari, xususiyallarining to’laqonli namoyon bo’lishi maqsadida aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun psixologik konsilium tashkil qilish. 6. Yangi tipdagi maktablarda eng qulay psixologik muhit yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish: pedagogik jamoada muomala shaklini takomillashtirish, oqillikni joriy qilish (kattalar), o’quvchilar bilan o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish: shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng ko’lamda maslahatlar berish. 7. Pedagogik jamoa a’zolaridagi psixologik zo’riqish va toliqishni yo’qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora-tadbirlarni tarkib toptirishga ko’maklashish. 8. Tarbiyaviy ish rejasini amalga oshirilgan va tayyorlangan tadbirlarni, pedagogik ta’sir o’tkazishni bolalar, o’quvchilar, talabalarning yosh va etnopsixologik xususiyatlari, ularni kamolotga etkazish va vazifasiga monandligi nuqtayi nazaridan tahlil qilish. 9. Maktabning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan ilmiy jihatdan asoslangan modelini o’qituvchilar hamkorligida yaralish. Umumla’lim va yangi tipdagi maktablarda ta’lim-larbiya jarayoni samaradorligini psixologik-pedagogik diagnostika qilishda qatnashish, unga o’zgartirishlar kiritish, oqibat natijada o’quvchilar garmonik taraqqiy etish muammosining maqsadga muvofiq hal qilinishiga xizmal qilish. 10. O’quv motivlari, shaxsning yo’nalishi, uning etnomadaniyat bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlariga yo’naltirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoniga tuzatishlar kiritish. 11. Shaxslararo, etnik, guruhlararo, millatlararo bar xil ko’rinishdagi ziddiyatlarning oldini olish uchun psixologik tadbirlarni ishlab chiqish (diskussiya, bahs uyushtirish, xalqlar tarixi va madaniyatini oqilona o’rganish, bu sohadagi ijobiy tajribalarga alohida e’tibor berish) muhim ahamiyat kasb etadi. 12. Talabalar, xodimlar, muallimlar o’rtasida sodir bo’luvchi nizolarning psixologik ildizini o’rganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulodda vaziyatlarni engillashtirish va tamoman bartaraf qilish yo’llari yuzasidan maslahatlar berish. 13. Yoshlar o’rtasidagi aysh-ishratlariga, giyohvandlikka, engil turmush kechirishga, qing’ir yo’l bilan boyishga, chayqovchilik, qizlar orasida suyuqoyoqlikka ruju qiluvchi shaxslar bilan indivudial ishlashni yo’lga qo’yish. 14. Og’ir kasallikka uchragan xodimlar, talabalar ruhiyatini tetiklashtirish, abadiyat qonuniyati bilan ularni tanishtirish, pessimistik kayfiyatdan voz kechib, shukrona bilan yashashga o’rgatish yuzasidan tavsiyalar berish. 15. Xulqi, xatti-harakati buzilgan oliy maktab xodimlari, muallimlari, talabalari bilan yakka holda ish olib borish. 16. O’zlashtirmovchi talabalar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash va ularga yordam berish yo’1-yo’riqlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq qilish hamda korreksion ishga muhtoj odamlarning indivudial-psixologik xususiyatlarini hisobga olish. 17. O’z-o’zini boshqarish imkoniyatini oliy maktab jamoasi a’zolari o’rtasida aniqlash (bioritmika, emotsiya, motivatsiya, iroda, qiziqish, diqqat kabilarning shaxs tomonidan idora qilinishi nazarda tutiladi). 3.3. Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli bilan bog‘liq. Ayrim olimlar, masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga bogk liq ekanligidan kelib chiqib, bu maskandagi hayot maromini bola rivojlanishining bosqichlari bilan bog‘laydi. Shunga ko‘ra, quyidagi bosqichlar farqlanadi:
1. bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yosh- ning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qa- ror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta’kidlaydilar. Bosh- qa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang‘ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko‘pchilikning guvohligida o‘tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi.
2. bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo‘lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo boiishi, tug‘ilishi er va xotinning asl munosabatlarini sinovdan o‘tkazadi va ular o‘ziga xos yangicha munosabatlar davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy maz- mun va ma’no beruvchi voqea — bu er va xotinga yangi rollarning berilishi, anchagina katta ijtimoiy mas’uliyatni o‘ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir. Ko‘plab xalqlarda, ayniqsa, o‘zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. Shunga qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, yevropa xalqlarida oilada farzandning tug‘ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan emotsional hayajonlar, yaqinlari- ga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu ham ba’zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday mas’uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz ketishiga, ba’zan ajrimlarga, bizning sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab bo‘ladi.
3. bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar — maktabgacha ta’lim muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta’limning boshlang‘ich o‘chog‘i hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o‘tadi. Chunki u endi nafaqat o‘zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko‘chadagi turli toifali insonlar bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga tayyorligi, oilasida qanday axloqiy va ma’naviy o‘gitlarni olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi — maktabga kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi tekshiruvdan o‘tadi. Ya’ni bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham jamoatchiIik oldida o‘ziga xos sinov va tekshiruvdan o‘tayotganday o'zlarini his qiladilar. Yaxshi yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, ko‘pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshdan kechiradilar.
4. bosqich. Bola o‘smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan mustaqillikni, hadeb ta’qib qilavermaslikni da’vo qila boshlaydi. Ota-onaning farzand oldidagi obro‘si, keraklilik daraja pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota ham, ona ham o‘zining farzandiga nisbatan munosabatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘Iadi, chunki bolada yangicha talab va istaklar, yangicha fikrlash, urf-odatlar, musiqaga havas, turli xil guruhlar bilan muloqotda bolishga intilishlar paydo bo‘ladi. Bu davr ota-onaning bolasida paydo bo‘layotgan o‘zgarishlarga, yoshga oid yangiliklarga qanchalik fahm va farosat bilan, sabr-qanoat bilan turib berishlarini sinovdan o‘tkazadi. Sinovdan yaxshi o’tgan ota-onaning bolasi keyingi bosqichga eson-omon yaxshilik bilan, ochiq ziddiyatlarsiz o‘tib oladi, aks holda o‘smirlik davrining o‘ziga xos ziddiyatlari girdobida ota-ona-bola munosabatlari jiddiy yomonlashadi, ayrim bolalar uydan ketib qolish holatlarigacha boradi.
5.bosqich. Bolalar katta bo'lib, balog‘at yoshiga yetadilar, o'qishlarni tugatib, mustaqil kasbhunar egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar mustaqil oilaviy hayot qurish- ga ham ulguradilar. Shu davrga kelib, «Bola-ota-ona» munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat yevropa xalqlariga mos, balog‘at yoshiga yetgach, deyarli barcha hayotiy masalalarni yoshlar o‘zlaricha, o‘z bilganlaricha hal qila boshlaydilar.
6. bosqich. Keksalikning dastlabki belgilari — tanada keksalik alomatlari, klimakterik holatlarning kelib chiqishi bosqichida inson qalbi qarimasada, ayrim jismoniy quvvatsiz- liklar paydo bo‘ladi. Odam nafaqaga chiqadi, suygan kasbi, mashg‘ulotidan uzoqlashadi, dok stlari davrasi torayadi va hokazo. Lekin keksalikni tan olish va unga ruhan tayyor bo‘lish, etnik madaniyat va uning qadriyatlariga bog‘liq. Xalq ma’naviyati va madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, keksalikka munosabat ham shunchalik yuqori boMadi.
7. bosqich. Oilaviy munosabatlarning tugashi odatda tur- mush o‘rtoqlardan birining o'limi bilan boshlanadi. Er-xotinlarning tirik qolgani beva bo‘lib qolishi munosabati bilan u ham yangicha rollar tizimiga kiradi.
Xulosa
Har qanday kasb o'zining nizo va konsepsiyasiga ega. Psixolog kasbiga ehtiyoj bo'lgani sababli xozirgi kunda Psixologik markazlarni yurtimizning barcha viloyatlarida uchratishimiz mumkin. Bu soxa xam boshqa soxalar kabi davlat rivojida, ayniqsa kelajak avlod yuksalishida katta ahamiyatni kasb etadi. Psixologlar bajaruvchi ishlar barcha sohalarni qamrab olgan. Eng rivojlangan davlatlarda yashovchilarning o'zizning shaxsiy psixologi mavjud va qanday muammoga duch kelsa birinchi navbatda undan yordam maslahat kutadi. Bundan ko'rinib turibdiki, kelgusi yillarda bu sohaga ehtiyoj tobora ortadi. Qaysi kasb egasi bo'lmaylik avvalo o'sha kasbni sevishimiz va yetarli bilim darajasiga ega bo'lishimiz kerak.
Zamonaviy hayotni psixologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Psixolog kasbi xalq xo'jaligi, tibbiyot va ta'limning turli sohalarida juda mustahkam o'rin oldi. Psixologlar tibbiyot sohasida, ishlab chiqarishda, ta'limda, muassasalarda ishlaydi ijtimoiy himoya. Muayyan psixolog ishlaydigan muammolar juda dolzarb: deviant xulq-atvor, ruhiy kasalliklar, mehnat faoliyati samaradorligini oshirish, yangi ko'nikmalarni o'rganish va boshqalar.
Psixolog - albatta bilan Oliy ma'lumot va daraja quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha litsenziya olish uchun nufuzli imtihondan muntazam va muvaffaqiyatli o‘tgan: ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostika, klinik psixologiya va maslahatning o'zi. Aslida, bu holda biz to'rtta mutaxassis haqida gapiramiz, bu ularning ixtisosligi, malakasi va shaxsiy amaliyotda ham, korporativ, akademik yoki davlat psixologik xizmatlarida ishlashda ham kuchlarini birlashtirish imkoniyatini ko'rsatadi.
Psixologning faoliyati juda xilma-xildir. Hozirgi vaqtda Psixologiya instituti endigina rivojlana boshladi va bu sohada o'zini o'zi anglash qirralari ko'rinmaydi. Psixologiya yo'nalashini tamomlaganimizdan so'ng biz nafaqat kundalik hayotda bebaho bilimlarga ega bo'lamiz, balki bu bilimlarni turli sohalarda qo'llash imkoniyatiga ega bo'lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Yüklə 46,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin