I bob. Ta`Lim sohasiga psixologik xizmatning kirib kelishi


O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi



Yüklə 156,01 Kb.
səhifə3/11
tarix19.05.2023
ölçüsü156,01 Kb.
#117279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Kurs ishi mavzu Xorijiy ta’lim tizimi psixologik xizmatlarida a

O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi.
1989-yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli T.D.P.U.da amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen,
G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda. 1998 yilda Sh.R. Baratov “Ta`lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari” mavzusida ish olib bordi va doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Hozirgi davr bosqichida psixologik xizmatning ikki yo`nalishi : dolzarb va kelajak yo`nalishlari mavjud.
Dolzarb yo`nalish – bu o`quvchilar ta`lim-tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi , muloqotidagi va shaxsi shakllanishidagi buzulishlar bilan bog`liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo`nalishi - har bir bola indevidualligini rivojlantirishga jamiyatda yartuvchanlik hayotiga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixologik xizmat maktabda o`quv tarbiya mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat 3 ta asosiy bo`limdan tuzilgan:

  1. Aniq o`quv muassasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi .

  2. Tuman xalq ta`limi qoshidagi tashxis markazi.

  3. Respublika kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedogogik tashxis markazi.

Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadi. Amaliyotchi psixolog o`z faoliyati pedogogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqalarda amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy difiktologik va boshqa xizmat turlari bilan bola tarbiyasida yordam ko`rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar .
O`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti to`laqonli psixologik taraqqiyotni ta`minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir otkazish ob`yekti maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o`quvchilari, maxsus o`quv yurti, oliy maktab, kollej talabalari, ota-onalari bo`lib hisoblanadi. Ularni yoki guruhiy shaklda tadqiq qilishi mumkin.

Yüklə 156,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin