I. Булим. Бухгалтерия хисоби


rejalashtirish, hisob va nazorat qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

rejalashtirish, hisob va nazorat qilish
kabi unsurlar tashkil qiladi. 
Rejalashtirish
- nima qilish kerak va nimaga erishish zarurligini 
ko‘rsatuvchi vosita bo‘lib, uning maqsadi korxonani istiqboldagi iqtisodiy 
holatini belgilovchi rejalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, 
shuningdek, iqtisodiy natijalarga erishish yo‘llarini, usullarini va 
vositalarini ko‘rsatib berish bo‘lib hisoblanadi.
Hisob
- boshqaruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, 
tartibga solish va umumlashtirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun har 
qanday korxonani boshqarishda hisob hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lib 
hisoblanadi. 
Boshqaruv mexanizmi korxona oldida turgan maqsad va vazifalar 
yechimini topishga qaratilishi kerak. Bunga erishish uchun, boshqaruvni 
tashkiliy va ishlab chiqarish tarkibini ratsional tashkillash kerak. 
Boshqaruv tarkibi bir qancha omillarga, xususan, korxonaning tarmoq 
xususiyatiga, 
ishlab 
chiqarayotgan 
mahsulotlarining 
turiga, 
assortimentiga, 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasiga, 
ixtisoslashtirish 
darajasiga va boshqalarga bog‘liq. Katta hajmdagi korxonalarni 
boshqaruv tizimi tarkibida, moliya, iqtisod, marketing, ta’minot, 
buxgalteriya hisobi va hisobotlari bo‘limlari, byurolari va guruhlarini 
tashkillash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Korxonada buxgalteriya hisobi va 
hisobotlari xizmati bilan shug‘ullanadigan bo‘lim korxona mablag‘lari 
harakatini va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish vazifasi yuklatilgan
buxgalteriya, buxgalteriya hisobi boshqarmasi va boshqa har qanday 
tarkibiy tuzilma shaklida tashkil qilinishi mumkin.
Nazorat -
korxona faoliyatida ishtirok etayotgan xodimlar faoliyati 
ustidan nazorat o‘rnatish, bajarilgan ishlarni tekshirish, yutuq va 
kamchiliklarni aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini 
ko‘rish. Iqtisodiy tahlilning nazorat funksiyasi bilan korxonalarda tashkil 
qilinadigan ichki audit xodimlari shug‘ullanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin