I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Jurnal-order № 2 
5100 - “Hisob-kitob raqami schyoti” kredeti bo‘yicha 
2015 yil may oyi uchun 
T/r 
sana 
Debetlanuvchi schyotlar 
1000 
2500 
5000 
6710 
va 
bosh. 
jami 

05.05. 
10000 
10000 
Jurnal-orderlarning jami, schyotning kredet oborotini va u bilan 
aloqador bo‘lgan schyotlarning debet oborotlari umumiy summasini 
ko‘rsatadi. 
Jurnal orderlar sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi 
uchun, kartochka va kitoblarda, alohida analitik uchyot faqatgina ko‘p 
analitik schyotlarga ega bo‘lgan sintetik schyotlar bo‘yicha olib boriladi. 
Masalan, tovarlarni uchyoti bo‘yicha, tayyor mahsulotlarni uchyoti 
bo‘yicha va shu kabi boshqa schyotlar bo‘yicha.
Jurnal orderlarga xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lish va hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi jarayonida yoziladi. Sistematik yozuvlar bir vaqtning 
o‘zida xronologik yozuvni ham ifodalaydi. Shuning uchun hisob 
yuritishning bu shaklida alohida xronologik uchyot registrlari ochishga 


198 
va yurgizish zaruriyati qolmaydi. Hamma ma’lumotlar aloqalanuvchi 
schyotlar kesimida jurnal-orderlarga yozilgani uchun memorial orderlar 
tuzilmaydi.
Jurnal orderlarda amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini 
solishtirish uchun schyotlarning krediti bo‘yicha jami hisoblanadi
olingan jami summa jurnalda alohida ustunda ajratilgan debetlanuvchi 
schyotlar jami bilan solishtirib ko‘riladi. Schyotlar bo‘yicha debet va 
kredet yozuvlar jamini solishtirish imkoniyati sintetik va analitik 
schyotlar bo‘yicha oborot qaydnoma tuzishga hojat qoldirmaydi.
Oborot qaydnoma analitik uchyoti alohida kartochka yoki kitoblarda 
olib boriladigan schyotlar bo‘yicha tuziladi. Oylik jamlarining to‘g‘riligi 
tekshirilgan jurnal-orderlar jamlari “Bosh kitob”ga yoziladi.
Schyotlarning kredit oboroti “Bosh kitob”ga shu schyotga tegishli 
bo‘lgan jurnal orderdan, debet oborotlari esa, boshqa jurnal orderlardan 
olib yoziladi. 
Jurnal-orderlar va “Bosh kitob” bir birini to’ldiruvchi bo’lib xizmat 
qiladi, chunki, jurnal orderlarda schyotlarning kredit yozuvlari keltirilsa, 
“Bosh kitob”da shu schyotning debet oborot yozuvlari keltiriladi.
“Bosh kitob” va jurnal-orderlarning jamlarining to‘g‘riligi tekshirib 
ko‘rilgandan keyin schyotlar qoldig‘i topiladi. Qoldiq “Bosh kitob”ning 
shu maqsad uchun belgilangan ustuniga yozib qo‘yiladi. 
“Bosh kitob”da amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish 
uchun hamma schyotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlar jamlab chiqiladi. 
Schyotlarning debet va kredet oborotlari summalari jami hamda debet va 
kredet qodiqlari summasi jamlari teng bo‘lishi kerak.
Uchyot amaliyotida jurnal order shaklini qo‘llash uchyot xodimlari 
mehnatini yengillashtirib hisob ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilish 
imkoniyatlarini yaratadi. 
Jurnal order shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilar bo‘lib 
hisoblanadi: 
1.
jurnal-orderlarning hajm jihatdan kattaligi va tuzilishlarining qiyinligi; 
2.
jurnal-orderlarni tuldirishni qo‘l mehnatiga moslashtirilganligi; 
3.
uchyot ishlariga kompyuter texnikasini qo‘llashni qiyinligi.
Ko‘rsatilgan kamchiliklar uchyot ishlariga kompyuter texnikasini joriy 
qilinganda barham topadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin