I. Булим. Бухгалтерия хисоби


Balansga tegishli bo‘lgan moliyaviy hisobot elementlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Balansga tegishli bo‘lgan moliyaviy hisobot elementlari.
Balans schyotlarning hisobot davrini boshiga yoki oxiriga 
qoldiqlaridan iborat bo’ladi va korxona moliyaviy holatini ma’lum bir 
davrga tavsiflaydi. Korxona faoliyatida foydalaniladigan schyotlar 
foydalanuvchilarni har doim ham moliyaviy axborotlar bilan ochiq 
ta’minlay olmaydi. SHuning uchun ulardan foydalanishni osonlashtirish 
maqsadida ularni guruhlash tartibi kiritilgan. Investorlar va kreditorlar bu 
guruhlar orasidagi munosabatlarni o’rganadilar va baholaydilar. Mana 
shunday guruhlangan schyotlar asosida tuzilgan tashqi moliyaviy 
hisobotlar tizimlashtirilgan moliyaviy hisobotlar deyiladi.
Moliyaviy hisobotlar korxonalar faoliyatini baholovchi, foyda, 
rentabellik, aktivlar, majburiyatlar, kapital, mulkiy holat, moliyaviy 
barqarorlik va to‘lov qobiliyat yoki likvidlik kabi ko‘rsatkichlarni 
ifodaylaydi. Bulardan aktivlar, majburiyatlar (passivlar) va o‘zining 
kapitali (kapital), buxgalteriya balansiga tegishli bo‘lgan moliyaviy 
hisobot elementlari bo‘lib hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalariga muvofiq korxona 
mablag‘lari va ularning manbaalarini tengligi quyidagi matematik 
formula bilan ifoda qilinadi: 
 
AKTIVLAR – MAJBURIYATLAR ═ O‘ZINING KAPITALI. 
 
Xorijiy davlatlar firmalarida tuziladigan balanslar shunday tenglikni 
ifodolovchi ko’rsatgichlardan tashkil topadi
20
.
Quyida balansga tegishli bo’lgan moliyaviy hisob elementlarini 
mazmun mohiyatini horij davlatlar tajribasi asosida ko’rib chiqamiz. 
bet. Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. Принципы бухгалтер2,400ского учета. Москва. Финансы и 
статистика. 2002,120 bet. 


69 
Aktivlar - 
kelgusida iqtisodiy naf olinishi kutilayotgan korxona 
resurslaridir. 
Korxona aktivlari quymdagi to’rt guruhga bo’linadi: 1.Aylanma 
mablag’lar; 2.Investitsiyalar; 3.Ko’chmas mulk, binolar va jihozlar
4.Nomoddiy aktivlar
21
. Agar yuqorida keltirilgan guruhlarga tegishli 
bo’lmagan mablag’lar mavjud bo’lsa, ularni alohida “Boshqa aktivlar” 
guruhida aks ettiriladi.
Xorij davlatlar firmalari balansida mablag’lar tez pulga aylanish 
(likvidlik) xususiyati ketma-ketligi bo’yicha yoziladi
22
. Masalan, joriy 
aktivlarni ko’chmas mulk va jihozlarga nisbatan likvidlik darajasi yuqori 
shuning uchun ham balansda avval joriy aktivlar keyin esa ko’chmas 
mulk va jihozlar ko’rsatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin