‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkchilik shakllari va idoraviy
bo’ysunishidan qat’i nazar amalga oshirilayotgan barcha xo’jalik
operatsiyalarni
O’zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi
to’g’risidagi qonun”ning 14-moddasi va Moliya vazirining 2003 yil 23
dekabrdagi 131-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobida
hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi Nizom” talablari doirasida
ularni sodir bo’lishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi
lozim. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob
hujatlari bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga
oshirilayotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan
keyin tuziladi.
165
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli
boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar
ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda
topshirilishiga javobgardir.
Hisoblash texnikasi vositalari yordamida mashina o’qiydigan
tashuvchilarda tuzilgan birlamchi hujjatlar tegishli majburiy rekvizitlar
mavjud bo’lganda , buxgalteriya hisobida qo’llaniladi. Mashina usulida
tayyorlangan hujjat, “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar
aylanuvi to’g’risidagi Nizom” talablariga muvofiq moddiy tashuvchiga
(magnitli, qog’ozli) yozilishi, tayyorlanishi va qog’ozga chiqarilishi
lozim. Bunda “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi
to’g’risidagi Nizom” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning
talablariga rioya qilinishi lozim.
Buxgalteriya
hisobini
mexanizatsiyalash
(avtomatlashtirish)
sharoitida birlamchi hujjatlar rekvizitlari kodlar ko’rinishida qayd etilishi
mumkin. Bunda mashina o’qiydigan axborot tashuvchidagi birlamchi
hujjat va registr hujjat to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul shaxsning kodiga
ega bo’lishi mumkin. Kodning aniq shaxsga tegishliligi mashina
o’qiydigan axborot tashuvchida hujjatni tuzuvchi korxona tomonidan
qayd etiladi hamda zarurat tug’ilganda boshqa birovning kodlaridan
foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi texnik, dasturiy vositalar va
tashkiliy sharoitlar yaratiladi.
Hujjatlarni bosmaxonada chop etilgan va belgilangan shakldagi
blankalarda, barcha rekvizitlarini to‘ldirgan holta tuzish kerak, agar biror
bir rekvizitini to’ldirish uchun ma’lumot bo‘lmasa, bo‘sh joy chizib
qo‘yiladi. Hujjatlarda yozuv rang bilan, sharikli ruchkada qo‘lda va
yozuv mashinkasi, kompyuter texnikasi yordamida bajariladi. Pul
hujjatlarida summa son va yozuv bilan amalga oshiriladi. Qo‘lda
tuziladigan hujjatlar hamma o‘qiy oladigan darajada bexato, sonlar va
hujjatni matni chiroyli husnixat bilan yozilishi kerak.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar hujjatning
o’z vaqtida tuzilishi va to’g’riligi, ishonchliligi hamda buxgalteriya
hisobida aks ettirilishiga belgilangan muddatda topshirilishi uchun
javobgardirlar. Birlamchi hujjatlardagi bo’sh qatorlar ustiga chizib
166
qo’yiladi. Birlamchi hujjatlar imzolash huquqiga ega shaxslar tomonidan
tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan hujjatlar ma’sul shaxslar tomonidan o‘rnatilgan
tartibda, hujjatlar aylanishi jadvalda belgilangan sanalarda xo‘jalik
operatsiyalarini buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun korxona
buxgalteriyasiga topshiriladi.
Buxgalteriyaga kelgan hujjatlar albatta tekshiriladi. Tekshiruv shakl
(hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to’ldirishning to’liqligi va
to’g’riligi), mazmun (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi,
alohida ko’rsatkichlarning mantiqiy bog’lanishi) bo’yicha amalga
oshiriladi. Eng avvalo, hujjatlarning xo‘jalik operatsiyalarni mazmunini
bildiruvchi, ko‘rsatkichlarini (rekvizitlari) hammasini to’ldirilganligi,
ma’sul shaxslarning imzo chekkanligi, hujjatning to‘g‘ri to‘ldirilganligi
arifmetik jihatdan yuzaki tekshirib ko‘riladi (hujjatda ko‘rsatilgan
baholar, summalar to‘g‘ri yozilganligi.). Nihoyat, hujjat mantiqan to‘g‘ri
tuzilganligi tekshirilib, sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini huquqiyligi
va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Qonun hujjatlariga va pul
mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklar va boshqa aktivlarni qabul qilish,
saqlash va sarf qilish bo’yicha belgilangan tartibga zid bo’lgan birlamchi
hujjatlar kelib tushganida, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul
qilish uchun topshiriladi.
Tekshirilgan buxgalteriya hujjatlarga ishlov beriladi (hujjatlar
obrabotka qilinadi) ya’ni, hujjatlardagi barcha arifmetik amallar qayta
hisoblab chiqiladi (taksirovka qilinadi), guruhlanadi va hujjatning tegishli
joyida schyotlar aloqasi qo‘yib chiqiladi (pravodka tuziladi). Shundan
keyin hujjatlarning xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari
sintetik va analitik schyotlarga yoziladi.
Ishlovdan o’tgan birlamchi hujjatlar ularning qayta qo’llanilishini
istisno etuvchi belgiga ega bo’lishi lozim, qo’l yordamida ishlovdan
o’tkazilganda - hisob registriga yozilgan sana, hisoblash qurilmasida
ishlovdan o’tkazilganda - ishlovdan o’tkazish bo’yicha mas’ul operator
shtampining izi.
Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan barcha hujjatlar
hamda ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo’lgan hujjatlar “Olindi”
yoki “To’landi” shtampi yoki qo’l yozuvi bilan sana (oy, kun, yil)
ko’rsatilgan holda majburiy so’ndiriladi.
167
Birlamchi hujjatdagi matn va raqamlar ustidan chizishlarga va izoh
berilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Birlamchi hujjatlardagi (bank
va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatolar quyidagicha tuzatiladi: xato
matn yoki summalar chiziladi va chizilganning ustidan to’g’ri matn yoki
summalar yoziladi. CHizuv bitta chiziq bilan, tuzatilgan xatoni o’qib
bo’ladigan qilib, amalga oshiriladi va birlamchi hujjatda tuzatilgan
xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan
shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo’yilishi lozim.
Birlamchi bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi.
Birlamchi hujjatlar yoki kompьyuter hisobi ma’lumotlari
buxgalteriyada maxsus xonalar yoki yopiladigan javonlarda korxona
rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
belgilanadigan
shaxslar
tomonidan
vakolat
berilgan
shaxslar
javobgarligida kamida uch yil mobaynida saqlanadi.
Korxonalardan birlamchi hujjatlarni olib qo’yish qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura
organlari va sudlar tomonidan olib qo’yishlar, mazkur organlarning
O’zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonun hujjatlariga muvofiq
rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo’yish
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi imzo qo’ydirib,
korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga topshiriladi.
Olib qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati
bilan va ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari
olib qo’yilayotgan hujjatlardan olib qo’yish asoslari va sanasini
ko’rsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib
qo’yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qo’yilayotgan bo’lsa, olib
qo’yishni amalga oshirayotgan organlar vakillarining ruxsati bilan va
ularning hozirligida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni
oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro’yxatini tuzishi, varaqlarni
raqamlashi, tikishi, muhrlashi, o’z imzosi va muhri bilan tasdiqlashi) yoki
olib qo’yilayotgan hujjatlarning ro’yxatini har bir hujjatdagi betlar sonini
ko’rsatgan holda tuzishi lozim. Bunda olib qo’yishni amalga oshirayotgan
organlarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari
ro’yxatni imzolashadi.
Rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarni yo’qotish hollarida korxona
raxbari buyruq bilan yo’qotish sabablarini tekshirish bo’yicha komissiya
tayinlaydi. Tekshiruv natijalari komissiya a’zolari tomonidan
168
tasdiqlanadigan
dalolatnoma
bilan
rasmiylashtiriladi.
Birlamchi
hujjatlarni yo’qotishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: |