I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 Buxgalter kasbiga oid ahloqiy qoidalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

6. Buxgalter kasbiga oid ahloqiy qoidalar 
Davlat (hukumat), moliya-soliq institutlari, investorlar, kreditorlar 
(banklar, sug‘urta idoralari), ish beruvchilar va aholi malakali 
buxgalterlar shakllantiradigan iqtisodiy axborotlarni foydalanuvchilari 
bo‘lib hisoblanadilar. Xizmat vazifalarini bajarishda buxgalterlar o‘z 
ishlariga mas’uliyatli qarashlari va halollik yuzasidan yondoshishlari 
lozim. Davlatni (hukumatni), jamoatchilikni, ishbilarmon doiralar 
vakillarini, moliyaviy hisobot tuzuvchilarni hamda boshqa soha 
xodimlarining ishonchlarini oqlash uchun buxgalterlar bir qancha 
vazifalarni bajaradilar. Malakali buxgalterlarni xulq-atvori, o‘z kasbiga 
sidqidildan, malakaviy yondoshuvi jamiyatni iqtisodiy yuksalishiga ta’sir 
etadi. Bu malakali buxgalterlardan jamiyatning qiziqishiga ma’suliyat 
bilan yondoshishni talab etadi. Malakali buxgalterlar ma’suliyatiga 
nafaqat mijozni yoki ish beruvchini balkim butun bir jamiyatni 
iste’molini qondirish kiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki buxgalterlik 
kasbining jamiyatda o‘z o‘rni bor. Shu o‘ringa ega bo‘lishi uchun 
buxgalterlik kasbini tanlagan har-bir shaxs o‘z kasb mahoratini
ko’nikmasini oshirish ustida tinmay ishlashi talab etiladi. 
Malakali buxgalterlar obro’li bo‘lishlari uchun jamiyat ishonchini 
qozonib har doim yuqori saviyada xizmat ko‘rsatishlari lozim, Chunki 
moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar malakali buxgalterlarning 
tijorat faoliyatlarining intizomli va obyektiv axborotlariga tayanib ish 
yuritishadi. Butun dunyoda malakali buxgalterlar mana shunday 
maqsadlarga xizmat qiladigan yuqori saviyadagi xizmatlar ko‘rsatishga 
qaratilgan ahloqiy qoidalarga rioya qilishlari talab etiladi. 
Bunday talablarni o‘rnatishni hisobga olib Xalqaro Buxgalterlar 
Federatsiyasi
1
(XBF) 1998 yilda “Malakali buxgalterlar kodeksini” qabul 
qildi. Harakatdagi kodeks butun dunyo buxgalterlariga qo‘yiladigan etik 
talablar va qoidalar yig‘indisi bo‘lib uch qismdan iborat: kodeksning “A” 
qismida keltirilgan tartiblar barcha malakali buxgalterlar faoliyatiga 
tadbiq etiladi, “V” qismida keltirilgan tartiblar barcha amaliyotchi 
malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi va “S” qismida keltirilgan 
tartiblar yo’llanma malakali buxgalterlar faoliyatiga tadbiq etiladi.
Buxgalterlik kasbining maqsadi eng yuqori malaka standartlari 
asosida yaxshi ish natijalarini ta’minlash asosida, jamiyat manfaatlari 


264 
talabini bajarishga rioya qilish. Har qanday malakali buxgalter bunday 
maqsadga erishishi uchun quyidagi to‘rtta asosiy talabga rioya qilishi 
kerak: 
1.
Ishonchlilik– jamiyatda, haqqoniy ishonchli axborotlar va 
axborotlar tizimiga talabni mavjudligiga; 
2.
Professionallik – malakali bo‘xgalterlarga bo‘lgan talabning 
mavjudligi.
3.
Xizmat sifati – malakali buxgalterlar ko‘rsatadigan barcha 
xizmatlar yuqori sifat standart talabiga javob berishga bo‘lgan 
ishonch.
4.
Ishonch - malakali buxgalterlar xizmatidan foydalanuvchilarda 
shunday xizmatlar ko‘rsatish asosida ahloqiy qoidalarni 
mavjudligiga ishonch. 
Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi barcha malakali buxgalterlar 
uchun quyidagi axloqiy me’yorlar belgilab bergan: 
1.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin