35
chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mashinalar, asbob-uskunalar va
boshqa mexanizmlarning eskirishini hisoblash, xom ashyo, materiallar,
yarim tayyor mahsulotlar hamda arzon baholi va tez ishdan chiqadigan
buyumlarni ishlab chiqarish davridagi harakatini (korxonaga kelishini,
ishlab chiqarishga sarflanishini) va ishlab chiqarishda bajarilgan
ishlarning miqdorini qayd qilish, ular ustidan nazorat olib borish
buxgalteriya hisobi vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham
mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar bajarish va mahsulotlar tannarxini
kalkulyatsiya qilish buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Sotish jarayonida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot haridorlarga
yuboriladi va buning evaziga korxonaga pul kelib tushadi. Sotish
jarayonining obyektlariga quyidagilar kiradi:
1.
Korxonaning tayyor mahsulotlarini omborlardagi harakatini hisobga
olish va ularni ombordan haridorlarga yuborish;
2.
Haridorlar va buyurtmachilar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblar;
3.
Moliyaviy natijalarni aniqlash;
4.
Kassadagi pullar va bankdagi boshqa schyotlardagi mablag‘lar.
Bunday hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi vositasida olib boriladi va
nazorat qilinadi. Shuning uchun ham sotish jarayoni buxgalteriya
hisobining predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, korxonalar ixtiyoridagi xo‘jalik
mablag‘lari va manbalarining hajmi, tarkibi, joylanish va tayinlanishi,
ularning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi faoliyatlari davrida sodir
bo‘ladigan hodisalar ta’sirida o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar buxgalteriya
hisobida qayd qilib boriladi va korxonalar xo‘jalik faoliyatining
moliyaviy natijalari aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
Qonunning 7-moddasida buxgalteriya hisobining obyektlariga “Aktivlar,
majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda,
zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sin-
ushbu ta’rifni soddalashtirgan holda quyidagicha talqinda bayon etishni
tavsiya
etamiz:
Dostları ilə paylaş: